Foydali resurslar
2014 yil 13 noyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi kichik majlislar zalida “YOUTH BUSINESS GROUP” MChJ vakillarining “Yurt taraqqiyotida yosh tadbirkorlarning o‘rni” mavzusida yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir boshida so‘zga chiqqan “YOUTH BUSINESS GROUP” MChJ bosh direktori Boburbek Shokirov yoshlarni tashkilotni tuzishdan maqsadi, uning vazifalari, faoliyat turi, tarkibiy tuzilmalari va ularning boshliqlari bilan tanishtirdi. Bu tashkilot hozirgi kunda 41 nafar yuridik kollejda tahsil olgan va olayotgan yosh huquqshunoslarning shu yerda olagan bilimlari zamirida tashkil topgani qayd etildi.

Shundan so‘ng har bir bo‘lim boshlig‘i, ya’ni Yuridik bo‘lim boshlig‘i-Abbos Bekov, Iqtisodiyot va biznes bo‘limi boshlig‘i Sunnat Qodirov, Axborot va texnologiyalar bo‘limi boshlig‘i-Akmalbek Davoronov, Marketing bo‘limi boshlig‘i-Doston Choriyev, Xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan ishlash bo‘limi mutaxassisi-Sardor Jo‘raqulov, Davlat tashkilotlari bilan ishlash bo‘limi mutaxassisi Davron Bahodirovlar o‘z bo‘limlari tashkiliy tuzilamsi va faoliyat turi bilan tanishtirdilar. Tanishtiruv Slayd taqdimoti sifatida namoish etilgani yig‘ilganlarda ushbu tashkilot, bo‘limlar va ularning tuzilmalari haqida yetarlicha ma’lumot olishga yordam berdi.

“YOUTH BUSINESS GROUP” MChJ a’zolarining teran va mulohazali fikrlari tengdoshlarida chuqur hurmat hissini va ular bilan hamkorlikda faoliyat boshlash xohshini uyg‘otdi. Tanishuv qismidan so‘ng tashkilotning tegishli bo‘limlari mutasaddilari tengdoshlari tomonidan berilgan xususiy tadbirkorlikni boshlash masalalariga doir savollariga to‘liq, mazmunli va qonunga asoslangan holda javob qaytardilar.

Uchrashuv yosh tadbirkorlar - mamlakatimiz kollej bitiruvchilari duch keladigan dolzarb muammolar yechimiga bag‘ishlandi. Uchrashuv tashkilotchilari hususiy tadbirkorlikka doir masalalarni muhokama qilishdi. Jumladan, yuridik shaxslarning Davlat ro‘yxatidan o‘tishi, tijorat banklaridan kreditlar olish, biznes-loyihalarni yozish va taqdim etish, soliq imtiyozlari va boshqalar. Shuningdek, “YOUTH BUSINESS GROUP” MChJ vakillari o‘z jamiyati haqida so‘zlab berdilar va bitiruvchi o‘quvchilarga 3-tomonlama mehnat shartnomasini tuzishda amaliy yordamga tayyorliklarini aytdilar.
