Foydali resurslar
4 noyabr kuni soat 15:00 da kichik majlislar zalida aktyor va huquqshunos Otabek Mahkamov bilan “Zamonaviy kino muammolari” mavzusida ijodiy uchrashuv;
6 noyabr kuni soat 10:00 da majlislar zalida “Istiqlol davri folklor san’atining dolzarb masalalari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani;
10 noyabr kuni kutubxona foyesida yosh qalamkashlarning “Kuz chizgilari” mavzusida rasmlar ko‘rgazmasi;
10 noyabr kuni soat 16:00 da majlislar zalida zamonaviy italyan arxitekturasiga bag‘ishlangan “Kichik utopiya” ko‘rgazmasi taqdimoti;
11 noyabr kuni soat 15:00 da majlislar zalida “International Business Studies” nodavlat ta’lim muassasasi tomonidan “ASSA” professional dasturi taqdimoti;
13 noyabr kuni soat 11:00 da kichik majlislar zalida O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi a’zosi Stalik Xankishevning “Kazan” nomli kitobi taqdimoti;
13 noyabr kuni soat 16:00 da kichik majlislar zalida “YOUTH BUSINESS GROUP” MChJ vakillarining “Yurt taraqqiyotida yosh tadbirkorlarning o‘rni” mavzusida yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tadi;
14 noyabr kuni soat 15:00 da kichik majlislar zalida Qosimjon So‘fiyevning “Shopen asarlari O‘zbekistonda” kitobi taqdimoti;
21 noyabr kuni soat 10:00 da majlislar zalida “Sharq ayoli” Xalqaro Ayollar jamoa jamg‘armasi tomonidan “Jadallashuv psixologiyasining dolzarb muammolari- ijtimoiy hamkorlik” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya;
25 noyabr kuni Muqimiy nomidagi O‘zbek davlat musiqali teatrining 75 yilligiga bag‘ishlab kitob-rasmli ko‘rgazma.
Tadbirlar ro‘yhatiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.