Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Yangiliklar
29.04.2014 23-25 aprel kunlari Qarshi shahrida - “Fan, ta'lim, madaniyat va biznesda internet va kutubxona-axborot resurslari - Central Asia-2014” 8-Xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

23-25 aprel kunlari Qarshi shahrida - “Fan, ta'lim, madaniyat va biznesda internet va kutubxona-axborot resurslari - Central Asia-2014” 8-Xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Mazkur anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari Qo‘mitasi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari Davlat Qo‘mitasi, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, Madaniyat va sport ishlari, Xalq ta'limi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirliklari hamda boshqa qator idora va tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan mazkur anjumanda O‘zbekiston, AQSH, Germaniya, Rossiya, Ukraina, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Kanada kabi mamlakatlardan 305 nafar soha vakillari, ekspert va olimlar ishtirok etishdi.  

28.04.2014 Milliy kutubxonada elektron ma'lumotlar bazasini to‘ldirilishi hamda nashrlarga ISBN va ISSN raqamini berish ishlari davom etmoqda

Joriy yilning 21 - 25 aprelgacha Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 306 ta yangi nomdagi avtoreferatlar qabul qilinib, ro‘yxatdan o‘tkazilib (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlash-tirildi: siyosat - 113 nusxa; ta'lim va madaniyat - 34 nusxa, qishloq xo‘jaligi - 16 nusxa;  tabiiy fanlar - 36 nusxa;  tilshunoslik - 12 nusxa;  tibbiyot - 45 nusxa, texnika - 46 nusxa, san'at - 2, sport - 2) texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.  

24.04.2014 “Central Asia-2014” VIII - Xalqaro anjumanda “Axborot-kutubxona muassasalarida bolalar va yoshlarni mutolaaga jalb qilishning yangi yo‘nalishlari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

Moskva viloyati davlat bolalar kutubxonasi, Karaganda viloyati o‘smirlar kutubxonasi, Andijon viloyati axborot-kutubxona markazi, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hamda Respublika axborot-resurs markazi mutaxassis vakillari “Hozirgi sharoitda axborot - kutubxona muassasalarida bolalar mutolaasi muammolari, bolalar bilan ishlashda ularni o‘qishga qiziqtirishning yangi ijtimoiy - madaniy yo‘nalishlari, mutolaa madaniyati har tomonlama rivojlangan shaxsni shakllantirishning faktori sifatida, mutolaa madaniyatini shakllantirishda axborot - kutubxona muassasalari faoliyati” to‘g‘risida savol-javob va ma'ruzalar muxokamasi bo‘lib o‘tdi.

24.04.2014 “Central Asia-2014” VIII – Xalqaro anjumani o‘z faoliyatini davom ettirmoqda
Qashqadaryo viloyati axborot - kutubxona markazida  4 ta sektsiya yo‘nalishi bo‘yicha anjuman ishtirokchilarining  ma'ruzalari tinglandi: 
1-sektsiyada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasi, O‘zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi, Xalq ta'limi vazirligi, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi kabi tashkilotlar 10 ta soha mutaxassislarining “Axborot - kutubxona faoliyatining qonunchilik va me'yoriy hujjatlar bazasi, mualliflik huquqi va intelektual mulk yo‘nalishlari” mavzusidagi ma'ruzalari tinglandi. Sektsiyani O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi a'zosi deputat   Karimova Xafiza Qo‘ldoshevna olib bordi.
23.04.2014 “Central Asia-2014” VIII - Хalqaro anjumanida davra suhbati hamda seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

“Central Asia-2014” Fan, ta'lim, madaniyat va biznesda internet va kutubxona-axborot resurslari” 8 - Хalqaro konferensiyasi  doirasida «Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida» gi Qonunni amalga oshirish: ustivor vazifalar» mavzusida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari bo’yicha qo‘mita raisi Djuraboyev Abdurashid Abduvoxidovich hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi,  Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi a'zosi, deputat Karimova  Xafiza Qo‘ldoshevnalar moderatorligida, mamlakatimizda Axborot-kutubxona faoliyatida olib borilayotgan islohotlar Respublikaning barcha axborot-resurs markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish funksiyasini amalga oshirish, aholini axborot-kutubxona bilan ta'minlash darajasini oshirish va doimiy takomillashtirishni inobatga olgan holda ularni yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi.

23.04.2014 2014 yil 23 aprel kuni Mulla To’ychi nomidagi Qarshi viloyat musiqa va drama teatrida “Central Asia-2014” VIII - Хalqaro anjumani umumiy yig‘ilishining rasmiy ochilishi bo‘lib o‘tdi.
Mulla To’ychi nomidagi Qarshi viloyat musiqa va drama  teatrida yangi adabiyotlarni ko’rgazma doirasidagi taqdimotlari bo’lib o’tdi. Ko’rgazmada bolalar adabiyoti, jurnallar,  ensiklopediya va lug’atlar, Ilmiy ommabop va badiy adabiyotlarga oid kitoblarning ko’rgazmasi tashkil qilindi.
Konferensiyaning asosiy  maqsadi - fan, ta'lim, madaniyat va biznes sohalarida elektron axborot resurslarini qo‘llash va rivojlantirishda axborot-kutubxona muassasalari, o‘quv yurtlari, arxivlar, muzeylar va boshqa tashkilotlar o‘rtasida ta'sirchan hamda samarali hamkorlikni faollashtirish.

Oldin   97 98 99 100 101 102 103 104 105 106 107 108 109 110 111 112 113 114 115 116 117 118 119    Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar