Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Yangiliklar
07.02.2014 Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 573 yilligi munosabati «Nazm va navo kechasi» o‘tkazildi

Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 573 yilligi munosabati bilan Madaniyat va sport ishlari  vazirligi tomonidan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Ma'naviyat targ‘ibot markazi, Badiiy akademiya, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati va boshqa ko‘plab davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda «Turkiston» san'at saroyida «Nazm va navo kechasi» o‘tkazildi.  

06.02.2014 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida 10-fevral “Navoiy kuni” da tashkil qilinadigan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarning

DASTURI
1. “Kamol et kasbkim... ”shiori ostida “Navoiy va zamondoshimiz” mavzuida adabiy-badiiy kecha
Tadbir Milliy kutubxonaning Majlislar zalida 2014 yil 10 fevral kuni soat 11:00 dan 13:00 gacha
2. “Olis yulduz shu'la taratar”mavzuida mutafakkir qalamiga mansub  asarlardan g‘azalxonlik va teatrlashtirilgan chiqishlar 
Tadbir Milliy kutubxonaning Majlislar zalida 2014 yil 10 fevral kuni soat 14:00 dan 15:00 gacha
05.02.2014 Milliy kutubxonada “Danko” adabiy-ijodiy uyushmasi bilan hamkorlikda Taras Shevchenko ijodiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.

2014 yil 5 fevral kuni Milliy kutubxonaning ko‘rgazmalar zalida “Danko” adabiy-ijodiy uyushmasi bilan hamkorlikda Taras Shevchenkoning ijodiy faoliyatiga bag‘ishlangan adabiy-badiiy kecha o‘tkazildi. 
Tadbirdan ko‘zlangan maqsad yozuvchining hayoti va ijodi, uning qalamiga mansub asarlarni yoshlarga, qolaversa, keng ommaga tanishtirishdan iborat. 
Tadbirda bir qancha ijodkorlar, “Danko” adabiy-ijodiy uyushmasi a'zolari hamda o‘z ma'ruzalari bilan V. Pokazanets, L. Ya. Saakovalar qatnashdilar. 
04.02.2014 E'lon!

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi foydalanuvchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish,ularga yanada kengroq qulayliklar yaratish hamda xizmat ko‘rsatish uchun zarur tovar, xom-ashyo maxsulotlarini narxlari, xizmatda foydalanilgan texnik jihozlarini saqlab turish xarajatlari o‘zgarganligi, qolaversa, foydalanuvchilarni yangi axborot-kutubxona xizmatlariga talablari oshayotganligini inobatga olib,  Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining 2014 yil 30 yanvar 15 sonli buyrug‘iga asosan “Pullik xizmat ko‘rsatish preyskuranti” narhlariga o‘zgartirishlar kiritildi. Yangi preyskurant asosida xizmat ko‘rsatish joriy yilning 10 fevralidan kuchga kiradi.
Milliy kutubxonada tasdiqlangan yangi preyskuranti bilan tanishib chiqishingiz mumkin. 
03.02.2014 Hurmatli foydalanuvchilar!

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida buyuk shoir va mutafakkir Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludining 573-yilligi munosabati bilan 10 fevral  “Navoiy kuni” deb e'lon qilinadi.
Alisher Navoiy merosidan xalqimizni, ayniqsa yoshlarni bahramand etish, milliy ma'naviyatimizni yuksaltirishda uning ijodini keng targ‘ib qilish maqsadida tashkil etilgan ushbu kunda shoir ijodiga bag‘ishlangan davra-suhbati, g‘azalxonlik  va mutafakkir qalamiga mansub  asarlardan teatrlashtirilgan chiqishlari o‘rin olgan bo‘lib, barchangizni “Navoiy kuni” da faol ishtirok etishingizga chorlab qolamiz! 
03.02.2014 Hurmatli foydalanuvchilar!

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi 6 fevraldan 12 fevralgacha “Dil  izhorlari” tanlovini e'lon qiladi. Tanlov uch yo‘nalishda “Ona Vatanga”, “Volidai muhtaramaga”,  “Suyukli yorga” atalgan Dil izhorlari ko‘rinishida namoyon etiladi. O‘zbekiston Milliy kutubxonasining ikkinchi qavati foyesidan joy olgan stendlarda xoxlovchilar o‘z izhorlarini qoldirishlari mumkin. Dil izhori she'riy holda yoki tilak ko‘rinishida yozilib,bir nusxada stendga yopishtiriladi. Albatta dil izhori egasi o‘z ID raqamini ko‘rsatishi lozim.  


Oldin   107 108 109 110 111 112 113 114 115 116 117 118 119 120 121 122 123 124 125 126 127 128 129    Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar