Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Yangiliklar
08.01.2014 O‘zbekiston Milliy kutubxonasi foydalanuvchilariga Yangi yil sovg‘asi sifatida yangi loyiha ishga tushirildi

Ma’lumki, Milliy kutubxona videofondi ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy-ommabop videomateriallar repertuarini o`zida jamlagan bo`lib, ushbu videomateriallarda milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz, tarixiy-ma’naviy va madaniy merosni asrab-avaylash hamda yoshlarning ma’naviy yetuk inson bo`lib yetishishlaridagi asosiy omillar ko`rsatib berilgan. Videomaterial voqealari va qahramonlarning ijobiy hamda salbiy timsollari orqali inson hayotiga tahdid soluvchi va yomon oqibatlar keltirib chiqaruvchi illatlar va ularning oldini olishga qaratilgan aniq maqsad tomoshabinga yuksak mahorat bilan yetkazib berilgan.  

08.01.2014 Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida yanvar oyida tashkil qilinadigan tadbirlar

“Mahalla - xalq vijdoni” filmi 
 “O‘zbekiston Respublikasining Qurolli kuchlari” mavzuida o‘quv-metodik seminar
Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni” tadbir, “Vatanga xizmat - muqaddas burch” filmi O‘zbekiston xalq rassomi O‘rol Tansiqboyev tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlangan ko‘rgazma 

08.01.2014 Milliy kutubxonada Oliy talim muassasalarining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha prorektorlari uchun o‘quv-uslubiy seminar o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Konstitutsiya qabul qilinganligining 21 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi “Amalga oshirilayotgan islohotlarimizni yanada chuqurlashtirish va fuqorolik jamiyati qurish yorug‘ kelajagimizning asosiy omilidir” ma'ruzasida jismonan va ma'naviy sog‘lom avlodni voyaga yetkazish borasidagi dolzarb vazifalar belgilab berildi. Ma'ruzada ilgari surilgan g‘oyalardan kelib chiqib, ma'naviy-ma'rifiy va tarbiyaviy ishlarni tizimli tashkil eti shva samaradorligini oshirish maqsadida 6-8 yanvar kunlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va ÿpta maxsus ta'lim vazirligi tashabbusi bilan Oliy talim muassasalarining ma'naviy-ma'rifiy ishlar buyicha prorektorlari uchun o‘quv-uslubiy seminar tashkil etildi.

06.01.2014 O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Akademiyasida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hamkorligida O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirov bilan ijodiy uchrashuv

5 yanvar kuni O‘zbekiston Qurolli Kuchlar Akademiyasida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi bilan hamkorlikda “14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni”ga bag‘ishlab O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirov bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 
Uchrashuvda Farrux Zokirov, Boris Babayev, Milliy kutubxona  vakillari Farrux Musayev va shoir Shukur Qurbon hamda Qurolli Kuchlar Akademiyasi harbiylari qatnashdilar. 
06.01.2014 Milliy kutubxonada elektron ma'lumotlar bazasini to‘ldirilishi hamda nashrlarga ISBN va ISSN raqamini berish ishlari davom etmoqda

Milliy bibliografiya ma'lumotlari bazasini shakllantirsh xizmati AIBS dasturi asosida elektron ma'lumotlar bazasini o‘lkaga oid bo‘lgan gazeta va jurnal maqolalari bilan to‘ldirib kelmoqda. 2013 yil 30 dekabr - 2014 yil 3 yanvar holatiga ko‘ra 37 nusxa gazeta; 3 nusxa jurnal; jami 129 bibliografik yozuv kiritildi.
O‘zbekiston Respublikasida chiqariladigan nashrlarga kitobning xalqaro standart tartib raqamini (ISBN) berishda 23 ta ISBN raqami (kattalar adabiyoti uchun 23 ta) berildi. 23ta kattalar adabiyoti  uchun  7 ta  hisob-kitob shartnomasi tuzildi.    

03.01.2014 Mustaqil O‘zbekistonning 2014 yilgi muhim va unutilmas sanalar taqvimi

1 yanvar
 - Yangi yil bayrami. Yangi yilning birinchi kuni.
1 yanvar - O‘zbekiston Respublikasi hamda Slovakiya Respublikasi bilan o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (1993).
1 yanvar - O‘zbekiston Respublikasi hamda Chexiya Respublikasi bilan o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (1993).
1 yanvar - Injener-meliorator-o‘rmonshunos, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor Muxtor Beshchanovich Doshchanov (1909 - 1975) tavalludining 105 yilligi.  

Oldin   111 112 113 114 115 116 117 118 119 120 121 122 123 124 125 126 127 128 129 130 131 132 133    Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar