Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Yangiliklar
06.03.2014 O’zekiston Milliy kutubxonasida Hamza Hakimzoda Niyoziyning 125 yilligi munosabati bilan kitob ko’rgazmasi tashkil etildi

Milliy kutubxonaning ’’O’zekiston” o’quv zalida o’zbek xalqining yangi davr o‘zbek adabiyotining namoyandalaridan biri, shoir va dramaturg, bastakor va rejissyor, ma’rifatparvar-pedagog va jamoat arbobi Hamza Hakimzoda Niyoziyning 125 yilligi munosabati bilan kitob-rasmli ko’rgazma tashkil etildi. 1889 yil 6 martda Qo‘qon shahrida tabib oilasida tavallud topgan Hamza avval eski maktab va madrasalarda o‘qib, fors, arab tillarini, rus-tuzem maktabida esa rus tilini o‘rganishga muvaffaq bo‘lgan. Hamzaning  badiiy ijodga qiziqishi barvaqt boshlangan. Hamza 1903 — 1914 yillar orasida Nihoniy taxallusi bilan 197 ta she’r yozib, ularni qo‘lyozma devoni shakliga keltirgan. Bu devonni tashkil etgan she’rlarida Hamza o‘zbek mumtoz adabiyoti an’analarining davomchisi sifatida namoyon bo‘ldi.

05.03.2014 “Sharq adabiyotida ayol timsoli” adabiy-badiiy kecha tashkil qilindi

5 mart kuni soat 16:00da O‘zbekiston Milliy kutubxonasining Ko‘rgazmalar zalida  “Danko” adabiy ijodiy uyushmasi bilan hamkorlikda 8-mart Xalqaro xotin qizlar bayrami  munosabati bilan  “Sharq adabiyotida ayol timsoli” mavzusida adabiy-badiiy kecha bo‘lib o‘tdi. Ijodiy kechada Umar Hayyom, Abdurahmon Jomiy, Mashrab va boshqa shoirlarning to‘rtliklaridan namunalar  o‘qildi. 

04.03.2014 O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga 2014 yilning Fevral oyida a'zo bo‘lganlar ko‘rsatkichi

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga jami 74 522 ta foydalanuvchi ro‘yhatga olingan.
Fevral oyida 2 571 foydalanuvchi ro‘yhatdan o‘tdi.  
Shulardan: 
Erkak-1575
Ayol-996
Talaba-1301
O‘quvchi-590
Abituriyent-151
Fevral oyida 2 571 foydalanuvchi ro‘yhatdan o‘tdi.

04.03.2014 Kutubxonaning 2014 yil fevral oyi uchun asosiy ko‘rsatkichlari

Ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar  - 2 571  (jami - 74 522)
Qatnovlar - 50 007
Kitob berilishi  - 523 914
Ekskursiyalar (tashkilotlar)  - 33, qatnashganlar soni  - 1 428
Yangi kelib tushgan nashrlar: kitoblar  - 648, avtoreferatlar  - 252, jurnallar  - 679, gazetalar  - 6 676, CD-ROM - 53. Jami - 8 308 
04.03.2014 IQTIDORLI YOSHLAR KLUBINING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI

“Mashhur faylasuflardan biri quyidagi haqqoniy  fikrlarni bayon qilgan: “Dushmanlardan qo‘rqma - nari borsa, ular seni o‘ldirishi mumkin. Do‘stlardan qo‘rqma, -nari borsa, ular senga xiyonat qilishi mumkin. Befarq odamlardan qo‘rq - ular seni o‘ldirmaydi ham, sotmaydi ham, faqat ularning jim va beparvo qarab turishi tufayli yer yuzida xiyonat va qotilliklar sodir bo‘laveradi”.
Har bir inson hayotida g‘oyat muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ana shunday fikrlarni unib-o‘sib kelayotgan  yoshlarning ongiga singdirish, ularni hayot sinovlariga bardoshli etib tayyorlash bizning ota-ona, ustoz-murabbiy, rahbar-rahbarnamo sifatidagi, shu muqaddas yurt fuqarosi sifatidagi muqaddas burchimizdir”.
27.02.2014 Milliy kutubxonada mart oyida o‘tkaziladigan tadbirlar rejasi

1 mart kuni soat 14:00da
 Milliy kutubxonaning kinomarkazida Iqtidorli ijodkorlar klubi yig‘ilishi bo`lib o`tadi 
4-5 mart kuni  Milliy kutubxonaning  o‘quv markazida “BePro yosh dasturchilar markazi” tomonidan talabalar uchun ochiq tadbir bo`lib o`tadi
4 mart kuni soat 15:00da  Milliy kutubxonaning majlislar zalida A. Gudarzi-Nadjafovning bibliografik ma'lumotnomasi taqdimoti bo`lib o`tadi
6 mart kuni soat 15:00da Milliy kutubxonaning majlislar zalida  “Meditsina va psixologiyada kulgiterapiya usullarining qo‘llanilishi” mavzusida davra-suhbati bo`lib o`tadi

Oldin   104 105 106 107 108 109 110 111 112 113 114 115 116 117 118 119 120 121 122 123 124 125 126    Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar