Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston hukumati va Koreyaning eksport-import banki o‘rtasida “Milliy umumta'lim elektron kutubxona” tashkil etish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvi imzolandi - Bo`limga qaytish


24.06.2014

    2014 yil  17 iyun kuni Koreya Respublikasining Prezidenti Pak Kin Xening O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida O‘zbekiston hukumati va Koreyaning eksport-import banki o‘rtasida “Milliy umumta'lim elektron kutubxona” tashkil etish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvi imzolandi.

   Loyiha 2015 yilda  mamlakatning 20 ta yirik axborot-kutubxona muassasalarini, 2016-2018 yillarda 2000 ta axborot-resurs markazlarini,  2020 yilgacha esa qolgan barcha axborot-kutubxona muassasalarini birlashtiradigan yagona integratsiyalashgan axborot-kutubxona tarmog‘ini yaratishni ko‘zda tutadi. Loyiha doirasida  Alisher Navoiy nomidagi  O‘zbekiston Milliy kutubxonasida quyidagi 2ta markaz tashkil qilinadi va jihozlanadi:
   Bosma nashrlar, audio, video va fotomaterillarni elektron formatga o‘tkazib beradigan Skanerlash markazi hamda Multimedia va elektron darsliklar, audio kitob va audio nashrlarni yaratib beradigan multimedia markazi.
 Loyihani amalga oshirish natijasida O‘zbekiston  kutubxonalarining axborot-kutubxona resurslaridan  mamlakatning turli hududidagi aholi keng foydalanishiga  imkoniyat yaratiladi.
 
Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar