“AXBOROT KUTUBXONA MUASSASASINING ENG YAXSHI MUTAXASSISI 2014”ko'rik tanlovi -
Bo`limga qaytish
10.06.2014
10 iyun kuni O’zbekiston Milliy kutubxonasida, Axborot-kutubxona mutaxassisi kasbining ahamiyatini ochish, mavqeini ko’tarish, axborot –kutubxona sohasi mutaxassislarining ijodiy potensiali va ishchanligini oshirish, ish faoliyatini namoyon qilish maqsadida, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari Davlat qo’mitasi, Oliy va O’rta maxsus ta’lim Vazirligi, o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi, xalq ta’limi Vazirligi, Madaniyat va sport ishlari Vazirligi hamda O'zbekiston Milliy kutubxonasi bilan hamkorlikda “Eng yaxshi axborot - kutubxona mutaxassisi 2014” tanlovi o'tkazilmoqda. Tanlovda Respublikamizning 12 viloyati, Qoraqalpog'iston Respublikasi va Toshkent shahar axborot - kutubxona muassasalarining tuman, viloyat bosqichlarida g'oliblikni qo'lga kiritgan guruhlar qatnashmoqda.
.jpg)
Tanlovni deputat, O'zbekiston qonunchilik palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari qo'mitasi a'zosi X. Karimova va O'zbekiston Milliy kutubxonasining direktori A.Xodjayev ochib berdilar.
Birinchi shartda ishtirokchilar “Yangi avlod axborot - kutubxona mutaxassisi” mavzusida oz'larining ish faoliyati haqidagi guruhlarning taqdimoti o’tkazildi. Ikkinchi shartda ishtirokchilar «Muammoni hal qiling» mavzusida o'zlarining loyihalarini yaratishdi. Birinchi va ikkinchi shartlar bo’yicha hakamlar hay'ati natijalarni e'lon qilishdi.
.jpg)