Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O`zbekiston Milliy kutubxonasida A.S.Pushkin tavalludining 215 yilligiga bag’ishlangan ijodiy uchrashuv bo'lib o'tdi - Bo`limga qaytish


06.06.2014

6 iyun kuni “Ijod” zalida  A.S.Pushkin tavalludining 215 yilligiga bag’ishlangan ijodiy uchrashuv va kitob ko‘rgazmasi o’tkazildi
Har bir xalqning donishmandligi va qalb nazokatini o`zida mujassamlantirgan shoiri bo`ladi. Rossiyada inson ma`naviy olamining musavviri, shubhasiz,  Aleksandr Sergeyevich Pushkindir. U nurga intilib, doim ozodlik uchun kurashuvchi shoir, buyuk optimist bo`lib yetishdi. 

Pushkin yaratgan asarlar – lirik she`rlar, dostonlar, ertaklar, dramatik asarlar, hikoyalar, qissalar, romanlarning hamasi vaqt sinovidan muvaffaqiyat bilan o`tdi. Chinakam san`at asari zamonlar o`tishi bilan qarimas, aksincha, har qaysi zamonda ilgari uncha ko`zga tashlanmagan yangi qirralari jilolanib yasharib borar ekan.  Pushkinning qay bir asarini o`qimang, ular xuddi kechagina yozilgandek tuyuladi.
A. S. Pushkin 1831-yil o'zining „Pop va uning xizmatkori Balda haqida ertak", 1833-yil, “Baliqchi ham baliq haqida ertak", 1833-yil “0'lik malika va yetti bahodir haqida ertak" , 1834 -yil“01tin xo'roz haqida ertak"  kabi ertak-dostonlari bilan jahon bolalar adabiyoti xazinasini yanada boyitdi.

Yevropa mamlakatlari mohiyati to‘g’risida o‘ylab, tanqidiy xulosalarga keladi va «Mis chavandoz» dostoni uning dunyoqarashida ro‘y bergan ana shunday o‘zgarishlarning natijasi sifatida maydonga keladi. Rossiyaning yangi, kapitalistik taraqqiyot bosqichiga o‘ta boshlagani Pushkinning «Pikovaya dama» 1833yil qissasida o‘z tajassumini topgan.
O’zbekiston Milliy kutubxonasining fondida A.S.Pushkinning o’zbek, russ va boshqa  tillardagi asarlari hamda audio, grammplastinka, kompakt disk va audio kitob ko’rinishidagi ma’lumotlar mavjud.

Tadbirda Anna Axmatova nomidagi muzey klubining direktori A.V.Markeyevich, aktrisa Ye.P.Burova, bastakor va ijrochi G.S.Arefyev, Toshkent Davlat Konservatoriyasining 1-bosqich talabasi Ye.Sicheva hamda N. Semizvonkinaning sinfi ishtirok etishdi.
Tadbir davomida A.S.Pushkinning qalamiga mansub she’rlar o’qildi, uning she’rlariga  bastalangan qo’shiqlar ijro etildi va kitob ko’rgazmasi tashkil qilindi.
Tadbir so’ngida ishtirokchilarga O’zbekiston Milliy kutubxonasi nomidan esdalik sovg’alari taqdim etildi.


 
Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar