Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Yangiliklar
12.06.2014 “Axborot kutubxona muassasasining eng yaxshi mutaxassisi 2014” Respublika ko'rik tanlovining yakuniy natijasi

11 iyun kuni O'zbekiston Milliy kutubxonasida Axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislari  tajribasini o‘rganish, erishilgan yutuqlarni umumlashtirish, zamonaviy axborot tеxnologiyalari asosida xizmat ko‘rsatayotgan eng yaxshi mutaxassislarni rag‘batlantirish, mutaxassislarni yuksak ma’naviyatli, o‘z kasbiga fidoiy bo‘lishlari va ilg‘or tajribalarni ommalashtirish maqsadida  tashkil etilgan “Axborot kutubxona muassasasining eng yaxshi mutaxassisi” ko’rik tanlovi o’z faoliyatini yakunladi.

10.06.2014 “AXBOROT KUTUBXONA MUASSASASINING ENG YAXSHI MUTAXASSISI 2014”ko'rik tanlovi

10 iyun kuni O’zbekiston Milliy kutubxonasida, Axborot-kutubxona mutaxassisi  kasbining ahamiyatini ochish, mavqeini ko’tarish, axborot –kutubxona sohasi mutaxassislarining ijodiy potensiali va ishchanligini oshirish, ish faoliyatini namoyon qilish maqsadida, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari Davlat qo’mitasi, Oliy va O’rta maxsus ta’lim Vazirligi, o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi, xalq ta’limi Vazirligi, Madaniyat va sport  ishlari Vazirligi hamda O'zbekiston Milliy kutubxonasi bilan hamkorlikda “Eng yaxshi axborot - kutubxona mutaxassisi 2014” tanlovi o'tkazilmoqda. Tanlovda Respublikamizning 12 viloyati, Qoraqalpog'iston Respublikasi va Toshkent shahar axborot - kutubxona muassasalarining tuman, viloyat bosqichlarida g'oliblikni qo'lga kiritgan guruhlar qatnashmoqda.

10.06.2014 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida oliy o‘quv yurtlari tasarrufidagi axborot-resurs markazlari rahbarlari uchun o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi

9 iyun kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasining o‘quv markazida hududlarda oliy o‘quv yurtlari tasarrufidagi axborot-resurs markazlari rahbarlari uchun o‘quv seminar o‘tkazildi.  Seminarning kirish qismini O‘zbekiston Milliy kutubxonasining direktori A.Xodjayev ochib berdi. Seminarda O‘zbekiston Milliy kutubxonasining loyihaviy faoliyati, UZMARC Kommunikativ mashina o‘qiydigan format - kataloglashtirishning yagona talablari, ma'lumotlarni masofaga yetkazib berish va mutimediya resurslar bazasi

09.06.2014 "Iqtidorli yoshlar" klubining navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi

Qobilyatli yoshlarni topish, ularni qo’llab-quvvatlash nafaqat bugunning, balki ertangi kunning-kelajakning ham dolzarb vazifalaridan ekanligini Respublikamizda hamma biladi. Prezidentimiz Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat- yengilmas kuch” asarida ham bu haqda ko’p o’rinda to’xtalib o’tilgan. Shuni nazarda tutib, Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasining kinochilar zalida 7 iyun kuni "Iqtidorli yoshlar" klubining navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi. 

06.06.2014 O`zbekiston Milliy kutubxonasida A.S.Pushkin tavalludining 215 yilligiga bag’ishlangan ijodiy uchrashuv bo'lib o'tdi

6 iyun kuni “Ijod” zalida  A.S.Pushkin tavalludining 215 yilligiga bag’ishlangan ijodiy uchrashuv va kitob ko‘rgazmasi o’tkazildi
Har bir xalqning donishmandligi va qalb nazokatini o`zida mujassamlantirgan shoiri bo`ladi. Rossiyada inson ma`naviy olamining musavviri, shubhasiz,  Aleksandr Sergeyevich Pushkindir. U nurga intilib, doim ozodlik uchun kurashuvchi shoir, buyuk optimist bo`lib yetishdi. 
Pushkin yaratgan asarlar – lirik she`rlar, dostonlar, ertaklar, dramatik asarlar, hikoyalar, qissalar, romanlarning hamasi vaqt sinovidan muvaffaqiyat bilan o`tdi. Chinakam san`at asari zamonlar o`tishi bilan qarimas, aksincha, har qaysi zamonda ilgari uncha ko`zga tashlanmagan yangi qirralari jilolanib yasharib borar ekan.  Pushkinning qay bir asarini o`qimang, ular xuddi kechagina yozilgandek tuyuladi.

05.06.2014 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida iyun oyida tashkil qilinadigan tadbirlar

6 iyun kuni soat 14:00 da “Ijod” zalida  A.S.Pushkin tavalludining 215 yilligiga “К нему не зарастает народная тропа” nomli ijodiy uchrashuv va kitob ko‘rgazmasi bo'lib o'tadi.
7 iyun kuni soat 14:00 da  Kichik  majlislar  zalida  O‘zbekiston psixologlari uyushmasi tomonidan  “Ongga ovqatlanishning ta'siri”  mavzusida ma'ruza.
7 iyun kuni soat 14:00 da kutubxona kinozalida  “Iqtidorli yoshlar klubi” yig‘ilishi.
9-11 iyun kunlari Axborot kutubxona muassasalarining “Axborot kutubxona muassasasining eng yaxshi mutaxassisi” kasbiy tanlovining Respublika bosqichi.


Oldin   91 92 93 94 95 96 97 98 99 100 101 102 103 104 105 106 107 108 109 110 111 112 113    Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar