Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Danko” adabiy-badiiy uyushmasining navbatdagi yig‘ilishi va “Sayohat” slayd shousi taqdimoti - Bo`limga qaytish


19.11.2014


2014 yil 19 noyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Danko” adabiy-badiiy uyushmasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda “Danko” uyushmasi raisi, rassom va shoira A.G.Markaryanning Artsimpozium-2014 safari doirasida Yunoniston sayohati haqida taqdimot namoish etildi.
Artsimpozium-2014 18-26 oktyabr kunlari Yunonistonda bo‘lib o‘tdi va «Ollohga mehr go‘zalligi» deb nomlandi. Simpozium insonlarni xayrixohlikka, ezgulikka, o‘zini anglash va o‘zini ifodalashga undovchi dasturdan iborat edi.

A.G.Markaryan o‘z Yunonistonga sayohati haqida gapirar ekan o‘zi yo‘l-yo‘lakay tushirgan rasmlarini ham namoish etdi. Shuningdek, u Afina va Akropol tabiati, ob-havosi, O‘rta Yer dengizi sohillarida qilgan sayrlari va u yerda tanishgan odamlari haqida hikoya qilib berdi. Uyushma a’zolari va mehmonlar simpozium qatnashchilarining marosimlari, tanovullari va bo‘sh vaqt mashg‘ulotlari haqida bilib oldilar.
Modomiki, san’at Ollohga bo‘lgan mehrdan yaraalr ekan, Artsimpozium-2014 delegatlari ham o‘zlarini kuy va raqslarda, rassomlik va xunarmandlikda namoyon etdilar.
20 oktyabr – Sayyora kuni munosabati bilan simpozium qatnashchilari bu kunni turli patologik kasalliklarga chalingan bolalar huzurida o‘tkazdilar. Ularni ovqatalntirdilar, kiyintirdilar, ular bilan o‘ynadilar, ularga sayr qilishda va gullardan yurakchalar yasashda yordam berdilar

Shaharga bo‘lgan sayohatda A.G.Markaryan ko‘plab muzey va cherkovlarni ziyorat qildi.Unga ayniqsa, ikonalarga boy 13-14 asrlar arxitekturasi yodgorligi bo‘lmish Vizantiya nasroniyligi muzeyi va rohibalari kashtachilik va mozaika bilan shug‘ullanuvchi Muqaddas Bibi Pantanass monastiri katta taassurot qoldirdi.
Tadbir so‘ngida A.G.Markaryan shu sayohatdan ta’sirlanib yozgan she’rlarini uyushma a’zolariga havola qildi.

Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar