Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Yangiliklar
12.12.2013 Milliy kutubxonada taniqli kinorejissyor, O'zbekiston Respublikasi San'at arbobi Zulfiqor Musoqov bilan ijodiy uchrashuv bo'lib o'tdi

12 dekabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasida  taniqli kinorejissyor, senarist, O'zbekiston Respublikasi San'at arbobi Zulfiqor Musoqov bilan ijodiy uchrashuv bo'lib o'tdi. 
Uchrashuv o`tkazishdan asosiy maqsad yosh avlodni barkamol inson qilib tarbiyalash, ularning bilimini, manaviyatini oshirishga, teatr-kino olamining o`ziga xos qiyinchiligiyu mashaqqatlarini san`at ixlosmandlariga yetkazib berishdan iborat.  
12.12.2013 Milliy kutubxonada “Umidvorlik” nogiron bolalarga va ularning ota-onalariga yordam berish markazi hamkorligida ma`lumot-axborot uchrashuvining yakunlari bo`lib o`tdi

2013 yil 12 dekabr kuni O`zbekiston Milliy kutubxonasida “Umidvorlik” nogiron bolalarga va ularning ota-onalariga yordam berish markazi hamkorligida “Hunarmandchilik ustaxonasi – imkoniyati cheklangan yoshlarni birlashtirishning shakli sifatida” mavzuiga bag`ishlangan ma’lumot-axborot uchrashuvining yakunlariga bag`ishlangan tadbir bo’lib o’tdi.  

11.12.2013 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Alisher Navoiyning “G‘aroyib us-Sig‘ar” asariga bag‘ishlangan ilmiy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Navoiyning 1490 yillardagi eng katta xizmatlaridan biri “Xazoyin ul-maoniy”ni tuzishi bo‘ldi. 1492-1498 yillarda tartib qilingan 4-chi qism devondan iborat bu ulkan she'riy kulliyot shoirning turkiy tilda yozilgan barcha lirik she'rlarni qamrab olgan edi. Navoiy ularni tabiat fasllariga moslab 4 ga bo‘ldi va har bir devoniga shunga muvofiq nom qo‘ydi. Shoir 7-8 yoshidan 20 yoshigacha bo‘lgan davrini umrining navbahori hisobladi va shu davr devonini “G‘aroyib us-sig‘ar” deb atadi.  

09.12.2013 Hurmatli kitobxon!
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida, Kutubxonaning elektron katalogi AIBS dasturiga kiritilgan bibliografik yozuvlarga, to‘liq matnli elektron ko‘rinishdagi resurslar ulandi.
To’liq matnli electron resurslarni Milliy kutubxonaning o’qish zallari kompyuterlaridagi AIBS dasturi,  elektron katalog orqali, o‘zingizga kerakli resursni tanlab, o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. 
09.12.2013 Milliy kutubxonada elektron ma'lumotlar bazasining to‘ldirilishi hamda nashrlarga ISBN va ISSN raqamini berish ishlari davom etmoqda

2 - 6 dekabrgacha Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 217 ta yangi nomdagi avtoreferatlar qabulqilinib, ro‘yxatdan o‘tkazildi (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlashtirildi: siyosat - 51 nusxa; tibbiyot - 25 nusxa; ta'lim va madaniyat - 23 nusxa, qishloq xo‘jaligi - 6 nusxa; texnika - 43 nusxa; san'at - 3 nusxa; tabiiy fanlar - 34 nusxa; sport - 2 nusxa; ijtimoiy fanlar - 8 nusxa; tilshunoslik - 18 nusxa; adabiyotshunoslik - 4 nusxa). Ularga texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.

06.12.2013 Milliy kutubxonada O’zbekiston xalq artisti Nasiba Abdullayeva bilan ijodiy uchrashuv o’tkazildi

5 dekabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasida Mezon.uz hamda Kultura.uz bilan hamkorlikda O’zbekiston xalq artisti Nasiba Abdullayeva bilan ijodiy uchrashuv bo’lib otdi. Uchrashuvda Xurshid Do’stmuhammad, Boris Babayev kabi taniqli jurnalistlar, xotin-qizlar qo`mitasi vakili Guljamol Asqarova, xonandaning ashaddiy muxlislari hamda kutubxona a`zolari ishtirok etdilar.  


Oldin   114 115 116 117 118 119 120 121 122 123 124 125 126 127 128 129 130 131 132 133 134 135 136    Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar