Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida ijodkor Otabek Mahkamov bilan uchrashuv - Bo`limga qaytish


04.11.2014


2014 yil 4 noyabr kuni kichik majlislar zalida aktyor va huquqshunos Otabek Mahkamov bilan “Zamonaviy kino muammolari” mavzusida ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tuzilishi jihatidan 3 qism: ma’ruza, slayd namoishi va savol-javobdan iborat bo‘lgan ijodiy uchrashuv jonli suhbat va qizg‘in munazaraga boy bo‘ldi. Savollar asosan ijodkorning huquqshunoslik, tarjimonlik, jurnalistika va aktyorlik sohasidagi faoliyatlari haqida bo‘ldi.
Otabek Mahkamov inliz tilini mukammal egallagan huquqshunos, Yevropa huquqni muhofaza qilish organlari Akademiyasining fahriy doktori, O‘zbekiston, AQSh, Vengriya, Chexiya, Rossiya, Ukraina va boshqa mamlakatlarda chop etilgan rus, o‘zbek va ingliz tillarida yozilgan 50dan ziyod xalqaro huquqqa doir ilmiy maqolalar muallifi so‘nggi yillarda o‘zini kinematografiya sohasida sinab ko‘rmoqda.

Gyotening “Tajriba - bu haqiqatning eng asosiy tamoyili” degan gapini o‘ziga shior qilib olgan serqirra inson yoshlarga jahon kinematografiyasi mashhur aktyorlarining kino haqidagi fikrlarini, ularning kinoga kirib kelishi, ularning hayotida kinoning roli haqida batafsil ma’lumot berdi. O‘z ma’ruzasida Otabek Mahkamov mashhur kino ijodkorlarining iqtibozlaridan mohirona va o‘z o‘rnida foydalangani tinglovchilarni o‘ziga jalb etdi, ma’ruza esa qiziqarli suhbat jarayoniga aylandi.

Aslida advokat, ammo shu bilan birgalikda o‘zbek kino olamida ham bir-qancha rollari bilan xalq nazariga tushib ulgurgan aktyor Otabek Mahkamov o‘quvchilarga o‘zining kino san’ati haqidagi ilmiy asoslangan izlanishlari jahon va o‘zbek kinematorgafiyasining bugungi kundagi muammolari haqida gapirib berdi.
Suhbat davomida o‘quvchilar Otabek Mahkamov tahsil olgan Oliy yurtlari, hozirgi faoliyati va xizmat safarlari haqida bilib oldilar.
Markaziy Yevropa Universitetida o‘qib, magistirlik, doktorlik disertatsiyasini yoqlagan, hozirda O‘zbekiston Respublikasi Auditorlar Milliy Asotsiatsiyasida, Wesminster va Xalqaro iqtisodiyot va diplomatiya universitetida dars berayotgan notiq Sokratning “O‘qitib turib, o‘zim o‘rganib oldim” degan so‘zlari o‘z isbotini topayoganini o‘zida his qilganini, anglaganini aytib o‘tdi.
Uchrashuv so‘ngida Otabek Mahkamov yoshlarga hamisha o‘z ustilarida ishlashdan to‘xtamasliklarini va bu yo‘lda ko‘p mutolaa qilish kerakligini aytib, ularga kamolot sari intilishda yuqori parvozlar tiladi.

Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar