Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O’zbekiston Milliy kutubxonasida Iqtidorli yoshlar klubining navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi - Bo`limga qaytish


23.06.2014

    “Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch” asarining “Ma'naviyat va jamiyatning yangilanishi” bobida yurtboshimiz Islom Karimov “Har jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalash vazifasi istiqlol yillarida biz uchun hal qiluvchi masalaga aylandi”-deganlarida albatta yosh avlodning mutolaa madaniyatini nazarda tutgan. Negaki, busiz kelajakni tasavvur etish amri mahol. Qolaversa, farzandingizning bir qo‘lga non bersangiz, bir qo‘lga kitob bering  degan aqida bugungi kun ishoralaridan biri.

   Shuni nazarda tutib, 21 iyun kuni  Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Iqtidorli yoshlar klubi”ning navbatdagi yig‘ilishi respublikamiz nashriyotlarida nashr etilgan yangi kitoblarga bag‘ishlandi. Yig‘ilishda “Bayoz” nashriyotida chop etilgan yangi kitoblar taqdimoti bo‘ldi. Unda filologiya fanlari doktori, professor Boqijon To‘xliyev, Dilfuza To‘xliyeva, adabiyotshunos olima Marg‘uba Mirqosimova, shuningdek, Navro‘z Xasanov, Mo‘tabar Murodova, Zohidjon Olov, Dilbar Murodovalarning “Alisher Navoiy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan (muraqqa) albomi, “Navoiy g‘azallari ” (nasriy ayon, sharh va izohlar), “Qutadg‘u bilig”, “So‘z iztiroblari”, “Chorlab turing”, “Yulduzlar”, “Tuyg‘ular qo‘zg‘aloni”, “Ingliz tilini o‘rganish+8” kitobining mualliflari bilan klub ishtirokchilari tanishdilar. Kitoblar haqida mushohada yuritdilar. Fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdilar. Mualliflarning taqdim etilgan asarlari yig‘ilganlarga sovg‘a tariqasida tarqatildi.

 
 
  Klubning keyingi mashg‘ulotlarida ham respublikamiz nashriyotlarida chop etilgan yangi kitoblar taqdimot uchun muxlislar muhokamasiga qo‘yishga kelishib olindi.

 

Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar