Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Yangiliklar
30.12.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida yanvar oyida tashkil qilinadigan tadbirlar

5  yanvar
  kuni  “Ijod” zalida O‘zbekiston xalq artisti, aktrisa Ikroma Boltaeva tavalludining 100 yilligi munosabati bilan  “Sahnaga baxshida umr” mavzusida kitob-rasmli ko‘rgazma;
7 yanvar  kuni soat 15:00da “O‘zbekiston” zalida  o‘zbek mumtoz adabiyoti vakili, shoir Mavlono Lutfiy tavalludining 650 yilligiga “Karomatgo‘y shoir” mavzusida bibliografik sharh va adabiyotlarning ochiq ko‘rgazmasi;
7 yanvar kuni soat 15:00da kinomarkazda Uilyam Shekspirning “Gamlet” asariga bag‘ishlangan Kitobxonlar klubining adabiy kechasi
29.12.2015 Xurmatli foydalanuvchilar!

 

Milliy kutubxona Yangi yil bayrami munosabati bilan sizlarning e’tiboringizga ish tartibidagi quyidagi o‘zgarishlarni yetkazadi:
- 31 dekabr kuni sanitariya-profilaktika ishlari munosabati bilan xizmat ko‘rsatilmaydi;
- 1 yanvar dam olish kuni;
- 2 yanvardan boshlab xar kungi grafik asosida xizmat ko‘rsatiladi.
Ma’muriyat
26.12.2015 O'zbekiston Milliy kutubxonasida foydalanuvchilar bilan ochiq muloqot bo'lib o'tdi

 2015 yil 25 dekabr kuni O'zbekiston Milliy kutubxonasi kichik majlislar zalida “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi VM 369-sonli Qarori ijrosini ta'minlash va foydalanuvchilar bilan o'zaro muloqot o'rnatish, ularga kutubxona faoliyati, bu erdagi mavjud sharoitlar, xizmat turlari va o'tkazilgan tadbirlar bilan tanishtirish, ko'rsatilayotgan xizmat sifatini baholash, muammoli jihatlarni aniqlash, foydalanuvchilarning kutubxona haqidagi fikr va mulohazalarini tinglash va 2016 yil uchun istiqboldagi vazifalarni belgilab olish maqsadida kutubxona foydalanuvchilari bilan ochiq muloqot bo'lib o'tdi. Uchrashuvda Milliy kutubxona rahbarlari, xodimlari va foydalanuvchilar ishtirok etdilar.

25.12.2015 O'zbekiston Milliy kutubxonasida “Eng faol foydalanuvchi – 2015” taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi

2015 yil 25 dekabr kuni O'zbekiston Milliy kutubxonasida turli nominatsiyalar bo'yicha “Eng faol foydalanuvchi – 2015” tanlovining taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. 
Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi 2015 yil davomida bir qator ijobiy natijalarga erishdi. Hususan, bugungi kunda kutubxona fondning umumiy soni – 7,1 mln.ga yaqin nusxani tashkil etadi. Milliy kutubxona foydalanuvchilarining umumiy soni - 125 736 kishini tashkil etdi. O'tgan davr mobaynida foydalanuvchilar tashrifi 755 ming marotabani tashkil etgangan bo'lsa, bundan 137 mingga yaqin tashrif kutubxonamiz veb-sayti orqali amalga oshirilgan. Kitob berishlar soni esa qariyb 5 mln.nusxani tashkil etdi.

24.12.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Keksa avlod huquqlarini himoya qilish – bizning burchimiz” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi


2015 yil 24 dekabr kuni v O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Keksa avlod huquqlarini himoya qilish – bizning burchimiz” mavzusida davra suhbati va “Keksalar huquqlarini himoya qilishga oid xalqaro shartnomalar va O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami”ning taqdimotini bo‘lib o‘tdi.  Respublika “Nuroniy” jamg‘armasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda Qonunchilik palatasi deputatlari, vazirlik va idoralarning, davlat va jamoat tashkilotlarining vakillari, professor-o‘qituvchilar, talabalar va OAV vakillari ishtirok etdilar.

24.12.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida "Zamonaviy internet-jurnalistika" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi


2015 yil 24 dekabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida kutubxonasi qoshida faoliyat yuritayotgan chet tillarni rivojlantirish va ommaviylashtirish markazi - «Your school» tomonidan "Zamonaviy internet-jurnalistika" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda jurnalistlar, blogerlar, zamonaviy internet-jurnalistikasiga qiziqqan kutubxona foydalanuvchilari va «Your school» markazi qatnashchilari ishtirok etdilar. 


Oldin   1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23    Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar