Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O’zbekiston Milliy kutubxonasida Alisher Navoiyning rus tilidagi «Жемчужные строфы» (“Nazm ul-javohir”) kitobining taqdimoti o’tkazildi - Bo`limga qaytish


24.06.2014

 24 iyun kuni O’zbekiston Milliy kutubxonasida Alisher Navoiyning birinchi marta rus tiliga tarjima qilingan «Жемчужные строфы»  („Nazm ul-javohir“) kitobining  taqdimoti o’tkazildi.

 Buyuk shoir o‘zining “Javohirlar bilan bezatilgan marjon”ini hazrat Alining “Nasr ul-laoliy” kitobida arab tilida ifodalagan hikmatli so‘zlaridan yaratgan. Navoiy bu hikmatli so‘zlarni ruboiylar orqali o‘zbek tilida ifodalagan.
 
 
Ushbu asar bundan 540 yil avval yozilgan bo‘lib, Buyuk shoir o‘zining “Javohirlar bilan bezatilgan marjon” asari hazrat Alining „Nasr ul-laoliy“ kitobida arab tilida ifodalagan hikmatli so‘zlaridan yaratgan. Navoiy bu hikmatli so‘zlarni ruboiylar orqali o‘zbek tilida ifodalagan. 
Tarjimon A. Navoiy she'rlarining badiiy xususiyatlarini, ularning ohangdorligini saqlab qolishga harakat qilgan. Kitob A. Navoiy zamoni (15-16- asrlar) miniaturalari bilan bezatilgan. 
Navoiy bu ishni qanday uddalaganini quyidagi satrlar orqali ifodalagan:
 
Yorab, ul javohirlarniki, manzum ettim, 
Chekkanim anga har nuqtaki, ma’lum ettim, 
Har nuqtaga bir tarona marqum ettim, 
Ko‘p gavhar aning zimnida maktum ettim.
 
Dinora Azimova buyuk shoirning haqiqatan ham ajoyib bu “xazinasi”ni badiiy tarjima qilib, uni rus tilida o‘quvchilar e’tiboriga havola etmoqda.
Tarjimon A. Navoiy she’rlarining badiiy xususiyatlarini, ularning ohangdorligini saqlab qolishga harakat qilgan.
Navoiy ruboiylarining izohlari butun dunyoga mashhur navoiyshunos professor Aziz Qayumov tomonidan amalga oshirilgan.
Ushbu kitob 2014 yilning may oyida "O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan nashr etildi. Tadbirda professor D. Azimova, akademik A. Qayumov, Yozuvchilar Uyushmasi a’zosi A.Alimbekov, muharrir O.Vulf, rassom-Sh.Odilov, jurnalistlar, axborot-kutubxona muassasalarining mutaxassislari, OAV va Alisher Navoiyning ijodiga qiziqgan kitobxonlar ishtirok etishdi.
Ishtirokchilar  kitob haqida to’liq ma’lumotga ega bo’lishlari hamda o’z fikrlarini bildirishi uchun  Alisher Navoiyning rus tiliga tarjima qilingan «Жемчужные строфы » („Nazm ul-javohir“) nomli kitobining bir necha nusxalari tarqatildi. 
         O’zbekiston Milliy kutubxonasining fondini to’ldirish uchun Kitob mualliflari o’z kitobining bir necha nusxasini taqdim qildilar.
 
 
 
 
Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar