“23 iyun - Xalqaro Olimpiada kuni” munosabati bilan kitob-rasmli ko‘rgazma tashkil etildi -
Bo`limga qaytish
23.06.2014
23-iyun kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining “Istiqbol” o‘quv zalida “23 iyun - Xalqaro Olimpiada kuni” munosabati bilan kitob-rasmli ko‘rgazma tashkil etildi. Ushbu ko’rgazmada Xalqaro Olimpiada tarixi, tashkil etilgan kuni, yurtimizning faxrli sportchilari haqida batafsil ma’lumotga ega bo’lishingiz mumkin.
.jpg)
Ma'lumot uchun:
Mustaqillik yillarida yurtimizda sportni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Natijada qisqa muddatda O‘zbekiston sporti rivojlangan mamlakatlar safidan o‘rin oldi. Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan istiqlolning dastlabki kunlaridanoq erkin demokratik jamiyat qurish yo‘lidagi keng ko‘lamli vazifalarni hal etishga qodir, ham jismoniy, ham ma’naviy yetuk, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiya topgan avlodni voyaga yetkazish yuksak maqsad etib belgilandi. Bu jarayonda sport barkamol avlod va komil inson tarbiyasining muhim vositasiga aylandi.