Litva Respublikasi delegatsiyasining O'zbekiston Milliy kutubxonasiga tashrifi -
Bo`limga qaytish
13.06.2014
2014 yilning 13 iyun kuni parlamentlararo hamkorlik doirasida Litva Respublikasi Spikerining birinchi o'rinbosari janob Vidas Gyadvilas va Litva Respublikasining O'zbekistondagi elchisi janob Renat Norkus boshchiligidagi delegatsiya O'zbekiston Milliy kutubxonasiga tashrif buyurdi. Tashrif chog'ida delegatsiya a'zolari nodir va alohida qimmatga ega adabiyotlar, kutubxonada joriy qilingan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, o'quv zallari bilan tanishdilar. Mehmonlar O'zbekiston Milliy kutubxonasining zamonaviy texnik jixozlar bilan yuqori darajada ta'minlanganligi va fondining boyligini e'tirof etdilar.

Janob Vidas Gyadvilas Milliy kutubxonaning fahriy mehmonlari kitobiga o`z dastxatini va tilaklarini yozib qoldirdi.