Foydali resurslar
2014 yil 10 noyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi majlislar zalida zamonaviy italyan arxitekturasiga bag‘ishlangan “Kichik utopiya” ko‘rgazmasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbir O‘zbekistonda Italiya dekadasi doirasida o‘tkazilib, unda Italiyaning O‘zbekistondagi favqulotda va muhtor elchisi Rikkardo Manara boshchiligida diplomatik korpus vakillari, “O‘zbekiston-Italiya” Do‘stlik Assotsiatsiyasi raisi, A.Navoi nomidagi O‘zbekiston Davlat Katta akademik teatri direktori B.Yakubov, Italiya va O‘zbekiston Arxitektorlar uyushmalari vakillari, Toshkent arxitektura qurilish instituti va O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti professor-o‘qituvchilar va talabalar jamoasi ishtirok etdilar.

Yig‘ilganlarga ko‘rgazma kuratorini tanishtirar ekan Italiyaning O‘zbekistondagi favqulotda va muhtor elchisi Rikkardo Manara o‘zbek va italyan xalqlarining ko‘p jixatlarda o‘xshashligi, hususan, qurilish va arxitektura sohasidagi qiziqishlarining o‘xshashligini ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, Rikkardo Manara O‘zbekitsondagi tarixits va Mustaqillik davri qurilishlariga alohida e’tibor qaratdi.

Ko‘rgazma kuratori Pippo Kiorra o‘z taqdimotini Italiya me’morchilik san’ati tarixi, hozirgi kundagi qurilish inshootlariga qo‘yilgan talablar, ularning arxitektonik ahamiyati va shahar landshafti bilan uyg‘unligi haqida qisqacha ma’lumotdan boshladi. Pippo Kiorra shuningdek, zamonaviy qurilajak ob’ekt shaharning tarixiy qimmatini yo‘qotmasligi, qo‘shni binolar bilan uyg‘unligi va ekologik zarar yetkao‘zmasligi talablarini ham qo‘shib o‘tdi. Yuqorida sanab o‘tilgan barcha talablar eng zamonaviy arxitektura inshooti deb nomlanishga sazovor o‘nta italiyalik arxitektorlarga va ularning loyihalariga qo‘yilganligini aytib o‘tdi.

Bu yerda uylarning, ko‘chalarning, parklar va shaharlarning Yevropaning iqtisodiy, ekologik va madaniy inqirozini xisobga olgan holda qurish tavsiya etilayotgan loyihalar, suratlar, rasmlar, sxemalar arxitektorlik ishlanmalari videoinstallyatsiyasi taqdim etildi. Ko‘rgazmani tomosha qilar ekansiz o‘zingizni huddi vaqt mashinasida o‘nlab yillar oldinga o‘tib ketganday his qilasiz.
Zamonaviy italyan arxitekturasiga bag‘ishlangan “Kichik utopiya” ko‘rgazmasi taqdimoti barcha yig‘ilganlarda katta qiziqish uyg‘otdi.
.jpg)