Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Stalik Xankishiyevning «Казан. Кулинарный самоучитель» nomli kitob taqdimoti - Bo`limga qaytish


13.11.2014


2014 yil 13 noyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Stalik Xankishiyevning «Казан. Кулинарный самоучитель» nomli kitob taqdimoti va rasmiy tuhfa etish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Taqdimotda O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi raisi Akbar Umarov, oshpazlar uyushmasi a’zosi Toshkent kimyo-texnologiyalari instituti professori Umid Axrorov, oshpazlar uyushmasi a’zosi Tolibjon Umaraliyev, o‘zbek pazandalik san’ati xalqaro markazi direktori Anvar Allaberganov, soha mutaxassislari va kollejlar o‘qituvchilari ishtirok etdilar.

O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi a’zosi Umid Axrorov yig‘ilganlarni kitob muallifi O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi fahriy a’zosi Stalik Xankishiyev bilan tanishtirdi va uning o‘zbek pazandachiligini dunyoga tanitishdagi roli haqida gapirdi. «Uning navbatdagi kitobi pazandalikdan habari yo‘q odamlar uchun katta topilma bo‘lib xizmat qiladi, chunki u yerda taom tayyorlashning texnik jihatlari ham aytib o‘tilgan. - dedi notiq va qo‘shib qo‘ydi, - Kitob sahifalarida kitobxonlar mahsulotlar piktogrammasi, qozon isishi shkalasi, taom pishishi muddati va muallifdan taomlar tarixi haqida qiziqarli ma’lumotlar topishi mumkin

O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi raisi Akbar Umarov S.Xankishiyevning o‘zbek pazandalik sana’ti, o‘zbek madaniyati va o‘ziga xos pazandalik tarixini dunyoga tanitishda tutgan o‘rni haqida gapirdi. Shuningdek uyushma raisi kitobni o‘zbek tilidagi tarjimasini ham o‘zbek kitobxonlariga tortiq qilish va uning o‘quvchilari sonini ko‘paytirish niyatini bildirdi.

O‘zbek pazandalik san’ati xalqaro markazi direktori Anvar Allaberganov kitobxonlar diqqatini kitobning musiqiy jarangiga jalb etdi. Kitobda muallif taomlar retseptlari va masalliqlariga musiqiy soz bag‘ishlab, o‘zi kashf etgan pazandalik notalari bilan ataydi. Har bir taomning tayyorlanish jihatini shaxsan his etgani bois taomlarning surati ham muallif tomonidan mahsus jixozlangan laboratoriyada mohirona olingan.
O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi a’zosi Tolibjon Umaraliyev S.Xankishiyevning ijodkorligiga urg‘u berib, har bir taomga o‘z ulushini qo‘shganini aytib o‘tdi. Stalik Xankishiyev tanlab olgan o‘zbek, ozarbayjon va nemis pazandalik san’atiga doir 39ta retseptni ularning murakkablik darajasiga ko‘ra uch: shogird, mutaxassis va usta deb nomlangan boblarda berilishi kitobni barchaga manzur bo‘lishini ta’minlashini ta’kidlab o‘tdi.

Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar