O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Danko” adabiy-badiiy uyushmasi tomonidan shoirlar va yozuvchilar ishtirokida ijodiy kecha tashkil etildi -
Bo`limga qaytish
24.06.2014
23 iyun kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasining kinozalida “Danko” adabiy-badiiy uyushmasi tomonidan “Suv-hayot manbai” mavzusida shoirlar va yozuvchilar ishtirokida ijodiy kecha o‘tkazildi.
Xalqimiz qadim-qadimdan suvni ilohiy ne'mat deb bilgan, uni qadrlashni farzandlariga o‘rgatgan, suvni isrof qilishni gunoh deb hisoblagan. Darhaqiqat, suvning tomchisiyam muqaddas...
Mashhur rus geologi akademik A.P. Karpinskiy: “Suvdan qadrliroq ne'mat yo‘q, u siz hayot yo‘q”-deb ta'rif bergan.
Tadbirda O.Bordovskiy, N. Ribkina, L.Zavarzina, S. Balakin va boshqalar ishtirok etishdi. “Suv haqida” mavzusida taqdimoti bilan Armanush Markaryan ishtirok etdi. So‘ng “Tirik suv” nomli badiyfilmi namoyishi qilindi. Filmda Masaru Emoto ismli shifokor so‘z, musiqa, matn va video orqali suvga ta'sir etish holatini ko‘rsatgan.