Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Yangiliklar
23.06.2014 “23 iyun - Xalqaro Olimpiada kuni” munosabati bilan kitob-rasmli ko‘rgazma tashkil etildi

 23-iyun kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy  kutubxonasining “Istiqbol” o‘quv zalida “23 iyun - Xalqaro Olimpiada kuni” munosabati bilan kitob-rasmli ko‘rgazma tashkil etildi.

23.06.2014 O’zbekiston Milliy kutubxonasida Iqtidorli yoshlar klubining navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi

“Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch” asarining “Ma'naviyat va jamiyatning yangilanishi” bobida yurtboshimiz Islom Karimov “Har jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalash vazifasi istiqlol yillarida biz uchun hal qiluvchi masalaga aylandi”-deganlarida albatta yosh avlodning mutolaa madaniyatini nazarda tutgan. Negaki, busiz kelajakni tasavvur etish amri mahol.

20.06.2014 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Yuksak ma'naviyatli avlod” festivalining respublika bosqichi o‘tkazildi
20 iyun kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Respublika ma'naviyat targ‘ibot markazi hamda bir qator hamkor vazirlik va tashkilotlar bilan hamkorligida “Yuksak ma'naviyatli avlod” festivalining respublika bosqichi o‘tkazildi.
Festival bugungi kunda amalga oshirilayotgan davlat siyosatining ustivor yo‘nalishlari, keng ko‘lamli islohatlarning mohiyati qabul qilingan hujjatlari, Prezidentimizning farmon, farmoyish va asarlari, hukumat qarorlarini atroflicha sharhlash va tushuntirish, davlat dasturlarining ahamiyatini, yurtimizga qarshi qaratilgan g‘oyaviy va informatsion hurujlar, ularning ortida turgan kuchlarning g‘arazli maqsadlarini fosh qilish, yoshlarni hushyorlik va ogohlikka da'vat etish, yosh olimlar va mutaxassislar, iqtidorli va ijodkor yoshlar ishtirokida joylarda ayniqsa, yoshlar o‘rtasida o‘tkazilmoqda.
20.06.2014 REJISSYOR BAHODIR YO‘LDOSHEV BILAN IJODIY UCHRASHUV

19 iyun kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida rejissyor Bahodir Yo‘ldoshev bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston Xalq artisti, professor Adiba Sharipova, jurnalist Boris Babayev,  Borovskiy nomidagi Tibbiyot kolleji o‘quvchilari, O‘zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti talabalari va Milliy kutubxonaning kitobxonlari ishtirok etishdi.

16.06.2014 O’zbekiston Milliy kutubxonasida Vazirlar Maxkamasining Ijro boshqaruvi va axborot tizimlari va telekommunikatsiya masalalari bo’yicha mutaxassis va rahbarlari ishtirokida o’quv seminar bo'lib o'tdi

14 iyun kuni  O’zbekiston Milliy kutubxonasida hujjatlar bilan ishlashni takomillashtirish, ijro intizomi, fuqarolarning yozma va og’zaki murojaatlarini ko’rib chiqish, normativ-xuquqiy xujjatlarni va qonunchilik loyihalarining xuquqiy ekspertizasi amaliyotini kuchaytirish hamda Vazirlar Maxkamasi axborot tizimi va telekommunikatsiya masalalari kompleksi tashkilotlarida boshqaruv va ishlab chiqarish jarayonini avtomatlashtirishni ta’minlashda zamonaviy axborotlashtirilgan tizim  va dasturiy vositalarni  qo'llash masalasida o’quv seminar tashkil etildi.

13.06.2014 Litva Respublikasi delegatsiyasining O'zbekiston Milliy kutubxonasiga tashrifi

2014 yilning 13 iyun kuni parlamentlararo hamkorlik doirasida Litva Respublikasi Spikerining birinchi o'rinbosari janob Vidas Gyadvilas va Litva Respublikasining O'zbekistondagi elchisi janob Renat Norkus boshchiligidagi delegatsiya O'zbekiston Milliy kutubxonasiga tashrif buyurdi. Tashrif chog'ida delegatsiya a'zolari nodir va alohida qimmatga ega adabiyotlar, kutubxonada joriy qilingan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, o'quv zallari bilan tanishdilar. Mehmonlar O'zbekiston Milliy kutubxonasining zamonaviy texnik jixozlar bilan yuqori darajada ta'minlanganligi va fondining boyligini e'tirof etdilar. 


Oldin   90 91 92 93 94 95 96 97 98 99 100 101 102 103 104 105 106 107 108 109 110 111 112    Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar