Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Yangiliklar
17.01.2014 Milliy kutubxonada elektron ma'lumotlar bazasini to‘ldirilishi hamda nashrlarga ISBN va ISSN raqamini berish ishlari davom etmoqda

13 - 17 yanvargacha Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 120 ta yangi nomdagi avtoreferatlar qabul qilinib, ro‘yxatdan o‘tkazildi.
120 ta avtoreferat , (siyosat - 40 ta; tabiiy fanlar - 17 ta; tibbiyot - 21 ta; ta'lim va madaniyat - 6 ta; sport - 2 ta; texnika - 19 ta; san'at - 4 ta; q.-x - 8 ta; tilshunoslik - 3 ta) texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.  

17.01.2014 Milliy kutubxonada O‘zbekiston xalq artisti, Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati Toshxon Sultonova tavalludining 105 yilligiga bag‘ishlangan ko‘rgazma tashkil qilindi.

2014 yil 17 yanvar kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining “Ijod” o‘quv zalida O‘zbekiston xalq artisti, Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati Toshxon Sultonova tavalludining 105 yilligiga bag‘ishlangan ko‘rgazma tashkil qilindi. Ko‘rgazmada Toshxon Sultonovaga mansub asarlar hamda uning hayotiga bag‘ishlangan kitoblar namoyish qilindi.

16.01.2014 E'lon!

Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonasida "Ziyo net" hamda "Kultura.uz" bilan hamkorlikda 22 yanvar kuni taniqli telejurnalist Shaxnoza Ganiyeva bilan ijodiy uchrashuv bo`lib otadi. Uchrashuv Milliy kutubxonaning anjumanlar zalida soat 15:00 da o`tkaziladi. Marhamat barcha xohlovchilar ushbu tadbirda ishtirok etishlari mumkin.

13.01.2014 Milliy kutubxonada O‘zbekiston xalq rassomi O‘rol Tansiqboyev tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlab ko‘rgazma tashkil qilindi

2014 yil 13 yanvar kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining “Ijod” o‘quv zalida O‘zbekiston xalq rassomi O‘rol Tansiqboyev tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlab ko‘rgazma tashkil qilindi. Ko‘rgazmada xalq rassomining mo‘yqalamiga mansub asarlar hamda uning hayotiga bag‘ishlangan kitoblar namoyish qilindi.  
O‘rol Tansiqboyev o‘zbek manzarachi rassomi, sobiq Ittifoq Badiiy akademiyasining a'zosi, Xalq rassomi, O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati. U 1904 yilda tug‘ilgan.

10.01.2014 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni” deb nomlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

9 yanvar kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni” deb nomlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Vatan! Bu so‘z naqadar aziz va muqaddas! Vatanni himoya qilish uning tuprog‘ini, har qarich yerni asrab-avaylash faqat harbiy askarlarni emas, balki, barcha insonlarning muqaddas burchidir. Dilida iymoni, g‘ururi, o‘ti bor inson o‘z ona Vatani uchun qilgan har bir xizmatini bemminat chin yurakdan ado etmog‘i lozim. Bugungi kunda jamiyatimizda ilm-fan va madaniyat, texnika, qishloq xo‘jaligi va sanoat tezkor rivojlanib borayotgan bir paytda, O‘zbekiston ham o‘zining yuksak tarraqiyot yo‘lidan ketmoqda. 
10.01.2014 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Toshkent Davlat sharqshunoslik instituti qoshidagi Olmazor akademik litseyi bilan hamkorlikda “O‘zbekiston Respublikasining Qurolli kuchlari” mavzuida o‘quv-metodik seminar tashkil qilindi

Toshkent Davlat sharqshunoslik instituti qoshidagi Olmazor akademik litseyida yoshlarning milliy o’zligini anglashga o’rgatish va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan o‘quv-metodik seminarlar tizimli ravishda olib boriladi va shunday seminarlardan biri 9 yanvar kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasining "Adolat" o'quv zalida “O‘zbekiston Respublikasining Qurolli kuchlari” mavzusida tashkil qilindi. Seminarda litsey o’qituvchi va murabbiylari o’z taqdimotlari bilan ishtirok etdilar. 
Seminar so’ngida qatnashchilarga kutubxona bo’ylab ekskursiya uyushtirildi.

Oldin   110 111 112 113 114 115 116 117 118 119 120 121 122 123 124 125 126 127 128 129 130 131 132    Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar