Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Yangiliklar
23.04.2014 Milliy kutubxonaning “Jahon” o‘quv zalida”, “Xalqaro kitob va mualliflik huquqini himoya qilish kuni” ga bag’ishlangan kitob ko’rgazmasi tashkil qilindi
Ushbu ko’rgazmada sanaga bag’ishlangan rasmlar, Vilyam Shekspir, Charls Jon Dikkens, Migel De Servantes, Vladimir Nabokov kabi mashhur chet el adabiyoti namoyondalarining bir qancha asarlari namoyish etildi.
“Xalqaro kitob va mualliflik huquqini himoya qilish kuni” xalqaro nishonlanadigan muhim sanalardan biri hisoblanib, 1996 yil  YUNESKO tashkiloti tomonidan  e'lon qilingan. Kitob va mualliflik huquqini himoya qilish jarayonida asosiy e’tiborni ajdodlarimizdan saqlanib kelinayotgan bosma va turli hildagi adabiyotlarni muhofaza qilishga qaratiladi. Insoniyatning madaniy merosini boyitishda kitob eng yaxshi yordamchi vosita hisoblanadi. 
22.04.2014 22 aprel kuni O‘zbekiston Xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 60 yilligiga bag‘ishlangan madaniy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning 2013 yil 27 dekabr kuni e'lon qilingan “O‘zbekiston Xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 60 yilligini nishonlash to‘g‘risida” gi qarori ijrosini ta'minlash, yoshlarni Vatanga muhabbat, uning taqdiriga daxldorlik ruhida kamol toptirish hamda mustaqillikni mustaxkamlash yo‘lida olayotgan bilimlarini yanada mustaxkamlash maqsadida tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston XDP Markaziy kengashi mas'ul xodimlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zolari, Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi a'zolari, Toshkent shahar va tuman kengashlari raislari, O‘zMU jurnalistika fakulteti, O‘zDJTU xalqaro jurnalistika fakulteti professor o‘qituvchilari va talabalari, shoirning gazeta tahririyatida birga ishlagan hamkasblari,  O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist Mirsharof  Muxsimov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati a'zosi, O‘zbekiston Xalq shoiri Mahmud Toir, “Zulfiya” nomidagi Davlat mukfoti sovrindorlari hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.

18.04.2014 Milliy kutubxonada elektron ma'lumotlar bazasini to‘ldirilishi hamda nashrlarga ISBN va ISSN raqamini berish ishlari davom etmoqda

Joriy yilning 14 - 18 aprelgacha Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 100 ta yangi nomdagi kitoblar qabul qilinib, ro‘yxatdan o‘tkazilib (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlash-tirildi: siyosat - 22 nusxa; ta'lim va madaniyat - 5 nusxa, qishloq xo‘jaligi - 2 nusxa;  adabiyotshunoslik - 2 nusxa; ma'lumot axborot - 4 nusxa; tabiiy fanlar - 5 nusxa;  tilshunoslik - 3 nusxa; dinshunoslik - 24 nusxa; badiiy adabiyot - 31 nusxa; tibbiyot - 2 nusxa)   texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.

18.04.2014 Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining fondi "Shanxayga yo‘l" loyihasi bo‘yicha Xitoy haqidagi yangi adabiyotlar bilan to‘ldirildi

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi turli xalqaro hamkorliklarining samarasi natijasida, yurtimizda xitoy tili va madaniyatini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish ancha ortib bormoqda. Kuzatuvlar natijasida Milliy kutubxonada ham xitoy tilidagi adabiyotlarga talab borligini ko‘rish mumkin. Foydalanuvchilarning talab va istaklarini inobatga olgan holda 2013 yilning 24 aprel kuni Milliy kutubxona va Shanxay ilmiy tadqiqot va ommaviy kutubxonasi o‘rtasida “Hamkorlik memorandumi” imzolandi. (1995 yilning oktyabr oyida Shanxay kutubxonasi Shanxay ilmiy texnikaviy axborot instituti bilan qo‘shilgandan keyin, mamlakatda birinchi yetuk axborot va bibliografik majmuiga aylandi). 

17.04.2014 16 aprel kuni Shoir Muhammad Yusuf tavalludining 60 yilligi munosabati bilan “O‘zingdan qo‘ymasin, xalqim” mavzusida xotira kechasi bo‘lib o‘tdi

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida joriy yilning 16 aprel kuni milliy adabiyotimiz, madaniyatimiz va ma'naviyatimiz rivojini yuksaltirishga, yosh avlod qalbida o‘zligini anglash, milliy g‘urur va iftihor tuyg‘ularini, ezgu fazilatlarni kamol toptirishda yorqin iz qoldirgan, iste'dod egasi, betakror ijodkor, milliy sheriyatimizni yuksaltirishga katta hissa qo‘shgan O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 60 yilligi munosabati bilan “O‘zingdan qo‘ymasin xalqim” deb nomlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda shoir Muhammad Yusufning she'riyatga kirib kelgan yo‘li va yaratgan asarlari, xalqimiz dilini egallagan she'riy asarlari  ijodkorlar hamda talaba yoshlarning chiqishlarida qayd etildi.

16.04.2014 15 aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Sharq ayoli” jamg‘arma fondi hamkorligida o‘quvchilarining ilmiy diplom ishlari ko‘rildi
“SHARQ AYOLI” xalqaro ayollar jamg‘armasi faoliyati ilm-fan, ma'orif, intelektual salohiyatni rivojlantirishga va intelektual harakatni himoya qilishga qaratilgan.
2010 yildan O‘zbekiston Halq Ta'limi vazirligi hamda Respublika Fanlar akademiyasi  bilan hamkorlikda “Mustaxkam avlod-yurt faxri” deb nomlangan loyixa tashkil etilgan. Shu loyixa asosida har yili maktab o‘quvchilarining  diplom ishlarini  himoyasi bo‘lib o‘tadi.
Ushbu loyihani asosiy maqsadi - ijodkor pedagoglarni qo‘llab-quvvatlash hamda axborot texnologiyalaridan foydalangan holda zamonaviy  pedagogik  o‘qitish tizimini  yaratilishida ko‘mak berishdir. 

Oldin   98 99 100 101 102 103 104 105 106 107 108 109 110 111 112 113 114 115 116 117 118 119 120    Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar