O‘zbekiston Milliy kutubxonasida iyun oyida tashkil qilinadigan tadbirlar -
Bo`limga qaytish
05.06.2014
6 iyun kuni soat 14:00 da “Ijod” zalida A.S.Pushkin tavalludining 215 yilligiga “К нему не зарастает народная тропа” nomli ijodiy uchrashuv va kitob ko‘rgazmasi bo'lib o'tadi.
7 iyun kuni soat 14:00 da Kichik majlislar zalida O‘zbekiston psixologlari uyushmasi tomonidan “Ongga ovqatlanishning ta'siri” mavzusida ma'ruza.
7 iyun kuni soat 14:00 da kutubxona kinozalida “Iqtidorli yoshlar klubi” yig‘ilishi.
9-11 iyun kunlari Axborot kutubxona muassasalarining “Axborot kutubxona muassasasining eng yaxshi mutaxassisi” kasbiy tanlovining Respublika bosqichi.
14 iyun kuni soat 14:00 da kutubxona kinozalida “Iqtidorli yoshlar klubi” yig‘ilishi..
19 iyun soat 15:00da majlislar zalida rejisser Bahodir Yo‘ldoshev bilan ijodiy uchrashuv.
21 iyun kuni soat 16:00 da “Danko” adabiy-badiiy uyushmasini tomonidan shoirlar va yozuvchilar ishtirokida ijodiy kecha tashkil etiladi.
“23 iyun – Xalqaro Olimpiada kuni” munosabati bilan tadbirlar, kitob-rasmli ko‘rgazma va shaxmat bo‘yicha musobaqalar tashkil etiladi.
24 iyun kuni Respublika shol kasalligi invalid bolalar va o‘smirlariga yordam berish jamoat markazi tomonidan “Inklyuziv muhitda shol kasalligi invalid bolalari va o‘smirlarini reabilitatsiyasi va bo‘sh vaqtini to‘g‘ri tashkil etish” mavzusida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tadi.
Tadbirlar ro’yhatiga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilishi mumkin