Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining mutaxassislari maxsus o‘quv seminarlari o‘tkazdilar - Bo`limga qaytish


12.11.2014

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 20 martdagi PQ-1729-son, Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 4 apreldagi 98-sonli qarorlari talablari asosida, 2014 yil 11-12 noyabr kunlari Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining Qo‘lyozmalar, nodir va alohida qimmatga ega nashrlar xizmati va Axborot-kutubxona fondlarini restavratsiya va konservatsiya qilish xizmati xodimlari tomonidan Toshkent viloyati “Turon” axborot-kutubxona markazida Toshkent shahri, Toshkent va Sirdaryo viloyatlari axborot-resurs, axborot-kutubxona markazlarining nodir fondlari bilan ishlovchi mutaxassislari va muzey xodimlari uchun o‘quv seminari tashkil etildi.
Seminardan ko‘zlangan maqsad - fondda saqlanilayotgan noyob va alohida qimmatga ega nashrlarni to‘liq saqlash, konservatsiya va restavratsiya qilish ishlarni amalga oshirish hamda axborot-kutubxona muassasalarida nodir kitoblarni saqlash va pasportini yaratish, konservatsiya va restavratsiya qilish ishlariga metodik yordam ko‘rsatish.

Mazkur seminar zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llagan holda axborot-kutubxona resurslarining saqlanishi, ularni restavratsiya va konservatsiya qilish, elektron bazasini yaratish masalalariga bag‘ishlangan bo‘lib unda 36 nafar Toshkent shahri, Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida axborot-resurs, axborot-kutubxona markazlarining nodir fondlari bilan ishlovchi mutaxassis va muzeylar xodimlari qatnashdilar.
Seminarning birinchi kunida soha mutaxassislari uchun o‘quv seminari o‘tkazildi; ikkinchi kunida esa xududdagi noyob nashrlar o‘rganildi.

Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar