Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Yangiliklar
14.03.2014 YOSHLAR BILAN MULOQOT

Iskandar Rumiy (Aleksandr Makedonskiy)ning Arastu (Aristotel) degan ustozi bor edi. Undan bemaslahat ish qilmasdi. Ustozi saroyga kirib kelsa, o‘rnidan turib, izzat bilan kutib olardi. Hattoki uni o‘z otasidan ham ortiqroq ko‘rardi. Bir kuni undan "nechun Arastuni otangizdan ortiq izzat qilasiz?" deb so‘radilar. U dediki: "Otam go‘yoki meni osmondan yerga tushirdi, ammo ustozim  Arastu meni osmonga ko‘tardi. Ya'ni otam dunyoga kelmog‘imga sabab bo‘ldi, ustozim ilm va odob o‘rgatib, martaba va izzatimning ortmog‘iga sababchi bo‘ldi". 

13.03.2014 Hurmatli foydalanuvchilar!

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi 14 martdan 24 martga qadar  Navro‘z ayyomi munosabati bilan  “Navro‘zingdan aylanayin diyorim” shiori ostida “Bolaligim poshsholigim” mavzusida Dil izhorlari tanlovini o‘tkazadi.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasining ikkinchi qavati foyesidan joy olgan stendlarda xohlovchilar o‘z izhorlarini she'riy yoki matnli ko‘rinishda qoldirishlari mumkin. Dil izhorlari bir nusxada stendga yopishtiriladi va albatta,  dil izhori egasi o‘z izhorini yakuniga ID-kart raqamini ko‘rsatishi lozim. 
12.03.2014 “Jarangli so‘z sadosi” mavzusida “Danko” adabiy-ijodiy uyushmasining navbatdagi ijodiy uchrashuvi

12 mart kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasining kinomarkazida “Danko” adabiy ijodiy uyushmasi bilan hamkorlikda shoir, jurnalist, publisist va san'atshunos Guarik Bogdasarovaning “Jarangli so‘z sadosi” mavzusida ijodiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Galina Melnikova nutq madaniyati haqida ma'ruza o‘qidi, toshkentlik shoirlar N. Ilin, B. Axmedova va A. Yevseyeva she'rlaridan namunalar  o‘qildi,  shuningdek,  “Archa” guruhi xonandalari ijrosida rus romanslari va mualliflik qo‘shiqlari ijro etildi. Uchrashuv yakunida “Armeniya bo‘ylab sayohat” nomli hujjatli film namoyish etildi. 
12.03.2014 USTOZ SAN'ATKOR BILAN UCHRASHUV

11 mart kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston, Qoraqalpog‘iston va Turkmaniston Respublikalari Xalq artisti Bobomurod Hamdamov va kutubxona foydalanuvchi yoshlarining "Kim ekan, bu kim ekan?" deb nomlangan ijodiy uchrashuv bo‘lib  o‘tdi.
Umr bo‘yi xalqimizga o‘z qo‘shiqlari bilan zavq-shavq ulashib kelayotgan, mumtoz va o‘lmas taronalardan tortib, zamonaviy, shuningdek, chet el musiqasi namunalarigacha yuksak darajada ijro etib, hatto xorijiy xalqlar muhabbatini qozongan, yurtimiz dong‘ini  dunyoga yoygan san'atkorning hayoti va ijodiga, o‘y-mushohadalariga qiziqish anjumanda hukmronlik qildi. 
10.03.2014 O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondi Alisher Navoiyning polyak tilidagi «Lisonut-tayr» asari bilan to‘ldirildi

Alisher Navoiyning «Lisonut-tayr» asari birinchi marotaba polyak tiliga polshalik mutaxassis Yanuj Kjijovskiy tomonidan tarjima qilinib, kitob shaklida chop etildi va Polsha kutubxonalariga tarqatildi. Ushbu nashrning bir nusxasi muallifning iltimosiga binoan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga sovg‘a tariqasida taqdim etildi. Ushbu asarni “Jahon” xorijiy adabiyotlar o‘quv zalida o‘qishingiz mumkin.

06.03.2014 O‘zbekiston Milliy kutubxonasining “ISTIQBOL” o‘quv zalida 8-mart munis ayollar hamda latofatli qizlarimizning bayrami munosabati bilan “Ona aziz - ayol mo’tabar” nomli kitob-rasmli ko’rgazma tashkil etildi

Ayol bu - mehr-muhabbat, ayol - Vatan, ayol - go’zallik va nafosat timsoli.   Vatan, yurt so’zlarining ona so’zi bilan payvasta aytilishi ham ayolning buyukligidan dalolatdir. Ayol-oilamiz, xonadonimiz oftobi, tirikligimiz quyoshi.  Ayol - borliq ko’zgusi. Uning go’zalligi olamni charog’on etadi, chunki uning niyati pok, o’zi pok. Shu bois uni avaylab, asragan yurtning kelajagini porloq deb naql qilishadi. Shu ma’noda, buni O’zbekistonimizga va uning bir-biridan latofatli, oqila  o’zbek ayollariga nisbat qilsak, xato bo’lmaydi. 


Oldin   103 104 105 106 107 108 109 110 111 112 113 114 115 116 117 118 119 120 121 122 123 124 125    Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar