Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Yangiliklar
07.04.2014 Milliy kutubxonada elektron ma'lumotlar bazasini to‘ldirilishi hamda nashrlarga ISBN va ISSN raqamini berish ishlari davom etmoqda

Joriy yilning 31 martdan 4 aprelgacha Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 74 ta yangi nomdagi kitoblar qabul qilinib, ro‘yxatdan o‘tkazilib (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlash-tirildi: siyosat - 27 nusxa; ta'lim va madaniyat - 5 nusxa, qishloq xo‘jaligi - 2 nusxa;  adabiyotshunoslik - 5 nusxa; ma'lumot axborot - 23 nusxa; tabiiy fanlar - 5 nusxa;  san'at - 2 nusxa; dinshunoslik - 5 nusxa)   texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.  

03.04.2014 IQTIDORLI YOSHLAR ANJUMANI
29 mart kuni Alisher Navoiy nomidagi Ozbekiston Milliy kutubxonasining Kinozalida Iqtidorli yoshlar klubining navbatdagi-an'anaviy yigilishi bolib otdi.
Farzandlarimiz bizdan kora kuchli, bilimli, dono va albatta, baxtli bolishlari kerak shiori ostida  otgan mazkur anjumanga yozuvchi  Miryoqub Qobilov mehmon sifatida  tashrif buyurib,  hayot va ijod togrisida oz bilgan va his qilganlarini misollar bilan, qiziqarli tarzda hikoya qilib berdi.
Hayotini Salomatlik soqmoqlarida otkazishni niyat qilgan yosh sayohatchi-sportchi Metin Qobilov va u bosib otgan yollar xususidagi videolavhalar klub ishtirokchilarda ochmas taassurot qoldirdi. Undagi tabiatga muhabbat, atrof-muhitni asrab-avaylash borasidagi mushohadalar bugunning muammolaridan biri sifatida qabul  qilindi.
03.04.2014 2014yil 2 aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Xalqaro bolalar kitobi kuniga bag‘ishlangan “Bolalar kitobi dunyosiga sayohat” mavzusida ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasining majlislar zalida 2 aprel Xalqaro bolalar kitobi kuniga bag‘ishlangan “Bolalar kitobi dunyosiga sayohat” mavzusida ijodiy  uchrashuv  bo‘lib  o‘tdi kuni. Ijodiy uchrashuv doirasida “Bolalar kitobi dunyosiga sayohat” mavzusida kitob -rasmli ko‘rgazma tashkil etildi.
Ushbu uchrashuvda “Sharq” nashriyot-matbaa aksiadorlik kompaniyasi xodimlari hamda  o‘zbek bolalar adabiyotining ko‘zga ko‘ringan iste'dodli vakillaridan biri, O‘zbekiston xalq yozuvchisi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Xudoyberdi To‘xtaboyev  ishtirok etdi. 

02.04.2014 «Central Asia - 2014» konferensiyasi bo‘yicha on-layn ro‘yxatga olish yakunlandi

Hurmatli konferensiya qatnashchilari,  konferensiya bo‘yicha ro‘yxatga olish yakunlandi. Sayt orqali ro‘yxatdan o‘tganlarni Qarshi shahrida kutamiz.
22 apreldan konferensiya  qatnashchilarini Qarshi shahridagi mehmonxonalarga joylashtirish boshlanadi. Seminar qatnashchilari 22 aprel kuni soat 15.00 dan 18.00 gacha Qashqadaryo viloyat axborot-kutubxona markazida ro`yxatga olinadi. Manzil Qarshi shahri, Mustaqillik ko‘chasi, 21 uy.
23 aprel soat 8.30 dan 9.45 gacha Mulla To‘ychi Toshmuhammedov  nomidagi Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatrida ro‘yxatga olish davom ettiriladi.
02.04.2014 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida 1 aprel - kulgu va mutoyiba kuniga bag‘ishlangan “Keling, bir kulishaylik” mavzusida ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Kechada xalqimizga kulgu va shodlik ulashib kelayotgan “COMEDYUz” ijodkorlari ishtirok etdilar. “COMEDYUz” 2012 yili tashkil topgan bo‘lib, shu qisqa vaqt mobaynida muhlislarning olqishiga sazovor bo‘lib ulgurdi. Muloqot davomida ijodkorlar talaba yoshlar, o‘quvchilarni qiziqtirgan savollariga javob berdilar. O‘zlarining kulgiga to‘la sahna ko‘rinishlari, sho‘h va quvnoq qo‘shiqlarini namoyish etdilar. Sahna chiqishlari muhlislar tomonidan juda zo‘r ishtiyoq bilan qabul qilindi.    

01.04.2014 O‘zbekiston Milliy kutubxonasining 2014 yil mart oyi uchun asosiy ko‘rsatkichlari

Ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar  - 2 812  (jami - 77 328)
Qatnovlar - 47 169
Kitob berilishi  - 494 402
Ekskursiyalar (tashkilotlar)  - 28, qatnashganlar soni  - 1 019
Yangi kelib tushgan nashrlar: kitoblar  - 327, avtoreferatlar  - 391, jurnallar  - 751, gazetalar  - 5974, CD-ROM - 20. 


Oldin   100 101 102 103 104 105 106 107 108 109 110 111 112 113 114 115 116 117 118 119 120 121 122    Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar