“INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida “Yes” ingliz tili maktabining “An'anaviy kitobmi yoki elektron kitob?” mavzusida yoshlar bahsi - Bo`limga qaytish
31.10.2014
2014 yil 31 oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi kichik konferens-zalida “INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida “Yes” ingliz tili maktabining “An'anaviy kitobmi yoki elektron kitob?” mavzusida yoshlar bahsi bo‘lib o‘tdi.
Baxs-munozarada “Yes” ingliz tili maktabining doimiy a'zolariga boshlovchi tomonidan “Hozirgi yoshlarimiz ko‘proq an'anaviy kitob o‘qiydilarmi yoki elektron kitobmi?” savoli bilan murojaat etdi. Yoshlar bildirgan fikrlariga ko‘ra ikki guruhga bo‘lindilar va o‘zlari tanlagan javob asosida argumentlar to‘pladilar.
O‘z fikrlarini tomonlar taqdimot-slayd shaklida himoya qildilar. Baxs-munozara qizg‘in va jonli muhitda o‘tdi.