Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Yangiliklar
11.02.2014 Milliy kutubxonada mualliflik qo‘shiqlarini ijro etuvchi “Archa” guruhi bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2014 yil 11 fevral kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining majlislar zalida  mualliflik qo‘shiqlarini ijro etuvchi “Archa” guruhi bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbir o‘tkazishdan asosiy maqsad qo‘shiqchilik san'ati bilan yoshlarni yanada yaqinroq tanishtrish, klub a'zolarining o‘z tajribalarini yoshlar bilan o‘rtoqlashishdan iborat. Tadbirda mualliflik qo‘shiqlari bo‘yicha xalqaro va maxalliy festivallar laureati, V.Pushkin nomidagi festival jyuri a'zosi - Leonid Puzerev, O‘zbekiston va Qozig‘istondagi xalqaro festivallar laureati - Vladislav Mayevskiy, Nodira Ziyaxanova, shoira, “Anxor” art-studiyasi rahbari  Svetlana Klokotovalar qatnashdilar. Ular o‘z ijodlaridan jonli tarzda qo‘shiqlar kuylab berdilar.  

10.02.2014 Milliy kutubxonada Navoiy tavalludining 573-yilligi munosabati bilan 10 fevral “Navoiy kuni” tadbiri doirasida “Mangulikka muhrlangan mutafakkir” deb nomlangan davra suhbati va adabiyotlarning ochiq ko‘rgazmasi o‘tkazildi.

Mustaqillik bizga barcha qadriyatlarimiz qatori mutafakkir, jahon adabiyoti taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan Alisher Navoiy merosini o‘rganishning keng ufqlarini ochdi. Endilikda uning ijodini aslicha, mohiyatini tushunib o‘rganish imkoniyati yuzaga keldi. 
Milliy kutubxonada Navoiy kunida tashkil qilingan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar doirasida «Mangulikka muhrlangan mutafakkir» mavzusida davra-suhbati tashkil qilindi. Mazkur tadbir 10 fevral kuni Milliy kutubxonaning anjumanlar zalida  soat 15:00da bo‘lib o‘tdi. Tadbirda 1948 yili Alisher Navoiyning 500 yillik yubileyi munosabati bilan kutubxonaga Alisher Navoiy nomi berilganligi, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi maqomi haqida, Milliy kutubxonada saqlanayotgan Alisher Navoiyning noyob asarlari, qo‘lyozma, toshbosmalari haqida gapirib o‘tdi.
10.02.2014 Milliy kutubxonada Dmitriy Ivanovich Mendeleyev tavalludining 180 yilligi munosabati bilan kitob rasmli ko‘rgazma tashkil qilindi

Milliy kutubxonaning “Kashfiyot” o‘quv zalida Rus xalqining buyuk farzandi, fanda yangi ilmiy dunyoqarashlarning yaratuvchisi Dmitriy Ivanovich Mendeleyev tavalludining 180 yilligi munosabati bilan uning  hayoti va ilmiy faoliyatiga bag‘ishlangan kitob-rasmli ko‘rgazma tashkil qilindi. Ko‘rgazmada olimning hayoti, kimyo faniga oid kitoblar namoyish qilingan. Shuningdek  kitob ko‘rgazmalari ichida buyuk olim hayotiga bag‘ishlangan fotogalereya ham tashkil qilindi. 

10.02.2014 Milliy kutubxonada Navoiy tavalludining 573-yilligi munosabati bilan “Olis yulduz shu'la taratar” shiori ostida “Alisher Navoiy merosi” mavzuida mutafakkir qalamiga mansub asarlardan g‘azalxonlik va teatrlashtirilgan chiqishlar bo‘lib o‘tdi.

Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxonada Navoiy kunining  2-qismi 10 fevral soat 13:00 da O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi Toshkent shahar Kengashi Yoshlar qanoti, Ayollar qanoti hamda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hamkorligida Buyuk mutafakkir, davlat arbobi va shoir Alisher Navoiy tavalludining 573 yilligi munosabati bilan “Olis yulduz shu'la taratar” shiori ostida “Alisher Navoiy merosi - bebaho boyligimiz” mavzuida ma'naviy-ma'rifiy tadbir va adabiy kechasi bilan davom etdi.   

10.02.2014 Milliy kutubxonada Navoiy tavalludining 573-yilligi munosabati bilan 10 fevral “Navoiy kuni” tadbiri doirasida Milliy kutubxona hamda ZiyoNet resurs markazi bilan hamkorlikda adabiy-badiiy kecha o‘tkazildi.

Ma'naviyat va ma'rifatni yuksaltirish, barkamol avlodni voyaga yetkazish, ona tilimiz, milliy adabiyotimiz ravnaqida ulug‘ shoir, mutafakkir Alisher Navoiy ijodining ahamiyati beqiyosdir. O‘zbekistonda Navoiy merosini o‘rganish, asarlarini nashr etish, mazmun-mohiyatini keng targ‘ib va tashviq qilish masalasiga katta e'tibor qaratilmoqda. Bugun Alisher Navoiy haqli suratda jahon madaniyatining mumtoz vakillari safidan o‘rin oldi. Asarlari jahondagi yuzlab tillarga tarjima qilindi. Dunyo ahli uning merosi bilan qiziqmoqda, asarlarida tarannum etilgan olijanob g‘oyalar va falsafiy mushohadalaridan zavq olmoqda. Shoirning asarlarida ulug‘lagan yurt ravnaqi, obodligi, osuda va farovon hayot, jamiyatdagi barqarorlik, o‘zaro totuvlik va ahillik, mehr-oqibat muhitini asrab-avaylashdek ezgu g‘oyalar ko‘rinib turadi.   

10.02.2014 Milliy kutubxonada elektron ma'lumotlar bazasini to‘ldirilishi hamda nashrlarga ISBN va ISSN raqamini berish ishlari davom etmoqda

Milliy bibliografiya ma'lumotlari bazasini shakllantirsh xizmati AIBS dasturi asosida elektron ma'lumotlar bazasini o‘lkaga oid bo‘lgan gazeta va jurnal maqolalari bilan to‘ldirib kelmoqda. 2014 yil 3 - 7 yanvar holatiga ko‘ra 65 nusxa gazeta; 6 nusxa jurnal; jami 407 bibliografik yozuv kiritildi  471 bibliografik yozuv tahrir qilindi. 
O‘zbekiston Respublikasida chiqariladigan nashrlarga kitobning xalqaro standart tartib raqamini (ISBN) berishda 21 ta ISBN raqami (kattalar adabiyoti uchun 14 ta va bolalar adabiyoti uchun 7 ta) berildi. 72 ta kattalar adabiyoti  va 7 ta bolalar adabiyoti uchun 12 ta  hisob-kitob shartnomasi tuzildi. 


Oldin   106 107 108 109 110 111 112 113 114 115 116 117 118 119 120 121 122 123 124 125 126 127 128    Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar