Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
«INFOLIB-2014» III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida “Amaliy san’at namunalari” deb nomlangan ko‘rgazma bo‘lib o‘tmoqda - Bo`limga qaytish


28.10.2014


«INFOLIB-2014» III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida Milliy kutubxonaning 2-qavati foyesida xizmati tomonidan tashkil etilgan amaliy san’at namunalari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.
Ko‘rgazmadan o‘rin elgan eksponatlar Toshkent shahar “Kamolot” YoIHning Yunusobod bo‘limi qoshida faoliyat ko‘rsatayotgan “Yoshlar ijtimoiy xizmatlar” markazi 3 oylik bepul o‘quv kurslari tomonidan taqdim etilgan.
“Yoshlar ijtimoiy xizmatlar” markazi Toshkent shahar “Kamolot” YoIHning Yunusobod bo‘limi Kengashi tomonidan uyushmagan mahalla yoshlarini mustaqil hayotga kirib kelishlarida, ularning ijtimoiy faolligini, ma’naviy barkamolligini, ahloqiy tarbiyasi hamda yuksak huquqiy madaniyatini oshirishda ko‘maklashish, o‘sib kelayotgan yosh avlodning intellektual salohiyatini oshirish maqsadida 2008 yilda tashkil etilgan. Hozirda markazda “Sog‘lomlashtirish raqsi”, “Yosh ijodkorlar”, “Tikuvchilik”, “Kompyuter savodxonligi”, “Chet tillar”, “To‘quvchilik” kurslari faoliyat yuritmoqda.
Ko‘rgazmadan “Tikuvchilik” va “To‘quvchilik” kurslari qatnashchilarining ijod namunalari, ya’ni sehrli, mohir qo‘llar tikkan va to‘qigan kiymlar, shapka-sharflar, pinetkalar, hullas ro‘zg‘orbop va sovg‘abop buyumlar o‘rin olgan.

Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar