Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Yangiliklar
24.02.2014 O‘zbekistonning 2014 yil mart oyi uchun muhim va unutilmas sanalar taqvimi
1 mart - Butunjahon fuqarolar mudofaasi kuni.
1 mart - Giyohvandlik va giyohvand moddalar bilan savdo qilishga qarshi xalqaro kurash kuni.
1 mart - O‘zbekiston Respublikasida BMTning Bolalar jamg‘armasi - YUNISEF vakolatxonasi ochilgan kun.
1 mart - Sharafiddinov Ozod Obidovich (1929-2005) adabiyotshunos olim, O‘zbekiston Kahramoni tavalludining 85 yilligi.
1 mart - O‘zbekiston  Respublikasi hamda Fransiya Respublikasi o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun (1992).
21.02.2014 Milliy kutubxonada “Xalqaro ona tili kuni” munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi.

21 fevral kuni 14:00 da Milliy kutubxonaning “Jahon” o‘quv zalida “Xalqaro ona tili kuni” munosabati bilan tadbir o‘tkazildi. 
Ma'lumki, Birlashgan millatlar tashkiloti tomonidan “21-fevral - Xalqaro ona tili kuni” sifatida belgilangan. Mazkur sana 2001 yildan buyon xalqaro miqyosda keng nishonlanib kelinmoqda. Xalqaro ona tili kunining mazmun-mohiyatida har bir xalqning o‘z milliy tafakkuri, ma'naviyati, ruhiyatining o‘zagini tashkil etadigan tilga alohida muhabbatning belgisi o‘z aksini topadi. Mazkur kun ona tili bayrami sifatida nishonlanar ekan, bu bayram munosabati bilan har bir insonning o‘z Vatani va o‘z tiliga bo‘lgan muhabbati, unga bo‘lgan ehtiromi, qadrlash tuyg‘ulari yangilanadi. 

17.02.2014 Milliy kutubxonada “Iqtidorli yoshlar klubi” ning dastlabki yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi kelajak avlodni ma'naviy jihatdan kamol topishi, o‘zlikni anglashi, qalbi va ongini asrash, ularni milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalash yo‘lida yana bir ishga qo‘l urdi, ya'ni “Iqtidorli yoshlar klubi”ni tashkil etdi. Yig‘ilish Milliy kutubxonaning kinomarkazida 15 fevral kuni soat 15:00 da bo‘lib o‘tdi. Unda yosh yozuvchilar, jurnalistlar, san'atkorlar, hunarmandlar, sportchi yoshlar, maktab, litsey, kollej o‘quvchilari hamda oliy o‘quv yurtlari talabalari jam bo‘lishdi.  

17.02.2014 Milliy kutubxonada elektron ma'lumotlar bazasini to‘ldirilishi hamda nashrlarga ISBN va ISSN raqamini berish ishlari davom etmoqda

3-14 fevralgacha   Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 405 ta yangi nomdagi axborot resurslari qabul qilinib, ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Shulardan 165 ta kitob, (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlash-tirildi: siyosat - 47 nusxa; tibbiyot - 7 nusxa; ta'lim va madaniyat - 34 nusxa, badiiy adabiyotlar -33 nusxa; san'at - 4 nusxa; texnika - 19 ta; dinshunoslik - 10 nusxa; tabiiy fanlar - 7 nusxa; adabiyotshunoslik - 2 nusxa; tilshunoslik - 2 nusxa)  240 ta avtoreferatlar (siyosat - 64 nusxa; tibbiyot - 34 nusxa;  texnika - 48 nusxa; tabiiy fanlar - 31 nusxa; ta'lim va madaniyat - 25 nusxa; 

14.02.2014 Milliy kutubxonada “Shoh va shoir” mavzuida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi kuniga bag‘ishlangan davra-suhbati bo‘lib o‘tdi

Har bir inson o‘zligini anglashga, ajdodlari haqida ko‘proq bilishga, ular hayotini o‘rganishga intiladi. Bu borada esa tarixiy asarlar beqiyos ahamiyatga ega. Xususan, Zahiriddin Muhammad Bobur asarlaridagi o‘tmishimizdan hikoya qiluvchi voqyea va  hodisalar biz uchun hamisha qimmatlidir.
Istiqlol tufayli tariximizni haqqoniy o‘rganish imkoniga ega bo‘ldik. Ko‘plab buyuk bobokalonlarimiz asarlari singari Bobur ijodida ham yoshlarimiz uchun iboratomuz jihatlar ko‘p. Uning Vatanni sevish, ota-onaga hurmat, do‘stga sadoqat ko‘rsatish xususidagi fikrlari kishiga yuksak ma'naviy saboq beradi.
12.02.2014 Milliy kutubxonada “Dil izhorlari” tanlovining yakunlari, g`oliblarni taqdirlash marosimi bo`lib o`tdi.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi 6 fevraldan 12 fevralgacha “Dil  izhorlari” tanlovini e'lon qilgan edi.  Tanlov uch yo‘nalishda “Ona Vatanga”, “Volidai muhtaramaga”,  “Suyukli yorga” atalgan Dil izhorlari ko‘rinishida namoyon etilishi kerak edi. 12 fevral kuni soat 15:00 da ushbu tanlovning yakunlari yani eng chiroyli va mazmunli dil izhori g‘oliblari aniqlandi. O‘zbekiston Milliy kutubxonasining ikkinchi qavati foyesidan joy olgan stendlarda kutubxona foydalanuvchilari o‘z izhorlarini qoldirdilar.


Oldin   105 106 107 108 109 110 111 112 113 114 115 116 117 118 119 120 121 122 123 124 125 126 127    Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar