Foydali resurslar
2014 yil 14 noyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi majlislar zalida Qosimjon So‘fiyevning «Frederik Shopen asarlari O‘zbekistonda” kitobi taqdimoti va konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.
Taqdimot doirasida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondida saqlanuvchi Frederik Shopen asarlari chop etilgan nota kitoblari ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Tadbir boshlovchisi Milliy kutubxona bosh muharriri, shoir Shukur Qurbon mehmonlarga Frederik Shopen ijodining dunyo musiqa san’ati rivojida tutgan o‘rni haqiba ma’lumot berar ekan, aynan shu kitobning yozilish tarixi haqida ham gapirib berishni joiz deb topdi va quyidagilarni gapirib berdi: «Avvalam bor bu kitob nafaqat O‘zbekistonda balki Markaziy Osiyoda yagona ekanini qayd etib o‘tmoqchiman. Hali xarbiy xizmat chog‘idayoq bir sirli musiqa sadosiga maftun bo‘lgan Qosimjon So‘fiyev, ko‘ngliga shu asar muallifi, uning sehrli oxanrabosi, jozibasi haqida chuqurroq izlanishni maqsad qildi. Bu kitob muallifning ko‘p yillik mehnatlari samarasidir. Qosimjon So‘fiyev nafaqat Shopen ijodining o‘rganilganlik darajasi bilan, balki uning boshqa o‘zbek kompozitorlari ijodiga ta’siri bilan ham qiziqdi. U Shopen asarlarini ijrochilari va tinglovchilardan konsert davridagi hissiyotlarini so‘rar va uning asarlarini targ‘ib etuvchi pianinochilar va ularning ta’lim maskanlari haqida batafsil ma’lumot bergan,» deb o‘z so‘zini muxtasar qildi Sh.Qurbon.

Tadbir doirasidagi konsert dasturini oilaviy «Xavas» guruhi ochib berdi. Guruh yakkaxoni «Nihol» mukofoti sovrindori Qahramon G‘ulomjonov Shopen asarlaridan tashkil topgan 12- va 24-etyudlarga estrada yo‘nalishida musiqiy sayqal berib ijro etdi.


F.Shopen asarlari O‘zbekistonda musiqa maktablari, kollejlari, litseylari va konservatoriyada tahsil olayotgan musiqachilar uchun o‘quv qo‘llanmasi hisoblanadi. Uning asarlarini bir necha musiqachilar avlodi nufuzli, xalqaro tanlovlarda ijro etib fahrli o‘rinlar egallaganlar. Bugungi tadbirda ham V.A.Uspenskiy nomidagi RMMAL 1-bosqich o‘quvchisi, xalqaro va respublika tanlovlari va Shopen nomidagi xalqaro tanlov laureati Aziz Ergashev ijrosida «Posmertnыy noktyurn», V.A.Uspenskiy nomidagi RMMAL 9-sinf o‘quvchisi, xalqaro va respublika tanlovlari va Shopen nomidagi xalqaro tanlov laureati Inoyatxon Abdullayeva (pedagog AA.Kim) ijrosida «Andata spianato i bolshoy blestyaщiy polonez» va R.M.Glier nomidagi RMMAL 6-sinf o‘quvchisi, xalqaro va respublika tanlovlari va Shopen nomidagi xalqaro tanlov laureati Iroda Xoshimova (pedagog V.F.Milova) ijrosida «Noktyurn do Bemol» asarlari yangradi.
Taqdimot va konsert dasturi yig‘ilganlarda katta va unutilmas taassurot qoldirdi.

