“Axborot kutubxona muassasasining eng yaxshi mutaxassisi 2014” Respublika ko'rik tanlovining yakuniy natijasi -
Bo`limga qaytish
12.06.2014
11 iyun kuni O'zbekiston Milliy kutubxonasida Axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislari tajribasini o‘rganish, erishilgan yutuqlarni umumlashtirish, zamonaviy axborot tеxnologiyalari asosida xizmat ko‘rsatayotgan eng yaxshi mutaxassislarni rag‘batlantirish, mutaxassislarni yuksak ma’naviyatli, o‘z kasbiga fidoiy bo‘lishlari va ilg‘or tajribalarni ommalashtirish maqsadida tashkil etilgan “Axborot kutubxona muassasasining eng yaxshi mutaxassisi” ko’rik tanlovi o’z faoliyatini yakunladi.
I-bosqichda tumanning eng yaxshi axborot-kutubxona mutaxassislari Oliy va O’rta maxsus ta’lim Vazirligi, o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi, xalq ta’limi Vazirligi va boshqa vazirliklarning vakillari tomonidan aniqlanib olindi.
II-bosqich viloyat bosqichida, eng yaxshi mutaxassislar taqdimot tayyorlashdi, test sinovlari va AKTdan foydalanish malakasi sinovini topshirishdi.
10-iyun kuni O'zbekiston Milliy kutubxonasida yakuniy Respublika bosqichi bo'lib o'tdi. Respublika bosqichi 4 shart bo'yicha o'tkazildi. «Yangi avlod axborot-kutubxona mutaxassisi” mavzusida guruhlarning taqdimoti hamda innovatsion loyiha shartlari bo'yicha birinchi va ikkinchi bosqichlari o'tkazildi.
11 iyun kuni 3-shartda qatnashuvchilar yanada faolroq ishtirok etishdi. “Kitob bilan dunyo ochilur” mavzusida o‘zlarining oldindan tayyorlab kelgan badiiy chiqishlari ya’ni raqs, qo’shiq, sahna ko’rinishi bilan mavzuni yoritib berdilar. 4-shartda esa adabiyot viktorinasi o’tkazildi. Viktorinada ishtirokchilar 50 ta test savollariga javob topishdi.
Ko‘rik-tanlov natijasiga ko‘ra 1-o'rinni Namangan viloyati jamoasining quyidagi ishtirokchilari qo`lga kiritdi:
Urmanov Aleksey- Namangan axborot-kutubxona markazining yetakchi mutaxassisi,
Qayumova Mashxura- Namangan muhandislik pedagogika instituti axborot-resurs markazining 1-toifali bibliografi,
Eshnazarov Nurillo-Mingbuloq o'zgarish maishiy hizmat kolleji axborot-resurs markazining mutaxassisi,
Sultonov Dilshod-viloyat axborot-kutubxona markazining bo'lim mudiri,
Narzullayev Murodulla-viloyat ko'zi ojizlar kutubxonasining kutubxonachisi .
.jpg)
2 -o'rinni Qoraqalpog'iston Respublikasi jamoasining quyidagi ishtirokchilari qo`lga kiritdi:
Abbazova Gulzar-axborot-kutubxona markazining bo'lim boshlig'i,
Aluchiyev Azamat- Qoraqalpoq Davlat universiteti axborot-resurs markazining yetakchi mutaxassisi,
Yuldasheva Guldarixa- Nukus san'at va madaniyat kolleji axborot-resurs markazining yetakchi mutaxassisi,
Qidirniyazova Qirmizi- Nukus tumani axborot-resurs markazining yetakchi mutaxassisi,
Makeshova Jadira-Qoraqalpog'iston Respublikasi ko'zi ojizlar kutubxonasining mutaxassisi.
3 -o'rin Farg'ona viloyati jamoasining quyidagi ishtirokchilariga nasib etdi:
Dadajonova Kamola-axborot-kutubxona markazining asosiy kutubxonachisi,
Mo'minova Farida – Farg'ona Davlat universiteti axborot-resurs markazining bo'lim mudiri,
Yuldasheva Hayotxon- Farg'ona elektrotexnika kolleji axborot-resurs markazi rahbari,
Abdullayeva Hafizaxon- Bag’dod tumani axborot-resurs markazining sho'ba mudirasi.
.jpg)
Tanlovda g`oliblikni qo`lga kiritgan jamoalar ishtirokchilariga diplom va sovg‘alar topshirildi. Kasbiy tanlov g`olibi Namangan viloyati jamoasiga O’zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan oliy sovrin Sankt-Peterburg shahri kutubxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishish va tajriba almashish maqsadida bir haftalik malaka oshirish stajirovkasiga sertifikat topshirildi.
Bunday ko‘rik-tanlovning har yili o‘tkazilishi axborot-kutubxona mutaxassislarining o‘z kasbiga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirishga, o‘z ustida ishlab doimiy ravishda malakalarini oshirib borishga va oqibatda kitobxonlarga ko‘rsatilayotgan xizmat sifati hamda madaniyatini yuksaltirishga xissa qo`shadi deb o`ylaymiz.