Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
REJISSYOR BAHODIR YO‘LDOSHEV BILAN IJODIY UCHRASHUV - Bo`limga qaytish


20.06.2014

19 iyun kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida rejissyor Bahodir Yo‘ldoshev bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston Xalq artisti, professor Adiba Sharipova, jurnalist Boris Babayev,  Borovskiy nomidagi Tibbiyot kolleji o‘quvchilari, O‘zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti talabalari va Milliy kutubxonaning kitobxonlari ishtirok etishdi.


Uchrashuv davomida Bahodir Yo‘ldoshev o‘zining ijodiy faoliyati va “Diydor” studiyasi haqida gapirib berdi, spektakllarning hozirgi kundagi ahamiyati, kelajagi to‘g‘risida fikrlarni aytib o‘tdi.
Ma'lumot uchun: Bahodir Yo‘ldoshev Tursunovich 1945 yilda Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahrida tavallud topgan.  1970 yilda Toshkent Teatr va rassomchilik institutini tamomlagan. Ko‘p yillar mobaynida  Abror Hidoyatov nomidagi akademik drama teatrining bosh rejissyori bo‘lib ishlagan va “Ro‘yxatlarda yo‘q” (B.Vasilyev), “Kelinlar qo‘zg‘aloni”, Farmonbibi arazladi  (S.Ahmad), “Nodirabegim”(T.To‘la), “Yulduzli tunlar” (P.Qodirov), “Zebuniso” (Uyg‘un), “Maysaraning ishi” (Hamza), “Arshin mol olon” (U.Xojibekov) kabi bir qator spektakllarni sahnalashtirgan.  Bahodir Yo‘ldoshev 1979 yili “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san'at arbobi”, 1995 yili “O‘zbekiston xalq artisti”, 1998 yili “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlangan.



Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar