Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Yangiliklar
20.03.2014 Milliy kutubxonada elektron ma'lumotlar bazasini to‘ldirilishi hamda nashrlarga ISBN va ISSN raqamini berish ishlari davom etmoqda

Milliy bibliografiya ma'lumotlari bazasini shakllantirsh xizmati AIBS dasturi asosida elektron ma'lumotlar bazasini o‘lkaga oid bo‘lgan gazeta va jurnal maqolalari bilan to‘ldirib kelmoqda. 2014 yil 17 - 20 mart holatiga ko‘ra 95 nusxa gazeta; 4 nusxa jurnal; jami 468 bibliografik yozuv kiritildi.  366 bibliografik yozuv tahrir qilindi. 
O‘zbekiston Respublikasida chiqariladigan nashrlarga kitobning xalqaro standart tartib raqamini (ISBN) berishda - 92 ta ISBN raqami (kattalar adabiyoti uchun 89 ta va bolalar adabiyoti uchun 3 ta) berildi. 54 ta kattalar adabiyoti  va 3 ta bolalar adabiyoti uchun 20 ta  hisob-kitob shartnomasi tuzildi.  

19.03.2014 O’zbekiston milliy kutubxonasida Mirzo Ulug’bekning 620 yilligi munosabati bilan “Mirzo Ulug‘bek - yulduzlar kashfiyotchisi” nomli kitob ko’rgazmasi tashkil etildi.

“Tafakkur” o‘quv zalida o’z davrining  buyuk olimi, mashhur matematik va astronom, Movoraunnahr hukmdori Amir Temurning nabirasi, taniqli davlat arbobi Mirzo Muhammad ibn Shohruh ibn Temur Ulug’bek Ko’ragonning 620 yilligi munosabati bilan “Mirzo Ulug‘bek - yulduzlar kashfiyotchisi” nomli kitob - rasmli ko’rgazmasi tashkil etildi. Ko’rgazmada 1424 - 1428 - yillar mobaynida Samarqand shahri yaqinidagi Obirahmat anhori bo’yidagi Ulug’bek rasadxonasi haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo’lasiz. Ulugʻbek ilm-fan olamida buyuk astronom sifatida mashhur.  

18.03.2014 O’zbekiston Milliy kutubxonasida O’zbek futboli kuniga bag’ishlangan “Futbolim faxrim” nomli kitob-rasmli ko’rgazma tashkil etildi

Milliy kutubxonaning “Tafakkur” o’quv  zalida O’zbek futboli kuniga bag’ishlangan “Futbolim faxrim“ nomli  kitob-rasmli  ko’rgazma  tashkil  etildi.  Ushbu  ko’rgazmada  hozirgi  kunda  rivojlanib  kelayotgan sport turlaridan biri futbol haqida ma’lumotga ega bo’lishingiz mumkin. Futbol o’yinining paydo bo’lishi, uning  texnikasi  va taktikasining tavsifi,  hozirgi kundagi yutuqlari haqida kengroq ma’lumotga ega bo’lasiz. O’zbek futbolchilarimizdan Temirxo’ja  Abdulxoliqovning Xorvatiyadagi faoliyati, “Lokomotiv“ klubida to’p surgan himoyachi Sherzod Sharipov haqidagi qiziqarli ma’lumotlarga ham ega bo’lasiz. Yoshlarimizning bu sport turiga qiziqishlari va erishayotgan yutuqlari mamlakatimizni dunyoga tanitmoqda. 

17.03.2014 «Central Asia - 2014» konferensiyasi to‘plamida tezis va ma'ruzalarni chop etish uchun hujjatlarni qabul qilish davom etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 23 dekabrdagi 868-f-sonli farmoyishi “Central Asia. Fan, ta'lim, madaniyat va biznesda internet va kutubxona-axborot resurslari” mavzusida 8-xalqaro konferensiyasini o‘tkazish” (1-ilovasi bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida 2014 yilda o‘tkaziladigan xalqaro ilmiy va ilmiy-texnikaviy anjumanlar rejasi”ning 3-bandiga asosan) rejalashtirilgan.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi 2014 yilning 22 - 26 aprel kunlari Qarshi shahrida “Central Asia - 2014  Fan, ta'lim, madaniyat va biznes sohalarida internet va kutubxona-axborot resurslari” mavzusida VIII Xalqaro konferensiyasini o‘tkazadi. 

17.03.2014 Milliy kutubxonada elektron ma'lumotlar bazasini to‘ldirilishi hamda nashrlarga ISBN va ISSN raqamini berish ishlari davom etmoqda

Joriy yilning 10 - 14 martgacha Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 220 ta yangi nomdagi axborot resurslari qabul qilinib, ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Shulardan 100 ta kitob, (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlash-tirildi: siyosat - 22 nusxa; tibbiyot - 5 nusxa; ta'lim va madaniyat - 8 nusxa, badiiy adabiyotlar - 7 nusxa; qishloq xo‘jaligi - 3 nusxa;  adabiyotshunoslik - 30 nusxa; tabiiy fanlar - 25 nusxa)  120 ta avtoreferat (siyosat - 28 nusxa; tabiiy fanlar - 22 nusxa;  

15.03.2014 AKADEMIK RASSOM O‘GITLARI
Ustoz va uning qadr-qimmati  to‘g‘risida  shunday voqyea haqida hikoya qilinadi:
Vizantiya xalqi g‘oliblarni gullar bilan olqishlar edi. Ulardan bir guruhi podshoh - Sulton Mehmetxon qarshisiga yuradi.Ittifoqo, ular oppoq soqolli, viqorli va salobatli Oqshamsuddin hazratlarini ko‘rib qolishib, uni podshoh gumon qilishib, guldastalarini uzatadilar. Podshohning ustozi bo‘lmish hazrat bu qutlovdan xijolat bo‘lib, otlarini chetga suradilar-da:
-  Jahonda yangi sanani ochgan hukmdor Sulton Mehmetxon men emasman, ana udir, gullarni unga beringlar, -deydilar.

Oldin   102 103 104 105 106 107 108 109 110 111 112 113 114 115 116 117 118 119 120 121 122 123 124    Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar