Foydali resurslar
2014 yil 10 noyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi foyesida yosh qalamkashlarning “Kuz chizgilari” deb nomlangan rasmlar ko‘rgazmasi foydalanuvchilar e’tiboriga havola qilindi.
Ko‘rgazmada O‘zbekiston badiiy akademiyasi akademigi, rassom Alisher Mirzoning shogirdlari, K.Bekzod nomli Milliy rassomchilik va dizayn instituti talabalari tomonidan oltin kuzning turli jilolarda aks ettirilgan tasvirlari namoish etilmoqda. Bunda siz o‘zinig yam-yashil go‘zalligini yo‘qotib, sarg‘aygan barglarini to‘kayotgan daraxtlar manzarasi, qishning darakchisi bo‘lmish kuzning achchiq sovuqlaridan jo‘njikib ketayotgan yo‘lovchilar, kuz ne’matlari tasvirlangan natyurmortlar, kuzing uzun kechalarida suhbatlashib o‘tirgan dugonalar, xazonlarni supurib, dala yumushlaridan bo‘shab urchuq yigirayotgan onaxon tasvirlari tushirilgan rasmlarni tomosha qilishingiz mumkin.
.jpg)
To‘rt fasl orasida mo‘l-ko‘lchilik, pishiqchilik mavsumi deb tan olingan kuz fasli noz-ne’matlaridan iborat natyurmortlarni tasvirlash rassomlarga zavq va ilhom bag‘ishlashi shubhasiz.
Barglarning ohista sarg‘ayib to‘kilishi, butun tabiat ajoyib xususiyatini yo‘qotishi, kishini mahzun o‘y surishga majbur qilgani kabi ko‘rgazmada namoyish etilgan rasmlarni tomosha qilar ekansiz o‘zingizni havoning sovuq, yomg‘irli kunida yurgandek xis qilasiz.


Bir hafta davom etadigan yosh qalamkashlarning “Kuz chizgilari” deb nomlangan rasmlar ko‘rgazmasi sizda chuqur taassurot qoldirishiga umid qilamiz.

.jpg)