O’zbekiston Milliy kutubxonasida Vazirlar Maxkamasining Ijro boshqaruvi va axborot tizimlari va telekommunikatsiya masalalari bo’yicha mutaxassis va rahbarlari ishtirokida o’quv seminar bo'lib o'tdi -
Bo`limga qaytish
16.06.2014
14 iyun kuni O’zbekiston Milliy kutubxonasida hujjatlar bilan ishlashni takomillashtirish, ijro intizomi, fuqarolarning yozma va og’zaki murojaatlarini ko’rib chiqish, normativ-xuquqiy xujjatlarni va qonunchilik loyihalarining xuquqiy ekspertizasi amaliyotini kuchaytirish hamda Vazirlar Maxkamasi axborot tizimi va telekommunikatsiya masalalari kompleksi tashkilotlarida boshqaruv va ishlab chiqarish jarayonini avtomatlashtirishni ta’minlashda zamonaviy axborotlashtirilgan tizim va dasturiy vositalarni qo'llash masalasida o’quv seminar tashkil etildi.
.jpg)
Seminar davomida Axborot tizimi va telekommunikatsiya masalalari kompleksi tashkilotlarida ijro intizomini mustahkamlash va kamchiliklarni bartaraf etish, ish yuritish bo'yicha qo'llanma talablari va boshqa normativ-xuquqiy xujjatlar asosida hujjatlar bilan ishlash amaliyotini takomillashtirish, O'zbekiston Respublikasining "Fuqarolar murojaati to'g'risida"gi qarori talablari ijrosi va kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlari holati; O'zbekiston Respublikasi Prezidenti xujjatlari, qonunlari ijrosini kompleks o'rganish xulosasi, ijro intizomi monitoringi natijalarida aniqlangan hujjatlar bilan ishlashdagi yo’l qo’yilgan kamchiliklar hamda Bosh vazir tomonidan tasdiqlangan bayon topshiriqlari ijrosi monitoringi haqida; “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish doirasida interaktiv hizmatlarni takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.