Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Kuz chizgilari” rasmlar ko‘rgazmasi ijodkorlari bilan ijodiy uchrashuv - Bo`limga qaytish


17.11.2014


Ma’lumingizkim, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi foyesida 10 noyabrdan buyon Kamoliddin Bekzod nomli Milliy rassomchilik va dizayn instituti talabalari, O‘zbekiston badiiy akademiyasi akademigi, rassom Alisher Mirzoning shogirdlari mo‘yqalamiga mansub “Kuz chizgilari” deb nomlangan rasmlar ko‘rgazmasi foydalanuvchilar e’tiboriga havola qilinmoqda. Ko‘rgazmada yosh qalamkashlarning oltin kuzning turli jilolarda aks ettirilgan tasvirlari namoish etilmoqda.


Ijodiy uchrashuvni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi bosh muharriri, shoir Shukur Qurbon olib bordilar va Borovskiy nomidagi tibbiyot kollejidan kelgan o‘quvchilarga rassom va ustoz Alisher Mirzo haqida gapirib berdilar. So‘ng o‘z ijodi, pedagogik faoliyati haqida gapirib berish va shogirdlar bilan tanishtirish uchun so‘z Alisher Mirzoga berildi. Bugungi ijodiy uchrashuvga mohir rassomning 8 nafar talaba shogirdlari tashrif buyurdilar. Mazkur ilm dargohining 2-bosqich talabalari Sattorova O‘g‘iloy, Muhammadiyeva Maftuna, Qosimova Gulnora, Holiqova Kamola, Qayumov Suhrob, Qayumov Ahror, Adamova Gulchehra va Sharipova Hilola yig‘ilganlar savollariga batafsil javoblar berdilar. Talabalar ularni kuz tabiatining o‘ziga hosligi, mahzun kunlarining tarovati va sarg‘aygan barglarining to‘kilishi manzaralari ilhomlantirganini gapirib berdilar va har bir rasmda alohida to‘xtaldilar.
Ijodiy uchrashuv va yosh qalamkashlarning “Kuz chizgilari” deb nomlangan rasmlar ko‘rgazmasi kutubxona foydalanuvchilarida katta taassurot qoldirdi.

Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar