Foydali resurslar
2014 yil 11 noyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi majlislar zalida “International Business Studies” nodavlat o‘quv muassasasining zamonaviy muhitda professional xisobchilarni tayyorlashga yo‘naltirilgan “ASSA” Dasturi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbir “International Business Studies” nodavlat o‘quv muassasasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 noyabrdagi PQ-1438-son “2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida” va 2012 yil 10 dekabrdagi PQ-1875-son “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarorlarida belgilab berilgan vazifalarni bajarishga qaratilgan.
“International Business Studies” (IBS) - bu shaxsning intellektual, madaniy va ahloqiy rivojlanishida, o‘zini anglashida va jamiyatda o‘z o‘rnini topish kabi xohish-istaklarini kasbiy yo‘naltirish orqali qondirishda ko‘mak beruvchi nodavlat o‘quv muassasasidir.

Taqdimotda ishtirok etgan O‘zbekiston davlat universiteti qoshidagi Sirojiddinov nomli akademik litsey, Xalqaro Vestminster universiteti, jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi, iqtisodiyot, moliya, jahon tillari universitetlari qoshidagi akademik litsey o‘quvchilari – istiqboldagi xisobchilar, auditorlar va xisobot tahlilchilari, “ASSA” (The Association of Chartered Certified Accountants) – bu dunyodagi eng yirik va jadal rivojlanuvchi xalqaro professional tashkilot ekanligini, uning safida 500000 dan ziyod a’zolari borligini bilib oldilar.
.jpg)
“International Business Studies” bosh direktori Alisher Shoumarov Dasturni taqdim etar ekan, uning imkoniyatlari, omillari, jihatlari, tuzilishi va imtihon shartlari bilan tinishtirdi.
“ASSA” Dasturi xalqaro moliya xisoboti va uning mohiyati to‘g‘risida fundamental bilim beruvchi dastur. Uning modullarini muvaffaqiyatli tamomlaganlar nufuzli «Foundation Diplom in Accouting and Business» diplomiga va Buyuk Britaniyaning Oxford Brookes va bshq. universitetlari bakalavr va MBA ma’lumotiga ega bo‘ladilar. Shuningdek, Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti va Singapur menejmentni rivojlantirish universitetida 2-bosqichdan tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.