Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Yangiliklar
05.05.2014 Respublika Ma'naviyat Targ‘ibot markazi bilan hamkorlikda “G‘oyamiz-himoyamiz” ijtimoiy-ma'rifiy loyihasi doirasida tadbir o‘tkazildi

3 may kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Respublika Ma'naviyat targ‘ibot markazi bilan hamkorlikda “Bizning g‘oyalarimiz-bizning himoyamiz” ijtimoiy-ma'rifiy loyiha doirasida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Ushbu loyihaning asosiy maqsadi: Har qanday davlatning istiqboli o‘sib kelayotgan yosh avlodning barkamolligiga bog‘liq. Barkamol avlod ikkita kuchga tayanadi. Bular aqlan va jismonan sog‘lomlikdir. Bu esa o‘z navbatida ta'lim-tarbiyaning samarasi bilan belgilanadi. Iqtidorli avlod bilimga, nutq mahoratiga ega, o‘z fikrini mustaqil bayon qila oladilar. Bu borada oila, maktab, mahalla sog‘lom avlod bo‘g‘inidir. 

03.05.2014 O`zbekiston Milliy kutubxonasida O’zbekiston xalq yozuvchisi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san'at arbobi, dramaturg Hamid G‘ulom tavalludining 95 yilligiga bag‘ishlangan kitob ko‘rgazmasi tashkil qilindi

2 may kuni “O’zbekiston” o’quv  zalida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san'at arbobi, yozuvchi, dramaturg Hamid G‘ulom tavalludining 95 yilligiga bag‘ishlangan  bibliografik obzor va kitob ko‘rgazmasi tashkil qilindi.
Hamid G’ulom to’liq ismi (Hamidov G’ulom Ubaydullayevich) 1919 yilning 25 aprelida tavallud topgan. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi, Respublika va Davlat mukofotlari sovrindori Hamid G‘ulom yetuk shoir, nosir va dramaturgdir.
01.05.2014 Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi ro‘yxatidan 79 908 ta foydalanuvchi o‘tgan

2014 yilning aprel oyida ro‘yhatga olingan foydalanuvchilar soni
Shulardan: 
Erkak 1375
Ayol 1243
Foydalanuvchilar quyidagi toifalar bo‘yicha taqsimlandi:
Talaba 1486
O‘quvchi 596
Abituriyent 167
Magistr 67
Ilmiy xodim 11
01.05.2014 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Мay oyida tashkil qilinadigan tadbirlar

2 may kuni soat 16:00 da “O’zbekiston”  o’quv  zalida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san'at arbobi, yozuvchi, dramaturg Hamid G‘ulom tavalludining 95 yilligiga bag‘ishlangan  bibliografik obzor va kitob ko‘rgazmasi tashkil qilinadi.
may kuni soat 12:00 da Respublika Ма’naviyat Targ’ibot markazi bilan hamkorlikda “G’oyamiz-himoyamiz” ijtimoiy-ma’rifiy loyihasi doirasida tadbir hamda “Qora ilon” nomli film namoyishi o’tkaziladi.

01.05.2014 O‘zbekiston Milliy kutubxonasining 2014 yil aprel oyi uchun asosiy ko‘rsatkichlari

Ro‘yhatdan o‘tgan foydalanuvchilar  - 2 618  (jami - 79 908)
Qatnovlar - 47 823
Kitob berilishi  - 433 401
Ekskursiyalar (tashkilotlar)  - 30, qatnashganlar soni  - 988
Yangi kelib tushgan nashrlar: kitoblar  - 674, avtoreferatlar  - 264, jurnallar  - 651, gazetalar  - 5365, CD-ROM - 54.  Jami - 7 008
29.04.2014 26 aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Tatar madaniyat markazi bilan hamkorlikda Abdulla To‘qayning ijodiga bag‘ishlangan xotira kechasi bo‘lib o‘tdi

26 aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Tatar madaniyat markazi  bilan hamkorlikda Abdulla  To‘qayning ijodiga bag‘ishlangan xotira kechasi bo‘lib o‘tdi. Kechada Tatariston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan  madaniyat xodimi R.Ya. Mannyapova, Toshkent shahar Tatar jamoatchilik madaniyati markazining  Sergeli, Ulugbek, Xamza, Yakkasaray tuman  filiallari, shoira F.Zamanova, N.Xanim, Milliy kutubxonaning xizmati rahbari M.I. Matmurodova, Tatar xalqi yoshlari ishtirok etishdi.


Oldin   96 97 98 99 100 101 102 103 104 105 106 107 108 109 110 111 112 113 114 115 116 117 118    Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar