Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida oliy o‘quv yurtlari tasarrufidagi axborot-resurs markazlari rahbarlari uchun o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi - Bo`limga qaytish


10.06.2014
9 iyun kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasining o‘quv markazida hududlarda oliy o‘quv yurtlari tasarrufidagi axborot-resurs markazlari rahbarlari uchun o‘quv seminar o‘tkazildi.  Seminarning kirish qismini O‘zbekiston Milliy kutubxonasining direktori A.Xodjayev ochib berdi. Seminarda O‘zbekiston Milliy kutubxonasining loyihaviy faoliyati, UZMARC Kommunikativ mashina o‘qiydigan format - kataloglashtirishning yagona talablari, ma'lumotlarni masofaga yetkazib berish va mutimediya resurslar bazasi; O‘zbekistonda davlat bibliografiyasini yuritish: vazifa  va ustivor yo‘nalishlari; ma'naviy ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirishda axborot - kutubxona muassasalarining o‘rni; qo‘lyozmalar,  nodir va alohida qimmatli nashrlar bilan ishlashda dasturiy ta'minot mahsulini joriy qilishning dolzarb masalalari; yig‘ma elektron katalog markazining ma'lumotlar bazasi, monitoring natijalariga ko‘ra respublikadagi axborot - kutubxona muassasalaridagi muammolar; axborot - kutubxona muassasalaridagi axborot - kutubxona resurslarini yagona hisobga olish tizimi mavzular yuzasidan O‘zbekiston Milliy kutubxonasining rahbar va mutaxassislari o‘z taqdimotlari bilan qatnashdilar.
Seminar yuzasidan savol-javob o‘tkazildi.



Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar