Foydali resurslar
1-iyun Butunjahon bolalarni himoya qilish kuni. Yurtimizda bayram munosabati bilan bolajonlar uchun va ularning ishtirokida turli tadbirlarni o‘tkazish yaxshi an'anaga aylanib qolgan. O‘zbekiston Milliy kutubxonasi 30 may kuni bir qator tadbirlarni O‘zbekiston Baynalminal madaniy markazi, Toshkent davlat san'at va madaniyat instituti va «GLOBAL PEER EDUCATION» o‘quv markazi hamkorligida tashkil qilishni rejalashtirgan.
Milliy kutubxonaning “Ijod” o‘quv zalida “Sog‘lom bola yili”ga bag‘ishlangan “Sapfir” cholg‘u ansamblining “Nasri Segoh” nomli musiqiy kechasi tashkil etildi.
Joriy yilning 22––23 may kunlari Toshkent shahridagi G‘afur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida Respublika “Kitob bayrami" ma'naviy-ma'rifiy, ijtimoiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbir O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, Yozuvchilar uyushmasi, Madaniyat va sport ishlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Xalq ta’limi vazirliklari, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi, «Mahalla» xayriya jamoat fondi, «O‘zdavkitobsavdota’minoti» mas’uliyati cheklangan jamiyati hamda Toshkent shahar hokimligi hamkorligida tashkil etildi.
2014 yil 23 may kuni O’zbekiston Milliy kutubxonasining kichik majlislar zalida “Danko” adabiy-ijodiy uyushmasi a'zolari ishtirokida mushoira kechasi o‘tkazildi.
Tadbirda A.Markaryan Sankt Peterburgga uyushtirilgan safari to‘g‘risidagi ma'ruzasi bilan qatnashdi. A.Markaryan shahar tarixi va adabiyoti to’g’risida uyushma a’zolariga gapirib berdi.
22 may kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Respublika Ma'naviyat targ‘ibot markazi bilan hamkorlikda “G’oyamiz-himoyamiz” ijtimoiy-ma'rifiy loyiha doirasida tadbir o‘tkazildi.
Tadbirni o’tkazishdan asosiy maqsad – yoshlarning bilim doirasini kengaytirish, ona yurtiga, o‘z xalqi tarixiga, umuminsoniy va milliy qadriyatlarga muhabbat tuyg‘usini oshirish.
Tadbirda Respublika Ma'naviyat targ‘ibot markazi, Milliy g‘oya va mafkura ilmiy - amaliy markazi, “Kamolot” Yoshlar ijtimoiy harakati, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim Vazirligi, Xalq ta'limi Vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi xotin-qizlar qo‘mitasining mas'ul xodimlari, ommaviy axborot vositalari xodimlari, o‘qituvchi va murabbiylar, o‘quvchi va talaba - yoshlar qatnashdilar.