Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
"Iqtidorli yoshlar" klubining navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi - Bo`limga qaytish


09.06.2014
Qobilyatli yoshlarni topish, ularni qo’llab-quvvatlash nafaqat bugunning, balki ertangi kunning-kelajakning ham dolzarb vazifalaridan ekanligini Respublikamizda hamma biladi. Prezidentimiz Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat- yengilmas kuch” asarida ham bu haqda ko’p o’rinda to’xtalib o’tilgan. Shuni nazarda tutib, Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasining kinochilar zalida 7 iyun kuni "Iqtidorli yoshlar" klubining navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi. 
 
Yig’ilishda an’anaviy Pushkinxonlik bilan boshlandi. Shoir Shukur Qurbon o’z kirish so’zida rus she’riyatining dahosi bo’lmish A.S.Pushkin ijodi va shaxsiyati borasida, uning o’zbek adabiyoti vakillariga ta’siri, ona tilimizga tarjima qilingan asarlari xususida so’z yuritdi. Shoir she’rlaridan misollar keltirilib, sharhladi. 
Yig’ilganlarning unga munosabatini aniqladilar. Pushkin haqida yozilgan she’rlardan, tarjimalardan o’qib berdi. 
Yigilganlar Samarqanddan kelib ilk kitobini kutubxona nashriyotida chop etish istagida bo’lgan G’yrat Xudoyor bilan tanishdi. 
Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi “So’z” deb nomlangan adabiy to’garak a’zolarining klubga mehmon bo’lib kelishi alohida voqea bo’ldi. “So’z” to’garagining rahbari Gulbahor Ortiqova to’garaklarida olib borilayotgan ishlar haqida yig’ilganlarga hikoya qilib, to’garak a’zolari bilan tanishtirdi. 
Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar