Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Istiqlol davri folklor san’atining dolzarb masalalari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani - Bo`limga qaytish


06.11.2014


2014 yil 6 noyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi majlislar zalida “Istiqlol davri folklor san’atining dolzarb masalalari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjuman O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, «O‘zbeknavo» estrada birlashmasi, Respublika xalq ijodiyoti va madaniy-ma’rifiy ishlar ilmiy-metodik markazi hamda O‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat instituti hamkorligida o‘tkazildi.

Anjumanni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad: folklor jamoalar repertuarlarini milliy ruhda shakllantirish, folklorshunos olimlar, soha mutaxassislarining bu boradagi taklif va mulohazalarini o‘rganish, yosh avlodning xalq og‘zaki ijodi namunalariga bo‘lgan qiziqishini, ularning qalbida ajdodlar merosiga yuksak ehtirom tuyg‘usini yanada oshirishdan iborat. Anjumanda folklorshunos olimlar va soha mutaxassislarining folklor san’atining O‘zbekiston madaniyatida tutgan o‘rni, folklor jamoalarining yutuqlari va muammolari, ularning rahbarlarini tayyorlash masalalari haqidagi ma’ruzalari tinglandi va muhokama qilindi.

Xalq og‘zaki ijodi milliy qadriyatlarimizning tarkibiy qismi sifatida insoniyat ma’naviyati rivojiga katta hissa qo‘shgan manbalardan hisoblanadi va milliy dunyoqarashni shakllantirishga, inson ruhiy olamini boyitishga xizmat qiladi. Shubhasiz, o‘zbek xalqi dunyoda ajdodlar tafakkuri va dahosi bilan yaratilgan katta merosga ega bo‘lgan xalq deb tan olingan.
Xech bir xalq madaniyatini va ma’naviyatini uning tarixi, o‘ziga xos urf-odat va an’analari, hayotiy qadriyatlaridan ayri holda tasavvur etib bo‘lmaganidek, O‘zbekistonning har bir viloyati o‘z georafik hududi, ko‘hna tarixiy yodgorliklari va bobolar va momolardan meros bo‘lib kelayotgan xalq og‘zaki ijodi namunalariga ega.

Istiqlol tufayli xalq og‘zaki ijodining eng qadimiy va go‘zal namunalarini chuqur o‘rganish, to‘plash va tar¬g‘ib etish uchun keng imkoniyatlar yaratildi. O‘zining qadimiy va boy milliy madaniyati bilan jahon tamadduniga ulkan hissa qo‘shgan xalqimiz tomonidan yaratilgan nomoddiy madaniy meros durdonalari bugun ham bevosita jonli og‘zaki ijro, xalq musiqa va raqs san’ati, maydon tomoshalari, urf-odat va marosimlar, tabiat va koinot bilan bog‘liq bilimlar, an’anaviy hunarmandchilik kabi yo‘nalishlarda rivojlanishda davom etmoqda.

Anjumanning O‘zbekiston Milliy kutubxonasida o‘tgan 1-kuni yakunlandi, 2- folklor-etnografik jamoalarning musiqiy dasturlari va soha mutaxassislarining mahorat darslaridan tashkil topgan amaliy kun O‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat institutining o‘quv teatrida o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar