Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Yangiliklar
15.01.2016 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Allomaning saboqlari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi


2016 yil 15 yanvar kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, adabiyotshunos olim, filologiya fanlari doktori, professor Umarali Normatov tavalludining 85 yilligiga bag‘ishlangan “Allomaning saboqlari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, tilshunos olimlar, adabiyotshunoslar, adiblar va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar. 

Hayoti O‘zbekiston Milliy universiteti bilan chambar-chas bog‘liq bo‘lgan pedagog va tanqidchi Umarali Normatov 1931 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. U avval filologiya fakultetida,  so‘ng uning aspiranturasida tahsil oldi. 

13.01.2016 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Sh.Abbosov tavalludining 85 yilligi munosabati kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi


2016 yil 13 yanvar kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Ijod” o‘qish zalida O‘zbekiston xalq artisti, davlat mukofotlari va unvonlari sohibi, professor, kinorejissyor va ssenarist Shuhrat Abbosov  tavalludining 85 yilligi munosabati bilan “Mahallada duv-duv gvp bo‘lgan rejissyor” deb nomlangan kitob-rasmli  ko‘rgazma ochildi.

12.01.2016 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Z.Muhammadjonov tavalludining 95 yilligi munosabati kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi


2016 yil 12 yanvar kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “O‘zbekiston” o‘qish zalida O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq artisti Zikir Muhammadjonov tavalludining 95 yilligi munosabati bilan “Iste’dod qadri”  deb nomlangan kitob-rasmli  ko‘rgazma ochildi.

Zikr Muhammadjonov 1921 yilda Toshkentda tavallud topdi. 1938 yildan 2012 yilgacha,  70 yildan ortiq vaqt oralig‘ida Milliy akademik drama teatrida Navoiy, Beruniy, Ulug‘bek, Furqat, Salvadora Alende, Goratsio va boshqa 100dan ziyod rollarni ijro etgan. Ziyoli, aktyorlik kasbining mahoratli ustasi u har qanday rolni a’lo darajada ijro etish uchun izlanishda bo‘lgan aktyor hisoblanardi. 

12.01.2016 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida «Yoshlar - Uzbekistonning ishonchi, tayanchi va kudratli kuchidir» mazusida tadbir bo‘lib o‘tdi


2016 yil 12 yanvar kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida «Yoshlar - Uzbekistonning ishonchi, tayanchi va kudratli kuchidir» mazusida iqtidorli yoshlarni taqdirlashga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Respublika ma’naviyat va targ‘ibot markazi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan mazkur tadbirda olimlar, iqtidorli talabalar, ommaviy axborot vositalari xodimlari, oliy o‘quv yurtlari va jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

Tadbirning maqsadi – yurtimizda ilm-fan sohasining aniq fanlar hamda texnika yo‘nalishida ulkan yutuq va natijalarni qo‘lga ikritgan har tomonlama iste’dodli yoshlarni qo‘llab quvvatlash. Shuningdek ular safiga O‘zbekiston ravnaqi yo‘lida o‘z xissasini qo‘shish istagida bo‘lgan fidoiy yoshlarimizni jalb etish.

11.01.2016 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Jek Londonning 140 yilligi munosabati bilan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi


2016 yil 11 yanvar kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida asl ismi sharifi Jon Griffit bo‘lgan, Amerika tanqidiy realizm adabiyotining yirik vakili  Jek Londonning 140 yilligi munosabati bilan “Jek London izidan” deb nomlangan  kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi.

Sarguzasht hikoyalar va romanlar muallifi Jek London 1876 yilda San-Fransisko shahrida dunyoga kelgan. U bolalik chog‘laridayoq qiyinchiliklar bilan ishlashga majbur bo‘lgan, shunday qiyinchiliklar evaziga u o‘z kuchi bilan Kaliforniya universitetiga o‘qigsha kiradi va 3 yildan so‘ng iqtisodiy mashaqqatlar tufayli o‘qishni tashlashga majbur bo‘ladi. Uning birinchi ocherki “Yaponiya qirg‘oqlaridagi to‘fon” bo‘lib, u 1893 yilda chop etiladi.

11.01.2016 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Tinchlik uchun kurashmoq kerak” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi


2016 yil 8 yanvar kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Tinchlik uchun kurashmoq kerak” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 24 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan mazkur tadbir  O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar akademiyasi va O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan mazkur tadbirda Qurolli Kuchlar akademiyasi tinglovchilari, serjantlar, muddatli harbiy xizmatchilar, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti maxsus fakulteti kursantlari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdi.


Oldin   1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21    Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar