Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida saylovoldi jarayoni - Bo`limga qaytish


07.11.2014


Shu kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar, tumanlar, shaharlar kengashlariga bo‘lajak saylovga tayyorgarlik jarayonlari Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida ham olib borilmoqda. Saylovlarning yuqori saviyada o‘tishida yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligi muhim ahamiyat kasb etishini inobatga olib «Tafakkur» o‘quv zalida shu mavzuga doir ko‘rgazma tashkil etildi. Unda yoshlarni milliy saylov qonunchiligi bilan yaqindan tanishtirish, islohotlar jarayonida ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini ta’minlash maqsadida mavzuga dahldor qonunlar va sharhlar, kitoblar va jurnallar tavsiya etilmoqda.

Mazkur ko‘rgazma bilan tanishgan har bir foydalanuvchi saylovlar umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri, yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazilishi, har bir o‘n sakkiz yoshga to‘lgan O‘zbekiston fuqarosi saylash huquqiga egaligi, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga egaligi, har bir saylovchi bir ovoz berish huquqiga ega ekanligi va o‘z xohish irodasini bildirish tengligi va erkinligi qonun bilan kafolatlanganligini bilib oladilar.

Saylovoldi ko‘rgazmasi yoshlarning ijtimoiy-siyosiy hamda saylov to‘g‘risidagi bilimlarini yanada oshirish, saylov va saylovoldi jarayonlari, fuqarolarning saylovda ishtirok etish tartiblari to‘g‘risidagi bilimlarini boyitishiga amaliy ko‘mak berishiga ishonamiz.

Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar