Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Shoir, dramaturg, san’at nazariyotchisi, tarixchi va xarbiy shifokor Fridrix Shiller tavalludining 225 yilligiga bag‘ishlangan kitoblar ko‘rgazmasi - Bo`limga qaytish


10.11.2014


Bugun Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Kashfiyot” o‘quv zalida “Bo‘ron va taziyq” va “Romantizm” adabiy yo‘nalishlari namoyondasi Iogann Kristof Fridrix Shiller tavalludining 225 yilligiga bag‘ishlangan kitoblar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.
Nemis klassik adabiyotining asoschilaridan biri, shoir, dramaturg, san’at nazariyotchisi, tarixchi Fridrix Shiller 1759 yil 10 noyabrda Vyuttenbegr o‘lkasining Marbax shahrida dunyoga keldi.

Fridrix Shiller ijodda ko‘lamning kengligini yaxshi ko‘rardi, antik adabiyot vakillari uni maftun etardi,shu bois ular ijodini chuqur o‘rgandi. Oqibatda o‘zi ham ulug‘ adiblarga xos bo‘lgan umuminsoniy mavzularda asarlar yozdi.
U xarbiy akademiyaning huquqshunoslik va tittiyot bo‘limlarida o‘qish yillarida yozgan birinchi ("Nasroniylar", "Nassaulik talaba", "Kozimo Medichi") asarlarini yirtib tashlaydi. Uning birinchi, jiddiy dunyo yuzini ko‘rgan asari – bu “Qaroqchilar” tregediyasi (1781). 1782 mazkur tragediya Mannxaym teatri sahnasida tomoshabinlar hukmiga havola etildi. Umrining oxirigacha “Qaroqchilar” tregediyasini qayta ishlash tuyg‘usi Shillerni tark etgani yo‘q.
Shiller 1783 yilda Mannxaymga, 1785 yilda - Leypsigga, keyinchalik – Drezdenga ko‘chib o‘tadi. 1787 yilda Vaymarga ko‘chib kelishi va u yerda Gyote bilan do‘stlashishi Shillerning hayotida va ijodida o‘z aksini qoldiradi. Bu yerda u tarix, falsafa va estetikani chuqur o‘rganadi. 1788 yilda Yena universitetida tarix professori sifatida saboq bera boshlaydi va «Jahon tarixi nima va u qanday maqsadda o‘rganiladi?» degan mavzuda ma’ruzalar o‘qiydi.

Shiller 1782 yil «Luiza Miller» («Makr va muhabbat»ning dastlabki nusxasi) dramasini tugatgan. 1783 yil Mannxaym shahar teatrida dramaturg lavozimini egallagan, dastlabqi pesalarini shu teatr uchun qayta ishlab bergan. U shu davrda tarixiy o‘tmish mavzusi bilan qiziqib, «Fiyeskoning Genuyadagi fitnasi» (1783), «Don Karlos» (1783—87) dramalarini, vatanparvarlik g‘oyalari yo‘g‘rilgan she’rlari («Shodlik uchun», «Uzlat», «Yengilmas armada» va boshqalar)ni, «Ruhnazar» (1786) romanini yozgan, «Ajoyib isyonlar va fitnalar tarixi» turkumida kitoblar yaratishga kirishgan (1787). Fridrix Shiller 1805 yil 9 may kuni Vaymarda vafot etdi.
Shillerning tragediya janridagi eng yaxshi asarlaridan biri «Mariya Styuart» bo‘lib, uning syujeti 16-asrdagi Angliya hayotidan olingan. Shiller bu ruhiy-falsafiy tragediyasida yunon tragediyasiga xos kompozitsiyadan foydalangan. Janna d'Ark jasoratiga bag‘ishlangan «Orlean qizi» (1801), antik tragediya an’analarini rivojlantirish maqsadida yozilgan «Messian kelini» (1803) tragediyalari, shuningdek, milliy ozodlik g‘oyasi bilan yo‘g‘rilgan «Vilgelm Tell» (1804) xalq dramasi ham Shiller ijodida muhim o‘rinni egallaydi.
Shillerning «Qaroqchilar» (1921, 1955, 1975), «Makr va muhabbat» (1921, 1936, 1951, 1959) va «Mariya Styuart» (1976) tragediyalari hozirgi O‘zbek milliy teatri sahnasida qo‘yilmoqda.

Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar