Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Yangiliklar
08.01.2016 O'zbekiston Milliy kutubxonasida O'zbekiston xalq rassomi Malik Nabiev tavalludining 100 yilligiga bag'ishlangan kitob-rasmli ko'rgazma ochildi

2016 yil 8 yanvar kuni O'zbekiston Milliy kutubxonasining “Kashfiyot” zalida tarixiy janrda ijod qilib, zamondoshlarimizni ajdodlarimiz: buyuk olimlar, madaniyat va san'at namoyondalari bilan tanishtirgan O'zbekiston xalq rassomi, O'zbekiston BA akademigi, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan san'at arbobi, professor Malik Nabiev tavalludining 100 yilligiga bag'ishlangan “Zabardast musavvir” deb nomlangan kitob-rasmli ko'rgazma ochildi.

07.01.2016 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida shoir Lutfiy tavalludining 650 yilligiga adabiyotlarning ochiq ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi


2016 yil 7 yanvar kuni soat 15:00da “O‘zbekiston” zalida  o‘zbek mumtoz adabiyoti vakili, shoir Mavlono Lutfiy tavalludining 650 yilligiga bag‘ishlangan “Karomatgo‘y shoir” mavzusida adabiyotlarning ochiq ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Lutfi 1366 yilda Hirotda tavallud topgan. Dunyoni ko‘rish va uni anglash maqsadida Markaziy Osiyo, Osiyo va Kavkaz bo‘ylab ko‘p sayohat qiladi. Lutfiy uqroviy bilimlarni o‘rganishni erta boshladi. O‘z davrining barcha shoirlari kabi u ham nafaqat fors balki turk tilida ham ijod qilar edi. Biroq uning forsiy she’rlari bizgacha yetib kelmagan. Faqatgina “Gul va Navro‘z” poemasi va betakror samimiyat bilan sug‘orilgan g‘azal va ruboiylari yetib kelgan. Ilg‘or qarashlar va turfa bilimlar sohibi Lutfiy zamonasining illatlariga jim qarab turolmas va ularni o‘z asarlarida fosh etar edi.  

07.01.2016 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida U.Shekspirning “Gamlet” asari asosida kitobxonlar klubining adabiy kechasi bo‘lib o‘tdi

2016 yil 7 yanvar kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida U.Shekspirning “Gamlet” asari asosida kitobxonlar klubining adabiy kechasi bo‘lib o‘tdi. Britaniya kengashi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan uchrashuvni Toshkent shahridagi Xalqaro vestminster universiteti o‘qituvchisi Rozaliya Ziryanova olib bordi. 

05.01.2016 O‘zbekiston Millliy kutubxonasida O‘zbekiston xalq artisti Ikroma Boltaeva tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan kitob-rasmli ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi


2016 yil 5 yanvar kuni O‘zbekiston Millliy kutubxonasida O‘zbekiston xalq artisti, aktrisa Ikroma Boltaeva tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan “Sahnaga baxshida umr” mavzusida kitob-rasmli ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Millliy kutubxonasi fondida saqlanuvchi aktrisaning hayoti va ijodiy faoliyatiga dahldor kitoblar, gazeta va jurnallardan olingan maqolalar va intervyular joy oldi.

05.01.2016 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Abror Hidoyatov tavalludining 115 yilligiga bag‘ishlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi


31 dekabr - 3 yanvar kunlari O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Ijod” zalida O‘zbekiston xalq artisti, aktyor Abror Hidoyatov tavalludining 115 yilligiga bag‘ishlangan “O‘zbek Otellosi” nomli kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi. Ko‘rgazmada taqdim etilgan kitoblar va fotosuratlar o‘zbek xalqining mashhur va fidoiy, hayotining katta qismi teatr bilan bog‘liq bo‘lgan aktyorning hayotiy va ijodiy yo‘li haqida hikoya qiladi. Jahon teatr dunyosida Abror Hidoyatov o‘zbek sahnasida Otello va Gamletni o‘ynagan aktyor sifitida tanish.

04.01.2016 O‘zbekiston Milliy kutubxonasining 2015 yil dekabr oyi uchun asosiy ko‘rsatkichlari


Alisher Navoiy nomidagi
 O‘zbekiston Milliy kutubxonasi ro‘yxatidan 125736 ta foydalanuvchi o‘tgan. Shundan 597 ta foydalanuvchi qayta ro‘yxatdan o‘tgan.
2015 yilning dekabr oyida ro‘yhatga olingan foydalanuvchilar soni 1489 shundan chet el fuqorosi 6 ta.
Foydalanuvchilar quyidagi toifalar bo‘yicha taqsimlandi:
Talaba - 544;
O‘quvchi – 507;
Abituriyent – 157;
Magistr – 51;
Ilmiy xodim – 4


Oldin   1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22    Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar