Foydali resurslar
21 mart kuni – “Navro‘z” umumxalq bayrami munosabati bilan O‘zbekiston Milliy kutubxonasi ishlamaydi.
20 mart bayram oldi kuni ish vaqti 1 soatga qisqartiriladi va soat 16.00 qadar foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatiladi.
23-25 mart 2016 yil O‘zbekiston Milliy kutubxonasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi fan va texnologiyalarni muvofiqlashtirish ko‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi, O‘zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi bilan hamkorlikda ILMIY MA’LUMOTLARDAN FOYDALANISh VA NAShR ETTIRISh FAOLLIGI Milliy ilmiy-ta’limiy forumini tashkil etmoqda.
2016 yil 16 mart kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Oila va bola taaqqiyoti markazi” loyihasi doirasida ota- onalarga farzand tarbiyasida ko‘maklashish, ularga psixologik tavsiyalar berish maqsadida tuzilgan “Baxtli ota-ona - baxtli bolalar” dasturining navbatdagi seminari bo‘lib o‘tdi.
Ushbu seminar tarbiya usullari, ota-onanlarning vazifalari va oila modellari mavzulariga bagishlangan bo‘lib, uni ruhshunos O.E.Avanesova olib bordi. Seminarda ruhshunoslar, tarbiyachilar va ota-onalar oilada kattalar va bolalar o‘rtasidagi munosabatlarga nisbatan qarashlarini bildirdilar va ularni muhokama qildilar.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida umumxalq bayrami Navro‘z tarixi, u bilan bog‘liq milliy udumlar va urf-odatlar bilan tanishtiruvchi “Qadaminga hasanot Navro‘z” nomli kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi.
Navro‘z bayrami juda qadimiy bayram sanaladi. Tarixchilarning fikricha, bu bayramning tarixi qariyb 3 ming yildan ziyod. Navro‘z asosan bahoriy teng kunlik kuni nishonlanadi. Navro‘z - tabiat uyg‘onishi ramzi, yangilanish, yasharish fasli, bu kunda qayta tiklanib, yangicha tus olgan xalqimizning qadimiy urf-odatlari, milliy an’analarimiz, turfa marosimlar namoyish etiladi.
2016 yil 11 mart kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida ukrain shoiri va rassomi Taras Grigorevich Shevchenko tavalludining 202 yilligi munosabati bilan adabiy-musiqiy kecha bo‘lib o‘tdi. O‘zbekistondagi Ukraina Respublikasi elchixonasi va “Slavutich” ukrain milliy madaniy markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur tadbirda adabiyotshunos olimlar, tarjimonlar, shoilar, musiqiy jamoalar, O‘zbekistonda istiqomat qiluvchi ukrain millati vakillari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.
2016 yil 11 mart kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida xitoy yozuvchisi Lao Shening “Mushuklar shahri xotiralari” nomli o‘zbek tilidagi kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi xodimlari, “DAVR PRESS” nashriyot-matbaa uyi xodimlari, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, jurnalistlar, xitoyshunos olimlar, tarjimonlar va Toshkent shahri OO‘Yu talabalari ishtirok etdilar.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondi Najmiddin Abu Hafs Umar ibn Muhammad ibn Ahmad an-Nasafiyning “Fiqh asoslarini o‘rganish va u to‘g‘ridagi umumiy qarashlarning tafsiloti” (“Tahsil usul al-fiqh”) va “Yulduzlarning chiqishi va ilmlarning to‘planish joyi” (“Matla an-nujum va majma al-ulum”) kitoblari bilan to‘ldirildi.
“Fiqh asoslarini o‘rganish va u to‘g‘ridagi umumiy qarashlarning tafsiloti” (“Tahsil usul al-fiqh”) kitobi “Noshir” nashriyotida 2015 yilda 208 bet hajmda chop etilgan bo‘lib, uning H.Aminov va S.Muhammadaminovlar tomonidan tarjimasi Toshkent davlat sharqshunoslik instituti huzuridagi Abu Rayxon Beruniy nomidagi Sharq qo‘lyozmalari markazining 2014-2015 yillarga mo‘ljallangan Yosh olimlar fundamental granti doirasida amalga oshirildi.
2016 yil 21 martda “Navro‘z” umumxalq bahor bayramini nishonlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 4 martdagi 176-F-son farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida:
2016 yil Milliy kutubxonada mart-aprel oylari “Tozalik oyligi” deb e’lon qilinadi va 12-13 mart kunlari umumxalq hayriya xashari o‘tkaziladi.
2016 yil 10 mart kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Yoshlarda media va axborot madaniyatini shakllantirish” mavzusida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “YS – your school” ingliz tili so‘zlashuv klubining davra suhbati bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Milliy kutubxonasi qoshida tashkil etilgan chet tillarni ommalashtirish va rivojlantirish markazi “YS – your school” tomonidan tashkil etilgan tadbirda ingliz tili so‘zlashuv klubining doimiy a’zolari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Istiqlol” zalida 8 Mart – Halqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan “Sen baribir muqaddassan...” nomli kitob-rasmli ko‘rgazma tashkil etildi. Ko‘rgazmada namoyish etilgan eksponatlarni ayollarga bag‘ishlangan va ayollar haqida hikoya qiluvchi suratlar, kitoblar va jurnallar tashkil etadi.
Ayollar kabi nozik, go‘zal va tarovatli bahor faslining ilk ayyomi –8 mart bayrami BMT tomonidan 1910 yilda ta’sis etilgan bo‘lib, ayollarning o‘z haq-huquqlari himoya qilish, erkaklar bilan ijtimoiy hayotda, oilada va saylovlarda teng huquqli bo‘lish uchun kurashidan, dunyoda tinchlikni barqarorligini ta’minlashdan iborat kun edi. Bu kurashning ijobiy natijasini bugun bayram qilinmoqda. Hozirgi kunda bu go‘zallik va bahor tantanasi kunidir.
“Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturini amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Oila va bola taraqqiyoti markazi” nomli loyiha ishlab chiqildi. Loyihaning maqsadi har bir oila farovonligi va yurtimizda tinchlik va osoyishtalikning muhim shartlari sifatida, oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni yuzaga keltirish, ota-ona va farzandlar o‘rtasida o‘zaro bir-birini tushunish, hurmat va mehr-muhabbatga asoslangan munosabatlarni shakllantirishdan iboratdir.
Munozara tarzida o‘tadigan to‘garak voyaga yetgan farzandlarni tarbiyalayotgan ota-onalar, farzand ko‘rishni rejalashtirayotgan er-xotinlar hamda tarbiya masalalari bilan qiziqayotgan yosh o‘g‘il-qizlarga mo‘ljallangan.
2016 yil 2 mart kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, jurnalist, aktyor, rejissyor, badiiy so‘z ustasi Ubaydulla Burhonovning 95 yilligi munosabati bilan xotira kechasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda taniqli madaniyat xodimlari, ommaviy axborot vositasi fidoiylari, jurnalistlar, operatorlar, Ubay Burhonning do‘stlari, maslakdoshlari va shogirdlari, kollej o‘quvchilari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.
2016 yil 3 mart kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida o‘zbek dorbozlar sulolasi asoschisi, O‘zbekiston va Rossiya xalq artisti, Mehnat Qahramoni Tashkenbay Egamberdiev tavalludining 150 yilliga bag‘ishlangan xotira kechasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Tashkenbaevlar sulolasi vakillari, san’atshunoslar, Toshkent davlat san’at va madaniyat instituti talabalari, Toshkent estrada-sirk kolleji o‘quvchilari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktor o‘rinbosari U.Teshabaeva tadbir qatnashchilarini qutladi, kutubxonada shu kabi tadbirlar o‘tkazilishining tarbiyaviy ahamiyati va Tashkenbay Egamberdievning milliy sirk san’atining shakllanishida va O‘zbek Davlat sirkining tashkil topishida tutgan o‘rnini alohida e’tirof etdi.
1 mart kuni soat 15:00da katta majlislar zalida adabiyotshunos olim, filologiya fanlari nomzodi Zuxriddin Isomiddinovning qirg‘iz shoiri To‘qtag‘ulga bag‘ishlangan “To‘qtag‘ul: qo‘shiqqa evrilgan, kuylarga to‘kilgan umr” nomli kitobining taqdimoti;
2 mart kuni soat 15:00da katta majlislar zalida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, aktyor, rejissyor, badiiy so‘z ustasi Ubaydulla Burhonovich Burhonov (1921-1998) tavalludining 95 yilligi munosabati bilan xotira kechasi;
3 mart kuni soat 9.00dan 13.00ga qadar katta majlislar zalida O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi tomonidan “O‘zbekiston XDPninig eng faol ayoli” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi;
2016 yil 1 mart kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston xalq shoirasi Zulfiya tavalludi munosabati bilan uning asarlari ko‘rgazmasi ochildi. Kitob-rasmli ko‘rgazmada shoiraning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan kitoblar, jurnallar va gazetalar taqdim etilmoqda.
O‘zbek xalqining sevimli shoirasi, taniqli jamoat arbobi, O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiya Isroilova 1915 yil 1 mart kuni Toshkentda tug‘ildi. U yuksak ma’naviyatli ziyolilar oilasida tavallud topdi. Zulfiya o‘rta maktabni va xotin-qizlar pedagogika bilim yurtini tamomlagach respublika gazeta va jurnallari nashriyotlarida ishlay boshladi, she’riyatga oshno bo‘lib she’r yozishni mashq qila boshladi.
2016 yil 1 mart kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “To‘qtag‘ul: qo‘shiqqa evrilgan, kuylarga to‘kilgan umr” kitobi tarjimasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Taqdimotda turkiyshunos olimlar, tilshunoslar, tarjimonlar, adabiyotshunoslar va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.
Anqara universiteti Til tarixi va geografiya fakulteti professori Gulzura Jumakunova rahbarligida bir guruh turkiyshunos-tarjimonlar tomonidan nashr ettirilgan makur kitobni qirg‘iz tilidan filologiya fanlari nomzodi, dotsent Zuhriddin Isomiddinov tarjima qilgan. Bag‘ishlov-kitob qirg‘iz xalqining ulug‘ oqini To‘qtag‘ul tavalludining 150 yilligiga bag‘ishlangan bo‘lib, “Eskishahar” Turkiya Madaniyat markazi agentligi tomonidan chop etilgan. Uning tayyorlanishida To‘qtag‘ulning hayot yo‘li va uning asarlari talqinini tadqiq etgan qirg‘iz, o‘zbek, ozarbayjon, qozoq, turkman va turk adabiyotshunoslari ishtirok etdilar.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi ro‘yxatidan 131579 nafar foydalanuvchi o‘tgan. Shundan 619 nafar foydalanuvchi qayta ro‘yxatdan o‘tgan.
2016 yilning fevral oyida ro‘yhatga olingan foydalanuvchilar soni 2804 shundan chet el fuqorosi 17 nafar.
Foydalanuvchilar quyidagi toifalar bo‘yicha taqsimlandi:
Talaba - 833;
O‘quvchi – 1082;
Abituriyent – 271
2016 yil 29 fevral kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida sanitariya-profilaktika ishlari o‘tkazilishi munosabati bilan foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatilmaydi.
2016 yil 26 fevral kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida ukrain shoirasi, dramaturg, tanqidchi, jamoat arbobi Lesya Ukrainkaning 145-yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda Ukrainaning O‘zbekistondagi diplomatik korpusi vakillari, “Slavutich” ukrain milliy madaniy markazi qatnashchilari, O‘zbekistonda istiqomat qiluvchi ukrainlar hamda kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etishdi.
2016 yil 25 fevral kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida aka-uka Vilgelm va Yakob Grimmlar hayoti va ilmiy izlanishlariga bag‘ishlangan “Ertak saqlovchilar” deb nomlangan kitob ko‘rgazmasi ochildi.
Folklor to‘plovchi aka-uka Vilgelm va Yakob Grimmlar ertaklarga xalq madaniyatining bir ko‘rinishi sifatida baho berar, ularni xalq tasavvuri va og‘zaki ijod namunasi sifatida asrab qolishga harakat qilar edilar. Aka-uka Grimmlar ilmiy izlanishining asosiy prinsipi – ertaklarning nafaqat mazmuni, syujeti rivojlanishi, yo‘nalishi, g‘oyasini, balki uning betakror tilini ham asrab qolishdan iborat. Ular to‘plagan ertaklar turli manbalardan olingan bo‘lib so‘zlab beruvchining til bo‘yoqdorligi, koloriti, maishiy realiyalar, uslubi va ohangi bo‘yicha bir-biridan farq qilar. Bunday xilma-xillikka qaramay aka-uka Grimmlar ularni tahrir qilishni uddaladilar: ertaklarning ruhi, tuzilishi va bir kishi tomonidan so‘zlab berilganligini tasavvur qilish imkoni yaratildi.
2016 yil 24 fevral kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida o‘zbek shoirasi Nodirabegim hayoti va ijodiga bag‘ishlangan kitoblar va jurnallardan tashkil topgan “Ko‘zlarim mushtoqdir diydor uchun” deb nomlangan kitob ko‘rgazmasi ochildi.
Shoira, XIX asrning birinchi yarmi o‘zbek mumtoz adabiyotining namoyondalaridan biri Mohlaroyim Nodira 1792 yilda Andijon xoqoni xonadonida tavallud topdi. U o‘sha davrdayoq har tomonlama yetuk ta’lim olgan, tarix va adabiyotga alohida mehr qo‘yib o‘rgangan. Qo‘qon honi Umarxon bilan turmush qurib, hayotining katta qismini Qo‘qonda, adabiy muhitda o‘tkazadi.
2016 yil 26 fevral kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi katta majlislar zalida ukrainalik shoira Lesya Ukrainkaning 145 yilligga bag‘ishlangan adabiy musiqiy kecha bo‘lib o‘tadi.
Lesya Ukrainka – shoira, dramaturg, tanqidchi va davlat arbobi – ukrain adabiyotida T.Shevchenko, I. Franko, M. Kosyubinskiylar kabi buyuk nomlar bilan bir qatorda turadi.
2016 yil 22 fevral kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasining «Jahon» zalida Xalqaro ona tili kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston milliy madaniy markazlar vakillari, kutubxona foydalanuvchilari va OAV vakillari ishtirok etdilar. Tadbirni o‘tkazishdan maqsad - har bir mamlakatning o‘z tilini, til va madaniy merosini, madaniyatlararo munosabatlarni saqlashga bo‘lgan e’tiboriga alohida urg‘u berish.
Milliy madaniy markazlar vakillari O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan turli millat vakillarining o‘z ona tillari, boy madaniy va ma’naviy meroslari, unga nisbatan ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik va e’tibor haqida gapirdilar.
2016 yil 17 fevral kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Xalqaro ona tili kuniga bag‘ishlangan “O‘zbekiston – umumiy uyimiz” mavzusida do‘stlik festivali bo‘lib o‘tdi. Festivalda O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan milliy madaniy markazlar ishtirokchilari va shu yerda istiqomat qilayotgan turli millat vakillari ishtirok etdilar.
Tadbirni ochiq deb e’lon qilar ekan, Boshqird milliy madaniyat markazi rahbari I.Hasanov festival qatnashchilarini qutladi, barchani Xalqaro ona tili kuni bilan muborakbod etdi va mazkur tadbirning ahamiyati hamda sananing vujudga kelishi tarixi bilan tanishtirdi “Xalqaro ona tili kuni 1999 yilda YuNESKO tomonidan ta’sis etilgan bo‘lib, dunyo ahli e’tiborini yo‘qolib borayotgan tillarni asrab qolishga qaratilgan.
2016 yil 16 fevral kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkir, tarixchi, davlat arbobi, Boburiylar sulolasi va xukmronligi asoschisi Zahiriddin Muhammad Boburning 533 yilligi munosabati bilan «Shoh va shoir» mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda taniqli boburshunos olimlar, tarixchilar, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, Toshkent tibbiyot akademiyasining harbiy tibbiyot fakulteti kursantlari, P.F.Borovskiy nomidagi Toshkent tibbiyot kolleji o‘quvchilari va kutubxona foydalanuvchilari ishtiroketdilar.
2016 yil 15 fevral kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston xalq artisti, taniqli rejissyor, teatr va kino aktyori Sayfi Olimovning 115 yilligiga bag‘ishlangan bibliografik obzor bo‘lib o‘tdi. Tadbirda aktyor ijodining ixlosmandlari, teatr san’atini o‘rganayotgan uquvchilar va talabalar ishtirok etdilar.
Bibliografik sharhni O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Shukur Qurbon olib bordi. U yig‘ilganlarga aktyorning hayoti, ijod yo‘li, u rollar ijro tgan va o‘zi sahnalashtirgan spektakl va filmlari haqida hikoya qildi. Shuningdek moderator Sayfi Olimovning jamoat ishlari, uning o‘zbek xalqining mashxur shaxslari haqida filmlar suratga olish yo‘lida qilgan jonbozliklari haqida so‘zlab berdi.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida iste’dodli shoira, o‘zbek ayollar adabiyotining asoschilaridan biri, jozibali nasriy asarlar muallifi Saida Zunnunovaning 90 yilligiga bag‘ishlangan “Nazm va nasr sohibasi” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi.
Saida Zunnunova 1926 yilda Andijonda tavallud topgan. Andijon pedagogika institutida tahsil olgach, Andijon maktablarida muallima, keynchalik esa gazeta tahririyatlarida adabiy xodim bo‘lib ishladi. Adabiyotta muhabbat uni O‘rta Osiyo Davlat universitetining filologiya fakultetiga yetakladi.
2016 yil 12 fevral kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 533 yilligiga bag‘ishlangan “Yoshlar kamolotida Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiy merosining o‘rni va ahamiyati” mavzusida adabiy kecha bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy kengashi Yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish masalalari sektori bilan hamkorlikda o‘tkazilgan mazkur tadbirda boburshunos olimlar, shoirlar, yozuvchilar, teatr aktyorlari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.
Tadbir maqsadi – Bobur asarlaridagi ezgu g‘oyalarning yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarimizga ehtirom, yurt taraqqiyotiga daxldorlik hissi va mustaxkam fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishdagi ahamiyatini e’tirof etishdan iborat.
2016 yil 11 fevral kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Axloqshunos mutafakkir” mavzusida olim, donishmand Unsur al-Maoliy Kaykovus (1021-1098) tavalludining 995 yilligi munosabati bilan bibliografik obzor va kitob-rasmli ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi.
Kutubxona foydalanuvchilari uchun bibliografik obzorni O‘zbekiston Yozvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Shukur Qurbon olib bordi. U tinglovchilarga amaliy falsafa muammolarini o‘rganish bilan shug‘ullangan o‘rta asr Sharq mutafakkirlari vakili Unsur al-Maoliy Kaykovusning o‘ziga xos adabiy yo‘nalishi haqida hikoya qilib berdi. “Jasur Kaykubodning merosxo‘ri Kaykovus kayoniylar sulolasidan bo‘lgan 2-shoh bo‘lib, 1021-1098 yillarda yashagan.
2016 yil 10 fevral kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida ulug‘ shoir, mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 575 yilligi munosabati bilan “She’riyatning ikki darg‘asi” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Ma’naviyat targ‘ibot markazi Yunusobod tumani bo‘limi bilan hamkorlika o‘tkazilgan mazkur tadbirda tilshunoslar, faylasuflar, adabiyotshunoslar, shoirlar, yozuvchilar va Yunusobodda joylashgan kollej va akademik litseylar o‘quvchilari ishtirok etdilar.
2016 yil 8 fevral kuni O’zbekiston Milliy kutubxonasida “Alisher Navoiy ijodining ma'naviy hayotimizdagi ahamiyati” mavzusidagi respublika ilmiy anjumani bo’lib o’tdi. O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti va O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda o’tkazilgan ulug’ o’zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy tavalludining 575 yilligiga bag’ishlangan mazkur anjumanda navoiyshunos olimlar, adabiyotshunoslar, tarixchilar, tilshunoslar, ilmiy tadqiqotchilar, OTM o’qituvchilari va talabalari ishtirok etdilar.
2016 yil 8 fevral kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Alisher Navoiy tavalludining 575 yilligi munosabati bilan “Alisher Navoiy - g‘azal mulkining sultoni” nomli ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim va xalq ta’limi vazirliklari huzuridagi ZiyoNET bo‘limlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan mazkur tadbirda p.f.d., professor Qozoqboy Yo‘ldoshev, f.f.n., dotsent Tozagul Matyaqubova, f.f.n. Sirdaryo O‘tanova, shoirlar Shukur Qurbon va Gulchehra Shahobiddin qizi, O‘zbekiston Milliy universiteti va Toshkent davlat pedegogika universiteti professor-o‘qituvchilari, talabalari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondi tasavvuf alloma Muhammad ibn Ali ibn al-Husayn at-Termiziy hayoti va ilmiy merosi haqidagi “Haj va uning sirlari”, “Inson odobi” va “Termizlik allomalar asarlarining kulyozmalari” nomli kitoblar bilan boyitildi.
“Haj va uning sirlari” kitobi 2015 yilda “Movarounnahr” nashriyotida 256 bet hajmda, 5000 ming nus’hada chop etilgan. U ilk bor arab tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan bo‘lib, keng kitobxonlar ommasiga taqdim etildi.
2016 yil 5 fevral kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Alisher Navoiy tavalludining 575 yilligiga bag‘ishlangan “Navoiy asarlaridagi ezgu g‘oyalarning yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi ahamiyati” mavzusida adabiy kecha bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi Yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish sektori tashabbusi bilan o‘tkazilgan bo‘lib, unda navoiyshunos olimlar, shoirlar, teatr aktyorlari, o‘quvchi yoshlar va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad – Navoiy asarlaridagi ezgu insoniy g‘oyalarni yoshlar ruhiyatiga va onggiga yanada chuqurroq singdirish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, vatanga sadoqat, o‘tmishga ehtirom, yurt taraqqiyotiga daxldorlik hissi va mustahkam hayotiy pozitsiyasini shakllantirishdagi ahamiyatini yoshlar orasida targ‘ib qilishdan iborat.
2016 yil 2 fevral kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida ilmiy-ma’rifiy bazalaridan jamoaviy foydalanish imkoniyatlari bilan tanishtiruvchi seminar bo‘lib o‘tdi. Mazkur seminarda barcha qiziquvchilar, ilmiy tadqiqotchilar, OTM va O‘zbekiston FA qoshidagi barcha ilmiy-tadqiqot institutlari axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislari ishtirok etdilar.
Seminar maqsadi – axborot-kutubxona sohasi mutaxassislarini ilmiy ta’lim manbalari bazalari bilan tanishtirish, dunyo ilmiy ta’limiy resurslaridan O‘zbekiston Respublikasi axborot-kutubxona muassasalarida samarali foydalanishni ta’minlash kabi dolzarb muammolarning yechimini topish.
O’zbekiston Milliy kutubxonasi muzeyida 3-15 fevral kunlari buyuk shoir, mutafakkir, davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 575 yilligi munosabati bilan nodir va asosan XVII-XX asrlarga dahldor tarixiy adabiyotlar ko’rgazmasi bo’lib o’tmoqda. Bu yerda shoirning xattotlar tomonidan ko’chirilgan qo’lyozmalari, toshbosma va zamonaviy usullarda chop etilgan kitoblar namoyish qilinmoqda. Ko’rgazmada g’arb olimlarining bobokalonimiz Alisher Navoiy hayoti, ijodi va asarlarini tadqiq etishga bag’ishlangan ilmiy izlanishlari alohida o’rin olgan.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi ro‘yxatidan 128733 nafar foydalanuvchi o‘tgan. Shundan 723 nafar foydalanuvchi qayta ro‘yxatdan o‘tgan.
2016 yilning yanvar oyida ro‘yhatga olingan foydalanuvchilar soni 2997 shundan chet el fuqorosi 20 nafar.
Foydalanuvchilar quyidagi toifalar bo‘yicha taqsimlandi:
Talaba - 759;
O‘quvchi – 1045;
Abituriyent – 429
Respublika yig‘ma elektron katalogda yig‘ilgan bibliografik yozuvlar soni - 1 675 380 (2013- h.v.)
Yig‘ma elektron katalog onlayn dasturida yuklangan bibliografik yozuvlar soni - 1 153 974
Hozirgi kunda Respublika yig‘ma elektron katalog ishtirokchilar soni - 34
8 fevral kuni soat 9:00da majlislar zalida “Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosi: uning o‘zbek adabiyoti taraqqiyotidagi o‘rni” mavzusida ilmiy anjuman;
8 fevral kuni soat 15:00da kichik majlislar zalida “Alisher Navoiy – g‘azal mulkining sultoni” mavzusida ma’naviy –ma’rifiy tadbir”;
9 fevral kuni
- soat 11:00da “Alisher Navoiy” nomli badiiy film nomoyishi,
- soat 15:00da majlislar zalida o‘zbek shoiri, mutafakkir, davlat arbobi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy (1441-1501) 575 yilligi munosabati bilan “Shoirlarning sultoni” mavzusida ilmiy anjuman,
-“Tafakkur” zalida “Navoiy dahosi” nomli kitob-rasmli ko‘rgazma
2016 yil 29 yanvar kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida sanitariya-profilaktika ishlari o‘tkazilishi munosabati bilan foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatilmaydi.
2016 yil 28 yanvar kuni O'zbekiston Milliy kutubxonasida san'atshunoslik fanlari doktori, professor Dilfuza Raxmatullaevaning “San'atga baxshida umr. Yayra Abdullaeva” nomli kitobi taqdimoti va O'zbekiston xalq artisti Yayra Abdullaeva bilan ijodiy uchrashuv bo'lib o'tdi. Tadbirda Kamoliddin Bexzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti talabalari, Toshkent madaniyat kolleji o'quvchilari, Toshkent teatrlari artistlari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Movarounnahr” nashriyotida 372 sahifa hajmida 3000 nus’hada chop etilgan “Internetdagi tahdidlardan himoya” kitobi bilan boyitildi.
Aydarbek Tulepovning mazkur kitobida, asosan, internet orqali amalga oshirilayotgan tahdidlar, yoshlar ongiga salbiy ta’sir etayotgan buzg‘unchi g‘oyalar va “ommaviy madaniyat” niqobi ostidagi madaniyatsizlikning salbiy oqibatlari aniq dalillar va hayotiy misollar asosida yoritilgan. Bunday tahdidlarga qarshi kurashish va yoshlarda mafkuraviy immunitetni shakllantirish asoslari milliy va diniy jihatdan bayon qilingan. Shuningdek, buzg‘unchi g‘oyalarning asl qiyofasi hayotiy faktlar, savol-javoblar va psixologik testlar orqali batafsil ifodalangan.
2016 yil 27 yanvar kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Milliy kutubxona huzuridagi Respublika metodik kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Respublika metodik kengashi a’zolari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Farg‘ona, Surxondaryo viloyatlari hududiy Idoralararo kengashlari kotiblari, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi xizmat rahbarlari ishtirok etdilar.
Yg‘ilishda Respublika metodik kengashining 2016 yil Ish rejasi, “Central Asia - 2016. Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda internet va kutubxona-axborot resurslari o‘rni” mavzusidagi X Xalqaro konferensiyasini o‘tkazish, Axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislari uchun “Katalogizator maktabi”ni tashkil etish, Namunaviy hududiy axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini joylarda o‘rganish va monitoringini yuritishni tashkil qilish va Idoralararo kengash qarorlarini bajarilishi holati bo‘ycha hisobotlarni eshitish jadvalini tasdiqlash masalalari ko‘rib chiqildi.
2016 yil 27 yanvar kuni O'zbekiston Milliy kutubxonasida avstriyalik kompozitor va dirijyor Volfgang Amadey Motsartning 260 yilligiga bag'ishlangan kitob-rasmli ko'rgazma ochildi. Ko'rgazmada Motsart hayoti, ijodi va boy madaniy merosi haqida hikoya qiluvchi kitoblar, jurnallar va rasmlar taqdim etildi.
2016 yil 27 yanvar kuni O'zbekiston Milliy kutubxonasida rus hajvchi yozuvchisi, publitsist M.Ye.Saltikov-Shedrin tavalludining 190 yilligiga bag'ishlangan kitob ko'rgazmasi ochildi. Ko'rgazmada “Otechestvenne zapiski” jurnali muharriri, yozuvchi M.Ye.Saltikov-Shedrin hayoti va ijodiga bag'ishlangan adabiyotlar namoyish etilgan.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondi “Munis design group” nashriyotida chop etilgan “Markaziy Osiyo xalqlari tarixiga oid ma’lumotlar” kitobi bilan boyitildi. Adadi 150 nus’ha, hajmi 322 sahifadan iborat tarixchi, xitoyshunos olim, tarix fanlari doktori Ablat Xo‘jaevning mazkur kitobi 2012-2016 yillar uchun rejalashtirilgan “FA-F1-G028: Markaziy Osiyo etnik tarixiga oid sharq tillaridagi qadimiy va o‘rta sar manbalaridagi ma’lymotlar” nomli fundamental tadqiqot loyihasi asosida yozilgan.
Kitob xitoy va uyg‘ur tarixchi olimlarning va yozuvchilarning asarlarini o‘rganib chiqish natijasida ularning tarjimalari va ilmiy tadqiqotlari ko‘rsatkichi vazifasini o‘taydi. Mazkur asarda miloddan avvalgi VII-V asrlar oralig‘ida bitilgan “Zuo Chjuan”, “Erishisi shi” deb nomlangan sulolalar tarixi majmuyidan o‘rin olgan 8ta sulola tarixlari, VIII-XII asrlar oralig‘ida yozilgan 3ta yirik tarixiy asarlardagi Markaziy Osiyo xalqlari etnik tarixiga oid ma’lumotlarning ayrim qismlari ilk bor asliyat asosida o‘zbek tiliga ilmiy tarjima qilingan holda keltirilgan.
2016 yil 22 yanvar kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi Qarori bilan tanishtirishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi vakillari o‘tkazgan mazkur seminarda kutubxona xizmat rahbarlari va xodimlari ishtirok etdilar.
"Elektron hukumat" tizimini rivojlantirish markazining qonun hujjatlarini rivojlantirish va takomillashtirish bo‘limi boshlig‘i Dilbar Holiqova 2015 yil 3 dekabrda qabul qilingan, maqsadi elektron hukumat cohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat bo‘lgan ushbu Qonunning mohiyati va asosiy vazifalari bilan tanishtirdi.
2016 yil 22 yanvar kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Oltin qalam” davlat mukofoti sovrindori, taniqli rejissyor Hamid Qahramonov bilan “Sahna orti qahramoni” mavzusida ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda rejissyorning hamkasb do‘stlari, ustozlari, shogirdlari, Toshkent teatrlari artistlari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.
Tadbir avvalida rejissyor Xamid Kaxramonov ijodi haqida hikoya qiluvchi “Sarhisob” hujjatli filmi namoyish etildi. Unda ijodkorning 50 yillik kasbiy faoliyatining quvonchu tashvishlari haqida do‘stlari va hamkasblari, taniqli shoirlar va yozuvchilar, aktyorlar va tomoshabinlar o‘z fikr-mulohazalarini bildiradilar.
2016 yil 21 yanvar kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida adabiyotshunos, manbashunos, O‘zbekistonda xizmat kursatgan fan arbobi, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi, filologiya fanlari doktori Azizxon Qayumov tavalludining 90 yilligi munosabati ilmiy-amaliy konferensiya va kitoblar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Unda adabiyotshunos, navoiyshunos, tilshunos olimlar, adiblar va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.
Konferensiyada Aziz Qayumovning maslakdosh hamkasblari, davomchilari va shogirdlari ma’ruzalar bilan ishtirok etdilar. Ular o‘z chiqishlarida yubilarni muborakbod etdilar, o‘z hayotlarida, ilmiy izlanishlarida uning yo‘l-yo‘riqlari, o‘gitlari va nasixatlarining o‘rni va ilmiy va ijodiy hamkorlik chog‘larida bo‘lib o‘tgan qiziqarli voqealar haqida so‘zlab berdilar.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondi “FAYLASUFLAR” nashriyoti tomonidani 2015 yilda, 284 bet hajmda chop etilgan “Hikmat ummonining durlari” kitobi bilan boyitildi. To‘plovchi va so‘z boshi muallifi – yuridik fanlar doktori A.Saidov.
Kitobda “hikmatli so‘zlar” tushunchasiga ta’riflar berilgan va buyuk faylasuf-adiblar, olimlar, yozuvchilar, ijrodkorlar, siyosatchilarning hayotiy tajriba va donishmandliklari bayonini mujassam qilgan sitatalari keltirilgan. Bu yerda XIII asrdan XX asrgacha bo‘lgan bo‘lgan davrda G‘arbu Sharq mamlakatlarida yashab ijod qilgan zabardast adiblarning hikmatlari tanlab olingan. Ularning donishmandligi, inson uchun muhim bo‘lgan oddiy voqea va hodisalarni, insoniy quvonchu ko‘ngilsizliklarni teran baholay olishlari barchani hayratga soladi.
2016 yil 20 yanvar kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida 2015 yil yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi VMning mas’ul mutaxassislari, kutubxona rahbariyati, xizmat rahbarlari va xodimlar ishtirok etdilar.
2016 yil 15 yanvar kuni Vazirlar Mahkamasi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti mamlakatimizning 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlari va 2016 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan ma’ruzasida o‘tgan davrda amalga oshirilgan chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasining rivojlanganligini, mamlakatimiz iqtisodiyotining jadal suratlarda oshganligini va xalqning turmush tarzi yuqori darajaga ko‘tarilganligini ta’kidladi.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi Dasturiy maxsulotlar va apparat-dasturiy majmualar yaratish markazi ta’sis etgan “Xisoblash va amaliy matematika muammolari” jurnalining 1- va 2-soni bilan boyitildi.
Mazkur davriy ilmiy jurnalning maqsadi va vazifalari quyidagilardan iborat: fundamental va amaliy ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlari natijalarini yoritish, yangi ilmiy maktablar shakllantirish va mavjudlarining yutuqlarini targ‘ib etish, fanning ilg‘or yutuqlarini joriy etish uchun ilmiy salohiyatni aniqlash, MDX va boshqa mamlakatlar ilmiy va nashriyot markazlari bilan ilmiy hamkorlikka imkoniyat yaratish.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondi “Основные направления дальнейшей модернизации и повышения конкурентоспособности национальной экономики” (“Milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va uning raqobatbardoshligini oshirishning asosiy yo‘nalishlari”) kitobi bilan boyitildi. Adadi 150 nus’ha, hajmi 704 betdan iborat mazkur kitob Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti tomonidan chop etilgan bo‘lib, unda 2015 yil 18 dekabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan VII O‘zbekiston iqtisodchilari anjumani materiallari jamlangan.
2016 yil 15 yanvar kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, adabiyotshunos olim, filologiya fanlari doktori, professor Umarali Normatov tavalludining 85 yilligiga bag‘ishlangan “Allomaning saboqlari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, tilshunos olimlar, adabiyotshunoslar, adiblar va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.
Hayoti O‘zbekiston Milliy universiteti bilan chambar-chas bog‘liq bo‘lgan pedagog va tanqidchi Umarali Normatov 1931 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. U avval filologiya fakultetida, so‘ng uning aspiranturasida tahsil oldi.
2016 yil 13 yanvar kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Ijod” o‘qish zalida O‘zbekiston xalq artisti, davlat mukofotlari va unvonlari sohibi, professor, kinorejissyor va ssenarist Shuhrat Abbosov tavalludining 85 yilligi munosabati bilan “Mahallada duv-duv gvp bo‘lgan rejissyor” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi.
2016 yil 12 yanvar kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida «Yoshlar - Uzbekistonning ishonchi, tayanchi va kudratli kuchidir» mazusida iqtidorli yoshlarni taqdirlashga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Respublika ma’naviyat va targ‘ibot markazi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan mazkur tadbirda olimlar, iqtidorli talabalar, ommaviy axborot vositalari xodimlari, oliy o‘quv yurtlari va jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
Tadbirning maqsadi – yurtimizda ilm-fan sohasining aniq fanlar hamda texnika yo‘nalishida ulkan yutuq va natijalarni qo‘lga ikritgan har tomonlama iste’dodli yoshlarni qo‘llab quvvatlash. Shuningdek ular safiga O‘zbekiston ravnaqi yo‘lida o‘z xissasini qo‘shish istagida bo‘lgan fidoiy yoshlarimizni jalb etish.
2016 yil 12 yanvar kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “O‘zbekiston” o‘qish zalida O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq artisti Zikir Muhammadjonov tavalludining 95 yilligi munosabati bilan “Iste’dod qadri” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi.
Zikr Muhammadjonov 1921 yilda Toshkentda tavallud topdi. 1938 yildan 2012 yilgacha, 70 yildan ortiq vaqt oralig‘ida Milliy akademik drama teatrida Navoiy, Beruniy, Ulug‘bek, Furqat, Salvadora Alende, Goratsio va boshqa 100dan ziyod rollarni ijro etgan. Ziyoli, aktyorlik kasbining mahoratli ustasi u har qanday rolni a’lo darajada ijro etish uchun izlanishda bo‘lgan aktyor hisoblanardi.
2016 yil 8 yanvar kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Tinchlik uchun kurashmoq kerak” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 24 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar akademiyasi va O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan mazkur tadbirda Qurolli Kuchlar akademiyasi tinglovchilari, serjantlar, muddatli harbiy xizmatchilar, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti maxsus fakulteti kursantlari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdi.
2016 yil 11 yanvar kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida asl ismi sharifi Jon Griffit bo‘lgan, Amerika tanqidiy realizm adabiyotining yirik vakili Jek Londonning 140 yilligi munosabati bilan “Jek London izidan” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi.
Sarguzasht hikoyalar va romanlar muallifi Jek London 1876 yilda San-Fransisko shahrida dunyoga kelgan. U bolalik chog‘laridayoq qiyinchiliklar bilan ishlashga majbur bo‘lgan, shunday qiyinchiliklar evaziga u o‘z kuchi bilan Kaliforniya universitetiga o‘qigsha kiradi va 3 yildan so‘ng iqtisodiy mashaqqatlar tufayli o‘qishni tashlashga majbur bo‘ladi. Uning birinchi ocherki “Yaponiya qirg‘oqlaridagi to‘fon” bo‘lib, u 1893 yilda chop etiladi.
2016 yil 8 yanvar kuni O'zbekiston Milliy kutubxonasining “Kashfiyot” zalida tarixiy janrda ijod qilib, zamondoshlarimizni ajdodlarimiz: buyuk olimlar, madaniyat va san'at namoyondalari bilan tanishtirgan O'zbekiston xalq rassomi, O'zbekiston BA akademigi, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan san'at arbobi, professor Malik Nabiev tavalludining 100 yilligiga bag'ishlangan “Zabardast musavvir” deb nomlangan kitob-rasmli ko'rgazma ochildi.
2016 yil 7 yanvar kuni soat 15:00da “O‘zbekiston” zalida o‘zbek mumtoz adabiyoti vakili, shoir Mavlono Lutfiy tavalludining 650 yilligiga bag‘ishlangan “Karomatgo‘y shoir” mavzusida adabiyotlarning ochiq ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Lutfi 1366 yilda Hirotda tavallud topgan. Dunyoni ko‘rish va uni anglash maqsadida Markaziy Osiyo, Osiyo va Kavkaz bo‘ylab ko‘p sayohat qiladi. Lutfiy uqroviy bilimlarni o‘rganishni erta boshladi. O‘z davrining barcha shoirlari kabi u ham nafaqat fors balki turk tilida ham ijod qilar edi. Biroq uning forsiy she’rlari bizgacha yetib kelmagan. Faqatgina “Gul va Navro‘z” poemasi va betakror samimiyat bilan sug‘orilgan g‘azal va ruboiylari yetib kelgan. Ilg‘or qarashlar va turfa bilimlar sohibi Lutfiy zamonasining illatlariga jim qarab turolmas va ularni o‘z asarlarida fosh etar edi.
2016 yil 7 yanvar kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida U.Shekspirning “Gamlet” asari asosida kitobxonlar klubining adabiy kechasi bo‘lib o‘tdi. Britaniya kengashi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan uchrashuvni Toshkent shahridagi Xalqaro vestminster universiteti o‘qituvchisi Rozaliya Ziryanova olib bordi.
31 dekabr - 3 yanvar kunlari O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Ijod” zalida O‘zbekiston xalq artisti, aktyor Abror Hidoyatov tavalludining 115 yilligiga bag‘ishlangan “O‘zbek Otellosi” nomli kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi. Ko‘rgazmada taqdim etilgan kitoblar va fotosuratlar o‘zbek xalqining mashhur va fidoiy, hayotining katta qismi teatr bilan bog‘liq bo‘lgan aktyorning hayotiy va ijodiy yo‘li haqida hikoya qiladi. Jahon teatr dunyosida Abror Hidoyatov o‘zbek sahnasida Otello va Gamletni o‘ynagan aktyor sifitida tanish.
2016 yil 5 yanvar kuni O‘zbekiston Millliy kutubxonasida O‘zbekiston xalq artisti, aktrisa Ikroma Boltaeva tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan “Sahnaga baxshida umr” mavzusida kitob-rasmli ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Millliy kutubxonasi fondida saqlanuvchi aktrisaning hayoti va ijodiy faoliyatiga dahldor kitoblar, gazeta va jurnallardan olingan maqolalar va intervyular joy oldi.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi ro‘yxatidan 125736 ta foydalanuvchi o‘tgan. Shundan 597 ta foydalanuvchi qayta ro‘yxatdan o‘tgan.
2015 yilning dekabr oyida ro‘yhatga olingan foydalanuvchilar soni 1489 shundan chet el fuqorosi 6 ta.
Foydalanuvchilar quyidagi toifalar bo‘yicha taqsimlandi:
Talaba - 544;
O‘quvchi – 507;
Abituriyent – 157;
Magistr – 51;
Ilmiy xodim – 4
2015 yil 25 dekabr kuni O'zbekiston Milliy kutubxonasi kichik majlislar zalida “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi VM 369-sonli Qarori ijrosini ta'minlash va foydalanuvchilar bilan o'zaro muloqot o'rnatish, ularga kutubxona faoliyati, bu erdagi mavjud sharoitlar, xizmat turlari va o'tkazilgan tadbirlar bilan tanishtirish, ko'rsatilayotgan xizmat sifatini baholash, muammoli jihatlarni aniqlash, foydalanuvchilarning kutubxona haqidagi fikr va mulohazalarini tinglash va 2016 yil uchun istiqboldagi vazifalarni belgilab olish maqsadida kutubxona foydalanuvchilari bilan ochiq muloqot bo'lib o'tdi. Uchrashuvda Milliy kutubxona rahbarlari, xodimlari va foydalanuvchilar ishtirok etdilar.
2015 yil 25 dekabr kuni O'zbekiston Milliy kutubxonasida turli nominatsiyalar bo'yicha “Eng faol foydalanuvchi – 2015” tanlovining taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.
Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi 2015 yil davomida bir qator ijobiy natijalarga erishdi. Hususan, bugungi kunda kutubxona fondning umumiy soni – 7,1 mln.ga yaqin nusxani tashkil etadi. Milliy kutubxona foydalanuvchilarining umumiy soni - 125 736 kishini tashkil etdi. O'tgan davr mobaynida foydalanuvchilar tashrifi 755 ming marotabani tashkil etgangan bo'lsa, bundan 137 mingga yaqin tashrif kutubxonamiz veb-sayti orqali amalga oshirilgan. Kitob berishlar soni esa qariyb 5 mln.nusxani tashkil etdi.
2015 yil 23 dekabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston xalq yozuvchisi, atoqli shoir, nosir va mohir tarjimon sifatida o‘zbek madaniyati taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan Asqad Muxtor tavalludining 95 yilligi munosabati bilan “Bo‘ronlarda bordek halovat” mavzusida bibliografik obzor bo‘lib o‘tdi. Unda Uchtepa tuman milliy xunarmandchilik kasb xunar kolledji o‘quvchilari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.
2015 yil 24 dekabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida kutubxonasi qoshida faoliyat yuritayotgan chet tillarni rivojlantirish va ommaviylashtirish markazi - «Your school» tomonidan "Zamonaviy internet-jurnalistika" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda jurnalistlar, blogerlar, zamonaviy internet-jurnalistikasiga qiziqqan kutubxona foydalanuvchilari va «Your school» markazi qatnashchilari ishtirok etdilar.
2015 yil 24 dekabr kuni v O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Keksa avlod huquqlarini himoya qilish – bizning burchimiz” mavzusida davra suhbati va “Keksalar huquqlarini himoya qilishga oid xalqaro shartnomalar va O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami”ning taqdimotini bo‘lib o‘tdi. Respublika “Nuroniy” jamg‘armasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda Qonunchilik palatasi deputatlari, vazirlik va idoralarning, davlat va jamoat tashkilotlarining vakillari, professor-o‘qituvchilar, talabalar va OAV vakillari ishtirok etdilar.
2015 yil 22 dekabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekistondagi Koreya Respublikasi elchixonasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan «Korean Animation Day-2015» tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda “Koreyaga yo‘l” o‘qish zalining doimiy foydalanuvchilari va kutubxonaning mazkur tadbirga qiziqqan barcha foydalanuvchilari ishtirok etishdi.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasining “Ijod” musiqiy zalida buyuk nemis kompozitori Lyudvig van Betxoven ijodiga bag‘ishlangan “Buyuk va mashhur” nomli ko‘rgazma ochildi.
Lyudvig van Betxoven 1770 yilda Bonnda saroy kapellasi xonandasi xonadonida tavallud topdi. U yaratgan musiqa 2 asrdan buyon tinglovchilar qalbini junbishga keltirmoqda. Ma’rifat davri namoyondasi, nemis klassik musiqasi va falsafasi vakili, pianinochi, direjyor Lyudvig van Betxoven o‘z asarlarida insoniyatning erkinlik va baxt to‘g‘risidagi asriy orzusini tarannum etdi. Uning ijodi qahramonlik, yuksak g‘oyalar va obrazlar, kuchli dramatizm va ulkan emotsional kuchga ega. Uning mukammal asarlarida insonparvarlik, ma’naviy boylik, donolik va insoniylik mujassam.
2015 yil 21 dekabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Faylasuflar Milliy jamiyati bilan hamkorlikda “Abu Nasr Farobiy va hozirgi zamon” mavzusida ilmiy-ma’rifiy seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbirda faylasuflar, tarixchilar, Toshkent arxitektura-qurilish instituti professor-o‘qituvchilari, talabalari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.
2015 yil 19 dekabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida nomshunos olim, geograf, tilshunos, tarjimon, professor Suyun Qoraevning 90 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Inson huquqlari bo‘yicha o‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi va O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat ko‘mitasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan mazkur tadbirda geograf olimlar, tilshunoslar, adabiyotshunoslar, tarjimonlar va yozuvchilar ishtirok etdilar.
2015 yil 17-dekabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston xalq artisti, teatr va kino aktyori Hamza Umarov tavalludining 90 yilligi munosabati bilan “Tug‘ma iste’dod sohibi edi...” mavzusida xotira kechasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Muqimiy nomidagi o‘zbek respublika musiqali teatri aktyorlari: N.Pulatova, D.Safaeva, T.Beknazarov, teatrning adabiy emakdoshi T.Mirzo, dramaturg X.Rasulov, taniqli rejissyor X.Qahramonov, teatr san’ati ixlosmandlari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.
2015 yil 16 dekabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston xalq artisti, opera qo‘shiqlari ijrochisi Saodat Qobulova tavalludining 90 yilligiga bag‘ishlangan “Benazir ovoz sohibasi” nomli xotira kechasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda A.Navoiy nomidagi DAKT artistlari, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, O‘zbek davlat san’at va madaniyat instituti, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti professor-o‘qituvchilari, talabalari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.
2015 yil 15 dekabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirligi, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy markazi, Toshkent davlat yuridik universiteti va uning qoshidagi akademik litsey bilan hamkorlikda “Konstitutsiya va barkamol jamiyat orzusi” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
2015 yil 15 dekabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida ertak ustasi, bolalarning sevimli yozuvchisi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, O‘zbekiston xalk yozuvchisi Xudoyberdi To‘xtaboev kitoblari ko‘rgazmasi ochildi. Ko‘rgazmada yozuvchining turli yillarda nashr etilgan hikoya, qissa va romanlari o‘rin olgan.
Xudoyberdi Tuxtaboev 1932 yil 17 dekabrda tug‘ilgan. Ota-onasidan juda erta yetim qolgan Xudoyberdi bobo-buvisining qo‘lida tarbiya topdi. 1949 yilda Qo‘qon pedagogika bilim yurtini, 1955 yilda esa Toshkent Davlat universitetini tamomladi. Mehnat faoliyatini Fargona viloyati tuman maktabida o‘qituvchisi sifatida boshlab, keyinchalik ilmiy bulim mudiri va maktab direktori bulib ishladi.
2015 yil 10 dekabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida faylasuf, matematik olim al-Farobiy hayotiga bag‘ishlangan “Sharq Arastusi” mavzusida bibliografik obzor bo‘lib o‘tdi. Unda Toshkent shaxri axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.
Abu Nasr Farobiy (Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Tarxon ibn O‘zlug‘ al-Farobiy) Forob tumanida (hozirgi Qozog‘iston hududida) 870 yilda tug‘ildi. U ilmga erta qiziqdi, arab, fors tillarini mukammal darajada o‘zlashtirdi, ilm istab Samarqand, Buxoro, Bog‘dod, Hirot, G‘azna, Harron, Damashq, Shom va yana ko‘plab shaharlarda yashadi. U o‘sha davrda Sharqning siyosat va madaniyat markazi bo‘lgan Bag‘dodda uzoq yillar yashagan. Farobiy o‘zi turkiy xalqlarga mansub bo‘lib, turkiy tillarni yaxshi bilar va yoshligida turli tillarni va ilmlarni puxta egallagan edi, arab tilini ham mukammal bilardi. U falsafa, mantiq, ilohiyot, axloq, siyosat, falakiyot, kimyo, tibbiyot, musiqa va boshqa ilmlarga chuqur qiziqib, shu sohalarda ilmiy izlanishlar olib borgan.
2015 yil 10 dekabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxronasining “Tafakkur” o‘qish zalida “Xalq qudrati mujassam qo‘shiq” deb nomlangan, O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi tarixiga oid kitob-rasmli qo‘rgazma tashkil etildi. Ko‘rgazma "O‘zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi to‘g‘risida"gi Qonun qabul qilinganligining 23 yilligi munosabati bilan tashkil etildi. Ko‘rgazmani tashkil etishdan maqsad, yosh avlodni milliy an’analarimiz, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat-ehtirom, ona Vatanga muhabbat, sadoqat ruhida tarbiyalashda madhiya alohida o‘ringa ega ekanligini, yurtimizningning eng ulug‘ qo‘shig‘ini e’zozlash, yod olish va baralla kuylash har bir yurtdoshimizning burchi ekanligi e’tirof etish.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondi 2015 yilda “Farg‘ona” nashriyotida chop etilgan, 2 jildli Farg‘ona davlat universiteti to‘g‘risidagi nashr bilan boyitildi. Kitob respublikamizning to‘ng‘ich oliy o‘quv yurtlaridan biri bo‘lgan Farg‘ona davlat universitetining tarixiy ildizlari, sharafli yo‘li, ilmiy faoliyatidagi yuksalish bosqichlariga bag‘ishlangan.
2015 yil 9 dekabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Nogironlar kuniga bag‘ishlangan musiqiy kecha bo‘lib o‘tdi. Tadbir Boshqird-tatar milliy madaniyat markazining “Agidel” klubi tomonidan tashkil etildi. Tadbir doirasida musiqiy konsert, I guruh nogironi rassom Hudoyshukur Radjapovning rasmlari ko‘rgazmasi, shuningdek, Toshkent sh. MPA bosh treneri, xizmat ko‘rsatgan sport ustasi Rashid Safaralievning O‘zbekiston paralimpiya jamoasi a’zolari, Jahon va Osiyo chempionatlari sovrindorlarining kundalik hayoti va g‘alaba onlari muhrlangan fotosuratlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Dushanba kunini shanba kunga ko‘chirilishi munosabati bilan bayram arafasi 7 dekabr kuni ish vaqti 1 soatga qisqartiriladi va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish soat 16.00 ga qadar amalga oshiriladi.
8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan O‘zbekiston Milliy kutubxonasida dam olish kuni e’lon qilinadi.
Ma’muriyat
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondi nemis kompozitori Georg Fridrix Gendelning «Amir Temur» kitobining o‘zbek tilidagi tarjimasi bilan boyitildi. Tarjima taniqli shoir va tarjimon G‘ulom Mirzo tomonidan amalga oshirilgan. Kitob “Yangi asr avlodi” nashriyotida 2015 yilda, 118 bet xajmda chop etildi.
Nemis kompozitori Georg Fridrix Gendel, Amir Temurning qahramonliklari va adolatparvarligidan ruhlanib 1724 o‘zinig qolgan asarlari orasida alohida o‘rin tutgan mazkur “Tamerlan” asarini yaratgan. Uning “Amir Temur” (“Tamerlan”) operasida tarannum etilgan murakkab syujet chizig‘idagi voqealar muzaffar Sohibqiron Amir Temur va unga asir tushgan Usmonli turklar sultoni Boyazid Yildirim o‘rtasida bo‘lib o‘tadi va kompozitorning eng ko‘p ijro etiladigan musiqiy asarlari sirasiga kiradi.
2015 yil 5 dekabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 23 yilligiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Milliy kutubxona direktori A.Xodjaev barcha ishchi va xodimlarga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining xalq farovonligi, mamlakatning moliyaviy, siyosiy, demokratik va harbiy sohalarda o‘sishini ta’minlovchi roli va ahamiyati haqida gapirdi. A.Xodjaev respublikada davlat xokimiyatining asosiy konstitutsion tamoyili – davlat suvereniteti, xalq hokimiyati, fuqarolar huquqi va erkinliklari dahlsizligi tamoyili, shaxs va davlatning o‘zaroma’suliyati tamoyili, qonuniylik tamoyili, mahaliy o‘z-o‘zini boshqaruv kabi hokimiyatning bo‘linishi tamoyili, sud organlarining tuzilishi tamoyili va bshq. bilan tanishtirdi. Shunigdek, u kutubxona xodimlarini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 23 yilligi bilan muborakbod etdi va barchaga sog‘lik, baxt va omad, oilaviy xotirjamlik va farovonlik tiladi.
2015 yil 2 dekabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 23 yilligi munosabati bilan “Baxtimiz qomusi” nomli davra-suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda jamoat tashkilotlari vakillari, Toshkent Tibbiyot akademiyasi huzuridagi harbiy-tibbiy fakulteti o‘qituvchilari va kursantlari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.
2015 yil 3 dekabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Xalqaro nogironlarning huquq va erkinliklarini himoya qilish kuniga bag‘ishlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi.
Bu kun 1992 yilda BMTning Bosh Assambleyasi tomonidan nogironlar muammosiga jamoatchilikni jalb qilish, ularning haq – huquqlarini himoya qilish, aholining ko‘makka muhtoj qatlami, imkoniyati cheklangan insonlarga moddiy va ma’naviy yordam berish, ular jamiyatda o‘z o‘rnini topishi uchun ko‘maklashishga chorlash, bir-birimizga mehr-muruvvat ko‘rsatishga undash maqsadida ta’sis etilgan.
2015 yil 3 dekabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston XDP Toshkent shahar kengashi “Istiqbol” yoshlar qanoti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 23 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya bilimdoni” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tanlovni o‘tkazishdan maqsad – yoshlar o‘rtasida Konstitutsiya g‘oyalarining mazmun-mohiyatini targ‘ib qilish, yoshlarning huquqiy va siyosiy madaniyatini oshirish, shuningdek, yosh avlodni milliy qonunchiligimiz faoliyatiga doir axborot bilan tanishtirib borish.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi ro‘yxatidan 124267 ta foydalanuvchi o‘tgan. Shundan 700 ta foydalanuvchi qayta ro‘yxatdan o‘tgan.
2015 yilning oktabr oyida ro‘yhatga olingan foydalanuvchilar soni 3228 shundan chet el fuqorosi 17 ta.
Foydalanuvchilar quyidagi toifalar bo‘yicha taqsimlandi:
Talaba - 1390;
O‘quvchi – 1044;
Abituriyent – 268;
Magistr – 90;
Ilmiy xodim – 7
2015 yil 30 noyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida yong‘in xavfsizligi oyligi doirasida tadbir bo‘lib o‘tdi. O‘R VMning 2011 yil 18-noyabr kunidagi 309-K sonli qaroriga muvofiq mamlakatimizda har yili 20 noyabrdan 20 dekabrga qadar o‘tkazilayotgan “Yongin xavfsizligi oyligi”dan ko‘zlangan maqsad – aholi punktlari, ijtimoiy-iqtisodiy ob’ektlarda yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlarini kuchaytirish, fuqarolarni yong‘in sabablari va uning asoratlaridan habardor qilish.
2015 yil 30 noyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida amerika yozuvchisi, hajvchi, jurnalist va jamoat arbobi Mark Tven (haqiqiy ismi - Semyuel Lengxorn Klemens) tavalludining 180 yilligiga bag‘ishlangan “Amerika adabiyotining asl otasi” (“Istinnыy otes amerikanskoy literaturы”) nomli kitob-rasmli ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi. Uning ijodi realizm, romantizm, yumor, satira, falsafiy fantastika, publitsistika va boshqa janrlarni qamrab olgan.
Mark Tvenning asarlari amerika yozuvchilari Ernest Xeminguey va Uilyam Folkner ijodiga ta’sir o‘tkazib, ularni o‘z mashhur asarlarini yaratishga ilhomlantirdi.
1 dekabr kuni “Tafakkur” zalida “OITS ga qarshi kurash kuni” ga bag‘ishlangan “OITS- sog‘lom hayot uchun ogohlik” nomli kitob-rasmli ko‘rgazma;
2 dekabr kuni soat 15:00da kichik majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 23 yilligi munosabati bilan “Baxtimiz qomusi” nomli davra-suhbati, “Tafakkur” zalida “Konstitutsiya – huquqimiz asosi” nomli ko‘rgazma;
3 dekabr kuni “O‘zbekiston” zalida Xalqaro nogironlarning huquq va erkinliklarini himoya qilish kuni munosabati bilan “Har ko‘ngilda orzu ulg‘ayar” nomli kitob-rasmli ko‘rgazma
2015 yil 26 noyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Milan politexnika universiteti professori Lorenso Morgantining zamonaviy Italiya arxitekturasining o‘ziga xosliklariga bag‘ishlangan seminar treningi bo‘lib o‘tdi. Tadbir Toshkent moda haftaligi doirasida bo‘lib o‘tdi.
Lorenso Morganti arxitektura tushunchasining zamonaviy talqinini ochib berdi, arxitektura yo‘nalishlari va shahar dizayni haqida hikoya qildi. O‘zi tomonidan yaratilgan eksklyuziv mehmonxonalar intereri haqida so‘zlab berar ekan, professor Morganti ularning mehmonlar qulayligi uchun shinamliligi, arxitektonik badiiy bo‘yoqdorligining muhimligini aytib o‘tdi. “Bunday inshootlarni yaratishda har bir zamonnning o‘z arxitektura uslublari yo‘nalishini e’tiborga olish kerak”, dedi janob Morganti va Italiya modernizmi namunalari sanalmish inshootlar foto suratlarini namoyish etdi.
2015 yil 25 noyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Koreyadagi Jungbu universiteti professori Ji Djung Kangning koreys liboslarining tarixiy o‘ziga xosliklariga bag‘ishlangan seminar trening bo‘lib o‘tdi. Tadbir Toshkent moda haftaligi doirasida bo‘lib o‘tdi.
Professional moda haftaligini o‘tkazishdan maqsad, yosh dizaynerlar va “Modalar uy”larining kolleksiyalarini namoyish etishlari uchun imkoniyatlar yaratish, moda dunyosi yangiliklaridan xabardor etish, iste’dodli yoshlarni ijodiy potensiallarini rivojlantirish, professional muhitni tashkil etish va jahon moda sanoati bilan xalqaro munosabatlarni yo‘lga qo‘yishni tashkil etishdan iborat.
2015 yil 25 noyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston FA akademigi, adabiyotshunos olim Izzat Sulton tavalludining 105 yilligiga bag‘ishlangan “Adabiyot ilmining sultoni” mavzusida bibliografik obzor bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Toshkent shahri va Toshkent viloyati axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislari, kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.
Bibliografik obzor moderatori O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Shukur Qurbon yozuvchi, adabiy tanqidchi, dramaturg, davlat va jamoat arbobi Izzat Sulton hayoti, ijodiy yo‘li va jamoat ishlaridagi faoliyati haqida so‘zlab berdi. Izzat Sulton ijodi to‘g‘risida gapirar ekan, moderator mashhur yozuvchilar va adabiyotshunoslarning u haqidagi xotiralarini o‘qib berdi.
2015 yil 24 noyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida amerikalik taniqli qandolatpaz Uilyam Yozis bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Toshkent turizm va servis kolleji o‘qituvchi va o‘quvchilari, kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.
Uchrashuvda Uilyam Yozis zamonaviy amerika qandolatchilik san’ati, sog‘lom ovqatlanish, pazandalik sohasida biznes va tadbirkorlik haqida so‘zlab berdi. U sog‘lom va to‘g‘ri ovqatlanish foydasi, taniqli insonlar ratsioni, uni shohasarlar yaratishga ruhlantiradigan fantaziyalari va yangi texnologiyalar haqida ham so‘z yuritdi. Uilyam Yozis 2014 yilga qadar Vashingtondagi Oq uyda shef-qandolatchi vazifasini bajarib kelgan davrda yaratilgan shaxsiy dasturlarini taqdim etdi.
2015 yil 19 noyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida o‘zbek miniatyura san’ati asoschisi, rassom Kamoliddin Behzod tavalludining 560 yilligi munosabatiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomchilik va dizayn instituti, Toshkent moliya instituti professor-o‘qituvchilari, talabalari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.
2015 yil 18 noyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Imom al-Buxoriy tavalludining 1205 yilligiga bag‘ishlangan “Imom al-Buxoriy merosining komil inson tarbiyasidagi roli” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston Marifatparvarlar jamiyati bilan hamkorlikda o‘tkazildi.
2015 yil 17 noyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Toshkent Oliy umumqo‘shin ko‘mondonlik bilim yurti bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan “Xalqimiz timsoli – yuksak bir yalov” shiori ostida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
2015 yil 13 noyabr kuni axborot madaniyatini yuqori darajaga ko‘tarish hamda respublika milliy madaniy merosini asrash, mutolaaga bo‘lgan mehrni oshirish, aholining turli qatlamlariga xizmat ko‘rsatishni tashkil etishda kutubxonalarning ijtimoiy-madaniy rolini oshirish va mashhur yozuvchilar, shoirlar, rassomlar, artistlar, xonandalar va hunarmandlar bilan tanishtirishdan iborat “INFOLIB-2015” IV Milliy axborot-kutubxona haftaligi o‘z ishini tamomladi. Haftalik doirasida kitob taqdimotlari, adabiyotlar, rasmlar va amaliy san’at namunalari ko‘rgazmalari, seminarlar, davra suhbatlari, ekskursiyalar, mahorat darslari, tanlovlar, aksiyalar, mashhur yozuvchi, shoir, rassom, artist, xonanda va noshirlar bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
13 noyabr kuni “INFOLIB-2015” IV Milliy axborot- kutubxona haftaligi doirasida ozarbayjon yozuvchisi Yunus O‘g‘uzning “Malika va jodugar” romanining o‘zbek tiliga tarjimasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi (tarjimon Usmon Qo‘chqor). Taqdimot G.Aliev nomidagi Ozarbayjon milliy madaniyat markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan.
Tadbir avvalida ozarbayjon yozuvchisi, olim Yunus O‘g‘uzning ijodi haqida hikoya qiluvchi video-lavha namoyish etildi. Taqdimot qatnashchilari Yu.O‘g‘uzning boshqa asarlari bilan, ularning mazmuni va mohiyati bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar. Turkiyshunos olim, publitsist, yozuvchi Yu.O‘g‘uz o‘zbek kitobxonlariga “Yuksalish sari” va “Dunyoning hokimi” nomli ikki romanni o‘z ichiga olgan “Amir Temur” kitobi orqali tanish.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida an’anaviy tarzda o‘tkazilayotgan “Infolib-2015” IV Axborot - kutubxona haftaligi doirasida foydalanuvchilar yanada ko‘proq ma’lumot olishlari va yangi adabiyotlar bilan yaqindan tanishishlari uchun «Yangi resurslar 2015» rukni ostida adabiyotlarning ochiq ko‘rgazmasi tashkil qilinadi. Ko‘rgazmaga qo‘yilgan kitoblar bilan kuyidagi zallarda tanishishingiz mumkin:
“Tafakkur” katta o‘quv zali – barcha fan sohalari bo‘yicha nashr etilgan adabiyotlar tadim etilgan. Masalan, “Traktor va avtomobil”, “Iqtisodiyot nazariyasi”, “O‘kituvchining yon daftari”, “Nauchnaya jurnalistika”, “Xirurgiya va reanimatsiya asoslari”, “Bolaligim ertaklari”, “Zolotoy telyonok”, “Zateryannыy mir”, “Tayna i loj”, “Zulfiya abadiyati”, “Bolam baxtli bo‘lsin desangiz”, “Mineralogiya”, “O‘zbekiston tarixi”
“INFOLIB-2015” IV Milliy axborot- kutubxona haftaligi doirasida O‘zbekiston FA Asosiy kutubxonasining xorijiy adabiyotlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.
Kutubxona 1933 yili Fan qo‘mitasi qoshida tashkil etilgan. 1943 yilda esa unga Asosiy kutubxona maqomi berildi.
Dastlab u 39 mingdan ziyod adabiyot fondiga ega bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi kunda uning umumiy fondi 4 mil. Nashrni tashkil etadi. Kutubxona 600 mingdan ziyod xorijiy adabiyotlar fondiga egaligi bilan respublikada birinchi o‘rinda turadi. 2012 yili Vashington universiteti kutubxonaga 12 mingga yaqin ingliz, nemis, fransuz, rus, fors, tojik, qirg‘iz, qozoq va o‘zbek tillarida adabiyotlar sovg‘a qildi.
“INFOLIB” Milliy axborot- kutubxona haftaligi doirasida “Xorijiy tillar kuni”ni o‘tkazish an’anaga aylangan. Yosh avlodda ingliz tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otish va uni rivojlantirishga ko‘maklashish maqsadida “INFOLIB-2015” IV Milliy axborot- kutubxona haftaligi doirasidagi to‘rtinchi kun xorijiy tillarga bag‘ishlandi.
Unda xorijda ta’lim olish imkoniyatlari va shartlari, xorijiy davlatlar ta’lim tizimi bilan tanishtiruvchi va u yerda ta’limni tugatgach istaqboldagi imkoniyatlar bilan tanishtiruvchi suhbatlar va mahorat darslari bo‘lib o‘tdi.
2015 yil 13 noyabr kuni “INFOLIB-2015” IV Milliy axborot- kutubxona haftaligi doirasida xalq xunarmandchiligi bo‘yicha mahorat darslari bo‘lib o‘tdi. Mazkur mahorat darslarini o‘tkazishdan maqsad – yoshlarda estetik didni rivojlantirish va xalq hunarmandchiligi namunalarini tayyorlash uslublari bilan tanishtirish.
Mahorat darslarida hunarmandlar, hunarmandchilikka qiziquvchilar, kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari va haftalik mehmonlari ishtirok etdilar.
2015 yil 13 noyabr kuni «INFOLIB-2015» IV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida O‘zbekistondagi Milliy madaniy markazlarning badiiy chiqishi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston – ko‘pmillatli mamlakat. Uda 120 millat vakillari do‘stona, ahil va inoq yashaydilar. Bunday madaniy va etnik xilma-xillik bir-birining madaniyatiga chambarchas bog‘lanib davlat iftixoriga aylanib bormoqda. Tadbirning maqsadi – ko‘pmillatli O‘zbekistonda yashovchi xalqlarnining bebaho madaniy boyligini ko‘rsatish.
2015 yil 11 noyabr kuni “INFOLIB-2015” IV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida “Biz kitobni sevamiz!” mavzusida bolalar rasmlari tanlovining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tanlov O‘zbekiston Milliy kutubxonasi va Rus madaniyat markazi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Unda Toshkent shahar umumta’lim maktablarining 3-4-sinf o‘quvchilari “Biz kitobni sevamiz!” mavzusida o‘z chizgan rasmlari bilan qatnashdilar.
Mazkur tanlovni o‘tkazishdan maqsad: kichik maktab yoshidagi bolalarni badiiy ijod turlariga jalb etish, kichik maktab yoshidagi bolalarni ijod orqali kitob o‘qishga jalb etish, bolalarning ijodiy qobiliyatlarini ochish.
Ta’lim sifatining oshishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatayotgan, darslarga tayyorgarlik, mustaqil, ijodiy fikrlashda ko‘mak berayotgan, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etayotgan O‘zbekiston Milliy kutubxonasi an’anaviy tarzda “Infolib” Axborot kutubxona haftaligi tadbirini o‘tkazib kelmoqda.
“INFOLIB-2015” IV Milliy axborot- kutubxona haftaligi doirasida yangi foydalanuvchilarga ko‘pgina imkoniyatlar yaratilmoqda: kutubxonaning yangi a’zolarini ro‘yxatga olishda lotereya, kutubxona bo‘ylab mavzulashtirilgan ekskursiyalar va O‘zbekiston Milliy kutubxonasi faoliyatini yorituvchi taqdimotlar bo‘lib o‘tmoqda.
12 noyabr kuni “INFOLIB-2015” IV Milliy axborot- kutubxona haftaligi doirasida rassom, O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi, O‘zbekiston badiiy akademiyasi a’zosi Alisher Aliqulov bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va K.Bekzod nomidagi Milliy rassomchilik va dizayn instituti talabalari, haftalik mehmonlari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.
12 noyabr kuni “INFOLIB-2015” IV Milliy axborot- kutubxona haftaligi doirasida xalqaro musiqiy tanlovlar g‘oliblari Sardor Milano va Sabina Mustaevalar bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda yosh xonandalar muxlislari, haftalik mehmonlari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.
Yig‘ilganlarni Sardor Milano va Sabina Mustaevalar ijodi bilan tanishtirar ekan, taniqli jurnalist B.Babaev ularning sahnadagi birinchi qadamlari, debyutlari haqida gapirib berdi. Shuningdek, yig‘ilganlar e’tiboriga Sardor Milano va Sabina Mustaevalarning g‘alabalari muhrlangan, sohir ovozlari bilan barchani lol qoldirgan video-lavhalar namoyish etildi.
10 noyabr kuni “INFOLIB-2015” IV Milliy axborot- kutubxona haftaligi doirasida Italiya musiqasi kechasi bo‘lib o‘tdi. “O‘zbekiston-Italiya” Do‘stlik jamiyati va O‘zbkistondagi Italiya elchixonasi tomonidan tashkil etilgan musiqa kechasida teatr artistlari rolida O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti va O‘zbekiston davlat konservatoriyasi talabalari ishtirok etdilar. Musiqiy kecha o‘z asarlari bilan italyan adabiy tili rivojiga katta xissa qo‘shgan buyuk shoir Dante Aligeri tavalludining 750 yilligiga bag‘ishlandi.
2015 yil 11 noyabr kuni “INFOLIB-2015” IV Milliy axborot- kutubxona haftaligi doirasida Toshkent shahri musiqa kolleji o‘quvchilari uchun “Musiqa bilimdoni” musiqiy viktorinasi bo‘lib o‘tdi. Viktorinada Toshkent madaniyat kolleji va Yunus Rajabiy nomidagi musiqa kolleji o‘quvchilari ishtirok etishdi. Xaftalik doirasida o‘tkazilayotgan “Musiqa bilimdoni” tanlovini o‘tkazishdan asosiy maqsad yoshlarni musiqaga qiziqtirish va musiqiy qobiliyatlarini o‘stirishga harakat qilishdan iboratdir.
2015 yil 11 noyabr kuni “INFOLIB-2015” Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun “Adabiyot bilimdoni” viktorinasi o‘tkazildi. Viktorinada Toshkent shahar Shayhontohur tumanidagi 41-umumta’lim maktabi 5-6-sinf o‘quvchilari ishtirok etdilar.
Tanlovning o‘tkazilishidan asosiy maqsad - yoshlar dunyoqarashi va fikrlash doirasini kengaytirish, o‘quvchilar ko‘nglida adabiyotga bo‘lgan mehrni uyg‘otish, badiiy asar o‘qishga qiziqishini kuchaytirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilishdan iborat.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida axborot-kutubxona muassasasi mutaxassislarining kasbiy mahoratini baholovchi “AXBOROT-KUTUBXONA MUASSASASINING ENG YAXSHI MUTAXASSISI” tanlovi respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlov Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda axborot-kutubxona sohasi mutaxassislari kasbining ahamiyati va nufuzini oshirish, soha mutaxassislarining kasbiy mahorati, imkoniyati va faolligini namoyon etish maqsadida axborot-kutubxona muassasasi mutaxassislari orasida o‘tkazildi. Tanlovda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi markazi va Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislari ishtirok etdilar.
2015 yil 11 noyabr kuni “INFOLIB-2015” IV Milliy axborot- kutubxona haftaligi doirasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun axborot madaniyati va mediasavodxonlik bo‘yicha mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.
Ilm egallash jamiyati o‘rniga kelgan axborot jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi davrida, “bir umrga yetgulik bilim egallash” tushunchasi o‘rniga “umr davomida bilim egallash” tushunchasi keldi hamda axborot-ta’lim muhitini tubdan o‘zgarishiga olib keldi. Axborot madaniyatini va media savodxonligini shakllantirish masalasi bolalar bilan ishlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
2015 yil 11 noyabr kuni “INFOLIB-2015” IV Milliy axborot- kutubxona haftaligi doirasida, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, dramaturg, yozuvchi, tarixshunos, publitsist, tarjimon, O‘zbekiston xalq shoiri Xurshid Davron bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi Tadbirda shoir Eshqobil Shukur, adabiyotshunos olimlar Qozoqboy Yuldosh, Jabbor Eshonqul, yozuvchi Salomat Vafo, Yunusobod tumanidagi 274-son umumta’lim maktabining o‘quvchilari va X.Davron ijodi ihlosmandlari ishtirok etdilar.
2015 yil 10 noyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “INFOLIB-2015” IV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida KADATA avtomatlashgan axborot-kutubxona tizimi bo‘yicha trening bo‘lib o‘tdi. Trening tashkilotchilari –BePro kompaniyasi.
Treningda KADATA avtomatlashgan axborot-kutubxona tizimida oddiy, masofaviy qayd etish, topilgan resurslarni ko‘rish, tahrir qilish, statistikasini ko‘rish, eksport va import qilish ishlarini amalga oshiruvchi “Chitateli”, “Personalnыy kabinet”, “Sirkulyatsiya”, “Komplektovanie”, “Katalogizatsiya” va “Administrirovanie” kabi modullar yordamida ishlash bo‘yicha batafsil tavsiyalar berib o‘tildi.
2015 yil 9 noyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “INFOLIB–2015” IV Milliy axborot-kutubxona haftaligi tantanali ochildi. Haftalik O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 11 fevraldagi 56-f-sonli farmoyishi va tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida 2015 yilda o‘tkaziladigan xalqaro ilmiy va ilmiy-texnikaviy anjumanlar rejasi”ga asosan o‘tkazilmoqda.
Tadbir avvalida direjyor Dilshod Mutalov boshchiligidagi O‘zbekiston davlat akademik xalq-cholg‘u orkestri ijrosida o‘zbek va chet el kompozitorlarining klassik, milliy va zamonaviy musiqalari yangradi.
2015 yil 9 noyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida foydalanuvchilarning axborot madaniyati va mediasavodxonligini shakllantirishda axborot-kutubxona muassasalarining o‘rniga bag‘ishlangan “Betgerxonlik 2015” kasbiy munozarali davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
“Betgerxonlik” taniqli kutubxonashunos, bibliograf, tarixchi, kitobshunos Ye.K.Betger xotirasiga bag‘ishlangan bo‘lib, olimlar, axborot-kutubxona fanlari o‘qituvchilari va mutaxassis-amaliyotchilarning axborot-kutubxona muassasalari faoliyati, axborot-kutubxona xizmat ko‘rsatilishi, zamonaviy jamiyat infrastrukturasida foydalanuvchilarning axborot madaniyati va mediasavodxonligi g‘oyalarini tarqatishda roli va o‘rnini aniqlash, birlashtirish maqsadiga o‘ynaltirilgan.
2015 yil 9 noyabr kuni “INFOLIB-2015” IV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida Alisher Navoiyning “Pyateritsa izumleniy” kitobining rus tilidagi badiiy tarjimasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
“Pyateritsa izumleniy” kitobining rus tilidagi tarjimasi filologiya fanlari doktori, navoiyshunos olim, xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, akademik Aziz Qayumov va O‘zbekiston jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti professori Dinara Azimovaning say’i harakatlari tufayli amalga oshirildi. Alisher Navoiyning rusiyzabon kitobxonlarga avvallari notanish bo‘lgan asarlarining tarjimasi navoiyshunoslikda katta voqea hisoblanadi. “Pyateritsa izumleniy” kitobi tarjimasi o‘rta asrlar mutafakkiri, falsafa, dinshunoslik va tarixga doir kitoblar muallifi Abdurahmon Jomiyning 600 yillik tavalludiga atalgan.
“INFOLIB-2015” IV Milliy axborot- kutubxona haftaligi doirasida san’atshunoslik fanlari nomzodi, taniqli kinoshunos Nigora Karimovaning “Muqaddima” loyihasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Taqdimot Markaziy osiyoning 1920–1930 yillarda suratga olingan ilk ovozsiz filmlaridan lavhalar muhrlangan foto ko‘rgazma va filmlar namoyishini o‘z ichiga oladi.
Ko‘rgazma YuNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, “O‘zbekkino” Milliy agentligi va O‘zbekiston Badiiy akademiyasi rahbarligida , “San’at” jurnali va O‘zbekiston Badiiy akademiyasi foto Uyi ko‘magida bo‘lib o‘tmoqda.
Taqdimotda san’atshunoslar, “O‘zbekkino” Milliy agentligi vakillari, kinotanqidchilar, kinoshunosldar, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti talabalari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.
2015 yil 9-13 noyabr kunlari Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “INFOLIB-2015” IV Milliy axborot-kutubxona xaftaligi o‘tkaziladi.
Milliy axborot-kutubxona haftaligining asosiy maqsadi- axborot madaniyatini yuqori darajaga ko‘tarish hamda respublika milliy madaniy merosini asrash, mutolaaga bo‘lgan mehrni oshirish, axborot-kutubxona foydalanuvchilariga internet orqali xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini oshirish, yangi zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish kabi ilmiy bilimlarni ommalashtirish; aholining turli qatlamlariga xizmat ko‘rsatishni tashkil etishda kutubxonalarning ijtimoiy-madaniy rolini oshirishdan iboratdir.
2015 yil 5 noyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “INFOLIB-2015” IV Milliy axborot- kutubxona haftaligiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Matbuot anjumanida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi rahbariyati, kutubxona xizmat rahbarlari va OAV vakillari ishtirok etdilar.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 11 fevraldagi 56-f-sonli farmoyishining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida 2015 yilda o‘tkaziladigan xalqaro ilmiy va ilmiy-texnikaviy anjumanlar rejasi” ga asosan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda 2015 yil 9-13 noyabr kunlari “INFOLIB-2015” IV Milliy axborot-kutubxona xaftaligini o‘tkazadi.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida texnik va profilaktik ishlari olib borilishi munosabati bilan 2015 yil 6 noyabr kuni xizmat ko‘rsatish soat 14:00 dan boshlanadi.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi ro‘yxatidan 121038ta foydalanuvchi o‘tgan. Shundan 662 ta foydalanuvchi qayta ro‘yxatdan o‘tgan.
2015 yilning oktabr oyida ro‘yhatga olingan foydalanuvchilar soni 3430 shundan chet el fuqorosi 16 ta.
Foydalanuvchilar quyidagi toifalar bo‘yicha taqsimlandi:
Talaba - 1687;
O‘quvchi – 967;
Abituriyent – 242;
Magistr – 86
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida keksa yoshdagi foydalanuvchilar uchun “Kompyuter savodxonligi va Internetdan foydalanish” ijtimoiy loyihasi asosida keksa foydalanuvchilarning kompyuter savodxonligini oshirish va Internet tarmog‘ida ishlashni o‘rganishga yo‘naltirilgan o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi. Tadbir “Keksalarni e’zozlash yili” davlat dasturini amalga oshirish maqsadida tashkil etilgan.
Kutubxona mutaxassislari joriy yilning oktabr oyida hujjatlar bilan ishlash, ofis ilovalari, Internet tarmog‘ida kerakli ma’lumotni qidirish, ijtimoiy tarmoqlarda muloqot qilish kabi harakatlarni amalga oshirishga bag‘ishlangan navbatdagi mashg‘ulotlarni o‘tkazdilar.
2015 yil 30 oktabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida tozalik kuni munosabati bilan foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatilmaydi.
3 noyabr kuni soat 15:00da kinomarkazda Xorazm Ma’mun akademiyasining 1010 yilligiga bag‘ishlangan “Xorazm Ma’mun akademiyasi” film namoyishi;
4 noyabr kuni soat 15:00 da kichik majlislar zalida mutafakkir, shoir Boboraxim Mashrab tavalludining 375 yilligiga “Chamandin ayrilib bo‘lmas” mavzusida davra suhbati va “O‘zbekiston” zalida “Ohimni suvga aytdim...” nomli kitob-rasmli ko‘rgazma;
9-13 noyabr kunlari “INFOLIB-2015” IV Milliy axborot-kutubxona haftaligi;
2015 yil 26 oktabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida xalqimizning atoqli san’at arbobi, komediya janri ustasi, O‘zbekiston xalq artisti Ergash Karimov tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan “Qalbida kulgu nazmi” deb nomlangan ko‘rgazma ochildi.
Ko‘rgazmada Ergash Karimov ijodi haqida hikoya qiluvchi “Milliy teatrimiz namoyondalari” va “San’atimiz yulduzlari” turkumidan “Kulishgani keldik” kitoblari, shuningdek, “Sog‘lom avlod uchun”, “O‘zbekiston matbuoti”, “Jannat makon” kabi vaqtli matbuotda chop etilgan maqolalar, ocherklar, suratlar va u bilan olib borilgan intervyular o‘rin olgan.
2015 yil 25 oktabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida yozuvchi, shoir, dramaturg, usta tarjimon, mohir pedagog, tilshunos va adabiyotshunos Maqsud Shayxzodaning ijodiga bag‘ishlangan “O‘zbek adabiyotining zabardast vakili”deb nomlangan ko‘rgazma ochildi.
Maqsud Shayxzoda 1908 yilda tug‘ilgan. Boshlang‘ich ta’limni u mashxur pedagog Muxtor Afandi asos solgan maktabda oldi. Undan so‘ng Baku seminariyasida tahsil oldi va o‘qituvchilik faoliyatini boshladi. Aspiranturani tamomlagach Toshkent pedagogika institutida o‘zbek adabiyoti tarixidan dars berdi. 1929 yilning oxirida otashin qalbli shoirning she’rlari matbuotda chop etila boshlaydi. U shoir va dramaturg, adabiyotshunos va tarjimon, tarixchi va ma’rifatparvar, notiq va pedagog edi.
2015 yil 26 oktabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirov kitoblariga bag‘ishlangan “Pirimqul Qodirov – badiiy so‘zni jonlantirgan ijodkor”nomli kitob ko‘rgazmasi ochildi.
Ko‘rgazmada P.Qodirovning "Gavharshodbegim”, “Humoyun va Akbar”, “Olmos kamar”, “Amir Temur siymosi”, “Meros”, “Yulduzli tunlar”, “Ona lochin vidosi” kabi tarixiy maavzuda yozilgan kitoblari va yoshlarning kundalik turmush muammolari, uning yechimlari, insoniy xislatlar va qahramonlarning ichki tuyg‘ulari yuksak badiiy mahorat bilan berilgan “Botirlar va baxillar”, “Qadrim”, “Izlaring”, “Erk”, “Olmos kamar”, “Qora ko‘zlar” asarlari o‘rin olgan.
2015 yil 26 oktabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida 2015 yil to‘qqiz oylik yakunlariga bag‘ishlangan hisobot yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi vakili, kutubxona rahbariyati, xizmat rahbarlari, xodimlar va mas’ul mutaxassislar ishtirok etdi.
Yig‘ilish avvalida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori A.Xodjaev yig‘ilish qatnashchilariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining o‘tgan majlisi, unda muhokama etilgan masalalar va qilingan hulosalar to‘g‘risida ma’lumot berdi.
2015 yil 25 oktabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Pablo Pikasso ijodiga bag‘ishlangan “Zamonaviy san’at dahosi” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi. Ko‘rgazmada buyuk rassom, haykaltarosh, kulol va dizayner, kubizm yo‘nalishi asoschisi, syurrealist va impressionist hayoti va ijodiga dahldor kitoblar, albomlar, fotosuratlar va otkritkalar taqdim etilgan.
2015 yil 23 oktabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekistonning UNESCOga a’zo bo‘lganligining 22 yilligiga bag‘ishlangan kitoblar ko‘rgazmasi ochildi. Ko‘rgazmada UNESCO ning O‘zbekistondagi faoliyatiga doir kitoblar, jurnallar va fotosuratlar joy olgan. Bu sog‘liqni saqlash, onalik va tug‘ilishlar, bola huquqi, inson rivojlanishi omillari, tabiat muammolari, iqtisodiyot, fan va madaniyat yutuqlariga, shuningdek, aholining turmush darajasiga bag‘ishlangan kitoblardir. Ko‘plab kitoblar orasida keng miqiyosda bo‘lib o‘tgan anjumanlarning ma’ruzalar to‘plamlari ham bor.
2015 yil 23 oktabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasidayoshlarning ijtimoiy tarmoqda muloqot qilish mediasavodxonligini oshirish va ularning ko‘ngilochar saytlardagi ma’lumotlardan foydalanish madaniyatini shakllantirishga qaratilgan seminar bo‘lib o‘tdi. Galdagi seminar“Ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri maqsadlarda foydalanish, suhbatlashish odobi hamda milliy mafkuramizga zid bo‘lmagan axborot-resurslardan foydalanishni targ‘ib etish” mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi huzaridagi “ZiyoNET” bo‘limi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Xalqaro yoshlar kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi "Bugunning yoshlari" deb nomlangan foto tanlov o‘tkazilishini ma’lum qiladi.
Tanlovda qatnashish istagi bo‘lganlar 2015 yil 5 noyabrga qadar O‘zbekiston Milliy kutubxonasining photo@natlib.uz elektron manziliga turli sohalarga doir zamonamiz yoshlarining hayot faoliyatini, ulrning yutuqlari, muammolari va bo‘sh vaqtlari haqida hikoya qiluvchi foto suratlarini hamda o‘zlari haqidagi ma’lumotni taqdim etishlari so‘raladi.
2015 yil 20 oktabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili qabul qilinganligining 26 yilligiga bag‘ishlangan “Ona tili-millat ko‘zgusi” shiori ostida davra-suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda navoiyshunos olima, professor Suyuma G‘anieva, O‘zbekiston xalq artisti Afzal Rafiqov, O‘zbekiston yozuvchilari uyushmasi a’zosi, shoir Shukur Qurbon, tilshunos olim, f.f.n Zuxriddin Isomiddinov, adabiyotshunos olimlar, Toshkent Tibbiyot akademiyasi huzuridagi harbiy-tibbiy fakulteti kursantlari, P.F.Borovskiy nomidagi Toshkent tibbiyot kolleji o‘quvchilari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.
2015 yil 16 oktabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida mashhur bolalar yozuvchisi, shoir, ertakchi va hikoyanavis Djanni Rodarining kitob ko‘rgazmasi ochildi. Ko‘rgazmada Djanni Rodarining har bir xonadonga kirib borgan, bolajonlarga yaxshilikning hamisha yovuzlik ustidan g‘alaba qozonishini o‘rgatadigan quvnoq she’rlari, ertak va hikoyalaridan iborat kitoblari o‘rin olgan.
Djanni Rodari 1920 yilda Italiya shimolida novvoy oilasida dunyoga kelgan. U hamisha havonlarga rahmdil bo‘lganidan, adolatparvar, mehnatsevar va olijanob inson bo‘lib yetishdi. 17 yoshida muallimlik diplomini olgach, u qishloq maktabining boshlang‘iya sinflarida dars bera boshladi. U xushchaqchaq muallim edi, o‘quvchilarga qiziqarli hikoyalar so‘zlab berar. Shunday qilib Dj.Rodari bolalar uchun quvnoq va ajoyib hikoya va ertaklarni to‘qiy boshladi.
2015 yil 15 oktyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston xalq yozuvchisi Hakim Nazir tavalludining 100 yilligiga “Bolajonlarni o‘ylaganimda…” mavzusida kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi. Ko‘rgazmada o‘zbek bolalar va o‘smirlar adabiyotining ko‘zga ko‘ringan vakillaridan biri Hakim Nazirning hikoyalari, qissalari va pyesalari taqdim etilgan.
2015 yil 6-15 oktyabr kunlari O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “O‘zbekistonda axborot-kutubxona sohasida loyihalarni chuqurlashtirish davrida soha mutaxassislarining axborot madaniyatini va media savodxonligini shakllantirish” loyihasi doirasida axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislari uchun axborot madaniyatini va media savodxonligini shakllantirish bo‘yicha trening bo‘lib o‘tdi. Loyihaning maqsadi YUNESKOning “O‘quvchining axborot madaniyati asoslari” o‘quv-metodik kompleksi yordamida O‘zbekiston axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislarining axborot madaniyatini va media savodxonligini oshirish.
2015 yil 9 oktabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “O‘zbekkino” Milliy Agentligi buyurtmasiga binoan, Respublika ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasi tomonidan “Keksalarni e’zozlash yili”ga bag‘ishlab suratga olingan “Umr bekatlari” deb nomlangan hujjatli film taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Unda “O‘zbekkino” Milliy Agentligi vakillari, film ijodkorlari, Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti, Toshkent davlat madaniyat va san’at instituti professor-o‘qituvchilari va talabalari, Toshkent temir yo‘l transporti kasb-hunar kolleji o‘quvchilari, film qahramon Halima aya Qayumova oila a’zolari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.
2015 yil 9 oktabr O‘zbekiston Milliy kutubxonasida yoshlarning ijtimoiy tarmoqda muloqotqilish mediasavodxonligini oshirish va ularning ko‘ngilochar saytlardagi ma’lumotlardan foydalanish madaniyatini shakllantirishga qaratilgan seminar bo‘lib o‘tdi. Respublika ma’naviyat targ‘ibot markazi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbir “Yoshlarning ma’naviy immunitetini shakllantirishda ijtimoiy tarmoqlarning tutgan o‘rni” mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda Toshkent islom universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti talabalari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasining O‘qish zallarida “NatlibService” pullik xizmat tizimi va internetdan foydalanish profilaktika ishlari tufayli vaqtincha to‘xtatiladi. Pullik xizmatlar to‘lovi kassa orqali amalga oshiriladi.
Noqulayliklar uchun uzr so`raymiz.
2015 yil 7 oktabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbek adabiyoti asoschilaridan biri shoir va mutafakkir Muhammad Aminxo‘ja Mirzaxo‘ja o‘g‘li Muqimiy tavalludiga bag‘ishlangan bibliografik sharh va kitob-rasmli ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi.
Muqimiy tavalludiga bag‘ishlangan kutubxona xodimlari va Muqimiy hayoti, lirikasiga qiziqqan foydalanuvchilar uchun tashkil etilgan bibliografik sharhni kutubxona mutaxassisi Javlon Jovliev olib bordi. U yig‘ilganlarga Muqimiy ijodining o‘ziga xosliklarini, uning jamiyatdagi illatlarga tanqidiy nazar bilan qarashi, uning do‘stlik, sadoqat, samimiyat, vafodorlik, sabot va matonat ulug‘langan lirikasi haqida so‘zlab berdi va Muqimiy lirikasiga mansub she’rlardan o‘qib berdi.
O‘zbekistonda 2015 yilni «Keksalarni e’zozlash yili» deb e’lon qilinishi munosabati bilan yoshi ulug‘ keksalarimizga e’tibor, har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va mehr-muruvvat ko‘rsatish, ularning turmush tarzini yaxshilash, hayot faoliyatini yuqori darajaga ko‘tarish, faollashtirish va bo‘sh vaqtini maqsadli tashkil qilishga yo‘naltirilgan Davlat dasturi ishlab chiqildi. Mazkur dasturda belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Milliy kutubxonasida keksa yoshdagi foydalanuvchilar uchun «Kompyuter savodxonligi va Internetdan foydalanish» ijtimoiy loyihasi joriy etildi. Unga asosan muntazam ravishda keksa foydalanuvchilarimizning kompyuter savodxonligini oshirish va Internetda tarmog‘ida ishlashni o‘rganish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.
2015 yil 6-15 oktabr kunlari O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “O‘zbekistonda axborot-kutubxona sohasida loyihalarni chuqurlashtirish davrida soha mutaxassislarining axborot madaniyatini va media savodxonligini shakllantirish” loyihasi doirasida axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislari uchun axborot madaniyatini va media savodxonligini shakllantirish bo‘yicha treninglar bo‘lib o‘tmoqda. IFLA va "Axborot hamma uchun" YuNESKO Dasturining Rossiya ko‘mitasi doimiy a’zosi, ekspert, Kemerovo davlat madaniyat va san’at universiteti, ijtimoiy soha axborot texnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti direktori, professor N.I.Gendina tomonidan olib borilgan treninglarda respublika axborot-kutubxona muassasalarining 20 nafar mutaxassislari ishtirok etdilar.
2015 yil 2 oktabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida kutubxona qoshida tashkil etilgan chet tillarni rivojlantirish va ommalashtirish Markazining ingliz, ispan, xitoy, koreys, nemis, yapon tillari og‘zaki nutq ko‘nikmalari natijalarining taqdimoti va Markazning til yo‘nalishlari bo‘yicha mahorat darslarini o‘z ichiga olgan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi, O‘tra maxsus va kasbiy ta’lim markazi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi mutaxassislari, “KAMOLOT” yoshlar ijtimoiy harakati, Respublika baynalmilal madaniyat markazlari vakillari, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, Toshkentdagi xalqaro Vestminter universiteti mutaxassislari ishtirok etdilar.
Insonlarga ilm taratishdan, ularni jamiyatda yashashga tayyorlashdan sharafliroq kasb yo‘q. Zero, dunyoda eng buyuk, mas'uliyatli va matonatli kasb – O‘qituvchi kasbidir. O‘zgaga biron narsani o‘rgatish – juda mushkul. Siz bizlarga o‘z bilganlaringizni o‘rgatasiz, dunyo sirlarini ochasiz, bizni qo‘limizdan tutib ilk bor birinchi sinfga yetaklaysiz, bizlar haligacha tushunmay kelayotgan oddiy haqiqatlarni tushuntirib berasiz. Dunyo tamadduni asoslari uchun insoniyat sizning oldingizda bosh egadi. Kasbingiz sizdan nafaqat ko‘p bilimga ega bo‘lishni, balki ma'naviy boylik, sabot, kezi kelganda esa mustaxkam irodani talab qiladi.
2015 yil 30 sentabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Imom Buxoriy xalqaro markazi, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston miliy universiteti, Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti, O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Inson, uning e’tiqodi, jamiyat, koinot: taraqqiyoti muammolari va hozirgi zamon” mavzusida ilmiy-nazariy seminar bo‘lib o‘tdi. Uning ishida O‘zbekiston musulmonlari idorasi vakillari, faylasuflar, siyosatshunos olimlar, ilmiy tadqiqotchilar va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.
Ustoz va murabbiylar kuni bayrami munosabati joriy yilning 1 oktabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi dam olish kuni, deb e’lon qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 121-moddasiga asosan, bayram arafasi, ya’ni 30 sentabr kuni ish vaqti bir soatga qisqartiriladi va foydalanuvchilarga soat 19.00 ga qadar xizmat ko‘rsatiladi.
O‘zbekiston Miliiy kutubxonasi kitob muzeyining navbatdagi ekspozitsiyasi tabiiy fanlarga bag‘ishlandi. Ekspozitsiya maqsadi – foydalanuvchilarni natijalari hali ham dolzarb, tushunchalar majmuyi, qonunlar va nazariyalar ko‘rinishidagi qadimiy ilmiy tadqiqotlar bilan tanishtirishdan iborat. Bu yerda O‘zbekiston Milliy kutubxonasining qo‘lyozmalar, nodir va alohida qimmatga ega nashrlarga boy fondida saqlanayotgan astronomiya, matematika, geometriya, botanika, zoologiya, kimyo va boshqa tabiiy fanlarga oid adabiyotlar o‘rin olgan.
1 oktabr kuni “Tafakkur” zalida ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan “Ustozlarni e’zozlagan yurt” nomli kitob-rasmli ko‘rgazma;
3 oktabr kuni “Kashfiyot” zalida shoir S. Yesenin tavalludining 120 yilligiga “Yeщyo ya dolgo budu pet…” mavzusida kitob-rasmli ko‘rgazma;
9 oktabr kuni “O‘zbekiston” zalida shoir Muhammad Aminxo‘ja Mirzaxo‘ja o‘g‘li Muqimiy tavalludining 165 yilligi munosabati bilan “Sog‘inchlarning cho‘g‘larini jismim aro joylading…” nomli kitob-rasmli ko‘rgazma va bibliografik obzor
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi ro‘yxatidan 117565ta foydalanuvchi o‘tgan. Shundan 640 ta foydalanuvchi qayta ro‘yxatdan o‘tgan.
2015 yilning sentabr oyida ro‘yhatga olingan foydalanuvchilar soni 5248 shundan chet el fuqorosi 28 ta.
Foydalanuvchilar quyidagi toifalar bo‘yicha taqsimlandi:
Talaba - 3569;
O‘quvchi – 1020;
Abituriyent – 196;
Magistr – 72
2015 yil 29 sentabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida aktyor, rejissyor, jamoat arbobi, O‘zbekiston xalq artisti Olim Xo‘jaev tavalludining 105 yilligiga bag‘ishlangan “San’at bo‘stonida so‘nmaydi nomi” deb nomlangan xotira kechasi bo‘lib o‘tdi. Unda aktyorning maslakdoshlari, izdoshlari, uning san’atining haqiqiy muhlislari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar. Tadbir avvalida “O‘zbekkino” Milliy agentligi tomonidan tasvirga olingan “Yaxshi nom” hujjatli filmidan parcha namoyish etildi.
2015 yilning 29 sentabrda Alisher Navoiy nomli O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga Yaponiya yer, infratuzilma, transport va sayyohlik vazirining parlamentdagi o‘rinbosari Keysuke Suzuki boshchiligida Yaponiya delegatsiyasi tashrif buyurdi. Tashrif doirasida mehmonlarga Simpoziumlar saroyi va Milliy kutubxona bo‘ylab tanishtiruv ekskursiyasi uyushtirilib, unda O‘zbekiston Milliy kutubxonasining faoliyati, imkoniyatlari va rivojlanish istikbollari haqida so‘zlab berildi.
2015 yil 15 sentabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida ingliz yozuvchisi dunyoda Agata Kristi nomi bilan tanilgan Agata Meri Klarissa Mallouen tavalludining 125 yilligiga bag‘ishlangan “Izquvarlik janri ustasi” deb nomlangani kitob ko‘rgazmasi ochildi. U o‘zi yaratgan 80 detektiv roman, 6 psixologik roman, 19ta hiqoyalar to‘plami va bugungi kunda ham o‘z mashhurligini yo‘qotmagan va dunyo teatrlarida sahnalashtirib kelinayotgan ko‘plab pesalari tufayli eng taniqli detektiv (izquvar) asarlar yozuvchilari sirasiga kiradi.
2015 yil 18 sentabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi majlislar zalida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, respublika va xalqaro konkurslar laureati, estrada qo‘shiqlari ijrochisi Pavel Borisov bilan ijodiy uchrashuv va unig “Skripka, notki, otkrovenya” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda shoirlar, musiqachilar, estrada xonandalari, Pavel Borisov ijodining asl shinavandalari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.
2015 yil 17 sentabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti «Bolalar kitobi» II respublika festivalida ishtirok etdi. “Sog‘lom va ma’naviy yetuk avlod – yurt kelajagi!” shiori ostida o‘tkazilayotgan bu festival maqsadi - barkamol avlod tarbiyasi, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ezgu ishlar, qo‘lga kiritilgan yutuq va marralar mazmun-mohiyatini o‘quvchilar, keng jamoatchilikka tushuntirish, yoshlar tarbiyasida kitobning o‘rni va ahamiyati ulkan ekanligini yosh kitobxonlarga va ularning ota-onalariga yetkazishdan iboratdir. Festival doirasida taniqli yozuvchi va shoirlar bilan ijodiy uchrashuvlar, davra suhbatlari, adabiy kechalar, mushoiralar bilan bir qatorda respublikamizda faoliyat kshrsatayotgan nashriyotlar o‘z maxsulotlari taqdimoti bilan qatnashdilar.
Texnik sabablar hamda sanitariya-profilaktika ishlarini olib borish maqsadida Milliy kutubxona 21 sentabr kuni
«Tozalik kuni» e’lon qiladi va ushbu kun foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatmaydi.
2015 yil 16 sentabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Toshkent viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning “Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir”asari mazmun-mohiyati bo‘yicha ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda institut professor-o‘qituvchilari, tinglovchilari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.
2015 yil 15-17 sentabr kunlari O‘zbekiston Milliy kutubxonasida YuNESKOning “Jahon xotirasi” dasturiga noyob hujjatli meroslarni taqdim etish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi. Mazkur tadbirdan ko‘zlangan maqsad - mamlakatimizda jahonda noyob hisoblanmish hujjatli meroslar ro‘yxatiga loyiq manbalarni aniqlab, ularni belgilangan usullarga muvofiq asrashga hamkorlik qilish, noyob hujjatli merosga ommaviy tarzda foydalanish uchun ko‘mak berish, noyob hujjatli merosning ma’no-mazmuni va mavjudligi haqidagi ma’lumotni butunjahon darajada targ‘ib qilish.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston xalq artisti Shukur Burhonov tavalludining 105 yilligiga bag‘ishlangan «Sahnada yashamoq kerak» deb nomlangan xotira kechasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyorlari, Sh.Burhonovning oila a’zolari, maslakdoshlari, Glier nomidagi RIMAL o‘quvchilari, O‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat instituti talabalari hamda kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.
Tadbir avvalida ishtirokchilar e’tiboriga «O‘zbekkino» Milliy Agentligi tomonidan tasvirga olingan «Shukur Burhon» videofilmi namoyish etildi, shuningdek, ular O‘zbekiston xalq artisti Shukur Burhonov gavdalantirgan obrazlar muhrlangan fotosuratlarni tomosha qildilar.
2015 yil 10 sentyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida matematik olim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, O‘zbekiston FA asoschilari va keyinchalik Prezidentlaridan biri, fizika-matematika fanlari doktori, fan va ta'lim fidoiysi, jamoat arbobi, 170dan ziyod ilmiy risolalar, 8ta monografiya va 2ta darslik, shuningdek, ko‘pgina ilmiy maqolalar muallifi - O‘zbekiston FA akademigi Toshmuhammad Aliyevich Sarimsoqov tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan “Matematikaning betakror olamida” adabiyotlar ko‘rgazmasi ochildi.
2015 yil 25 avgustdan 1 sentabrga qadar O‘zbekiston Milliy kutubxonasi mutaxassislari Seul shahri Dongdemoon tumanida joylashgan Kyongxi Universiteti Markaziy kutubxonasida “O‘zbekiston kutubxonachilarining malakasini oshirish” dasturi bo‘yicha Koreyaga tashrif buyurishdi, deb xabar beriladi Koreya elektron ommaviy axborot vositalarida.
Hayotimizda fan va ilg‘or texnologiyalarning taraqqiy etib borayotganini inobatga olgan holda, yoshlarning intellektual va ma’naviy salohiyatini oshirish, ularni har tomonlama rivojlangan barkamol avlod bo‘lib yetishishi maqsadida hukumatimiz tomonidan ta’lim sohasini isloh qilishga katta e’tibor qaratilmoqda. Bu borada ta’lim va ma’naviy tarbiyani uzviy olib borish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Shuningdek, yangi axborot texnologiyalarini o‘zlashtirishga ham katta e’tibor qaratilmoqda. Yoshlar o‘rtasida ilmga bo‘lgan intilish mustaqillik davrida olib borilgan islohotlarning samarasidir.
O‘zbekiston Miliiy kutubxonasi kitob muzeyi har oyda o‘z ekspozitsiyasini yangilab boradi. Shunga ko‘ra navbatdagi ekspozitsiya sharqshunos olimlarining asarlariga bag‘ishlandi.
Ekspozitsiyaga O‘zbekiston Milliy kutubxonasining “Qo‘lyozmalar, nodir va alohida qimmatga ega nashrlar”ga boy fondida saqlanayotgan sharqshunos olimlarining asarlarini tanlashda ularning nashr etilish davri, noyobligi, shuningdek, Sharq falsafasi, tilshunosligi, geografiyasi, huquqshunosligi va tarixi masalalari bilan qiziqqan Yevropa sharqshunos olimlarining asarlariga e’tibor qaratildi. Ular ichida eng qadimiysi XVII asr o‘rtalarida nashr etilgan bo‘lib, qolganlari asosan XVIII va XIX asrlarni tashkil etmoqda.
2015
2015 yil 4 sentabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi majlislar zalida “Men Vatanim ravnaqiga hissa qo‘shishni xohlayman!” shiori ostida O‘zbekiston XDP Yoshlar qanotining “Yosh siyosatchi-2015” respublika tanlovining yakunlovchi bosqichi o‘tkazildi.
O‘zbekiston Xalq Demokratik partiyasi va uning “Istiqbol” Yoshlar qanoti tomonidan tashkil etilgangan mazkur tadbirdan ko‘zlangan maqsad mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonlarida yoshlarning bilim darajasini yuksaltirish, ularda mamlakatimizda yuz berayotgan barcha o‘zgarishlarga nisbatan dahldorlik hissini kuchaytirishdir.
2015 yil 2-5 sentabr kunlari O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Ochiq eshiklar” haftaligi bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur tadbirdan ko‘zlangan maqsad: foydalanuvchilarni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida xizmat ko‘rsatishdagi keng imkoniyatlar bilan tanishtirish. Haftalik doirasida foydalanuvchilarga kutubxona bo‘ylab uning imkoniyatlari va resurslari bilan tanishtiruvchi ekskursiyalar, prezentatsiyalar, ilmiy-ta’limiy xorijiy elektron bazalar bilan ishlash bo‘yicha, “Ilmiy ishlar bazasi” bilan ishlash bo‘yicha treninglar tashkil etildi.
2015 yil 4 sentabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Mustaqilligimizning 24 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan «Yurtim jamoli» fototanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mutolaa madaniyati darajasini yuksaltirish, mamlakat madaniy merosini asrab avaylash, axborot-kutubxona sohasida Internet imkoniyatlarini oshirish, jamiyat hayotida kutubxonalarning ijtimoiy-madaniy ahamiyatini oshirish va kutubxonada tashkil qilinayotgan tadbirlar ko‘lamini kengaytirish maqsadida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan Mustaqilligimizning 24 yilligi munosabati bilan «Yurtim jamoli» fototanlovi e’lon qilingan edi.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi ro‘yxatidan 112316 ta foydalanuvchi o‘tgan. Shundan 196 ta foydalanuvchi qayta ro‘yxatdan o‘tgan.
2015 yilning avgust oyida ro‘yhatga olingan foydalanuvchilar soni 943 shundan chet el fuqorosi 18 ta.
Foydalanuvchilar quyidagi toifalar bo‘yicha taqsimlandi:|
Talaba - 104;
O‘quvchi – 330;
Abituriyent – 123;
Magistr – 19
Ro‘yhatdan o‘tgan foydalanuvchilar – 943 (jami – 112316);
Qatnovlar – 47332;
Kitob berilishi – 404104;
Ekskursiyalar (tashkilotlar) – 5, qatnashganlar soni – 203;
Yangi kelib tushgan nashrlar: kitoblar – 61, jurnallar – 274.
Jami – 335
Mustaqillikka erishgach, O‘zbekiston o‘zligini, tarixiy an’analarini, milliy qadriyatlarini ifoda etuvchi, fuqarolarni yuksak mehnat yutuqlariga, sport g‘alabalariga va ilmiy yangiliklarga ruhlantiruvchi o‘z davlat mukofotlarini ta’sis etdi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofotlari - bu «O‘zbekiston Qaxramoni» unvoni («Oltin Yulduz» medali); «Mustaqillik» ordeni, «Amir Temur» ordeni, «Jaloliddin Manguberdi» ordeni, «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni, «El-yurt hurmati» ordeni, «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni, «Mehnat shuhrati» ordeni; I va II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni, I va II darajali «Shon-sharaf» ordeni, «Do‘stlik» ordeni, «Jasorat» medali, «Sodiq xizmatlari uchun» medali, «Shuhrat» medali va 34ta faxriy unvonlardir.
Respublika yig‘ma elektron katalogda yig‘ilgan bibliografik yozuvlar soni - 1 435 715 (2013-2015 yy.),
Yig‘ma elektron katalog onlayn dasturida yuklangan bibliografik yozuvlar soni - 1 002 488,
Hozirgi kunda Respublika yig‘ma elektron katalog ishtirokchilar soni - 19.
2-5 sentabr kunlari “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlar turkumi tashkil qilinadi:
2015 yil 28 avgust kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti mualliflar jamoasi tomonidan chop etilgan “Madaniyat va san’at atamalarining izohli lug‘ati” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Taqdimotda madaniyat va san’at sohasi mutaxassislari, tilshunoslar va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.
Taqdimot marosimida O‘zbekiston davlat Madaniyat va san’at instituti prorektori, san’atshunoslik fanlari nomzodi, dotsent Go‘zal Holiqulova o‘z kirish so‘zida bu kabi lug‘atning O‘zbekistonda birinchilar qatorida nashr etilayotganligi, uning dolzarbligi, lug‘at o‘z ichiga olgan atamalar, ixtisosiy terminlar, kasblar, mutaxassisliklar, ibora va tushunchalarning qo‘llanish ko‘lami va lug‘atni tayyorlashda o‘z xissasini qo‘shgan mualliflar jamoasi haqida so‘zladi.
2015 yil 27 avgust kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Kino olamiga sayohat” nomli kitob-rasmli ko‘rgazma va kutubxona kinomarkazida “Oltin to‘plam” fondidan o‘rin olgan o‘zbek milliy kinofilmlari namoyish etildi.
“Kino olamiga sayohat” ko‘rgazmasida taqdim etilgan kitoblar, gazeta va jurnallarda chop etilgan maqolalar o‘zbek kino san’atiga va uning fidoiy namoyondalariga bag‘ishlandi. “Кино и художественная литература”, “Фильмы и годы”, “Сотворение фильма”, “Ulug‘lar orasida”, “Sahna va zamon” kitoblari mamlakatimizda kino san’atining paydo bo‘lishi, birinchi ommaviy kino namoyishlari, jahon kinematografiyasida yorqin iz qoldirgan birinchi o‘zbek kino aktyorlari haqida hikoya qiladi.
2015 yilning 26 avgustida Alisher Navoiy nomli O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga YuNESKO bosh direktorining o‘rinbosari Erik Falt tashrif buyurdi. Tashrif doirasida Simpoziumlar saroyi va Milliy kutubxona bo‘ylab tanishtiruv ekskursiyasi uyushtirilib, unda O‘zbekiston Milliy kutubxonasining faoliyati, imkoniyatlari va rivojlanish istikbollari yoritib berildi.
Mexmonni qutlar ekan, Milliy kutubxona direktori A. Xodjaev Yurtboshimiz tashabbusi bilan bunyod etilgan kutubxonaning qurilish tarixi va hozirgi faoliyati, foydalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, elektron bazani yaratish jarayonida qo‘llaniladigan ilg‘or informatsion texnologiyalar, Milliy kutubxonaning xalqaro aloqalari, hususan, turli xil loyixalar doirasidagi amalga oshirilayotgan hamkorlik aloqalari haqida ma’lumot berdi.
2015 yil 26 avgust kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 24 yilligiga va Qatag‘on qurbonlarining xotirasiga bag‘ishlangan “Mustaqillik tog‘dek tayanchimiz, qudratli zaminimizdir” mavzusida adabiy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda “Shahidlar xotirasi” xayriya jamg‘armasi raisi N.Karimov, “Vatan” kinofilmi ijodkorlari Z.Musoqov, A.Ubaydullaev, R.Shodieva, B.Yo‘ldoshev, M.Sagdullaev, “Xavas” oilaviy musiqiy ansambl qatnashchilari, xalq ta’limi taassarufidagi axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.
2015 yil 24 avgust kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida «Amerika tub aholisi raqslari» (Native Pride Dancers) Amerika raqs dastasi bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. “Hayot davomida raqs tushib” deb nomlangan mazkur uchrashuvda O‘zbekistondagi AQSh elchixonasi vakillari, diplomatik korpus va qo‘shma tashkilotlar a’zolari ishtirok etdilar.
Orienna Snayder, Shaina Snayder, Shon Snayder, Edrian Stivens va Uilyam Leonarddan iborat guruh a’zolari mashhur guruhning tashkil etilishi tarixi, o‘zida tub amerikaliklarga xos zamonaviy va an’anaviy raqs uslublarini mujassam etgan shou dasturlari haqida so‘zlab berishdi.
Mustaqilligimizning 24 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Milliy kutubxonasi «Yurtim jamoli» deb nomlangan foto tanlov o‘tkazilishini ma’lum qiladi.
Tanlovda qatnashish istagida bo‘lganlar 2015 yil 3 sentyabrga qadar O‘zbekiston Milliy kutubxonasining photo@natlib.uz elektron manziliga o‘z foto suratlarini hamda o‘zlari haqidagi ma’lumotnomani taqdim etishlari so‘raladi.
1991 yil 31 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi e’lon qilindi! Bu yil mamlakatimiz asosiy bayrami – Mustaqillik kunining yigirma to‘rt yilligini nishonlamoqda.
Shu monosabat bilan O‘zbekiston Milliy kutubxonasidat ushbu muhim sanaga bag‘ishlangan “Betakrorimsan, yagonasan,ona Vatanim-O‘zbekistonim!” nomli foto-ko‘rgazma ochildi. Ko‘rgazma “O‘zbekiston: kecha va bugun”, “O‘zbekiston dunyo nigohida”, “Yuksak marralarga intil, tengdoshim!”, “Mustaqillik – bu huquq demakdir” va “Vatan fidoyi farzandlarini unutmaydi!” ruknlarini o‘z ichiga oladi.
2015 yil 16 avgust kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Sharqning ulug‘ allomasi Abu ali Ibn Sino tavalludining 1035 yilligiga bag‘ishlangan “Buyuk alloma qomusiy olim” nomli kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi. Buyuk forsiy qomusiy olim, faylasuf, tabib, shoir, musiqachi va matematigining ilmiy merosi bebaho. U ilmning barcha sohalarini: falsafa, mantiq, musiqa, she’riyat, tilshunoslik, tibbiyot, matematika, astronomiya, kimyo, biologiya va geologiya fanlarini qamrab olgan.
Abu Ali al-Husayn Abdulloh ibn al-Xasan ibn Ali 980 yil Buxoro viloyatining Afshona qishlog‘ida tug‘ilgan. Ibn Sino Buxoro xalqi orasida mohir tabib sifatida taniladi. Ma’lumki, u Buxoro amiri Nux ibn Mansurni og‘ir xastalikdan davolaydi, evaziga saroy kutubxonasidan foydalanishga izn so‘raydi va bu imkoiyatga ega bo‘ladi. Somoniylar kutubxonasi o‘sha davrda butun O‘rta va Yaqin Sharqdagi eng katta va boy kutubxonalardan bo‘lgan.
2015 yil 15 avgust kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston xalq artisti Tursunxon Ja’farova tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan “Iste’dodli teatr va kino aktrisasi” mavzusida adabiyotlarning ochiq ko‘rgazmasi ochildi.
Tursunxon Ja’farova 1915 yilda Namanganda tavallud topdi. 1931-40 yillarda u Namangan viloyat musiqali drama va komediya teatrida, 1941 yildan esa Muqimiy teatrida ishlagan.
Uning ijodida kuchli dramatizm, aniq sahna harakatlari, qahramonlarining hissiyotlarini yorqin talqin eta olish qobiliyati ifodalangan. Undagi ayollik nazokati-yu, fikr-mulohazasining teranligi unga tomoshabinlar yodida uzoq saqlanib qoladigan rollar ijro etishiga ko‘maklashadi.
2015 yil 9 avgust kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida sharqshunos-arabshunos olim, Turkiston universiteti tarix-falsafa kafedrasi professori, muzeylar, qadimiy yodgorliklar, san’at va tabiatni muxofaza qilish Turkiston ko‘mitasi a’zosi Aleksandr Eduardovich Shmidtga bag‘ishlangan kitob ko‘rgazmasi ochildi.
Aleksandr Eduardovich Shmidt 1871 yilda Astraxanda tavallud topgan. 1889 yilda maktabni tugatgach Sankt-Peterburg universiteti sharq tillar fakultetiga, 1894 yilda esa shu fakultetning arab-fors-turk bo‘limiga o‘qishga kirdi. Talabalik davridayoq u yevropa, sharq va qadimiy tillarni egallab, shu sohada ilmiy tadqiqotlar amalga oshirgan. U tarixchi va arabshunos uchun islom yodgorliklarini mustaqil o‘qish va tadqiq etishni juda muhim hisoblagan va A.E.Shmidtning ilmiy qiziqishlarining shakllanishiga o‘z ta’sirini o‘tkazgan mashhur rus sharqshunosi V.R.Rozenning shogirdi edi.
Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi kompyuter parkini yangilagani tufayli bir qator foydalanishga yaroqli orgtexnikani (printer, skaner, nusxa ko'paytirish mashinasi va kompyuter texnikasi) sotuvga chiqarmoqda.
Sotuvdagi orgtexnika ro'yhati bilan tanishish va uni harid qilishni istaganlar quyidagi manzilda ("Ma'rifat markazi" binosida) joylashgan O'zbekiston Milliy kutubxonasiga ariza bilan murojaat qilishlari mumkin: Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Navoiy ko‘chasi 1-uy, telefon (0 871) 232-83-89, (0 871) 232-83-93.
Arizalar 2015 yil 13 avgustga qadar qabul qilinadi.
2015 yil 4 avgust kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida restavrator, etnograf, san’atshunos O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan rassom, Qoraqalpog‘iston xalq rassomi, Nukus san’at muzeyi tashkilotchisi va birinchi direktori Igor Saviskiyning 100 yilligiga bag‘ishlangan “O‘rta Osiyo Tretyakovi” nomli kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi.
Igor Vitalevich Saviskiy 1915 yilda tavallud topgan. 1941 yilda Surikov nomidagi Moskva davlat rassomchilik institutiga o‘qishga kirgan. Kasalligi tufayli u armiyaga chaqirilmaydi. U taxsil olayotgan institut 1942 yildan 1944 yilga qadar Samarqandga evakuatsiya qilindi. Shunda yerda u birinchi marta O‘rta Osiyo xalqlarining o‘ziga xos va qiziqarli madaniyati bilan tanishadi. 1950 yilda esa u O‘zbekistonga arxeologik, etnografik ekspeditsiya tarkibida keladi va Qoraqalpoq xalq amaliy san’ati namunalari bilan qiziqadi.
Ro‘yhatdan o‘tgan foydalanuvchilar – 2369 (jami – 110857);
Qatnovlar – 82002;
Kitob berilishi – 537592;
Ekskursiyalar (tashkilotlar) – 5, qatnashganlar soni – 195;
Yangi kelib tushgan nashrlar: kitoblar – 566, avtoreferatlar – 29, jurnallar – 760, elektron resurslar - 791.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi ro‘yxatidan 110857 ta foydalanuvchi o‘tgan. Shundan 425 ta foydalanuvchi qayta ro‘yxatdan o‘tgan.
2015 yilning iyul oyida ro‘yhatga olingan foydalanuvchilar soni 2369 shundan chet el fuqorosi 19 ta.
Foydalanuvchilar quyidagi toifalar bo‘yicha taqsimlandi:
Talaba - 337;
O‘quvchi – 475;
Abituriyent – 1049;
Magistr – 31
O‘zbekiston Milliy kutubxonasining “Noyob kitoblar muzeyi”dagi navbatdagi ekspozitsiyasi “Mustaqillikning ma’naviy poydevorlari” mavzusidagi manbalarga bag‘ishlandi.
Ekspozitsiyaga davlatchilik masalalariga bag‘ishlangan, davlatchilik shakllari, davlat sistemasi, ijtimoiy tuzumning xususiyatlari, siyosif va madaniy an’analarning shakllanishiga oid kitoblar saralab olindi. O‘zbekiston Milliy kutubxonasining “Qo‘lyozmalar, nodir va alohida qimmatga ega nashrlar” fondida saqlanayotgan mustaqillikning ma’naviy poydevorlariga asos bo‘la oladigan manbalarni tanlashda ularning nashr etilgan davri, noyobligi, shuningdek, o‘rta asrlarda yashab, ijod etgan hamda faoliyat olib borgan mutafakkirlarimiz, davlat arboblarimiz haqida yozilgan asarlarga e’tibor qaratildi.
4 avgust kuni “Ijod” zalida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, Qoraqalpog‘iston xalq rassomi Igor Vitalevich Saviskiy tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan “Sredneaziatskiy Tretyakov» nomli kitob-rasmli ko‘rgazma;
10 avgust kuni “Ijod” zalida O‘zbekiston xalq artisti, aktyor va rejisser Amin Turdiev (1910-1978) tavalludining 105 yilligiga “San’atga fidoyi inson” mavzusida kitob-rasmli ko‘rgazma;
15 avgust kuni “Tafakkur” zalida O‘zbekiston xalq artisti Tursunxon Ja’farova tavalludining 100 yilligiga “Iste’dodli teatr va kino aktrisasi” mavzusida adabiyotlarning ochiq ko‘rgazmasi;
Respublika yig‘ma elektron katalogda yig‘ilgan bibliografik yozuvlar soni - 1 435 715 (2013-2015 yy.);
Yig‘ma elektron katalog onlayn dasturida yuklangan bibliografik yozuvlar soni - 972 259;
Hozirgi kunda Respublika yig‘ma elektron katalog ishtirokchilar soni - 19.
Hurmatli foydalanuvchilar!
20–24 iyulgacha Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 99 ta yangi nomdagi axborot-kutubxona resurslari qabul qilinib (quyidagi sohalar bo‘yicha turkumlashtirildi: siyosat – 27 ta, ta’lim va pedagogika – 4 ta, ijtimoiy fanlar – 12 ta, badiiy adabiyot – 49 ta, adabiyotshunoslik – 2 ta, qishloq xo‘jaligi – 1 ta, texnika – 2 ta, san’at – 2 ta) ro‘yxatdan o‘tkazildi. Ularga texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun Kitob fondi va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.
2015 yil 21 iyul kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida imom al-Buxoriy (810-870) tavalludining 1205 yilligiga bag‘ishlangan “Hadis ilmining sultoni” mavzusida kitob ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Inson har tomonlama rivojlanar ekan, ajdodlarning tarixiy, madaniy merosiga, ahloqiy va ma’naviy manbalarga tayanadi. O‘n ikki asrdan buyon Islom dunyosi favqulotda qobiliyati egasi al-Buxoriy ilmini o‘rganib kelmoqda va uning ilmi hadisiga cheksiz hurmat va ehtirom bilan munosabatda bo‘lmoqda. Hadisshunoslik VIII asrning ikkinchi yarmida musulmon huquqini o‘rganuvchi fan sifatida paydo bo‘lgan. Hadislar Qur’oni Karimdan so‘ng ikkinchi o‘rinda turadigan Islom g‘oyalari tamoillarini o‘z ichiga olgan huquqiy manba sanaladi. “Hadis ilmining sultoni” nomi bilan ham mashhur imom al-Buxoriyni dunyo e’tirofiga sazavor qilgan “Al-jome’ as-sahih” islom ta’limotiga oid umumiy qoidalar aks ettirilgan ko‘pdan-ko‘p sharhlar bitilgan kitobidir.
2015 yil 21 iyul kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida 2015 yil birinchi yarim yillik yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi vakili, kutubxona rahbariyati, xizmat rahbarlari, xodimlar va mas’ul mutaxassislar ishtirok etdi.
Yig‘ilish avvalida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori A.Xodjaev yig‘ilish qatnashchilariga 2015 yil 16 iyulda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining majlisi, unda muhokama etilgan masalalar va qilingan hulosalar to‘g‘risida ma’lumot berdi. U yig‘ilish qatnashchilarini yarim yillik yakunlari bo‘yicha yalpi ichki mahsulotning o‘sishi, sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi va tashqi savdo aylanmasi ko‘rsatkichlari, shuningdek, qo‘shimcha ish o‘rinlarini tashkil etish, xizmatlar va servis sohasida amalga oshirilayotgan tizimli chora-tadbirlar bilan tanishtirdi.
2015 yil 20 iyul kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida FIDE – Xalqaro shaxmat federatsiyasi tomonidan 1966 yilda ta’sis etilgan Xalqaro shaxmat kuniga bag‘ishlangan “Shaxmat – zehn idrok dahosi” mavzusida kitob-rasmli ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi. Mazkur ko‘rgazmadan ko‘zlangan maqsad kutubxona foydalanuvchilarining shaxmatga bo‘lgan qiziqishini rivojlantirib, ularni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondida mavjud shaxmatga doir adabiyotlar bilan tanishtirish.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondi “Theory and Methods of Strength Assessment of Earth Dams” (“Gruntli to‘g‘onlarning mustahkamlik ishonchliligini baholash nazariyasi va usullari”) kitobi bilan boyitildi. 330 bet hajmli mazkur kitob «LAP LAMBERT Academik Pablishing» nashriyoti tomonidan 2015 yilda ingliz tilida chop etildi.
Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti nazariy va qurilish mexanikasi kafedrasi mudiri, texnika fanlari doktori, professor M.M.Mirsaidov va texnika fanlari nomzodi, dotsent T.Z.Sultonovlarning kitobi gruntli inshootlarning havfsizligini va ishonchliligini ta’minlash muammosiga bag‘ishlangan. Muammoning dolzarbligi ahamiyati uning fojiali yakuni oqibatida yetkazilgan iqtisodiy talofat bilan bog‘liq.
2015 yil 15 iyul kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida kutubxona qoshida tashkil etilgan “INFOLIB”- axborot-kutubxona xabarnomasining ilk soni taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Jurnal kutubxonaning matbaa bo‘limida chop etildi.
Taqdimotda kutubxonachilik va kitobshunoslik sohasi mutaxassislari, axborot-kutubxona muassasalari xodimlari, noshirlar, kutubxona foydalanuvchilari va OAV vakillari ishtirok etdilar.
Tadbirni ochiq deb e’lon qilar ekan O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori A.Xodjaev “INFOLIB”- axborot-kutubxona xabarnomasi tashkil etilishining O‘zbekistonda axborot-kutubxona sohasi taraqqiyotida ehtiyoji va dolzarbligini ta’kidladi.
Sizga mamnuniyat bilan shuni ma’lum qilamizki, kutubxonaning “Tafakkur” o‘quv zalida milliy, jahon qolaversa qardosh xalqlar adabiyot nomoyondalari tavallud kunlari, yubiley sanalari munosabati bilan ko‘rgazmalar tashkil qilindi. Bu ko‘rgazmalarda e’tiboringizga adiblar hayoti va faoliyatiga doir kitob, jurnal va qiziqarli ma’lumotlarni muntazam taqdim etib boramiz.
Siz xozirda tashkil etilgan, iyul oyida tavallud kunlari nishonlanadigan adiblar Ernest Xeminguey hamda Aleksandr Dyuma ijod namunalarini qamrab olgan “Ajdodlar xotirasidagi adib”, “Sarguzashtlarga boy hayot” nomli ko‘rgazmaga tashrif buyurib, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi kitob fondida mavjud adiblar hayoti va ijodiga mansub adabiyotlar bilan tanishishingiz mumkin bo‘ladi.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga “Migratsiya, mehnat va xavfsizlik” jurnalining nashrlari kelib tushdi. Jurnal xorijda mehnat faoliyatini qonuniy amalga oshirish niyatida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari uchun mo‘ljallangan. Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish niyatida bo‘lgan aksari O‘zbekiston fuqarolarini qanday qilib buni qonun doirasida amalga oshirish mumkinligi, ular shartnoma tuzgan agentlik qay darajada ishonchli ekanligi va Vatandan yiroqda ularning huquqlari qay darajada kafolatganligini bilishni xohlaydilar.
Jurnal fuqarolarni xorijda mehnat faoliyatini qonuniy amalga oshirishi to‘g‘risidagi Nizom, noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashga bag‘ishlangan xalqaro kelishuvlar, me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan, agentliklar taqdim etayotgan ijtimoiy, mehnat va boshqa kafolatlar va xususiy mehnat shartnomalari orqali xorijda mehnat faoliyatini qonuniy amalga oshirish huquqini beruvchi ruxsatnomani olish yul-yuriqlari bilan tanishtiradi.
29.06-03.07 iyulgacha Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 166 ta yangi nomdagi axborot-kutubxona resurslari qabul qilinib (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlashtirildi: siyosat - 25 ta, ta'lim va pedagogika - 4 ta, tabiiy fanlar - 9 ta, badiiy adabiyot - 69 ta, tilshunoslik - 4 ta, adabiyotshunoslik - 6 ta, tibbiyot - 23 ta, qishloq xo‘jaligi - 5 ta, texnika - 16 ta, san'at - 5 ta ) ro‘yxatdan o‘tkazildi. Ularga texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun Kitob fondi va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.
Germaniya Davlat kutubxonasi O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga “Тюркские рукописи Королевской библиотеки Берлина” (“Berlin Qirollik kutubxonasidagi turk qo‘lyozmalari”) katalogini taqdim etdi. 1889 yilda „A.Asher & CO” nashriyoti tomonidan chop etilgan. Katalog XI asrdan boshlab qayd etilgan manbalar xronologik tartibda berilgan.
Katalogda muallif Vilxelm Perch har bir asarning qisqacha xarakteristikasini, uning Qirollik kutubxonasida joylashgan joyi va ular boshlangan kalit so‘zlarni bergan. Unda arab va fors so‘zlari turkiy tilda talaffuz qilinishicha berilgan.
Katalog mazmunining ensiklopediya, bibliografiya, huquq, din, falsafa, maqollar, san’at, kosmografiya, geografiya, matematika, astronomiya, siyosat, statistika, botanika, nazm, nasr mavzulariga bo‘linishi qidirilayotgan materialning tez topilishini ta’minlaydi.
2015 yil 2 iyul kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi tasdiqlangan kunga bag‘ishlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi. Davlat ramzi – bu mustaqil davlat belgisidir. U davlat bayrog‘i, davlat gerbi, davlat madhiyasi, mamlakat milliy valyutasi, mamlakat Konstitutsiyasida va muhim qaror hamda an’analarda o‘z ifodasini topadi.
O‘zbekiston o‘z mustaqilligining birinchi yilidayoq Davlat gerbiga ega bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi – mamlakatimiz davlat mustaqilligining ramzlaridan biridir. U 1992 yil 2 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida tasdiqlandi. “O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, shuningdek O‘zbekistonda turgan o‘zga shaxslar O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbini hurmat qilishlari shart. O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbini behurmat qilganlik O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda jazolanadi” (“O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to‘g‘risida”gi Qonunning 8-moddasi). Bugun O‘zbekistonimizni jahonning turli burchaklarida gerbiga qarab ham tanishadi.Tamg‘amizdagi har bir chiziq, har bir rang, har bir belgida muayyan ramziy ma’no bor.
Maktab o‘quvchilarining yozgi ta’til kunlarida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi qoshida faoliyat yuritayotgan chet tillarni rivojlantirish va targ‘ib etish markazi - «Your school» tomonidan bolalar uchun ingliz tili darslari tashkil etildi.
Darslarni Markaz o‘qituvchisi Sevinch Xudoyorova olib boradi, Kamola va Farangiz Lafasovalar esa unga yaqindan ko‘mak berishmoqda. 6 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalar bilan o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlar ularda asosiy ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan, maxsus ishlab chiqilgan dastur asosida tashkil etilgan. Mazkur dastur asosida olib borilgan darslar natijasida bolalar birinchi darsdayoq ingliz tilida muammosiz chiroyli va to‘g‘ri gapirish ga o‘rganmoqdalar.
2015 yil 1 iyul kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida fiziolog olim, O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi Ahmad Yunusov tavalludining 105 yilligiga bag‘ishlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi.
Ahmad Yunusov 1910 yil 1 iyul kuni Toshkentda tug‘ilgan. O‘z ilmiy izlanishlarida u O‘rta Osiyo paxtachilik va ipakchilik institutida, Toshkent pedagogika institutida, farmasevtika va tibbiyot institutlari fiziologiya kafedralarida, zooligiya va parazitologiya instituti (hozirgi fiziologiya instituti)da o‘tkazgan ilmiy tadqiqotlari natijalarini aks ettirgan.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi ro‘yxatidan 108909 ta foydalanuvchi o‘tgan. Shundan 435 ta foydalanuvchi qayta ro‘yxatdan o‘tgan.
2015 yilning iyun oyida ro‘yhatga olingan foydalanuvchilar soni 2064 shundan chet el fuqorosi 9 ta.
Foydalanuvchilar quyidagi toifalar bo‘yicha taqsimlandi:
Talaba - 547;
O‘quvchi – 733;
Abituriyent – 333
Ro‘yhatdan o‘tgan foydalanuvchilar – 2064 (jami – 108909);
Qatnovlar – 80635;
Kitob berilishi – 504699;
Ekskursiyalar (tashkilotlar) – 21, qatnashganlar soni – 918;
Yangi kelib tushgan nashrlar: kitoblar – 745, avtoreferatlar – 275, jurnallar – 645.
Jami – 1665
1 iyul kuni “Kashfiyot” zalida fiziolog olim, O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan av texnika arbobi Ahmad Yunusovich Yunusov tavalludining 105 yilligiga bag‘ishlangan kitob-rasmli ko‘rgazma;
2 iyul kuni “Adolat” zalida O‘zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi tasdiqlangan kunga bag‘ishlangan kitob-rasmli ko‘rgazma;
20 iyul kuni “Adolat” zalida Butunjahon shaxmat kuniga bag‘ishlangan “Shaxmat –zehn-idrok dahosi” mavzusida kitob-rasmli ko‘rgazma
2015 yil 30 iyun kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida tarixchi va sharqshunos olim, bibliograf, kitobshunos Yevgeniy Karlovich Betger hayotiga bag‘ishlangan bibliografik obzor va “Kitoblarga baxshida umr” nomli adabiyotlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Milliy bibliografiya ma’lumotlari bazasini shakllantirish xizmati rahbari Shoira Raximova Milliy kutubxona mutaxassislari uchun o‘tkazgan bibliografik sharhda taniqli sovet va o‘zbek kitobshunosi, bibliograf, kutubxonashunos, sharqshunos-tarjimon va muallim Yevgeniy Karlovich Betger hayoti va faoliyati haqida so‘zlab berdi. Shuningdek, u Ye.K.Betgerning eskirgan katalog tizimini “Universal o‘nlik klassifikatsiyasi” (UDK) zamonaviy jadvaliga o‘tkazish borasida qilgan innovatsion va dolzarb taklifi to‘g‘risida gapirib: “Ye.K.Betger bibliografik ko‘rsatkichlardagi mavjud UDK iqtibozlarini birma-bir qo‘lda yozib chiqib, yagona jadval holiga keltirdi va 1918 yil yozida milliy Turkiston kutubxonalari xodimlari uchun “Universal o‘nlik klassifikatsiyasi” risolasini chop etdi.
2015 yil 29 iyul kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida o‘z safida uch yuzdan ziyod rassomlik, dizayn, milliy xunarmandchilik, amaliy-bezak, notiqlik, musiqa san’ati, jrnalistika va adabiyot sohalarida qobiliyatli yoshlarni jamlagan “Yuksak ma’naviyatli avlod” yoshlar ijodiy festivalining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur festival Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi tashabbusi bilan respublika oliy va o‘rta maxsus ta’lim, xalq ta’limi vazirligi, viloyat hokimliklari ko‘magida o‘tkazilib, u yoshlar orasida iqtidorli, intellektual boy va qobiliyatli yoshlarni tanlab ularning layoqatlarini va kasbiy mahoratlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgandir. Festivalning asosiy maqsadi- navqiron avlod o‘rtasida ma’naviy-axloqiy tarbiyaga doir ishlarni zamon ruhiga hamohang tarzda yo‘lga qo‘yish, “ommaviy madaniyat” niqobi ostidagi tahdidlarning oldini olish, yoshlarda mustahkam mafkuraviy immunitetni qaror toptirishga ko‘maklashishdan iborat.
22-25 iyun kunlari Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida YuNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, va Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hamkorligida “Ochiq ta’lim manbalari” onlayn kurslari bo‘lib o‘tdi.
2015 yil 26 iyun kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Butunjahon giyohvandlikka qarshi kurash kuniga bag‘ishlangan “Zahri qotil – inson umrining kushandasi” mavzusida kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi. Mazkur ko‘rgazmaning maqsadi kutubxona foydalanuvchilari orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish.
22 – 26 iyungacha Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 369 ta yangi nomdagi axborot resurslari qabul qilinib, ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Shulardan 99 ta kitob (quyidagi sohalar bo‘yicha turkumlashtirildi: siyosat - 43 ta, ta’lim va madaniyat – 19 ta, texnika – 2 ta, qishloq xo‘jaligi – 6 ta, san’at – 9 ta, tabiiy fanlar – 10 ta, badiiy adabiyotlar – 13 ta, tilshunoslik – 2 ta, dinshunoslik – 1 ta ), 270 ta avtoreferatlarga (siyosat - 111 ta, tibbiyot - 40 ta, texnika - 49 ta, tabiiy fanlar – 22 ta, ta’lim va madaniyat – 11 ta, qishloq xo‘jaligi - 21 ta, san’at - 5 ta, sport – 4 ta) texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.
2015 yil 29 iyun kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida tozalik va profilaktika kuni munosabati bilan foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatilmaydi.
2015 yil 25 iyun kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida loyihalar takliflarini ishlab chiqishga o‘rgatish treningi bo‘lib o‘tdi. Trening O‘zbekistondagi SOS Bolalar mahallalari Assositsiyasi tomonidan loyiha koordinatorlari Bolalar mahallalari direktorlari uchun tashkil etildi. Trening maqsadi – tashkilot maqsadi va homiy talablaridan kelib chiqqan holda loyihalar takliflarini ishlab chiqish.
O‘zbekistondagi SOS Bolalar mahallalari Assositsiyasi va uning filiallari hayriya tashkilotlari hisoblangani bois ular davlat subsidiyalari va xorijiy tashkilotlar ajratgan grantlar yordamida ishlaydi. “Loyihalar ishlanmasi” treningi Assotsiatsiya va uning filiallarining xodimlari tomonidan grantlarga yoziladigan arizalarning ko‘nivmasini shakllantirishga yo‘naltirilgan.
|
2015 yil 24 iyun kuni Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, BMTTDning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va YeXHTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan tashkil etilgan “Qabul qilingan qonunlarni ijrochilar va aholiga yetkazish bo‘yicha xalqaro tajriba: huquqiy tartibga solinishi va amaliy jihatlari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Undan ko‘zlangan maqsad – qabul qilingan qonunlarni ijrochilar va aholiga yetkazish borasidagi ishlar bo‘yicha tajriba almashish, aholining huquqiy savodxonligini oshirish, Qonunni ijro etuvchi organlar ishida huquqiy madaniyatni yuksaltirish va aholining huquqiy xabardorligida nodavlat va notijorat organlarining roli bo‘yicha xalqaro tajriba almashinuvi.
15–19 iyungacha Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 264 ta yangi nomdagi axborot-kutubxona resurslari qabul qilinib (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlashtirildi: siyosat – 106 ta, ta’lim va pedagogika – 40 ta, tabiiy fanlar – 26 ta, badiiy adabiyot – 28 ta, tilshunoslik – 6 ta, adabiyotshunoslik – 2 ta, tibbiyot – 5 ta, qishloq xo‘jaligi – 12 ta, texnika – 22 ta, san’at – 11 ta, dinshunoslik – 1 ta, sport – 1 ta) ro‘yxatdan o‘tkazildi. Ularga texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.
Kelib tushgan bosma nashrlarni 19 tasi kitobxonlar foydalanish darajasini samarali tashkil etish maqsadida qog‘oz ko‘rinishidan elektron to‘liq matn ko‘rinishiga o‘tkazildi.
2015 yil 19 iyun kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Toshpo‘lat Matkarimov va “Qurama” folklor-etnografik ansamblining “Qurama ohanglari” nomli foto-, audio- va videoalbomlari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda folklorshunos olimlar, san’atshunoslar, shoirlar, yozuvchilar, kompozitorlar, rassomlar, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti professor-o‘qituvchilari, talabalar, folklor san’ati ixlosmandlari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.
Tadbirni ochiq deb e’lon qilar ekan, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti professori Saodat Yo‘ldosheva, “Qurama” folklor-etnografik ansamblining tashkil etilishi tarixi haqida so‘zlab berdi.
2015 yil 16 iyun kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi fraksiyasi bilan hamkorlikda «Yoshlar ma’naviyatini va intellektual salohiyatini yuksaltirishda axborot-kutubxona resurslarining o‘rni» mavzusida davra suxbati bo‘lib o‘tdi.
Davra suxbatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi fraksiyasi a’zolari bilan bir qatorda boshqaruv organlari rahbarlari va mutasaddilari, olimlar va ta’lim, tarbiya va axborot-kutubxona sohasi mutaxassislari, fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdilar.
2015 yil 13 iyun kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikatsiya masalalari Kompleksi tarkibidagi vazirlik va idoralari ishtirokida seminar o‘tkazildi. Seminar O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 31 martdagi 73-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlari va davlat muassasalarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi Namunaviy nizom talablarining davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida amalga tatbiq etish muammolariga bag‘ishlandi.
2015 yil 10 iyun kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston Xalq yozuvchisi Said Ahmad tavalludining 95 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
2015 yil 10 iyun kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining “Tafakkur” zalida Said Ahmad tavalludining 95 yilligiga bag‘ishlangan “Xalqimizning qahramon adibi” nomli kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi.
Yoz – mutolaa davri. O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Istiqbol” zalida bolalar kitoblari ko‘rgazmasi ochildi. Unda foydalanuvchilar e’tiboriga yangi nashrlar havola etilgan.
Ko‘rgazma ikki qismdan iborat.
Ko‘rgazmaning birinchi qismi “Bolalik – beg‘uborlik timsoli” deb nomlangan bo‘lib, u bola tarbiyasiga bevosita aloqador - tarbiyachi, murabbiylar, o‘qituvchi, qolaversa, ota-onalar uchun mo‘ljallagan. Bu yerda namoyish etilgan ”Farzand burchlari”, “Oila ma’naviyati va milliy g‘urur”, “O‘z farzandingga madad bo‘l”, “Milliy tarbiya asoslari”, “Prava rebyonka”, “Farzand aziz – ona mo‘tabar” kitoblari uz tarbiyaviy ahamiyatga ega hikoyalari va o‘gitlari bilan yosh avlod tarbiyasida ularga yordam beradi.
2015 yil 9 iyun kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida yoshlarni, ayniqsa, qizlarni kitobxonlik va mutolaa madaniyatiga jalb etuvchi tadbir bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston xotin-qizlar ko‘mitasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan tadbirning maqsadi - o‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlikni, kitobni saralab o‘qish madaniyatini targ‘ib etish orqali “ommaviy madaniyat” hamda Internet hurujlaridan yoshlarni asrab qolish, ularga shaxsiy kutubxona tashkil etish g‘oyasini singdirish, oilada kitobga bo‘lgan mehrni tarbiyalash.
O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi, madaniyat va sport ishlari vazirligi, Bosh prokuratura, ichki ishlar vazirligi, o‘rta maxsus kasb-xunar ta’limi markazi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, “Mahalla” XJF, “Kamolot” YoIH, “Oila” IAM hamkorligida o‘tkazilgan mazkur tadbir doirasida respublika umumta’lim maktablarida, oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida, shuningdek, mahallalarda “Kitobxonlik va mutolaa madaniyati” mavzusida haftalik mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
O‘zbekiston va Ozarbayjon Respublikalari o‘rtasidagi davlatlararo munosabatlar asosini uzoq o‘tmishga borib taqaladigan mustahkam do‘stlik rishtalari, qardoshlik, madaniyatlar, tillar hamda an’analar mushtarakligi tashkil etadi. Bugungi kunda O‘zbekiston va Ozarbayjon madaniy hayotda ham yuqori samarali va ko‘p qirrali hamkorlik salohiyatiga ega.
2015 yil 9 iyun kuni O‘zbekistondagi Ozarbayjon Respublikasi elchixonasi qoshidagi G.Aliev nomidagi Ozarbayjon milliy madaniy markazi vakillari O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga tashrif buyurdilar. Tashrif chog‘ida, ikkitomonlama do‘stlik va hamkorlikni mustaxkamlash maqsadida Ozarbayjon milliy madaniy markazi tomonidan O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga benazir tuhfa sifatida 43 nomdagi jami 59 nusxa Ozarbayjon tarixi, madaniyati, turizmi va iqtisodiyotiga doir kitob va musiqiy disklar hadya etildi.
1–5 iyungacha Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 320 ta yangi nomdagi axborot-kutubxona resurslari qabul qilinib (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlashtirildi: siyosat – 70 ta, ta’lim va pedagogika – 18 ta, tabiiy fanlar – 5 ta, ijtimoiy fanlar - 18 ta, badiiy adabiyot – 143 ta, tilshunoslik – 33 ta, adabiyotshunoslik – 13 ta, tibbiyot – 3 ta, qishloq xo‘jaligi – 2 ta, dinshunoslik -14 ta) ro‘yxatdan o‘tkazildi. Ularga texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.
Kelib tushgan bosma nashrlarni 109 tasi kitobxonlar foydalanish darajasini samarali tashkil etish maqsadida qog‘oz ko‘rinishidan elektron to‘liq matn ko‘rinishiga o‘tkazildi.
2015 yil 3 iyun kuni “Tafakkur” o‘qish zalida zamonaviy rus tili asoschisi, buyuk rus shoiri, dramaturg va nosir Aleksandr Sergeevich Pushkin tavalludiga bag‘ishlangan “Qalbning ajib shiddati” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi.
Ko‘rgazmada buyuk shoirning bolalik, o‘smirlik va yoshlik davridan, o‘qish va surgun yillaridan, uning o‘limi tarixi va avlodlari haqida hiqoya qiluvchi kitoblar namoyish etilgan. Bu yerda Pushkinning hayoti, ijodi va falsafiy fikrlashini o‘rganishga bag‘ishlangan ilmiy izlanishlar, uning asarlari sharhi ko‘rgazmada alohida o‘rin tutadi.
25–29 maygacha Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 388 ta yangi nomdagi axborot resurslari qabul qilinib, ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Shulardan 176 ta kitob (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlash-tirildi: siyosat - 20 ta, tibbiyot – 4 ta, ta’lim va madaniyat – 51 ta, texnika – 3 ta, san’at – 6 ta, badiiy adabiyotlar – 81 ta, adabiyotshunoslik – 1 ta, tilshunoslik – 5 ta, sport - 1 ta), 212 ta avtoreferatlarga (siyosat - 39 ta, tibbiyot - 31 ta, texnika – 35 ta, tabiiy fanlar – 32 ta, qishloq xo‘jaligi - 11 ta, sport – 3 ta, san’at – 7 ta, ta’lim va madaniyat – 23 ta ) texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.
Kelib tushgan bosma nashrlarni 15 tasi kitobxonlar foydalanish darajasini samarali tashkil etish maqsadida qog‘oz ko‘rinishidan elektron to‘liq matn ko‘rinishiga o‘tkazildi.
Respublika yig‘ma elektron katalogda yig‘ilgan bibliografik yozuvlar soni-950 635 (2013y.);
Yig‘ma elektron katalog onlayn dasturida yuklangan bibliografik yozuvlar soni - 843 609;
Hozirgi kunda Respublika yig‘ma elektron katalog ishtirokchilar soni - 18
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi ro‘yxatidan 107280 ta foydalanuvchi o‘tgan. Shundan 588 ta foydalanuvchi qayta ro‘yxatdan o‘tgan.
2015 yilning may oyida ro‘yhatga olingan foydalanuvchilar soni 2305 shundan chet el fuqorosi 20 ta.
Foydalanuvchilar quyidagi toifalar bo‘yicha taqsimlandi:
Talaba - 757;
O‘quvchi – 776;
Abituriyent – 264
Ro‘yhatdan o‘tgan foydalanuvchilar – 2305 (jami – 107280);
Qatnovlar – 67841;
Kitob berilishi – 437683;
Ekskursiyalar (tashkilotlar) – 35, qatnashganlar soni – 1255;
Yangi kelib tushgan nashrlar: kitoblar – 1034, avtoreferatlar – 212, jurnallar – 701.
2015 yil 1 iyun kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan tadbirlar bo‘lib o‘tdi.
Kunning birinchi yarmida, tadbir doirasida amerikalik bolalar yozuvchisi Lara Snou Uittonning «Raqqosa Ayiqxon» ertak kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Kitobda hikoya etilgan voqealarga rasmlar hamyurtimiz rassom Javlon Usmonov tomonidan ishlangan.
Taqdimotda AQShning O‘zbekistondagi muxtor elchisi Pamela Leora Spratlin, elchixona vakillari, Toshkent shahri maktablarining 1-2-sinf o‘quvchilari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.
Ushbu sahifada kutubxonamizning eng qiziqarli, ommabop vaqtli matbuot nashrlarini taqdim etib boramiz. Bu yerda taqdim etilgan barcha nashrlarni kutubxonaning o‘quv zallaridan topishingiz mumkin.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Butunjahon tamaki chekishga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlangan filmlar namoyishi bo‘lib o‘tdi.
31may Xalqaro sog‘likni saqlash tashkiloti tomonidan 1988 yilda Butunjahon tamaki chekishga qarshi kurashish kuni sifatida ta’sis etildi. Bu sana chekish muammosiga, uning natijasida kelib chiqadigan salbiy oqibatlarga, inson va insoniyatga yetkazadigan zarariga jamoatchilik e’tiborini qaratishga yo‘naltirilgan.
2015 yil 30 may kuni O‘zbekiston xalq shoiri Mirtemir tavalludining 105 yilligiga bag‘ishlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi. Ko‘rgazmada Mirtemir hayoti va ijodidan hikoya qiluvchi kitoblar va uning asarlaridan namunalar o‘rin oldi.
O‘zbekiston xalq shoiri Mirtemir Tursun o‘g‘li 1910 yili tug‘ilgan. U ibtidoiy eski maktabni bitirgach, 1921-1923 yillarda Toshkentdagi «Almaiy» nomli bolalar namuna ish maktabida tarbiyalanadi. Mirtemir 1925 yili o‘zbek Erlar bilim yurtiga o‘qishga kirib, uni 1929 yilda tamomlab, O‘zbekiston Davlat pedagogika akademiyasida o‘qiydi. Mirtemir oz muddat oliy maktablarda ham dars beradi, muharririyatlarda xodim, teatrlarda adabiy emakdosh, Yozuvchilar uyushmasida maslahatchi, nashriyotlarda muharrir bo‘lib ishladi. Uning birinchi she’ri 1926 yilda «Tanburim ovozi» deb nomlangan. «Shu’lalar qo‘ynida» deb nomlangan birinchi kitobi esa 1928 yilda chop etilgan. Unda Vatan madhi, mehnat gashti va yosh zamondoshlarning ma’naviy dunyosi asosiy mavzu sifatida tarannum etiladi. Uning asarlari 30-yillarning ikkinchi yarmidagi o‘zbek lirikasining rivojlanishiga muhim hissa qo‘shgan asarlardandir.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi kitob muzeyidagi ekspozitsiya yangilandi.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasining kitob muzeyida “Sharq xattotlik (kalligrafiya) san’ati va paleografiya faniga oid kitoblar ko‘rgazmasi”deb nomlangan ekspozitsiyada Sharq amaliy san’ati va miniatyurasiga oid kitoblar o‘rin egalladi.
Mazkur ekspozitsiyaga qadim va zamonaviy davrlarda yaratilgan arab tilidagi xattatotlik (kalligrafik) namunalari, arab tili va kalligrafiyasini maxsus o‘rganuvchi o‘quv yurtlari uchun yaratilgan qo‘llanmalar, Sharq va boshqa hududlarning qadimiy tarixi va adabiyotiga oid asarlari mashhur fransuz olimlarining asarlari keltirilgan
1 iyun kuni Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan “Bolalik olami” mavzusida tadbirlar va “Istiqbol” zalida “Bolalik –beg‘uborlik timsoli” nomli kitob-rasmli ko‘rgazma;
10 iyun kuni soat 15:00da majlislar zalida O‘zbekiston xalq yozuvchisi, O‘zbekiston qahramoni, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Said Ahmad tavalludining 95 yilligiga bag‘ishlangan “Inson ufqqa intiladi” mavzusida xotira kechasi, “Tafakkur” zalida “Halqimizning qahramon adibi” nomli kitob-rasmli ko‘rgazma;
2015 yil 28 may kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida taniqli adib, shoir, dramaturg Erkin Samandar tavalludining 80 yilligi munosabati bilan “Men shu el farzandiman” mavzusida adabiy-badiiy kecha bo‘lib o‘tdi.
Adibning 80 yilligiga bag‘ishlangan kechada uning kasbdosh do‘stlari, shogirdlari, she’larini kuyga solgan bastakoru xonandlar, Erkin Samandar ijodi ixlosmandlari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.
Tadbirda o‘z tabriklari bilan so‘zga chiqqan O‘zbekiston Bastakorlar uyushmasi raisi, professor Rustam Abdullaev, f.f.d. Nusratullo Jumaxo‘ja, shoira Zulhumor Akbarova, adibning shogirdi Bikanazar shoirning insoniyligi, uning she’riyatida mahalliy, milliy iftixorning sezilishini ta’kidladilar.
2015 yl 27 may kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Akademnashr” nashriyotida chop etilgan Yusuf Xos Xojibning “Qutadg‘u bilig” asari taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Kitob ilk bor to‘laligicha o‘zbek tiliga siyosiy fanlari doktori Fazliddin Ravshanov tomonidan tarjima qilindi.
Taqdimotda siyosatshunos olimlar, tilshunoslar, adabiyotshunos olimlar, jurnalistlar, O‘zbekiston Milliy universiteti professor-o‘qituvchilari, talabalari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.
Taqdimotda so‘zga chiqqanlar asarning insoniy fazilatlarni shakllantirishdagi roli, shu fazilatlarni to‘laligicha yetkazib bera olgan Fazliddin Ravshanovning tarjimonlik mahoratiga alohida urg‘u berdilar.
2015 yil 26 may kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi qoshida faoliyat yuritayotgan chet tillarni rivojlantirish va targ‘ib etish markazi “YES – your English” ingliz tili so‘zlashuv klubi a’zolarining “O‘zbekistonda ta’lim” mavzusida baxs-munozarasi bo‘lib o‘tdi. Unda so‘zlashuv klubining doimiy qatnashchilari va shu mavzuga befarq bo‘lmagan ingliz tilida bemalol so‘zlashuvchi kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.
Qatnashchilar ikki guruhga bo‘linib, O‘zbekiston ta’lim tizimidagi yangiliklar, amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar, islohotlar, yutuqlar, kamchiliklar va muammolar haqida so‘z yuritdilar. Munozara davomida qatnashchilar O‘zbekistonda ta’lim sohasida shakllangan samarali modelning xorijiy ekspertlar tomonidan yuksak baholanayotganini, bu borada to‘plangan tajribalarni boshqa mamlakatlar uchun namuna sifatida tavsiya etishayotganini e’tirof etdilar.
2015 yil 26 may kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida milliy ijtimoiy tarmoqlar faoliyatini rivojlantirish va yoshlarning media savodxonligini oshirishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Seminar O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Respublika milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan bo‘lib, unda O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent davlat pedagogika universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari va professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar.
2015 yil 25 may kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida iste’dodli adiba Ma’suma Ahmedovaning yangi “Jo‘natilmagan maktub” deb nomlangan kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Kitobga adibaning turli yillarda yozilgan qissa va hikoyalari kiritilgan.
Taqdimotda yozuvchilar, shoirlar, adabiyotshunos olimlar, jurnalistlar aktyorlar, adibaning ustoz va o‘ogirdlari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.
Tadbirni f.f.d., adabiyotshunos olim Baxodir Karim olib bordi. Unda shoiralar Nazira Salomova, Qutlibika Rahimboeva, shoir Chorsham Ruziev, aktrisa Dilorom Karimova, O‘zbekiston Milliy universiteti katta ilmiy xodimi, izlanuvchi Olim To‘labaev, yozuvchi Salomat Vafo, adibaning shogirdlari “Xurriyat” gazetasi muhbiri Akmal Jumamurodov va tarjimon Timur Tangriberganovlar kitobdagi qissa va hikoyalardan olgan o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar.
2015 yil 25 may kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi «Ijod» zalida bard qo‘shiqlari ijrochisi Gennadiy Arefev bilan musiqiy uchrashuv va uning yangi musiqiy diski taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Ijodiy kechada mualliflik qo‘shiqlari ijrochisi, bard musiqasi, Sofya Demidova, Oleg Bardovskiy va Aleksey Kirdyanovlar she’riyati muxlislari va Gennadiy Arefevning musiqiy talanti ixlosmandlari ishtirok etdilar.
Gennadiy Arefev Toshkentdagi “Archa” muallif ijrochilar klubi a’zosi hisoblanadi. Uning repertuaridan A. Shiryaevesning «Romans», «Vesyolaya pesnya», «Razdume», S. Balakinning «Osen» to‘plami, S. Demidova kabi avtorlarning she’rlariga bastalangan qo‘shiqlari joy olgan.
2015 yil 22 may kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida boshqird milliy-madaniy markazi qoshida tashkil etilgan “Agidel” klubining 5 yilliga bag‘ishlangan adabiy-musiqiy kecha bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Respublika baynalminal madaniyat markazi, rus, ukrain, yaxudiy, qozoq, tatar, ozarbayjon, turkman va tojik milliy-madaniy markazlari vakillari, tadbir mehmonlari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.
2015 yil 20 may kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida t.f.d., professor Axmadali Askarovning «O‘zbek xalqining kelib chiqish tarixi» kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda t.f.d., professor M.Is’hoqov, folklorshunos olim T.Mirzaev, tarixshunos, professor A.Ashurov, kitob hammuallifi, tarixiy obidalarni ta’mirlash bo‘ycha mutaxassis Sh.Ilhomov, adabiyotshunos olimlar, tarixshunos olimlar, soliq akademiyasi o‘qituvchi va talabalari, Borovskiy nomidagi tibbiyot kolledji o‘quvchilari, kutubxona foydalanuvchilari va OAV vakillari ishtirok etdilar.
2015 yil 21 may kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston xalq rassomi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi, Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn instituti “Dastgohli rang tasvir” kafedrasi professori Alisher Mirzoning “Kallaxonalik yigitcha” deb nomlangan romani taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda yozuvchi va jurnalist X.Do‘stmuhammad, adabiyotshunos olim I.G‘ofurov, akademik, adabiyotshunos olim B.Nazarov, “Sharq yulduzi” jurnali U.Hamdam, f.f.d., san’atshunos T.Mahmudov, adabiyotshunos, tarixshunos olimlar, Shayhontohur tumani O‘DK ARM mutaxassislari o‘qituvchi va o‘quvchilari, Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn instituti talabalari, kutubxona foydalanuvchilari va OAV vakillari ishtirok etdilar.
2015 yil 18 may kuni O‘zbek Milliy kutubxonasida taniqli bibliograf, badiiy merosi 100 dan ortiq bibliografik kitobga teng bo‘lgan, Vladimir Mejov tavalludining 185 yilligiga bag‘ishlangan bibliografik sharh bo‘lib o‘tdi.
19-asrning 60-yillaridan boshlab V.I.Mejov 20 yil davomida Turkiston tarixi, iqtisodiyoti, geografiyasi va etnografiyasi haqida ma’lumot beruvchi manbalarni o‘rganishga va ularga bibliografik ko‘rsatkich tuzishga bag‘ishladi. U chop etilgan gazeta va jurnal materiallari, to‘plamlar va 1887 yilgacha yozilgan Turkiston o‘lkasi to‘g‘risida ilmiy tadqiqotlardan tuzilgan 594 tomli «Turkiston to‘plami»ning 416 tomining va 3 tomlik bibliografik ko‘rsatkichning muallifidir.
2015 yil 15 may kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida BMT Bosh Assambleyasining Xalqaro oila kuni to‘g‘risida qabul qigan rezolyusiyasiga ko‘ra, 1993 yildan buyon nishonlanib kelayotgan Butunjahon oila kuni munosabati bilan “Oila - muqaddas dargoh” nomli kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi.
Ko‘rgazmada mamlakat taraqqiyoti va xalqning obod turmushi garovi bo‘lmish, jamiyatning bo‘lagi, insoniy va madaniy qadriyatlar va an’analarning davomiyligini ta’minlovchi dargoh – oilaning huquqiy me’yorlarini belgilovchi, oila huquqini himoya qiluvchi va uning dahlsizligini ta’minlovchi me’yoriy hujjatlar o‘rin olgan.
Kitob-rasmli ko‘rgazmada Islom Karimovning “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “Vatan ravnaqi uchun har birimiz mas’ulmiz”, “Svoyo buduщee mы stroim svoimi rukami” kitoblari va oddiy o‘zbek oilasining turmush tarzi, bayramlari va xordiq damlari aks ettirilgan gazeta va jurnallar sahifalaridan olingan rasmlar haqli ravishda o‘rin olgan.
2015 yil 18 may kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida jahonda 1977 yildan buyon nishonlanib kelayotgan Xalqaro muzeylar kuniga bag‘ishlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi. Mazkur bayramning maqsadi – jamiyatda odamlarning muzeylar ahamiyati to‘g‘risidagi bilimlarini kengaytirishga intilish, muzeylarning xalqimiz ma’naviy-axloqiy kamolotida tutgan o‘rnini oshirish, muzeylardagi noyob eksponatlar orqali boy milliy madaniy merosimizga hurmat-ehtirom tuyg‘ularini tarbiyalash, katta, o‘rta va kichik shaharlarda istiqomat qiluvchilarni bir kun bo‘lsa-da kundalik tashvishlardan tin oldirib muzeylarga sayohat uyushtirib, go‘zallikka oshno qilish.
Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan xalqimizning boy tarixi, ma’naviy va madaniy qadriyatlari, xalq an’analari va turmushi ma’lumotlari saqlanayotgan 1200ta muzeylar bugun millionlab tashrif buyuruvchilar uchun o‘z eshiklarini ochdi.
2015 yil 12 may kuni O‘zbekiston Miliiy kutubxonasida sharqning buyuk mutafakkiri, olim Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy tavalludining 1235-yilligiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi. Anjumanda Sharq qo‘lyozmalari markazi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi vakillari, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, Toshkent islom universiteti, M.Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti o‘qituvchi va talabalari hamda Toshkent oliy xarbiy bojxona instituti tinglovchilari ishtirok etdilar.
2015 yil 14 may kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekistonning tarixiy va madaniy boyligi sanalmish, Temuriylar davri yodgordiklari, me’moriy obidalar ahamiyatini, ularning shu sulolaga dahldorligini va saqlanganligini o‘rganish masalalariga bag‘ishlangan “Amir Temur va Temuriylar davri arxitekturasi” mavzusida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Mazkur ilmiy-amaliy seminar shu kabi masalalarga oydinlik kiritishda qo‘yilgan bir qadamdir.
4–8 maygacha Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 142 ta yangi nomdagi axborot-kutubxona resurslari qabul qilinib (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlashtirildi: siyosat – 96 ta, badiiy adabiyot – 11 ta, tilshunoslik – 4 ta, adabiyotshunoslik – 6 ta, tibbiyot – 2 ta) ro‘yxatdan o‘tkazildi. Ularga texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.
Kelib tushgan bosma nashrlarni 153 tasi kitobxonlar foydalanish darajasini samarali tashkil etish maqsadida qog‘oz ko‘rinishidan elektron to‘liq matn ko‘rinishiga o‘tkazildi
73 ta Respublika miqyosida chop etiladigan bosma nashrlarga Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati KBK (kutubxona bibliografik klassifikatsiyasi) bo‘yicha turkumlashtirdi va bibliografik tavsifi berildi.
2015 yil 11 may kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida milliy ijtimoiy tarmoqlar faoliyatini va Internet tarmog‘idagi kontentni rivojlantirish bo‘yicha ijtimoiy tarmoqda muloqot qilishda yoshlarning media savodxonligini oshirishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan galdagi seminar “Ijtimoiy tarmoqda muloqot qilish, yoshlarning media savodxonligini va ko‘ngilochar saytlardagi axborotlardan to‘g‘ri foydalanish etikasini shakllantirish” mavzusiga bag‘ishlandi.
2015 yil 10 may kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida matematik-olim, davlat va jamoat arbobi, akademik, f-m.f.d. professor Sa’di Xasanovich Sirojiddinov tavalludining 95 yilligiga bag‘ishlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi.
O‘zbek matematigi, 110 dan ziyod ilmiy ishlar muallifi S.Sirojiddinov 1920 yilda Qo‘qonda tug‘ilgan. Uning matematik statistikaga doir tadkikotlari asosan korxona-muassasalarda ishlab chikariladigan maxsulotning sifatini nazorat kilishga bagishlangan.
Ehtimollik nazariyasi va matematik statistika sohasi namoyondasi o‘z tadqiqotlarida ko‘p o‘lchovli limit teoremalariga aniqlik kiritish va ularni statistik tahlish bilan shug‘ullandi. Bu esa O‘zbekistonda shu yo‘nalishda o‘ziga xos ilmiy maktab paydo bo‘lishiga xizmat qildi.
2015 yil 6 may kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida 9-may-Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Xotira-abadiy, qadr-muqaddas” mavzusida tadbirlar tashkil etildi. Tadbirlar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qoshidagi ZiyoNET bo‘limi bilan hamkorlikda “O‘tganlar yodi bu...” deb nomlangan davra suxbati va “Xotira-muqaddas” videofilmi namoyishi, “Tafakkur” zalida esa “Avlodlar qalbida xotira abadiy” nomli kitob-rasmli ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi.
“O‘tganlar yodi bu...” deb nomlangan davra suxbatini O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Shukur Qurbon olib bordi. Unda O‘zbek Milliy Akademik teatri aktrisasi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gavhar Zokirova, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi Erkin Samandar, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan quruvchi Ro‘zimboy Jumanazarov O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti talabalari va Shayxontohur o‘quv-davolash kolleji o‘quvchilarilari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.
2015 yil 6 may kuni “Tafakkur” o‘qish zalida 9-may Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan “Avlodlar qalbida xotira abadiy” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi.
Ko‘rgazmada o‘zbek xalqi o‘g‘lonlarining fidokorona jasoratlari, janglarda ko‘rsatgan qahramonliklari, mehribon singillar va vafodor ayollarning front orti jobozliklari va jangohlarda o‘g‘illarini yo‘qotgan mushtipar onalarning motamlari aks ettirilgan asarlar va fotosuratlar o‘rin olgan.
Shuningdek, ko‘rgazmada jang maydonlarida bitilgan, askarlarning qahramonliklarini madh etuvchi badiiy asarlar va publitsistik qaydlar, she’rlar va hikoyalar o‘rin olgan.
2015 yil 4 may kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida milliy ijtimoiy tarmoqlar faoliyatini va Internet tarmog‘idagi kontentni rivojlantirish bo‘yicha ijtimoiy tarmoqda muloqot qilish, yoshlarning media savodxonligini va ko‘ngilochar saytlardagi axborotlardan to‘g‘ri foydalanish etikasini shakllantirishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan galdagi seminar “O‘quvchi-yoshlarning zamonaviy axborot texnologiyalari bilimlarini mukammal egallashlari uchun, darsdan tashqari vaqtlarda ta’lim muassasalarida maxsus to‘garaklar tashkil etish” mavzusiga bag‘ishlandi.
Toshkent axborot texnologiyalari kasb-xunar kolleji o‘quvchilari bilan bo‘lib o‘tgan mazkur seminarni Mirobod kompyuter texnologiyalari kasb-xunar kolleji muhandis-dasturlovchisi Tursunov Bahrom va Yunusobod kompyuter texnologiyalari kasb-xunar kolleji maxsus fan o‘qituvchisi Rahimov Akmallar o‘tkazdilar.
2015 yil 5 may kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, adabiyotshunos olim, f.f.d., professor Hamid Sulaymonov tavalludining 105 yilligiga bag‘ishlangan adabiyotlar ko‘rgazmasi ochildi.
Hamid Sulaymonov 1910 yil 5 maya kuni Toshkentning Kamolon mahallasida dunyoga kelgan. Kinematografiya davlat institutini tamomlagach O‘rta Osiyo universiteti pedagogika fakulteti negizida tashkil etilgan Toshkent pedagogika institutida dars berdi. 1941-1945 yilarda Toshkentga ko‘chirilgan SSSR FA jahon adabiyoti instituti aspiranturasini tamomlagan. U o‘z hayotini O‘zbekistonning qo‘lyozma boyliklarini topish va ularni tiklashga bag‘ishladi, jamlangan shoir va mutafakkir Alisher Navoiy qalaimga mansub madaniy meros adabiyot muzeini tashkil etilishiga sabab bo‘ldi. H.Sulaymonovning asosiy ilmiy faoliyati A.Navoiy lirikasining tekstologik tadqiqotlariga bag‘ishlangan. Navoiy qo‘lyozmalarining bibliografiyasini yaratish davomida u dunyoning yirik kutubxonalarida saqlanayotgan “Badoe ul-bidoya” va “Navodir un-nixoya” devonlarining shoir Alisher Navoiga mansubligini isbotladi va ularni O‘zbekistonga keltirilishida katta rol o‘ynadi.
2015 yil 4 may kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida xalqaro YuNISEF fotosuratchisi Djakomo Pirossining fotohavaskorlar uchun mahorat darslari bo‘lib o‘tdi.
O‘quvchi yoshlarlardan iborat fotohavaskorlar ishtirok etgan mazkur mahorat darslari bolalarni ijodiy fikrlashga, o‘zini aks ettirishga va ularda qobiliyat va talantni rivojlantirishga yo‘naltirilgan.
Italiyalik fotosuratchi Djakomo Pirossi dovrug‘i o‘z mamlakati - Apennin yarim oroli sarhadlaridan ham uzoqlarga taralgan. Butun dunyoda uni rasmlari mavzusi va Afrika va Osiyo reportajlarining o‘ziga xosligidan tanib oladilar. Pirossi badiiy suratga olishni o‘rgatadi. Ko‘rgazmali qurol sifatida esa u o‘z rasmlaridan foydalanadi.
2015 yil 2 may kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga Koreya Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, strategiya va moliya vaziri Choy Kyong Xvan tashrif buyurdi.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi ro‘yxatidan 105563 ta foydalanuvchi o‘tgan. Shundan 802 ta foydalanuvchi qayta ro‘yxatdan o‘tgan.
2015 yilning апрель oyida ro‘yhatga olingan foydalanuvchilar soni 2815 shundan chet el fuqorosi 22 ta.
Foydalanuvchilar quyidagi toifalar bo‘yicha taqsimlandi:
Talaba - 862;
O‘quvchi – 936;
Abituriyent – 337;
Magistr – 178;
Ilmiy xodim – 38
Professor – 7;
Dotsent – 22
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi kitob muzeyidagi ekspozitsiya yangilandi.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasining kitob muzeyida XX asr boshlarida qatag‘onlikka uchragan milliy ma’rifatchilikning atoqli namoyondalari ishtirok etgan nashrlar ekspozitsiyasi o‘rin egalladi.
Mazkur ekspozitsiyaga XX asr boshlarida nashr etilgan gazeta va jurnallar kiritildi. Unda jadidchilik harakatining asoschilari Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abduqodir Shukuriy, Ajziy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘jaev, Toshpo‘latbek Norbo‘tabekov, Fitrat, Elbek, Fayzulla Xo‘jaev, Usmonxo‘ja Po‘latxo‘jaev, Abdulvohid Burxonov, Sadriddin Ayniy, Abdulqodir Muhiddinov, Obidjon Mahmudov, Xamza, Cho‘lpon, Is’hoqxon Ibrat, Muhammadsharif So‘fizoda, Polvonniyoz hoji Yusupov, Bobooxun Salimov va boshqalarning tarixiy ma’lumotlari, she’rlari, maqolalari, badiiy asarlari va boshqa turli materiallari o‘rin olgan.
Ro‘yhatdan o‘tgan foydalanuvchilar – 2815 (jami – 105563);
Qatnovlar – 86676;
Kitob berilishi – 550525;
Ekskursiyalar (tashkilotlar) – 53, qatnashganlar soni – 1155;
Yangi kelib tushgan nashrlar: kitoblar – 475, avtoreferatlar – 308, jurnallar – 524, dissertatsiyalar – 1.
Jami – 1308;
KBK (Kutubxona Bibliografik Klassifikatsiyasi) qo‘yildi – 302;
Kitobning xalqaro standart tartib raqami (ISBN) – 280,
Davriy nashrlarning standart tartib raqami (ISSN) – 4
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondi Ahmadali Asqarovning “O’zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyida 670 bet hajmda nashr etilgan “O‘zbek xalqining kelib chiqish tarixi” deb nomlangan kitobi bilan boyitildi.
Hurmatli foydalanuvchilar!
2015 yil 28 aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida «Jahon adabiyoti durdonalari» kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston xalk yozuvchisi Muhammad Ali, sos.f.d. professor Abdusalom Umarov, jurnalist va yozuvchi Xurshid Do‘stmuhammad, tarjimon Mahkam Mahmud, jurnalist va tarjimon Erkin Ernazarov, shoir Shukur Qurbon, Fransiya, Yaponiya va Shveysariya elchixonalari vakillari, shuningdek, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va Toshkent davlat sharqshunoslik instituti o‘quvchilari va talabalari ishtirok etdilar.
Kitobda Jan-Batist Poklen Moler, Jan de Lafonten, Jan-Jak Russo, Onore de Balzak, Kobo Abe kabi jahon klassik adabiyoti namoyondalarining shoh asrlari jamlangan. Kitobda mashhur adiblar asarlarining o‘zbek tiliga tarjimasidan tashqari ularning qisqacha biografiyasi, xikmatli so‘zlari, ular hayoti va ijodi xronologiyasi va asarlarining bibliografiyasi berilgan.
2015 yil 22-24 aprel kunlari Toshkentda “Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda axborot- kutubxona resurslari - Central Asia – 2015” IX Xalqaro anjumanini bo‘lib o‘tdi. Konferensiya har yili O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi, Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi va madaniyat va sport ishlari vazirligi hamkorligida o‘tkazilib kelinadi.
Anjuman maqsadi – fan, ta’lim, madaniyat va biznes sohalarida elektron axborot-resurslarini qo‘llash va rivojlantirishda axborot-kutubxona muassasalari, o‘quv yurtlari, arxivlar, muzeylar va boshqa tashkilotlar o‘rtasida ta’sirchan hamda samarali hamkorlikni faollashtirish.
2015 yil 22 aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Central Asia – 2015” “FAN, TA’LIM, MADANIYaT VA BIZNESDA AXBOROT- KUTUBXONA RESURSLARI” IX Xalqaro anjumani o‘z ishini boshladi.
Anjuman maqsadi – fan, ta’lim, madaniyat va biznes sohalarida elektron axborot-resurslarini qo‘llash va rivojlantirishda axborot-kutubxona muassasalari, o‘quv yurtlari, arxivlar, muzeylar va boshqa tashkilotlar o‘rtasida ta’sirchan hamda samarali hamkorlikni faollashtirish.
Konferensiyaning birinchi kunida axborot-kutubxona makoni rivojlanishida kutubxonalarning tutgan o‘rni va ahamiyati, axborot-kutubxona faoliyatining ilm-fan, madaniyat va ta’limni rivojlantirishdagi roli va ahamiyati, axborot-kutubxona muassasalarining nashriyotlar, arxivlar va muzeylar bilan hamkorligi, axborot-kutubxona muassasalari foydalanuvchilarining mutolaa madaniyati, axborot madaniyati va media savodxonligini shakllantirish masalalariga bag‘ishlangan sho‘ba majlislari bo‘lib o‘tdi.
2015 yil 20 aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasining “Jahon” zalida “Xalqaro kitob va mualliflik huquqini himoya qilish kuni”ga bag‘ishlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi.
Mazkur sanaga bag‘ishlangan ko‘rgazmada ajdodlarni birlashtirib, insoniyatning madaniy boyligi va hamma kitobxonlarning eng sevimli kitoblariga aylangan asarlar o‘rin olgan. Bular dunyo bolalari, o‘smirlari, yoshlari va kattalarning sevimli dunyoga mashhur adiblar qalamiga mansub kitoblardir. Keng o‘quvchilar ommasiga tanish yozuvchilar suratlari bilan bir qatorda ularning kitoblar va kitobxonlar to‘g‘risida aytgan fikrlari ham joy olgan.
Kitob-rasmli ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilar Milliy kutubxona foydalanuvchilari tomonidan ko‘p buyurtma beriladigan jahon adabiyoti namunalari bilan tanishadilar. Ko‘rgazmada Djeyn Osten, Risto Vasilevski, Agata Kristi, Migel de Servantes, Vilyam Shekspir, Charlz Dikens, Vladimir Nabokov kabi taniqli adiblar asarlarining yangi nashrlari namoyish etilmoqda.
13 – 17 aprelgacha Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 286 ta yangi nomdagi axborot resurslari qabul qilinib, ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Shulardan 167 ta kitob (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlash-tirildi: siyosat - 46 ta, tibbiyot – 6 ta, ta’lim va madaniyat – 18 ta, texnika – 2 ta, q.x. – 1 ta, san’at – 5 ta, tabiiy fanlar – 10 ta, badiiy adabiyotlar – 22 ta, adabiyotshunoslik – 40 ta, tilshunoslik – 7 ta ), 119 ta avtoreferatlarga (siyosat - 40 ta, tibbiyot - 13 ta, texnika - 19 ta, tabiiy fanlar – 18 ta, ta’lim va madaniyat - 9 ta, q.x. - 3 ta, adabiyotshunoslik – 2 ta, tilshunoslik - 7 ta ) texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.
Kelib tushgan bosma nashrlarni 21 tasi kitobxonlar foydalanish darajasini samarali tashkil etish maqsadida qog‘oz ko‘rinishidan elektron to‘liq matn ko‘rinishiga o‘tkazildi.
10 nomdagi bibliografik yozuvlar to‘liq matnli tekstlarga ulandi.
2015 yil 20 aprelkuni O`zbekiston Milliy kutubxonasida “Central Asia - 2015” “FAN, TA'LIM, MADANIYAT VA BIZNESDA AXBOROT- KUTUBXONA RESURSLARI” IX Xalqaro konferensiyasiga bag`ishlan matbuot anjumani bo`lib o`tdi. Matbuot anjumanida O`zbekiston Milliy kutubxonasi rahbariyati, tashkilotchilar va OAV vakillari ishtirok etdilar.
“Central Asia-2015” “Fan, ta'lim, madaniyat va biznesda internet va kutubxona-axborot resurslari o`rni” mavzusida IX Halqaro konferensiyasi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 11 fevraldagi 56-f-sonli farmoyishining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “O`zbekiston Respublikasida 2015 yilda o`tkaziladigan xalqaro ilmiy va ilmiy-texnikaviy anjumanlar rejasi”ning 25-bandiga asosan o`tkazilmoqda.
Matbuot anjumanida OAV vakillariga Toshkent shahrida 22-24 aprel kunlari bo`lib o`tadigan Xalqaro konferensiya to`g`risida ma'lumot berildi.
Anjuman maqsadi - fan, ta'lim, madaniyat va biznes sohalarida elektron axborot-resurslarini qo`llash va rivojlantirishda axborot-kutubxona muassasalari, o`quv yurtlari, arxivlar, muzeylar va boshqa tashkilotlar o`rtasida ta'sirchan hamda samarali hamkorlikni faollashtirish.
Xalqaro konferensiya doirasida va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 9 iyuldagi “Nodir, alohida qimmatli va noyob nashrlar saqlanishini ta’minlash, ularning fondini tizimli ko‘paytirish va boyitish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 202-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Milliy kutubxonasida «Konservatsiya va restavratsiyada an’anaviy va yangi materiallar va texnologiyalar» mavzusida seminar bo‘lib o‘tmoqda.
2015 yil 20 aprel kuni boshlangan seminar Yuta universiteti Mariotta kutubxonasi (AQSh) fondlarni saqlash bo‘yicha mutaxassis Rendi Silverman xamda konservatsiya va restavratsiya bo‘yicha mutaxassis Jamila Al-Me’mariyalar (Ummon) rahbarligida bo‘lib o‘tmoqda.
Seminarda RR-taqdimotlar hamda qog‘oz tayyorlashning qo‘l va mashina usullarini o‘rgatuvchi filmlar namoyish etilmoqda, konservatsiya va restavratsiyaga oid nazariy bilimlar va o‘quv materiallari, qog‘ozlar va muqovalash turlari, nashriyot kitoblarini muqovalash ishi tarixiga oid keng ma’lumotlar berilmoqda.
2015 yil 16 aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonas qoshida faoliyat yuritayotgan chet tillarni rivojlantirish va targ‘ib etish markazi - «Your school»ning ingliz tili 1-bosqichi o‘quvchilarning bitiruv keschasi bo‘lib o‘tdi.
Markaz rahbari Miraxmad Rixsiboev o‘quvchilar va o‘qituvchilarni 1-bosqich yakuni bilan muborak etar ekan, grammatika, yozish va o‘qish imtihonlarida ijobiy ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan o‘quvchilarni va fidoyiligi bilan ajralgan o‘qituvchilarni alohida tilga oldi. Shuningdek, u yoshlarning qiziqishlarini e’tiborga olgan holda Markazda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti bilan hamkorlikda ochilishi rejalashtirilayotgan xitoy va yapon tillari yo‘nalishlari haqida ma’lumot berdi.
Yosh o‘qituvchilar esa o‘z kasbiy sifatlari va pedagogik yondashuvlaridan kelib chiqib chet tillarni rivojlantirish va targ‘ib etish «Your school» Markazi tomonidan turli sertifikatlar bilan taqdirlandilar. Munosib taqdirlangan o‘qituvchilar o‘z navbatida rahbariyat va o‘z o‘quvchilariga minnatdorchilik bildirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. O‘quvchilar esa o‘z ingliz tili kurslarida egallagan bilimlarini she’r va qo‘shiqlar orqali namoyish etdilar.
2015 yil 17 aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Akademnashr” nashriyotining yangi kitoblari, ya'ni Bahodir Karimovning “Abdulla Qodiriy va germenevtik tafakkur”, Bahodir Nurmuhammadning “Odam” va Baxtiyor Abdug‘afurning “Olamlar kurashi” kitoblari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda “Akademnashr” nashriyoti Bosh direktori SanjarNazarov, kitoblar mualliflari B.Karimov B.Nurmuhammad va B.Abdug‘afurlar, ularning ustozlari va shogirdlari, adabiyotshunos-olimlar, O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari va Zangiota tumanidagi 34-son umumta'lim maktabi o‘qituvchilari, o‘quvchilari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.
2015 yil 15 aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Tafakkur” o‘qish zalida Ilm-fan kuniga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochildi.
Ko‘rgazmadan o‘rin olgan kitoblar, jurnallar va foto-suratlar ilm-fanning turli yo‘nalishlariga dahldor – bular, tabiiy, gumanitar, ijtimoiy, texnik va amaliy fanlar. Ular orasida matematika, fizika, ximiya va axborot texnologiyalari bo‘yicha darsliklar va qo‘llanmalar ham bor.
Ko‘rgazmada Al Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Al Xorazmiy kabi o‘rta asr Sharq allomalari va Qori Niyoziy, S. Azizov, M. Tursunov, X To‘laganova kabi yetuk olimlarining kitoblari alohida o‘rin tutmoqda.
“Toshkent oqshomi” gazetasining 2015 yil 14-aprel 86-sonida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi faoliyati, unda foydalanuvchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, yaratilgan shart-sharoitlar, o‘qish zallari imkoniyatlari to‘g‘risida hikoya qiluvchi maqola chop etildi. Maqolada shuningdek, Milliy kutubxona mehmonlarining taassurotlari bilan tanishishingiz mumkin.
http://vto.uz/uz/info/madaniyat/1611-zamonaviy_marifat_va_zie_maskani.html
2015 yil 14 aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Mahmud Namozov bilan ijodiy uchrashuv va “Yulduzlar shamoli” va “Baxshiyona” deb nomlangan kitoblari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat instituti professori O‘rozali Toshmatov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Eshqobil Shukur, taniqli telesuhandon Tolibjon Isroilov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir G‘ayrat Majid, O‘zbekiston O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira Gulchexra Shoxobiddin qizi, xonanda Qaxramon Mo‘minov va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etishdi.
Tadbirda o‘zbek milliy folklor ko‘shiqlari mohir ijrochisi, o‘zbek an’anaviy musiqasi yo‘nalishi davomchisi, xonanda Mahmud Namozov o‘z muxlislariga ukasi jurnalist Musurmon Nomozov tomonidan uning ijodiga bag‘ishlab yozilgan «Yulduzlar shamoli» va o‘zining yosh xonandalar uchun darslik sifatida chop etilgan “Baxshiyona” kitoblarini taqdim etdi.
2015 yil 13 aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “ARI ROLAND JAZZ QUARTET” guruhi musiqachilari bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
ARI ROLAND JAZZ QUARTET guruhi badiiy rahbari Ari Roland yig‘ilganlarga guruhning shakllanishi tarixi, musiqachilarning musiqiy salohiyati, djaz-guruhi muvafaqiyat bilan ishtirok etgan konsertlar va festivallar haqida so‘zlab berdi. “ARI ROLAND JAZZ QUARTET repertuaridan taniqli djaz ijrochilari asarlari va originalligi uchun tanqidchilar e’tirofiga sazovor bo‘lgan shaxsiy kompozitsiyalarimiz o‘rin olgan,-dedi u. Garchi, biz djazni dunyoda qabul qilingan ana’naviy uslubda ijro etsak-da, bizning talqinimizda hamisha o‘zimizga xosligimiz sezilib turadi”.
Ari Roland Djaz Kvarteti (Nyu-York) djaz-guruhi “Djazning oltin asri” bo‘lmish 1930-50 yillarda mashhurlik shoxsupasida bo‘lgan djaz-musiqasidan ruhlanib, tashkil topgan. Repertuari Charli Parker, Dizzi Gillespi va Billi Xolidey kabi afsonaviy djaz ijrochilari kuylaridan va shaxsiy kompozitsiyalaridan tashkil topgan. Shuningdek, ular djaz musiqasi ijrosi yo‘lida turli guruhlarni birlashtirib xalqaro dasturlarda faol ishtirok etib kelmoqdalar. Mazkur guruh Zaid Naser (alt-saksofon), Kris Byarz (tenor-saksofon), Ari Roland (kontrabas) va Stefana Shas (udarnыe)lardan tashkil topgan.
2015 iyl 12 aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Istiqlol” zalida Butunjahon aviatsiya va kosmonavtika kuniga bag‘ishlangan kitob-rasmli ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi.
Ko‘rgazmada “Bolalar ensiklopediyasi”, “Men dunyoni anglayman” seriyalaridan ilmiy-tadqiqotlar, fan va texnikaga oid kitoblar, “Yulduzli osmon”, “XX asr. G‘aroibotlar yilnomasi”, “Kosmodromga yo‘l” va “Borlik.Savollar javoblardan ko‘p” kabi qiziqarli kitoblar o‘rin olgan. Shuningdek, bu yerda uchuvchi apparatlar, aviatsiya va kosmosga bagishlangan kitoblar namoyish etilgan.
Bu yerda xar bir foydalanuvchi konstruktorlar, kosmonavtlar, uchuvchilar va aviator olimlar, ularning dunyo kosmonavtikasi faniga qo‘shgan xissasi, shuningdek, konstruktorlik ustaxonalarida uchuvchi apparatlar maketlari yaratilishi jarayoni hakida malumotga ega bo‘ladi.
2015 yil 10 aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Milliy ijtimoiy tarmoqlar faoliyatini va Internet tarmog‘idagi kontentni rivojlantirish” Dasturi doirasida ijtimoiy tarmoqda muloqot qilish, yoshlarning media savodxonligini va ko‘ngilochar saytlardagi axborotlardan to‘g‘ri foydalanish etikasini shakllantirish yuzasidan olib borilayotgan galdagi davra suhbati bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdilar.
Davra suhbati “G‘oyaviy, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy, badiiy, sport, harbiy-vatanparvarlik, milliy o‘yinlar va boshqa yo‘nalishlarda milliy axborot-resurslarini rivojlantirish – bugungi kun talabi” mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti “Tarix” fakulteti, “Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari” kafedrasi mudirasi Marhabo Sobirova, mazkur universitet “Tarix” fakulteti, “Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari” kafedrasi katta o‘qituvchisi Abduvali Norboev va shu universitet “Fizika-matematika” fakulteti, “Informatika” kafedrasi katta o‘qituvchisi Mirabbos Fayozov lar olib bordilar.
2015 yil 9 aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy univetsiteti Tarix fakulteti “Manbashunoslik va arxivshunoslik” kafedrasi katta o‘qituvchisi Ziyovuddin Jo‘raevning “Movardiyning Sharq davlatchilik ta’limoti (X – XI asrlar)” monografiyasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Taqdimotda siyosatchilar, sotsiologlar, tarixchi-olimlar, sharqshunoslar, adabiytshunos-olimlar, ilmiy xodimlar va tadqiqotchilar, O‘zbekiston Milliy univetsiteti, Toshkent Davlat sharqshunoslik instituti, Toshkent Davlat madaniyat va san’at instituti professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdilar.
Ziyovuddin Jo‘raev o‘z monografiyasida o‘zbek olimlaridan birinchilardan bo‘lib Movardiy yashagan davrdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat, Movardiyning ilmiy merosi, “Ahkom as-sultoniyya” asarining ilmiy o‘rganilganligi, Sharqshunoslik instituti va O‘zbekiston Milliy kutubxonasida saqlanayotgan “Ahkom” asari qo‘lyozmalarining o‘ziga xos xususiyatlari haqida ma’lumot berdi.
2015 yil 8 aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida buyuk sarkarda Sohibqiron Amir Temur tavalludiga bag‘ishlangan “Sohibqiron” nomli uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, tarixchi, temuriyshunos-olim Hakimjon Sattoriy, Temuriylar shajarasi muzeyi ilmiy xodimi Fazliddin Rahimov, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qoshidagi Abu Rayxon Beruniy nomidagi Sharq qo‘lyozmalari markazi ilmiy xodimi Sanjar G‘ulomov, Akademik Milliy drama teatri aktyori, O‘zbekiston xalq artisti Tesha Muminov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Tursun Qoratoev, Toshkent Oliy umumqo‘shin ko‘mondonlik bilim yurti kursantlari, Oliy xarbiy bojxona instituti tinglovchilari, Toshkent soliq kolledji o‘quvchilari, mazkur dargohlar xodimlari, shuningdek Ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
Tadbirni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi bosh muharriri, shoir Shukur Qurbon olib bordi.
2015 iyl 7 aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat arbobi, rejissyor Mahkam Maxametov bilan “O‘zbek milliy seriali. Ijodiy izlanishlar va muammolar” mavzusida ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Jo‘ra Mahmudov, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Erkin Usmonov, taniqli rejissyor Meli Mahkamov, operator Rafael Kamolov, Mahkam Maxametovning kasbdoshlari va shogirdlari ishtirok etdilar.
Ijodiy kecha tanikli rejissyor, moxir pedagog va murabbiy Mahkam Maxametov ijodiy yo‘li va faoliyatiga bag‘ishlangan “Mahkamboy” hujjatli film namoishi bilan boshlandi.
Ijodiy uchrashuvni taniqli jurnalist Tursun Qoratoev olib bordi.
Tadbirda so‘zga chiqqan O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Asadjon Xodjaev yig‘ilganlarga iste’dodli rejissyor va mohir pedagog, Mahkam Maxametovning O‘zbekistonda televidenie sohasining rivojiga qo‘shgan xissasi haqida so‘zlab berdi.
2015 yil 3 aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida bo‘lib o‘tgan “O‘zbekiston-bizning umumiy uyimiz” deb nomlangan hujjatli filmlar kechasida “O‘zbekkino” Milliy Agentligi buyurtmasiga ko‘ra Boris Babaev stsenariysi asosida tasvirga olingan «Agar, sen xak bo‘lsang» va «Fenomen uzbekskoy modeli» filmlari namoyish etildi. Filmlar rejissyorlari Doniyor Shokirov va Petr Roykas.
Hujjatli filьmlar taqdimoti kechasida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Asadjon Xodjaev, Oliy Majlis inson huquqlari bo‘yicha vakili, ombusmen Sayera Rashidova, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy markazi bosh maslaxatchisi Ikrom Soipov, filmlar stsenariysi muallifi taniqli jurnalist Boris Babaev va «Agar, sen xak bulsang» filmi rejissyori Doniyor Shakirovlar so‘zga chiqdilar.
Ombusmen Sayyora Rashidova film ijodkorlarini yutuq bilan muborakbod etar ekan uning naqadar muhim ahamiyatga ega ekanligiga urg‘u berib o‘tdi va “Filmda Ombusmen instituti va Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy markazi faoliyati yorqin namoyon etilgan va uning insonlar hayotida ijobiy o‘zgarishlarga sabab bo‘layotgani, ko‘plab arizalar o‘rganib chiqilib muammolar hal etilayotgani aniq dalillar bilan berilganligi filmning muvafaqiyatini ta’minlaydi”, - dedi.
2015 yil 2 aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida rassom Xusan Sodiqov bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Iste’dodli karikaturachi, O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi a’zosi, respublika va xalqaro tanlovlar ishtirokchisi Husan Sodiqov bilan bo‘lgan ijodiy uchrashuvda rassom Shavkat Muzaffar, “Gulhan” va “G‘uncha” bolalar jurnallari ijodkorlari, Shayxontohur O‘quv davolash kompleksi o‘quvchilari va 100- maxsus maktab o‘quvchilari ishtirok etdilar.
Tadbirni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi bosh muharriri Shukur Qurbon olib bordi. Tadbirda bolalar shoiri Tursunboy Adashboev, adabiyotshunos-olim Erkin Xudoyberdiev, rassom Mahmud Eshonqulovlar so‘zga chiqdilar va rassomning ijodi, faoliyati yutuqlari va o‘zbek san’atini dunyoga taratishdagi roli haqida gapirdilar.
Yurtimizdagi kulgi ixlosmandlarining barchasiga Husan Sodiqovning nomi yaxshi tanish. U jamiyatimizdagi illat va kamchiliklarni maromiga keltirib hajv qiladi. Keyingi yillarda u shaxsiy tashabbusi bilan “O‘zbek xalq ertaklari”, “Jahon xalqlari ertaklari”, “Biz nega kulamiz?” kitoblari chop etilib, bolajonlarga olam-olam quvonch ulashmoqda.
2015 yil 2 aprel O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Istiqbol” zalida Xalqaro bolalar kitobi kuniga bag‘ishlangan kitoblar ko‘rgazmasi ochildi. 1967 yildan buyon har yili Xalqaro bolalar kitoblari kengashi tashabbusi bilan Daniyalik mashhur ertakchi Gans Xristian Andersen tavallud topgan kun, 2 aprelь kuni Xalqaro bolalar kitoblari kuni sifatida nishonlanib kelinmoqda. Bayram maqsadi – bolalarni kichik yoshdan mutolaaga o‘rgatish va bu bilan insonning ma’naviy va intellektual shakllanishida kitobning rolini bolalar kitoblari rolini targ‘ib etish.
Bolalar adabiyoti, ya’ni yozma shaklda bayon etilgan ertak va masallar XVII asr oxirida paydo bo‘lgan. XVIII asr bolalarga D. Defoning “Robinzona Kruzo” va Dj. Sviftning “Gulliver sayoxati” asarlarini hadya etdi. XIX asrda esa bolalar adabiyoti G.X. Andersen va aka-uka Grimmlar ertaklari bilan boyidi. N.Nosov, A.Barto, K.Chukovskiy, B.Zaxoder, E.Uspenskiy, G‘.G‘ulom, Z.Diyor, Q.Muhammadiy, P.Mo‘min, X.To‘xtaboev, A.Obidjon, T.Adashboevlar kabi XX asrning taniqli bolalar yozuvchilari va shoirlari asarlari hozir ham sevib o‘qilmoqda.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi ro‘yxatidan 103550 ta foydalanuvchi o‘tgan. Shundan 437 ta foydalanuvchi qayta ro‘yxatdan o‘tgan.
2015 yilning март oyida ro‘yhatga olingan foydalanuvchilar soni 2199 shundan chet el fuqorosi 23 ta.
Foydalanuvchilar quyidagi toifalar bo‘yicha taqsimlandi:
Talaba - 608;
O‘quvchi – 773;
Abituriyent – 259;
Magistr – 102;
Ilmiy xodim – 36;
Professor – 9;
Dotsent – 21;
Xizmatchi – 263;
2012 yilda O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga a’zo bo‘lgan foydalanuvchilar
“Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda axborot-kutubxona resurslari” Central Asia – 2015 IX- Xalqaro konferentsiyasining tashkiliy qo‘mitasi anjuman qatnashchilarini ro‘yxatga olishni to‘xtatdi.
A’zolik badalini o‘z vaqtida to‘lashni so‘raymiz.
O‘z vaqtida a’zolik badali (10 aprelga qadar) to‘lanmasa yoki tashkilot tomonidan konferentsiyada ishtirok etayotgan kishi uchun to‘lovni amalga oshirish haqidagi kafolat xati berilmasa maqola va ma’ruzalar konferentsiya to‘plamida nashr qilinmaydi.
Barcha savollar bo‘yicha konferentsiya tashkiliy qo‘mitasiga murojaat qilishingizni so‘raymiz:
O‘zbekiston Milliy kutubxonasining kitob muzeyida buyuk sarkarda, davlat arbobi, sohibqiron Amir Temur va uning avlodlariga bag‘ishlangan qadimiy kitoblar ekspozitsiyasi o‘rin egalladi.
Mazkur kollektsiyaga XVIII asr boshi va XX asr o‘rtalarida nashr etilgan adabiyotlar kiritildi. Amir Temurning jang san’ati, xarbiy yurishlari va g‘alabalari haqida hikoya qiluvchi bu ekspozitsiyada fors tilidan ingliz tiliga Uilyam Diveyn tomonidan tarjima qilingan, 1783 yilda toshbosma usulida chop etilgan “Temur tuzuklari”, L-M.Lyangle tomonidan Amir Temur hayoti haqida so‘zlovchi,1890 yilda chop etilgan “Temur hayoti”, Fransua Peti de lya Kroa tomonidan fors tilidan frantsuz tiliga o‘girilgan, 1723 yilda nashr etilgan Sharofiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” 4 jildlik asari va shu kabi kitoblar ham namoyish etilgan.
23-27 martgacha Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 309 ta yangi nomdagi axborot resurslari qabul qilinib, ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Shulardan 134 ta kitob (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlash-tirildi: siyosat - 57 ta, tibbiyot - 4 ta, ta'lim va madaniyat - 11 ta, badiiy adabiyotlar - 21 ta, texnika - 7 ta, san'at - 12 ta, adabiyotshunoslik - 3 ta, tabiiy fanlar - 14 ta, q.x. - 1 ta, tilshunoslik - 2 ta, ma'lumot-axborot adabiyotlari - 2 ta), 175 ta avtoreferatlar (siyosat - 48 ta, tibbiyot - 33 ta, texnika - 17 ta, tabiiy fanlar - 12 ta, ta'lim va madaniyat - 13 ta, q.x. - 11 ta, falsafa - 4 ta, tilshunoslik - 9 ta, adabiyotshunoslik - 12 ta ) texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.
1 aprel kuni kutubxona foyesida “Xalqaro kulgi kuni” ga bag‘ishlangan rasmlar ko‘rgazmasi;
2 aprel kuni soat 15:00 da kichik majlislar zalida rassom Xusan Sodiqov bilan ijodiy uchrashuv va “Istiqbol” zalida “Xalqaro bolalar kitobi kuni” ga bag‘ishlangan kitoblar ko‘rgazmasi;
3 aprel kuni soat 15:00da majlislar zalida rejisser Doniyor Shokirovning «Sen haq bo‘lsang» nomli xujjatli filmining taqdimoti;
6 aprel kuni soat 15:00da kichik majlislar zalida falsafa fanlari doktori, akademik Omonulla Fayzullayevning 94 yilligiga bag‘ishlangan xotira kechasi;
7 aprel kuni soat 15:00da kichik majlislar zalida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Mahkam Mahametov bilan ijodiy uchrashuv;
2015 yil 27 mart kuni “Ijod” o‘qish zalida 1961 yildan buyon har yili 27 mart kuni nishonlanib kelayotgan teatr sohasi vakillarining xalqaro kasb bayrami - Xalqaro teatr kuni munosabati bilan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi.
“Teatr –hayot demak...” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazmada milliy va jahon teatr san’ati, uning fidoiy namoyondalari va bu soha sir-asrorlari haqida hikoya qiluvchi kitoblar, rasmlar, gazeta va jurnallar o‘rin olgan.
1961 yilda YuNESKO huzuridagi Xalqaro teatr instituti IX kongressida ta’sis etilgan mazkur bayram yagona “Teatr xalqlar hamjihatligi va do‘stligini mustaxkamlash vositasi sifatida” shiori ostida nishonlanadi. Bu – hayotini teatr bilan chambarchas bog‘lagan barcha fidoiy insonlar: aktyorlar, rejissyorlar, chiroq va tovush ustalari, sahna bezagi ustalari, hatto, bilet sotuvchilar va garderobchilar bayramidir, zero, “Teatr ilgakdan boshlanadi”.
2015 yil 26 mart kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligi qoshidagi ZiyoNet bo‘limi mutaxassislari bilan hamkorlikda “Milliy ijtimoiy tarmoqlar faoliyatini va Internet tarmog‘idagi kontentni rivojlantirish” mavzusida kompter texnologiyalarining faol foydalanuvchilari – yoshlar uchun mo‘ljallangan seminar mashg‘ulotini o‘tkazdi. Seminarda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish, shaxsiy axborotni, jumladan shaxsiy foto va video faylar joylashtirishda nimalarga e’tibor qaratish, axborotni ximoya qilish, boshqa shaxslarga tegishli axborotni tarqatishda nimalarga e’tibor qaratish, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatiladigan axborotlarning ishonchiligini tekshirish lozimligi xaqida fikrlar yuritildi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi ZiyoNET bo‘limi boshlig‘i Baxtiyor Nosirov Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent Davlat sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari bilan bo‘lgan suhbatni “ZiyoNET ta’lim tarmog‘i imkoniyatlari” mavzusiga bag‘ishladi. Notiq global ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni suiiste’mol qilishning jamiyatda inson shaxsiyati shakllanishida salbiy ta’siri va Internet tarmog‘idagi ma’lumotlardan noto‘g‘ri foydalanish oqibatlari xaqida gapirib berdi.
2015 yil 24 mart kuni Toshkent Oliy umumqo‘shin ko‘mondonlik bilim yurtida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi qoshidagi Axborot-kutubxona muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan ajratilgan mablag‘ga xarid etilgan kompyuter vositalari, bosma va elektoron adabiyotlarni Toshkent Oliy umumqo‘shin ko‘mondonlik bilim yurti kutubxonasiga topshirilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi – axborot resurs markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2012 yil 20 martdagi PQ-1729-son qarori amalga oshirilishini hamda Axborot-kutubxona muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Nizomda belgilangan vazifalarni ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.
Milliy bibliografiya ma’lumotlari bazasini shakllantirsh xizmati AIBS dasturi asosida elektron ma’lumotlar bazasini o‘lkaga oid bo‘lgan gazeta va jurnal maqolalari bilan to‘ldirib kelmoqda. 2015 yil 16 – 20 mart holatiga ko‘ra 52 nusxa gazeta, 12 jurnallardan, jami 557 bibliografik yozuv kiritildi. 150 bibliografik yozuv tahrir qilindi.
O‘zbekiston Respublikasida chiqariladigan nashrlarga kitobning xalqaro standart tartib raqamini (ISBN) berishda - 57 ta ISBN raqami (kattalar adabiyoti uchun 56 ta va bolalar adabiyoti uchun 1 ta) berildi. 17 hisob-kitob shartnomasi tuzildi.
Davriy nashrning xalqaro standart tartib raqamini (ISSN) berishda 1 ta ISSN raqam berildi. 1 ta shartnoma tuzildi.
2015 yil 22 mart kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasining “Istiqlol” uquv zalida Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, rus turkshunos olimi, folklorshunos, etnograf, filologiya fanlari doktori, professor, O‘rol-oltoy tilshunosligi sohasi mutaxassisi, mashhur turkiy tillar klassifikatsiyasi muallifi Nikolay Aleksandrovich Baskakov tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlangan adabiyotlarning ochiq ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.
Nikolay Baskakov adabiyotlarining ochiq ko‘rgazmasida turkiy: qoraqalpoq, no‘g‘oy, oltoy va bshq. tillar tarixi, o‘rganilmagan yoki kam o‘rganilgan turkiy tillarning leksik, grammatik, morfologik jihatlari bo‘yicha ilmiy izlanishlari o‘rin olgan. Shuningdek, bu yerda uyg‘ur, oltoy, chuvash, tatar, turk va bshq. tillarning rus-milliy va milliy-rus leksik, etimologik lug‘atlari joy olgan.
Ekspozitsiyadan o‘zbek, rus, nemis, ingliz, fransuz sharqshunos tarixchi san’anshunos etnograf va sayoxatchi olimlarning ilmiy izlanishlari va tadqiqotlariga doir kitoblar o‘rin olgan. U Shark rassomchilik, arxitektura haykaltaroshlik, amaliy va boshka sanat turlariga bag‘ishlangan bo‘lib, unda asosan kitoblar va albomlar ko‘rgazmaga qo‘yilgan. Muzeyga tashrif buyurganlar miniatyurachi-rassomlar asarlari va ularga berilgan sharxlar bilan ham tanishadilar.
Qiziqarli kitoblar va rang-barang rasmlar foydalanuvchilarga xalq hunarmandchilik an’analari tarixi, sharq naqshlari usullarining badiiy o‘ziga xosligi, qo‘shni mintaqalarning rassomlik san’atiga o‘zaro ta’siri haqida hikoya qiladilar. Shuningdek, muzeyda Sharq gilamdo‘zlik maktabi va turli mamlakatlar milliy koloriti, namunalari va motivlarini qiyosiy tadqiq etilgan izlanishlar joy olgan.
Istiqlolning ushbu navbatdagi bahori ham o‘zining yashil qanotlarida bayramlarga boy elimizga Navro‘zi olamni-Yangi kunni, Yangi yilni, Yaxshi kunni va albatta Yaxshi umidlarni olib kelmokda. Navruz ayyomi barchamizning qalbimizga ezgulik, yaxshilik, muruvvat va mehr urug‘larini sochmoqda.
Yangilanish va yasharish bayrami xonadoningizga tinchlik-osoishtalik, ziroatchiligingizga qut-baraka, mehnat faoliyatingizga barkamollik olib kelsin.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Sizni yasharish va yangilanish, go‘zallik va nafosat bayrami bo‘lmish NAVRO‘ZI OLAM bilan samimiy muborakbod etadi. NAVRO‘ZI OLAM Sizga, oila a’zolaringizga va jamoangizga osuda hayot, xush kayfiyat, sihat-salomatlik, tinchlik va omonlik keltirishini tilab qoladi!
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida UNESCOning “Ochiq ta'lim manbalarini rivojlantirish va kutubxonalarda hujjatli merosni saqlash” nomli grant loyihasi doirasida “O‘zbekistonda hujjatli merosni saqlanishi va ochiqligi” mavzusida 16-20 mart kunlari axborot-kutubxona muassasalari, axborot-resurs markazlari, tegishli muzey va arxiv nodir fondlari bilan ishlovchi mutaxassis va xodimlari uchun o‘tkazilgan seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Qo‘lyozmalar, nodir va alohida qimmatga ega nashrlar xizmati rahbari N.Zoitova seminar qatnashchilarini yangi me'yoriy hujjatlar, hujjatlarni saqlash va ulardan foydalanish, nodir va alohida qimmatga ega nashrlardan foydalanish qoidalari bilan bilan tanishtirdi. Restavratsiya sohasi yetakchi mutaxassisi M.Salimov esa nodir nashrlar restavratsiyasida qo‘llanilayotgan ilg‘or texnologiyalar, nodir va alohida qimmatga ega nashrlarning restavratsiya jarayoni, nodir kitoblarga yetkazilgan shikastlarni ainqlab, bartaraf etish yo‘llari, maxsus yelimlar tayyorlash va yana shu sohaning nozik jihatlari bilan tanishtirib o‘tdi.
2015 yil 19 mart kuni “Kiber jinoyatchilik va uning tahdididan shaxsni himoya qilish” mavzusida yoshlarning media savodxonligini oshirishga qaratilgan turkum tadbirlarning navbatdagisi bo‘lib o‘tdi.
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent Davlat sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari bilan o‘tkazilgan mazkur davra suhbatini Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi Internet-madaniyatni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Laziz Bo‘ronov olib bordi.
L.Bo‘ronov “kiberjinoyatchilik”, “spam”, “fishing”, “farming”, “internetfiribgarlik" kabi tushunchalarga tarif berdi va xaker hujumlari turlari, aksari Internet foydalanuvchilari ular qurboniga aylanib qolishi holatlari va ular keltirgan talofotlar hakida gapirib berdi. Shuningdek, u talabalarni xakerlik hujumi va kiberjinoyatchilik vositasida amalga oshirilgan jinoyatlarga nisbatan O‘R Jinoyat Kodeksining Internet foydalanuvchilarini havfsizligini ta’minlash maqsadida qabul qilingan moddalari to‘g‘risida ma’lumot berdi.
2015 yil 18 mart kuni O‘zbekston Milliy kutubxonasida tilshunos, qomusiy olim, mutafakkir Mahmud Zamaxshariy tavalludining 940 yilligiga “Mahmud Zamaxshariy merosi va hozirgi zamon” mavzusida ilmiy-nazariy seminar bo‘lib o‘tdi. Ilmiy-nazariy seminar Imom Buxoriy Xalqaro markazi, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasi, Respublika Baynalmilal madaniyat markazi, Beruniy nomidagi Toshkent Davlat texnika universiteti, Toshkent Davlat sharqshunoslik instituti, Xorazm Ma’mun Akademiyasi, Urganch Davlat universiteti, O‘zbekiston “Ma’rifatparvar” jamiyati va “Abu Rayhon Beruniy avlodlari” jamg‘armasi hamkorligida o‘tkazilmoqda.
Seminar Mahmud Zamaxshariy hayoti va ijodini hamda merosining filologiya, ma’naviyat, dinshunoslik, ijtimoiy-gumanitar va falsafiy fanlar rivojidagi o‘rnini o‘rganishga yo‘naltirilgan. Tadbir avvalida “O‘zbekkino” milliy agentligi tomonidan suratga olingan buyuk mutaffakir Mahmud Zamaxshariy hayoti, ijodi va ma’naviy merosi haqidagi «Fasohat ilmining sultoni» nomli video lavhaning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
2015 yil 17 mart kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Prezidentimiz Islom Karimovning 2005 yil 28 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining jamoat ta’lim axborot tarmog‘ini tashkil etish to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq tashkil etilgan ZiyoNet jamoat axborot ta’lim tarmog‘ining bugungi kundagi faoliyati” mavzusida yoshlarning media savodxonligini oshirishga qaratilgan turkum tadbirlarning navbatdagisi bo‘lib o‘tdi.
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari bilan bo‘lib o‘tgan galdagi davra suhbatini O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi Vazirligi qoshidagi ZiyoNet bo‘limi rahbari Gulchehra Ibragimova va Respublika milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi bosh mutaxissisi Oybek Musurmonqulovlar olib bordilar.
9–13 martgacha Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 423 ta yangi nomdagi axborot resurslari qabul qilinib, ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Shulardan 157 ta kitob (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlash-tirildi: siyosat - 92 ta, tibbiyot – 7 ta, ta’lim va madaniyat – 17 ta, badiiy adabiyotlar – 1 ta, texnika – 4 ta, san’at – 9 ta, adabiyotshunoslik – 12 ta, tabiiy fanlar – 9 ta, q.x. - 6 ta), 266 ta avtoreferatlar (siyosat - 105 ta, tibbiyot - 40 ta, texnika - 40 ta, tabiiy fanlar – 29 ta, ta’lim va madaniyat - 13 ta, q.x. - 23 ta, sport – 4 ta, psixologiya – 3 ta, tilshunoslik - 9 ta ) texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “O‘qish zallari” xizmati, elimizning sevimli adiblari tomonidan yaratilgan, milliy va jahon mumtoz adabiyotining eng sara asarlariga aylangan va 2015 yilda o‘z yubileylarini nishonlayotgan nashrlarni, Siz azizlarga, yana bir bor eslatishni hamda ushbu ijod mahsulidan kutubxonaning “O‘zbekiston” va “Tafakkur” o‘quv zallarida bosma nusxasini, www.natlib.uz veb-sahifasi orqali esa elektron nusxasini mutolaa qilishni tavsiya etadi!
2015 yil 13 mart kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Yagona davlat interaktiv xizmatlari portalida fuqarolar va tadbirkorlar uchun taklif etilayotgan xizmatlar, ulardan oqilona va samarali foydalanish” mavzusida ijtimoiy tarmoqda muloqot qilish, yoshlarning media savodxonligini oshirish va zamonaviy elektron xizmatlar to‘g‘risida ma’lumot berish va ulardan foydalanish madaniyatini shakllantirishga qaratilgan tadbir bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti, Toshkent Davlat sharqshunoslik universiteti va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari uchun o‘tkazilgan galdagi tadbirni Elektron hukumat tizimini rivojlantirish markazi, YaIDHP rivojlantirish bo‘limining bosh mutaxassisi Qobiljon Gaipov olib bordi. Bilamizki, O‘zbekistonda AKTni rivojlantirishga qaratilgan mustahkam qonunchilik bazasi yaratildi, tashkiliy sharoitlar mustahkamlandi. Pirovardida sohada izchil o‘zgarishlar kuzatildi, interaktivlik kuchaytirildi, elektron hujjat aylanishi, elektron tijorat, elektron to‘lovlar kabi bir qancha yangi xizmat turlari yuzaga keldi.
“Saylovchi kutubxonasi” turkumidan G.R.Malikova tomonidan tuzilgan mazkur risola “O’zbekiston” nashriyot-matbaa ijod uyida 2015 yilda 32 bet hajmda chop etilgan. Risolada Prezident saylovlari, passiv saylov huquqi, saylov senzlari, saylov huquqi tamoyillari, ovoz berish tamoyillari, saylov uchastkalari, saylov komissiyalari faoliyati, saylovoldi tashviqotini o‘tkazish kabi bir qancha tushunchalarga izohlar berib o‘tilgan.
Saylovchilar bu risolada: Saylov senzlari deganda nima tushuniladi? Saylovchilar ro‘yxati qanday tuziladi? Prezidentlikka nomzodlarni ilgari surish qanday amalga oshiriladi? Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodni nomzodlik maqomidan mahrum qilish mumkinmi? Saylovoldi tashviqoti deganda nima tushuniladi? Takroriy ovoz berish deganda nima tushuniladi? Kuzatuvchilar kimlar? kabi o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollarga javob topishadi. Risola o‘zbek va rus tillarida tuzilgan.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Central Asia – 2015” “Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda axborot-kutubxona resurslari” IX Xalqaro anjumani tashkiliy ko‘mitasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda konferensiya doirasida o‘tkaziladigan tadbirlar muhokama qilindi, dastlabki madaniy tadbirlar dasturi tasdiqlandi va xalqaro tashkilotlar, jahon va MDH davlatlari Milliy kutubxonalari, Vazirlik va idoralar vakillari ishtiroki masalalari ko‘rib chiqildi. Tashkiliy ko‘mitaning majlisiga elektron OAV vakillari taklif etildi.
“Central Asia – 2015” IX Xalqaro anjumani maqsadi – fan, ta’lim, madaniyat va biznes sohalarida elektron axborot-resurslarini qo‘llash va rivojlantirishda axborot-kutubxona muassasalari, o‘quv yurtlari, arxivlar, muzeylar va boshqa tashkilotlar o‘rtasida ta’sirchan hamda samarali hamkorlikni faollashtirish.
2015 yil 10 mart kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Dunyoda yadroviy texnologiyalar va ommaviy qirg‘in qurollariga egalik qilish, siyosiy va diniy radikalizm, ekstremizm, qurol va odam savdosi, terrorizm, og‘ufurushlik, etnik hamda millatlararo ziddiyatlarning avj olishida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o‘rni” mavzusida ijtimoiy tarmoqda muloqot qilish, yoshlarning media savodxonligini va ko‘ngilochar saytlardagi axborotlardan to‘g‘ri foydalanish madaniyatini shakllantirish yuzasidan o‘tkazilayotgan turkum tadbirlarning navbatdagisi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universiteti talabalari uchun o‘tkazilgan galdagi tadbirni mazkur universitet “YuNESKO” kafedrasi o‘qituvchisi Ernazarov Odiljon va VM xuzuridagi Din ishlari buyicha ko‘mita xodimi Aliyev Jamshidlar olib bordilar.
2015 yil 10 mart kunidan boshlab O‘zbekiston Milliy kutubxonasi «Kashfiyot» o‘qish zalida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, turkiyshunos-tilshunos, turkumshunos olim, ko‘plab rus-o‘zbek va o‘zbek-rus lug‘atlari muallifi, f.f.d. akademik Viktor Vasilevich Reshetov tavalludining 105 yilligiga bag‘ishlangan adabiyotlarning ochiq ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.
Ko‘rgazmadan V.V.Reshetov tomonidan yozilgan kitoblar, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, o‘zbek tili dialektologiyasi va rus tili grammatikasiga doir darsliklar va bshq. o‘rin olgan.
F.f.n. akademik V.V.Reshetov O‘ODU sharq fakultetining turkiy adabiy-lingvistika bo‘limini tamomlagach bir xil lingvistik ko‘rsatkichli o‘zbek shevalari va dialektlarining fonetik va leksik-grammatik xususiyatlari bilan shug‘ullandi.
“O’zbekiston” nashriyot-matbaa ijod uyi tomonidan 2015 yilda 40 bet hajmda chop etilgan risola M.A.Rahimova tomonidan tuzilgan bo‘lib, unda prezident saylovlarini tashkil etish, o‘tkazish va ularning huquqiy ta’minoti to‘g‘risida milliy va xorijiy tajribasi tayangan holda ma’lumot beriladi.
Risolada prezident instituti, prezidentlik boshqaruv tizimlari, turli mamlakatlar prezidentlarining fuqarolik va siyosiy huquqlari to‘g‘risida so‘z yuritiladi. Risolaning prezidentlar konstitutsiyaviy maqomi va siyosiy tizimdagi o‘rniga bag‘ishlangan bo‘limida o‘z vakolati muddati mobaynida prezidentlar bajarishi mumkin bo‘lgan bir qator ijtimoiy-muhim, ma’naviy-siyosiy va fuqarolik majburiyatlari belgilangan. Bu bo‘limning qiziqarli jihati shundaki, unda O‘zbekiston, Italiya, Fransiya, AQSh va Germaniya prezidentlarining qasamyodlari matni tahlil etilgan.
“O’zbekiston” nashriyot-matbaa ijod uyi tomonidan 2015 yilda 64 bet hajmda chop etilgan risola M.E.Abdusalomov rahbarligi ostidagi tahrir hayyati tomonidan tuzilgan bo‘lib O‘zbekiston fuqarolarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi qonunchiligining asosiy hujjatlari bilan tanishtiradi.
Mazkur risolada “xalqaro saylov standartlari” tushunchasi, mohiyati, turlari va manbalari, ularning milliy saylov qonunchiligiga implementatsiya qilinishi kabi masalalar yoritilgan.
Saylov standartlari to‘g‘risidagi bo‘limda universal va mintaqaviy saylovlar to‘g‘risida, O‘zbekistonda xalqaro saylov standartlariga mos saylov tizimining rivojlanishi va uning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari to‘g‘risida so‘z boradi.
Risolada O‘zbekistonda xalqaro-huquq me’yorlarining amalda bajarilishi va O‘zR Prezidenti saylovi qonunchiligining asosiy tamoillarini xarakterlovchi dolzarb huquqiy materiallar alohida o‘rin egallaydi.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Istiqbol” o‘qish zalida “Ona aziz, ayol mo‘’tabar” nomli kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi.
Ko‘rgazmada ona mehrini, ayol latofati va sadoqatini tarannum etuvchi fotosuratlar va kitoblar havola etilgan. Ko‘rgazmada Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan Ayollar yili deb e’lon qilingan 1999 yilda chop etilgan “Ayolga ehtirom” deb nomlangan kitob alohida o‘rin egallagan. Mazkur kitobga jasoratli onalar, mehnatkash ayollar, fan, madaniyat va sport fidoiylarining oilaviy, ijtimoiy va jamoatchilik faoliyatlari haqida maqolalar, ocherklar, hikoyalar, she’rlar va rasmlar kiritilgan.
Shuningdek, bu yerda Zulfiya, Gulchehra Jo‘rayeva, Tursunoy Sodiqova, Zulfiya Mo‘minova, Marhabo Karimova, Xurshida kabi o‘zbek shoiralari va o‘zining betakror va go‘zal satrlarini nozik hilqat vakillariga bag‘ishlagan shoirlar she’riy to‘plamlari mujassam.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi kitob muzeyning navbatdagi ko‘rgazmasiga Sharq san'atining turli sohalariga bag‘ishlangan tarixiy kitoblar qo‘yildi.
Ko‘rgazmadan o‘rin olgan manbalar XIX asr boshi va XX asr o‘rtasi nashr sanasi bilan qayd etilgan. Ko‘rgazma asosan kitob va albomlardan tashkil topgan. Ekspozitsiya Sharq amaliy san'ati, badiiy hunarmandchilik, tasviriy san'at va san'atning boshqa turlariga bag‘ishlangan.
Muzeyda qiziqarli kitob va albomlar bilan birga mashhur fransuz olimlari: Emil Priss d'Avenn, Alber Gaye, Zigfrid Bing, Lui-Matyo Langle, Genri-Rene de-Alleman va bshq.; nemis olimlari: Fridrix Sarre, Geynrix Dolmech, Ernst Kon-Viner, Yakob Taube, Karl Vyorman, Ernst Kyunel va bshq.; rus olimlari: Tyulyayev Semen Ivanovich, Gogel Fedor Vladimirovich, Bobrinskiy Aleksey Alekseyevich, Denike Boris Petrovich va boshqalarning asarlari alohida o‘rin olgan.
2015 yil 3 mart kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti, O‘zbek Davlat konservatoriyasi professori Muyassar Razzoqova bilan ijodiy uchrashuv va «Vvedeniye v osnovы akademicheskogo peniya» (“Akademik xonandalik asoslariga kirish”) deb nomlangan darslik-kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Kompozitorlar uyushmasi raisi, professor Rustam Abdullayev, A.Navoiy nomidagi DAKT saxnalashtiruvchi-rejissyori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Andrey Slonim, Muyassar Razzoqovaning hamkasblari va talabalari, shuningdek kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.
Respublika yig‘ma elektron katalogda yig‘ilgan bibliografik yozuvlar soni - 950 635 (2013 y.)
Yig‘ma elektron katalog onlayn dasturida yuklangan bibliografik yozuvlar soni - 486 031
Hozirgi kunda Respublika yig‘ma elektron katalog ishtirokchilar soni-18
23–27 fevralgacha Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 263 ta yangi nomdagi axborot resurslari qabul qilinib, ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Shulardan 250 ta kitob (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlash-tirildi: siyosat – 125 ta, san’at – 7 ta, maorif va madaniyat – 44 ta, adabiyotshunoslik – 2 ta, tilshunoslik – 9 ta, qishloq xo‘jaligi – 5 ta, texnika – 19 ta, badiiy adabiyot – 16 ta, tibbiyot – 4 ta, tabiiy fanlar – 11 ta, sport – 2 ta, dinshunoslik – 2 ta), 10 ta SDlar ( san’at - 1 ta, maorif va madaniyat – 9 ta) va 3 ta dissertatsiya (qishloq xo‘jaligi – 3 ta)ga texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.
Ro‘yhatdan o‘tgan foydalanuvchilar – 2715 (jami – 101788); Qatnovlar – 58582; Kitob berilishi – 442791; Ekskursiyalar (tashkilotlar) – 45, qatnashganlar soni – 1329; Yangi kelib tushgan nashrlar: kitoblar – 713, avtoreferatlar – 150, jurnallar – 496, gazetalar – 4951, CD – 94, elektron resurslar – 7216.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi ro‘yxatidan 101788 ta foydalanuvchi o‘tgan. Shundan 323 ta foydalanuvchi qayta ro‘yxatdan o‘tgan. 2015 yilning fevral oyida ro‘yhatga olingan foydalanuvchilar soni 2715 shundan chet el fuqorosi 20 ta.
2015 yil 2 mart kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida YUNISEF vakolatxonasi tomonidan xonanda Lola va DJ Pilligrim ijrosida Jon Lennonning afsonaviy IMAGINE qo‘shig‘ining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Mazkur aksiya 2014 yilda dunyoda keng nishonlangan bola huquqlari Konvensiyasi qabul qilinganining 25 yilligiga bag‘ishlandi. IMAGINE qo‘shig‘i dunyo bolalari huquqlarini qo‘llab-quvvatlash madhiyasiga aylandi.
Tadbirda YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Robert Fuderich, BMTning milliy va xalqaro sheriklari, BMT ko‘ngillilari, OAV xodimlari va Milliy kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.
YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Robert Fuderich tadbir ishtirokchilarini qutladi, mazkur qo‘shiqning mohiyati, dunyoda tinchlikni ta'minlashda uning ahamiyati to‘g‘risida gapirdi. “IMAGINE kampaniyasi hech bir bola e'tibordan chetda qolmasligiga qaratilgan, -dedi Robert Fuderich, Mazkur aksiya orqali YUNISEF millionlab insonlarga murojaat qilib bolalar, xususan muammoli xududlarda yashayotgan bolalarga qaratishga harakat qilmoqda”.
“Zulfiya she’riyati” she’rlar to‘plami shoira Zulfiya tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan bo‘lib, Toshkent Davlat sharqshunoslik instituti huzuridagi Koreysshunoslik markazi tomonidan “Istiqlol” nashriyotida 2015 yilda 80 bet hajmda chop etilgan.
To‘plamni tuzuvchi va nashrga tayyorlovchi mazkur institut dotsenti f.f.n. U.Saydazimova, tarjimonlar X.N.Kim va N. Berdiqobilovlar. To‘plam boshida tuzuvchi tomonidan so‘zboshi berilgan, tarjimon Xyon Nyon Kim esa o‘zbek tili va Zulfiya she’riyatiga o‘z dil izhorlarini bildirgan.
Tadbirlar ro'yxati:
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Tafakkur” o‘qish zalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 31 oktyabrdagi “O‘zbekiston xalq shoirasi Zulfiya tavalludining 100 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida o‘zbek xalqining sevimli shoirasi, taniqli jamoat arbobi Zulfiya tavalludining 100 yilligi munosabati bilan “Mushoira etadi davom...” nomli kitob – rasmli ko‘rgazma ochildi.
Ko‘rgazmada havola etilgan kitoblar soni ham mushoira mavzusini davom ettirgandek, go‘yo. Chunki bu yerda Zulfiyaning ilk nashrlari bilan bir qatorda yangi, uning barcha asarlari jamlanmasini tashkil etuvchi shu kunlarda chop etilgan saylanmalari ham o‘rin olgan.
2015 yil 25 fevral kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Toshkent Oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurtining Vasiylik kengashi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Bahor keldi seni so‘roqlab” deb nomlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 31 oktyabrdagi “O‘zbekiston xalq shoirasi Zulfiya tavalludining 100 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazildi.
Tadbirda shoiralar Muhtarama Ulug‘ova, Kumush Abdusalomova, shoir Xushnud Darvesh, adabiyotshunos Yo‘ldosh Solijonov, Zulfiya mukofoti laureati, kompozitor Oydin Abdullaeva, Toshkent Oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurti professor-o‘qituvchilari va kursantlari, Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji o‘quvchilari va Milliy kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.
2015 yil 27 fevral “Tozalik kuni” deb e’lon qilinadi. Ushbu kunda Milliy kutubxona profilaktika va sanitariya ishlari sababli foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatmaydi.
Ma’muriyat
2015 yil 24 fevral kuni bo‘lib o‘tgan davra suhbati oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar talimi muassaasalari talaba-o‘quvchilari orasida “O‘rgimchak to‘ri” rukni ostida ijtimoiy tarmoqlarning yoshlar dunyoqarashining shakllanishida ijobiy va salbiy ta’siri mavzusiga bag‘ishlandi.
Mazkur tadbir ijtimoiy tarmoqda muloqot qilish, yoshlarning media savodxonligini va ko‘ngilochar saytlardagi axborotlardan to‘g‘ri foydalanish etikasini shakllantirish maqsadida o‘rta maxsus, kasb-hunar talimi muassaasalari o‘quvchilari va OO‘Yu talabalari uchun mo‘ljallangan.
O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti talabalari bilan davra suhbatini Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligi ma’naviy-axloqiy tarbiya boshqarmasi boshlig‘i Muzaffar Komilov va mazkur universitet “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi professori t.f.n. Dilorom Bobojanovalar olib bordilar.
16–20 fevralgacha Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 166 ta yangi nomdagi axborot resurslari qabul qilinib, ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Shulardan 16 ta kitob (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlash-tirildi: siyosat – 6 ta, san’at – 5 ta, maorif va madaniyat – 1 ta, adabiyotshunoslik – 3 ta, tabiiy fanlar – 1 ta), 150 ta avtoreferatlar ( siyosat -79 ta, tibbiyot – 20 ta, texnika – 15 ta, qishloq xo‘jaligi – 17 ta, tabiiy fanlar – 19 ta) texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.
84 ta Respublika miqyosida chop etiladigan bosma nashrlarga Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati KBK (kutubxona bibliografik klassifikatsiyasi) bo‘yicha turkumlashtirdi va bibliografik tavsifi berildi.
Jami: hozirgi kunda AIBS dasturiga kiritilgan hujjatlarning soni 539100 taga yetdi.
2015 yil 24-27 fevral kunlari O‘zbekiston Milliy kutubxonasi foyesida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan rassomlar Aleksey Gvardin, Radik Azizov, Gennadiy Golishenko va Nikolay Sviridenkolarning rasmlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
Mazkur ko‘rgazma bahor bayramlari Xalqaro xotin-qizlar kuni - 8 Mart va Navro‘z ayyomlariga bag‘ishlangan.
Qo‘rgazmaning tantanali ochilish marosimi 24 fevral soat 14:30da kutubxona foyesida bo‘lib o‘tadi.
Barchangizni taklif etamiz!
2015 yil 20 fevral kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi majlislar zalida Xalqaro ona tili kuniga bag‘ishlangan tabdir bo‘lib o‘tdi. Tadbirni o‘tkazishdan maqsad har bir mamlakatning o‘z tilini, til va madaniy merosini, madaniyatlararo munosabatlarni saqlashga bo‘lgan e’tiboriga alohida urg‘u berishdan iborat.
Tadbirda YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Krista Pikkat xonim, Bangladesh Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi janob Masud Mannan, O‘zbekiston Baynalmilal do‘stlik markazi direktori Nasriddin Muhammadiyev, milliy madaniy markazlar vakillari, Toshkent shahrida joylashgan OO‘Yu talabalari va O‘zbekiston Milliy kutubxonasi foydalanuvchilari ishtirok etdilar.
Mazkur kitob-albom “Ma’naviyat” nashriyoti tomonidan 320 bet hajmida chop etildi. Kitob R. Sulaymonov, R.Qo‘chqorov, Yu.Buryakov va bshq.lardan iborat mualliflar guruhi tomonidan o‘zbek, rus va ingliz tillarida chop etildi.
“Toshkent viloyati deganda ko‘z oldimizda Chotqol, O‘gam, Chimyon kabi tog‘lari, serhosil dalalari, ulkan sanoat korxonalari, zamonaviy shaharlari, fayzli qishloqlari, so‘lim bog‘-rog‘lari bo‘lgan go‘zal bir voha namoyon bo‘ladi”, - deb Islom Karimov 15,3 ming km.2 maydonda joylashgan, 2,7 mln. aholi istiqomat qiluvchi, 14 tuman, 4 shahar, 18 shaharcha va 152 qishloq fuqarolar yig‘inidan iborat Respublika sub’ektlaridan biri - Toshkent viloyatining tabiati va infratuzilmasini ta’riflaydi.
Kitobda Buyuk Ipak yo‘lining muhim bo‘g‘inida joylashgan Toshkent vohasining paydo bo‘lishidan tortib paleolit davri atiqalari Chirchiq daryosining yuqori oqimida, Oxangaron daryosi havzasida, Birchmulla qishlog‘i va Xo‘jakent, Chotqol, Pskem qoyalarida muhrlangan atiqalar haqida hikoya qilinadi.
O‘zR VM qoshidagi prognozlash va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti tomonidan 320 bet hajmida chop etilgan axborot-tahliliy sharh i.f.d. A.M.Sodiqov rahbarligidigi mualliflar guruhi tomonidan taqdim etilgan.
Mazkur sharh O‘zbekistonning 2000-1013 yillar oralig‘idagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining asosiy yo‘nalishlarini to‘laqonli xarakterlovchi iqtisodiy-statistik materiallarni aks etadi. U respublika tarmoqlari o‘sishi omillari va rivojlanishi yo‘nalishlari to‘g‘risidagi 7 bo‘limdan iborat.
Iqtisodiy o‘sish va makroiqtisodiy stabillikni sharhlash barobarida mualliflar iqtisodiy o‘sish va makroiqtisodiy stabillikni ta’minlovchi omillarni ko‘rib chiqadilar va mamlakat investitsion faoliyatini baholaydilar.
2015 yil 17 fevral kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Zamonaviy axborot xizmatlarining ommaviy axborot vositalari, jamoat va siyosiy tashkilotlar bilan ishlash shakl va usullari” mavzusida ijtimoiy tarmoqda muloqot qilish, yoshlarning media savodxonligini va ko‘ngilochar saytlardagi axborotlardan to‘g‘ri foydalanish etikasini shakllantirish yuzasidan o‘tkazilayotgan turkum tadbirlarning navbatdagisi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari uchun o‘tkazilgan galdagi tadbirni mazkur universitet professor-o‘qituvchilari s.f.n., dots. Sherzodxon Qudratxo‘jayev va f.f.n., dots. Nozima Murodovalar olib bordilar.
Mazkur kitob “Ma’naviyat” nashriyoti tomonidan 320 bet hajmida chop etildi. Kitob S.Axmedov rahbarligidagi mualliflar guruhi tomonidan o‘zbek, rus va ingliz tillarida chop etildi.
Kitob O‘zbekistonda ko‘p yillik tarixga ega bo‘lgan pochta aloqasi paydo bo‘lishi va taraqqiyotiga bag‘ishlanadi. Ya’ni 2,5 asrdan ziyod O‘zbekiston xududidan o‘tgan Buyuk Ipak yo‘lidan boshlab hozirgi kunda pochta jo‘natmalarini qabul qilish, ishlov berish, jo‘natish, shuningdek, davlat pensiya va nafaqalarini, davriy matbuot nashrlarini tarqatadigan keng tarmoqli tizimga bag‘ishlangan.
Tuzilishi jihatidan kitob-albom keng ommaga tushunarli bo‘lgan axborotlarga boy. Barcha matnlar mazmunga mos, yorqin tasvirlangan rasmlar bilan berilgan.
2015 yil 12 fevral kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi majlislar zalida O‘zbekiston xalq artisti sozanda, bastakor O‘zbekiston xalq artisti, O‘zbekiston djaz-orkestri badiiy rahbari Mansur Toshmatov bilan ijodiy uchrashuv kechasi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoira Umida Abduazimova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Andrey Petrovets, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Shukur Qurbon, estrada-sirk kolleji, Mirobod tumanidagi axborot texnologiyalari kolleji o‘quvchilari, Turin politexnika universiteti va O‘zbekiston Davlat Konservatoriyasi talabalari, shuningdek kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.
Tadbirni taniqli jurnalist Boris Babayev olib bordi. Mansur Toshmatov ijodiy yo‘li haqida gapirar ekan moderator uning «Sintez», «Navo», «Sado» kabi vokal-cholg‘u ansabllaridagi faoliyati, u tuzgan “Sideris”, “Setora” guruhlariga alohida urg‘u berib o‘tdi.
2015 yil 10 fevral kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida o‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, shoir, tarixchi, davlat arbobi, mohir sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 532 yilligi munosabati bilan “Anda jonim qoldi...” deb nomlangan davra suhbati va kitob rasmli ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Shukur Qurbon Bobur hayoti va ijodiy faoliyati haqida gapirib, uning ijodidan g‘azal va ruboiylar o‘qidi.
Tadbirda O‘zMTDP Markaziy Kengashi raisi o‘rinbosari A.H. Eshmurodov, olim, f-m.f.d. prof. Abdulla A’zam, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, tarix fanlar doktori Azamat Ziyo, Xalqaro Amir Temur jamg‘armasi raisi o‘rinbosari, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi To‘lqin Hayit, f.f.d. adabiyotshunos-olim Hamidulla Boltaboyev, hofiz Toirjon Latipov va O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyorlari ishtirok etdilar.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Istiqbol” o‘qish zalida o‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, shoir, tarixchi, davlat arbobi mohir sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 532 yilligi munosabati bilan “Andadur joni Boburning...” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi.
Kitob-rasmli ko‘rgazmada Bobur va Boburiylar hayoti va ijodiga dahldor adabiyotlar, Zahiriddin Muhammad Boburning tanlangan asarlari o‘rin olgan. Ko‘rgazmaga taqdim etilgan kitoblardan tashqari foydalanuvchilar turli yillarda Bobur yubileylariga atab chop etilgan gazeta maqolalari bilan ham tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondi “Bobur va boburiylar bibliografiyasi” deb nomlangan kitob bilan to‘ldirildi. Mazkur kitob “Andijon nashriyot-matbaa” MChJ tomonidan 478 bet hajmida chop etildi. “Bobur va boburiylar bibliografiyasi” kitobi Zahiriddin Muhammad Boburning 530 yilligiga bag‘ishlangan bo‘lib, Sh.Sh.Rustamxo‘jayev va Z.Sh.Berdiyevalar tomonidan Bobur nomidagi Xalqaro jamoat fondi ko‘magida chop etildi.
Mazkur bibliografiyaning yaratilishida Respublikamizda va xorijda nashr qilinadigan 200 dan ortiq nomdagi vaqtli matbuot nashrlaridan, turli mavzudagi Bobur hayoti va ijodiga dahldor kitoblar, ilmiy maqolalar, ma’ruzalar va shu kabilardan foydalanildi. Tuzuvchilar mamlakatimizdagi Kitob palatasi, axborot-kutubxona markazlari va Rossiyadagi yirik kutubxonalarida mavjud kataloglar, kartoteka va kutubxona resurslaridan foydalandilar.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Alisher Navoiyning 574 yillik va Zahiriddin Muhammad Boburning 532 yillik tavalludi munosabati bilan «She’riyatning ikki darg‘asi» deb nomlangan ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.
Ilmiy-amaliy anjumanda Yunusobod tumani Xotin-qizlar ko‘mitasi raisi Nigora Ayudurahimova, Respublika ayollar muammolari eksperti, huquqshunos, f.f.d. Jamila Shermuhammedova, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori o‘rinbosari Umida Teshaboyeva, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Norqul Beknazarov Toshkent shahar maktab, kollej va akademik litseylari iqtidorli o‘quvchilari ishtirok etdilar. Mazkur tadbir Toshkent shahar xokimiyati bilan hamkorlikda o‘tkazildi.
2–6 fevralgacha Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 216 ta yangi nomdagi axborot-kutubxona resurslari qabul qilinib (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlashtirildi: siyosat – 38 ta, tibbiyot – 4 ta, texnika – 63 ta, qishloq xo‘jaligi – 17 ta, tabiiy fanlar – 9 ta, badiiy adabiyot - 75), ro‘yxatdan o‘tkazildi. Ularga texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.
33 ta Respublika miqyosida chop etiladigan bosma nashrlarga Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati KBK (kutubxona bibliografik klassifikatsiyasi) bo‘yicha turkumlashtirdi va bibliografik tavsifi berildi.
Buyuk shоir, o’zbеk аdаbiyoti vа tilining аsоschisi Alishеr Navоiy hamda davlat arbоbi, Bоburiylar davlatining asоschisi - Timuriyzоda Zahiriddin Muhammad Bоburlarning tavalludlari munоsabati bilan 2015 yil 1-28 fеvral kunlari Milliy kutubхоna muzеyida ularning asarlari namоyish etilmоqda.
Bu ikki buyuk mutafakkirning asarlari fеvral оyi mavzusiga ko’ra muzеy ko’rgazmasidan o’rin оlgan. Qo’lyozma va zamоnaviy usulda nashr etilgan kitоblar buyuk mutaffakkir, shоir va davlat arbоblari Alishеr Navоiy va Bоburning ijоdi va faоliyatlariga bag’ishlangan. Nоdir va tariхiy adabiyotlar asоsan XVIII asr o’rtalari va XXI asr bоshlariga оid bo’lib, хattоtlar tоmоnidan ko’chirilgan qo’lyozmalar, tоshbоsma va zamоnaviy usullarda chоp etilgan kitоblar namоyish qilinmоqda. Shuningdеk, muzеyga qo’yilgan ayrim mashhur g’arb оlimlarining Alishеr Navоiy va Bоbur asarlari, hayoti va ijоdiy faоliyatlarini o’rgangan ilmiy asarlari alоhida ahamiyat kasb etadi.
2015 yil 5 fevral kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Navoiy nazmig‘a boqsang...” mavzusida davra – suhbati, kun davomida esa “Tafakkur” o‘qish zalida “Ayladim ul mamlakatni yakqalam” deb nomlangan kitob – rasmli ko‘rgazma va kutubxona kinomarkazida “Alisher Navoiy” badiiy filmi namoyishi bo‘lib o‘tdi.
“Navoiy nazmig‘a boqsang” mavzusidagi davra – suhbatida taniqli navoishunos- olimlar, teatr aboblari, bastakorlar, yozuvchilar, shoirlar, tadqiqotchilar, talabalar, litsey, kollej va maktab o‘quvchilari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.
Navoiyshunos-olima Karomat Mullaxodjayeva Alisher Navoiyning adabiy merosi haqida gapirar ekan: “Alisher Navoiy ko‘ngil uchun she’rlar bitmadi –u o‘zini anglash, o‘zligini tushunish va boshqalarga o‘z falsafiy fikrlarini yetkazish maqsadida qalam tebratdi” deya uning “Hayrat ul abror”, “Hazoinul maoniy” kabi asarlarida ilgari surilgan xikmatlarni misol keltirdi.
2015 yil 5 fevral kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida o‘tkazilayotgan g‘azal mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 574 yilligiga bag‘ishlangan turkum tadbirlar doirasida “Tafakkur” o‘qish zalida “Ayladim ul mamlakatni yakqalam” deb nomlangan kitob – rasmli ko‘rgazma ochildi.
Ko‘rgazmada Alisher Navoiy asarlariga sharhlar, uning hayoti va ijodiy faoliyatiga, uning falsafiy fikrlariga oid turli yillarda chop etilgan kitoblar namoyish etilmoqda.
“Zahiriddin Muhammad Bobur ensiklopediyasi” kitobi f.f.d. O‘zbekiston FA akademigi Aziz Qayumov rahbarligida tashabbuskor-boburshunoslar, o‘zbek va chet el olimlari tomonidan Bobur nomidagi Xalqaro jamoat fondi ko‘magida 2014 yilda 744 bet hajmda “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasida chop etildi.
“Bobur ensiklopediyasi” monumental nashr bo‘lib, nafaqat boburshunoslik, balki Temuriylar tarixi va Markaziy Osiyo tadqiqotlari sohasiga qo‘shilgan yirik hissadir. Ensiklopediya yuqori saviyada tayyorlangan. U jahondagi barcha sharqshunoslar uchun maxsus qo‘llanma bo‘lmog‘i lozim”, deb kitobni baholaydi Yaponiya Ryukoku universiteti professori, boburshunos Eyji Mano.
5 fevral kuni soat 15:00da majlislar zalida buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkir, davlat arbobi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavvalud topgan kun munosabati bilan davra – suhbati va kitob – rasmli ko‘rgazma, kinomarkazda “Alisher Navoiy” filmi namoyishi;
7 fevral kuni san’atshunos, arxeolog – olim, O‘zbekiston FA akademigi G. Pugachenkova tavalludining 100 yilligi munosabati bilan “Kashfiyot” zalida adabiyotlarning ochiq ko‘rgazmasi;
7 fevral kuni soat 15:00 da kichik majlislar zalida Psixologlar uyushmasi tomonidan davra – suhbati;
10 fevral kuni soat 15:00 da majlislar zalida O‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, shoir va davlat arbobi Mirzo Bobur tavalludiga bag‘ishlangan davra – suhbati va “Andadur joni Boburning” nomli kitob – rasmli ko‘rgazma
Respublika yig‘ma elektron katalogda yig‘ilgan bibliografik yozuvlar soni 950 635 ta (2013 y.);
Yig‘ma elektron katalog onlayn dasturida yuklangan bibliografik yozuvlar soni 205 400 ta;
Hozirgi kunda Respublika yig‘ma elektron katalog ishtirokchilar soni 18 ta.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi 2015 yil 5 fevral kuni g‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 574 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar turkumini tashkil qiladi:
1100 da – Kutubxona kinomarkazida “Alisher Navoiy” badiiy filmi namoyishi;
1500 – Kutubxona majlislar zalida:
“Navoiy nazmig‘a boqsang” mavzusida davra – suhbati
- adabiy badiiy kecha (mushoira, shoir qalamiga mansub asarlardan sahna ko‘rinishlari)
2015 yil 3 fevral kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida ijtimoiy tarmoqda muloqot qilish, yoshlarning media savodxonligini va ko‘ngilochar saytlardagi axborotlardan to‘g‘ri foydalanish etikasini shakllantirish yuzasidan o‘tkazilayotgan turkum tadbirlarning navbatdagisi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir yoshlarni Internet tarmog‘idagi diniy ekstremistik oqimlar, missionerlik harakatlari va “Ommaviy madaniyat” bilan bog‘liq mafkuraviy tahdidlar mavzusiga bag‘ishlandi.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi ro‘yxatidan 99396 ta foydalanuvchi o‘tgan. Shundan 316 ta foydalanuvchi qayta ro‘yxatdan o‘tgan.
2015 yilning yanvar oyida ro‘yhatga olingan foydalanuvchilar soni 3073 shundan chet el fuqorosi 13 ta
Foydalanuvchilar quyidagi toifalar bo‘yicha taqsimlandi:
Talaba- 956
O‘quvchi-1145
Abituriyent-357
Magistr-166
Ro‘yhatdan o‘tgan foydalanuvchilar – 3073 (jami – 99396);
Qatnovlar – 55035;
Kitob berilishi – 451453;
Ekskursiyalar (tashkilotlar) – 31, qatnashganlar soni – 885;
Yangi kelib tushgan nashrlar: kitoblar – 1060, avtoreferatlar – 706, jurnallar – 40, gazetalar – 3868, CD - 21. Jami – 6062;
KBK (Kutubxona Bibliografik Klassifikatsiyasi) qo‘yildi – 277;
26–30 yanvargacha Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 213 ta yangi nomdagi axborot resurslari qabul qilinib, ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Shulardan 185 ta kitob (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlash-tirildi: siyosat – 53 ta, texnika – 5 ta, san’at – 13 ta, tabiiy fanlar – 7 ta; maorif va madaniyat – 10 ta, dinshunoslik – 4 ta, ma’lumot adabiyotlar- 1 ta; badiiy adabiyot – 56 ta, adabiyotshunoslik – 9 ta, tilshunoslik - 27 ta), 42 ta avtoreferatlar ( tibbiyot - 14 ta, texnika - 17 ta, tabiiy fanlar –7 ta; q.x. - 3 ta; san’at – 1 ta) texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.
Buyuk shoir, o‘zbek adabiyoti va tilining asoschisi Alisher Navoiy hamda davlat arbobi, Boburiylar davlatining asoschisi - Timuriyzoda Zahiriddin Muhammad Boburlarning tavalludlari munosabati bilan 2015 yil 1-28 fevral kunlari Milliy kutubxona muzeyida ularning asarlari namoyish etilmoqda.
Bu ikki buyuk mutafakkirning asarlari fevral oyi mavzusiga ko‘ra muzey ko‘rgazmasidan o‘rin olgan. Qo‘lyozma va zamonaviy usulda nashr etilgan kitoblar buyuk mutaffakkir, shoir va davlat arboblari Alisher Navoiy va Boburning ijodi va faoliyatlariga bag‘ishlangan.
2015 yil 2 fevral “Tozalik kuni” deb e’lon qilinadi. Ushbu kun Milliy kutubxona profilaktika va sanitariya ishlari sababli foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatmaydi.
Ma’muriyat
2015 yil 29 yanvar kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Milliy Paralimpiya Assotsiyatsiyasi tomonidan tashkil etilgan “Iqtidorli yoshlar-porloq kelajagimiz” mavzusida matbuot-anjumani bo‘lib o‘tdi. Matbuot-anjumanini o‘tkazishdan maqsad-Respublikamizda paralimpiya harakatini rivojlantirish.
Matbuot-anjumanida Paraosiyyo o‘yinlari ishtirokchilari va 31 medalni qo‘lga kiritgan paralimpiya sportchilari hamda xalqimiz ardoqlagan yosh iqtidorli san’atkorlar, aktyorlar va xonandalar qatnashdilar.
“Traditional Songs of the Bukharan Jews” kitobi 2014 yilda Bar-Ilan universiteti qoshidagi Dagan Markazi nashriyoti tomonidan 220 bet hajmda chop etilgan. Kitob muallifi - Bar-Ilan universiteti musiqa professori, doktor Yelena Rayxer (Temin).
Kitob materiallari muallif tomonidan to‘plangan va Isroildagi O‘rta Osiyo Buxoro yahudiylari ohzaki ijodidan yozib olingan.
Kitob ivrit(yahudiy) va ingliz tillarida berilgan Kirish qismi, Buxoro yahudiylarining oilaviy va an’anaviy bayramlarda aytilishi urf bo‘lgan qo‘shiqlari notalari, ularning matni, ularga sharhlar, shuningdek, qo‘shiqlar yozilgan 2ta CDdan iborat.
2015 yil 28 yanvar kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida sozanda, bastakor, qo‘shiqchi va dramaturg O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ilyos Malayev tavalludining 75 yilligiga bag‘ishlangan xotira kechasi bo‘lib o‘tdi.
Kechaga Ilyos Malayev bilan ijodiy hamkorlikda ishlaganlar, bu sulolani yaqindan taniganlar, uni ustoz deb bilganlar taklif etildilar. Tadbirda Respublika Baynalminal madaniyat markazi direktori Nasriddin Muxammadiyev, rejissyor Hilol Nasimov, O‘zbekiston halq xofizi Xasan Rajabiy, shoir Shukur Qurbon, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Sultonposhsho Udayeva va Gulbahor Erqulova va boshqalar ishtirok etdilar. Tadbirni taniqli jurnalist Boris Babayev olib bordi.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Milliy ijtimoiy tarmoqlar faoliyatini va Internet tarmog‘idagi kontentni rivojlantirish” ijtimoiy tarmoqda muloqot qilish, yoshlarning media savodxonligini va ko‘ngilochar saytlardagi axborotlardan to‘g‘ri foydalanish etikasini shakllantirish yuzasidan o‘quv seminarlari, davra suhbatlari va treninglar o‘tkazish bo‘yicha 2015 yilga mo‘ljallagan qator tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.
2015 yil 23 yanvar kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Uzinfocom markazi mutaxassislari bilan hamkorlikda “Ijtimoiy tarmoqdan foydalanish bilan bog‘liq dolzarb muammolar, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi tarmoqda o‘zini qanday tutishi lozim” mavzusida kutubxona foydalanuvchilari uchun mo‘ljallangan seminar mashg‘ulotini o‘tkazdi.
19–23 yanvargacha Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 567 ta yangi nomdagi axborot resurslari qabul qilinib, ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Shulardan 295 ta kitob (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlash-tirildi: siyosat - 158 ta; tibbiyot – 2 ta; texnika – 51 ta; san’at – 2 ta; tabiiy fanlar – 55 ta; ma’lumot adabiyotlar- 12 ta; q.x. - 15 ta), 272 ta avtoreferatlar (siyosat - 78 ta; tibbiyot - 42 ta; texnika - 48 ta; tabiiy fanlar –39 ta; ta’lim va madaniyat - 15 ta; q.x. - 12 ta; adabiyotshunoslik – 1 ta; tilshunoslik - 10 ta, sport – 10 ta, san’at – 13, ijtimoiy adabiyotlar – 4 ta) texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.
2015 yil 26 yanvar kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi kichik majlislar zalida shoir Sulton Jo‘ra tavalludining 105 yilligiga bag‘ishlangan bibliografik sharh bo‘lib o‘tdi.
Shayhontohur tumani O‘DK o‘qituvchi va o‘quvchilari uchun shoir Sulton Jo‘ra ijodiga mansub bibliografik sharhni Milliy kutubxona bosh muharriri, shoir Shukur Qurbon, adabiyotshunos olim, f.f.n. Zuhriddin Isomiddinov va shoir Yo‘ldosh Eshbek olib bordilar.
2015 yil 26 yanvar kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi majlislar zalida 2014 yil yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda kutubxona rahbariyati, xizmat rahbarlari, xodimlar va mas’ul mutaxassislar ishtirok etdi.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori A.Xodjayev o‘z nutqida 2014 yildagi Milliy kutubxonaning faoliyati va 2015 yil istiqboldagi vazifalar to‘g‘risida gapirdi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Vazirlar Maxkamasining kengaytirilgan yig‘ilishida 2014 yil yakunlariga bag‘ishlangan ma’ruzasida keltirilgan ko‘rsatmalarga alohida urg‘u berildi.
2015 yil 23 yanvar kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida axborot-kutubxona xodimlarining kasb malakasini oshirishga yo‘naltirilgan o‘quv kurslari o‘z nihoyasiga etdi. Nazariy va amaliy darslar kutubxonaning yuqori malakali mutaxassislari tomonidan o‘tkazildi.
O‘quv kurslari davomida kutubxonaning har bir xizmati faoliyatini yoritib beruvchi taqdimotlar bilan boyitilgan ma’ruzalar amaliyotda shu bo‘limga tashrif va uning ishi bilan bevosita tanishish bilan mustahkamlandi. Tinglovchilar ro‘yxatga olish, buyurtma berish, turli formatdagi kitoblarni izlash, kitoblar, hujjatlar va gramplastinkalarni raqamlashtirish jarayonlarini kuzatdilar, bibliografik ro‘yxat tuzish, Adobe Reader, ABBYY Fine Reader, Scan Tailor dasturidagi elektron adabiyotga ishlov berishda ishtirok etdilar.
2015 yil 23 yanvar kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi anjumanlar zalida O‘zbekiston xalq artisti To‘ti Yusupova bilan ijodiy uchrashuv va “To‘ti Yusupova” nomli hujjatli film namoyishi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston xalq artisti To‘ti Yusupova, Mirg‘iyos Soatov, rejissyor Oybek Aliev, Respublika estrada-sirk kolleji, Mirobod yengil sanoat va servis kasb-hunar, Uchtepa tuman milliy hunarmandchilik kasb-hunar kolleji o‘quvchilari ishtirok etdilar.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi qoshida faoliyat yurituvchi YS chet tillarni rivojlantirish va targ‘ib etish markazi hayriya aksiyasini boshlaganini ma’lum qiladi. Aksiya doirasida 2015 yil 31 yanvar kuni Toshkent viloyati Mehribonlik uylaridan biriga tashrif rejalashtirilmoqda. Shu munosabat bilan, barchangiz foyeda o‘rnatilgan qutilarda kitob, o‘yinchoq va bshq. qoldirib o‘z ulushingizni qo‘shishingiz mumkin!
2015 yil 22 yanvar kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasining “O‘zbekiston” o‘quv zalida XX asr o‘zbek adabiyoti, matbuoti, madaniyatining atoqli namoyandasi Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 140 yilligi munosabati bilan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi.
Ko‘rgazmada buyuk ma’rifatparvar adib, alloma va jamoat arbobi Mahmudxo‘ja Behbudiy hayotidan, uning ilm-ma’rifat yo‘lidagi jonbozliklaridan guvohlik beruvchi dalillar, xotiralar va uning qalamiga mansub asarlar o‘rin olgan.
2015 yil 20 yanvar kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasining majlislar zalida O‘zbekiston xalq artisti, bastakor va dirijyor va Reyngold Maritsevich Glier tavalludining 140 yilligi munosabati bilan adabiy-musiqiy kecha va “Ijod” o‘quv zalida kitob-rasmli ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda R.M.Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa Akademik litseyi, Shayxontohur tuman O‘quv-davolash kolledji o‘qituvchi va o‘quvchilari va shu tuman “Yangi shahar” mahallasi fuqarolari ishtirok etdilar.
2015 yil 19 yanvar kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi kichik majlislar zalida umidli tarjimon Oybek Ostonov bilan ijodiy uchrashuv va uning nemis tiliga tarjima qilgan kitoblari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda tarjimashunoslik sohasi vakillari: f.f.d prof. Shavkat Karimov, f.f.d. prof. Xurram Raximov, f.f.n. tarjimashunos olimlar Shuhrat Imyaminova, Roviyajon Abdullayeva, Odiljon Safarov, erkin tarjimonlar, O‘zDJTU va O‘zMU professor-o‘qituvchilari va talabalari, OAV vakillari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi axborot-kutubxona xodimlarining kasb malakasini oshirishda talay ishlarni amalga oshirmoqda. Shu sababli 2015 yil 19 yanvar kuni Milliy kutubxona o‘quv markazida axborot-kutubxona xodimlarining bilim darajasini va kasb malakasini oshirishga yo‘naltirilgan 5 kunlik seminar mashg‘ulotlar o‘z ishini boshladi.
Seminarning asosiy maqsadi – qonunchilik va me’yoriy baza, axborot-kutubxona faoliyatiga doir Davlat standartlari, axborot-kutubxona muassasasida uslubiy ishlarni amalga oshirish, me’yoriy hujjatlarni tuzish uslubi, axborot-kutubxona muassasasida foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatishning tashkiliy tuzilmasi, o‘qish zallarida abonement yordamida foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish
2015 yil 17 yanvar kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Tafakkur” o‘quv zalida so‘z san’ati ustasi, mashhur dramaturg, kasbi shifokor, ammo iste’dodi va qiziqishi bo‘yicha yozuvchi bo‘lgan, asarlari dunyoning 100dan ortiq tillariga tarjima qilingan, pesalari esa 100 yillardan buyon dunyo sahnalaridan tushmagan Anton Pavlovich Chexovning 155 yilligiga bag‘ishlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi.
Ko‘rgazmada yozuvchining hayoti, ijodi, uning zamondoshlari va izdoshlari xotiralari jamlangan kitoblar va uning oila va do‘stlari davrasidagi damlari muhrlangan fotosuratlar o‘rin olgan.
2015 yil 15 yanvar kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Ijod” o‘qish zalida o‘zbek raqqosasi, baletmeyster Malohat Ishoqova tavalludining 90 yilligiga bag‘ishlangan kitob-rasmli ko‘rgazma tashkil etildi.
Ko‘rgazmadan san'atkorning bosib o‘tgan ijod yo‘lidan so‘zlovchi kitoblar, Malohat Ishoqova kasbdoshlari va shogirdlari hikoyalari va raqslari muhrlangan fotosuratlar o‘rin olgan. Foydalanuvchilar mazkur ko‘rgazmadan o‘zbek san'atida beqiyos raqslarni sahnalashtirgan mahoratli baletmeyster Malohat Ishoqova haqida boy ma'lumotga ega bo‘ladilar.
2015 yil 14 yanvar kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasining “Tafakkur” o‘qish zalida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni” mavzusida bibliografik sharh va “Vatan tuyg‘usi” nomli film namoyishi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Milliy kutubxona bosh muharriri, shoir Shukur Qurbon kutubxona xodimlari bilan O‘zbekiston Qurolli kuchlari salohiyati, tinchlik va ozodlik ne'mati haqida suhbat olib bordilar. O‘z nutqini xadisi Sharifda “Posboning ko‘zi do‘zahda ham yonmas” ekan degan so‘zlar bilan boshlab yurtimiz chegaralarining dahlsizligini ko‘z qorachig‘idek qo‘riqlayotgan askarlarimizning jasoratlari, tinchlikni ta'minlashda o‘z hissasini qo‘shayotgan harbiylar matonati va kuni kecha ularga yo‘llangan O‘zbekiston Przidenti Islom Karimovning tabrigi hususida alohida to‘xtilib o‘tdi.
2015 yil 19 yanvar kuni soat 11:00da O‘zbekiston Milliy kutubxonasining kichik majlislar zalida G‘ofur G‘ulomning «Shum bola», O‘tkir Xoshimovning «Dunyoning ishlari» romanlarini, Abdulla Qahhorning ko‘plab hikoyalarini o‘zbek tilidan nemis tiliga mahorat bilan tarjima qilgan tarjimon Oybek Ostonov bilan ijodiy uchrashuv va yangi kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tadi.
2015 yil 13 yanvar kuni Milliy kutubxonaning kichik majlislar zalida shoir, yozuvchi va tarjimon Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek tavalludining 110 yilligi munosabati bilan davra-suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malik, f.f.d. san'atshunos olim, prof.Naim Karimov, shoira Umida Abduazimova, f.f.n. adabiyotshunos olim Zuhriddin Isomiddinov, yozuvchi va telejurnalist va yozuvchi Salomat Vafo, shoir Yo‘ldosh Eshbek, OAV vakillari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.
Tadbirni Milliy kutubxona bosh muharriri, shoir Shukur Qurbon olib bordi.
2015 yil 13 yanvar O‘zbekiston Milliy kutubxonasining “Tafakkur” o‘qish zalida ochilgan “Vatanga xizmat - muqaddas burch” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma O‘zbekiston Qurolli kuchlari tashkil etilgan kunning 23 yilligiga bag‘ishlanadi.
Ko‘rgazmada O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning Vatanimizda, qolaversa dunyoda tinchlikka havf solayotgan tahdidlardan voqif etuvchi, ogohlikka da'vat etuvchi asarlari, Armiyamizni, ozodlik va mardlikni tarannum etuvchi adabiy to‘plamlar, osuda zamonimizda Vatanimiz sarhadlarini sidqidildan himoya qilayotganlar haqida gazeta va jurnallardan maqolalar va ocherklar o‘rin olgan.
2015 yil 13 yanvar kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “O‘zbekiston” zalida “Ustoz Oybek merosidan” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi. Qo‘rgazma Oybek tahallusi bilan ijod qilgan o‘zbek shoiri, yozuvchi, tarjimon va davlat arbobi Muso Toshmuhammadning 110 yillik tavalludiga bag‘ishlangan.
Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek 1905 yilda Toshkent shahrida, bo‘zchi oilasida tug‘ildi. Oldin o‘rta maktabda, 1922-1925 yillarda esa Toshkent ta'lim va tarbiya texnikumida, so‘ngra O‘rta Osiyo Davlat universitetining iqtisodiyot fakultetida tahsil oldi. Uning birinchi “Cholg‘u tovushlari” deb nomlangan she'ri 1922 yilda “Armug‘on” to‘plamida chop etildi. 1926 yilda esa uning “Tuyg‘ular” deb nomlangan kitobi chiqdi.
“Movarounnahr” nashriyoti tomonidan 254 bet hajmda chop etilgan “O‘zbekiston musulmonlari idorasi” ma'lumot-kitobi O‘zbekiston musulmonlar idorasining 70 yilligiga bag‘ishlab chop etildi.
Kitobda O‘zbekiston musulmonlar idorasining tashkil etilishi, rivojlanish tarixi, uning tizimidagi muassasalar faoliyati va ularning mustaqillik davrida erishgan yutuqlari haqida atroflicha ma'lumot beriladi. Shuningdek kitobda muhim voqyealar yilnomasi, mustaqillik davriga qadar va Istiqlol yillarida O‘zbekistonda tahsil olgan xorijlik ulamolar, davlat va jamoat arboblari, idora mehmonlari bo‘lgan xorijlik din va davlat arboblari, atoqli ulamolar ro‘yhati berilgan.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondi “Mustaqillik yillarida O‘zbekiston paxta sanoati” deb nomlangan kitob bilan to‘ldirildi, mazkur kitob G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan 288 bet hajmida chop etildi.
Kitobda mustaqillik yillarida qishloq xo‘jaligining yetakchi tarmog‘i bo‘lmish paxtachilikdagi islohotlar, tub tarkibiy o‘zgarishlar va ijobiy ko‘rsatkichlar haqida hikoya qilinadi. Tarmoqda amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlar, qo‘lga kiritilayotgan ulkan natijalar o‘z navbatida mamlakatimiz paxta sanoati rivojini zamonaviy tashkil etish imkonini beradi. Hozirgi vaqtda paxta tozalash sanoati iqtisodiyotimizning jadal rivojlanib kelayotgan sohasi bo‘lib kelmoqda.
2015 yil 7 yanvar kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Ijod” o‘qish zalida mohir san'atkor Hikmat Latipov tavalludining 115 yilligiga bag‘ishlangan kitob-rasmli ko‘rgazma tashkil etildi. Ko‘rgazmadan san'atkorning bosib o‘tgan ijod yo‘lidan so‘zlovchi kitoblar, Hikmat Latipovning shogirdlari va davomchilari hotiralari va rollari muhrlangan fotosuratlar o‘rin olgan. Foydalanuvchilar mazkur ko‘rgazmadan o‘zbek teatr va kino san'atida beqiyos iz qoldirgan fidoiy inson Hikmat Latipov haqida boy ma'lumotga ega bo‘ladilar. Hikmat Latipov 1900 yil 1 yanvarda Buxoroda tavallud topgan. Sahna faoliyatini 1922 yilda Buxoro teatrida boshlagan Hikmat Latipov 1924 yillarda Moskvaga, Vaxtangov teatri qoshidagi Aktyorlik mahorati Maktabiga yo‘llandi. 1927-61 yillar yillar davomida “Yosh gvardiya” so‘ngra Hamza teatrida aktyor sifatida faoliyat yuritgan.
13 yanvar kuni soat 15:00 da kichik majlislar zalida adib Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek tavalludining 110 yilligi munosabati bilan davra-suhbati va “O‘zbekiston” zalida “Ustoz Oybek merosidan” kitob-rasmli ko‘rgazma;
14 yanvar kuni soat 15:00 da “Tafakkur” o’qish zalida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni” mavzusida bibliografik obzor, “Vatanga xizmat - muqaddas burch” nomli kitob-rasmli ko‘rgazma va “Vatan tuyg‘usi” nomli film namoyishi;
15 yanvar kuni soat 15:00 da kichik majlislar zalida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni” mavzusida uchrashuv va “Vatanga xizmat - muqaddas burch” nomli kitob-rasmli ko‘rgazma va “Vatan tuyg‘usi” nomli film namoyishi;
15 yanvar kuni “Ijod” zalida O‘zbekiston xalq artisti, baletmeyster Malohat Ishoqova tavalludining 90 yilligiga bag‘ishlab kitob-rasmli ko‘rgazma;
Ro‘yhatdan o‘tgan foydalanuvchilar - 1 355 (jami - 96 639);
Qatnovlar - 61 988;
Kitob berilishi - 422 651;
Ekskursiyalar (tashkilotlar) - 35, qatnashganlar soni - 1007;
Yangi kelib tushgan nashrlar: kitoblar - 255, avtoreferatlar - 271,
jurnallar - 702, gazetalar - 3667. Jami - 4895;
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi ro‘yxatidan 96639 ta foydalanuvchi o‘tgan
2014 yilning dekabr oyida ro‘yhatga olingan foydalanuvchilar soni 1355 shundan chet el fuqorosi 9 ta
Foydalanuvchilar quyidagi toifalar bo‘yicha taqsimlandi:
Talaba- 512
O‘quvchi-441
Abituriyent-140
Magistr-55
Milliy kutubxоnа muzеyidа 2015 yil yanvаr оyidа nаvbаtdаgi mаvzuli kitоblаr ko’rgаzmаsi bоshlаnаdi. Ushbu оydаgi muzеy mаvzusi “Hаrbiy fаn tаrixi vа nаzаriyasi”gа оid kitоblаr ko’rgаzmаsi bo’lib, «Vаtаn himоyachilаri kuni» vа O’zbеkistоn Rеspublikаsi Qurоlli Kuchlаri tаshkil etilgаnligining 23 yilligigа bаg’ishlаnаdi. Hаrbiy sоhаgа оid qаdimiy kitоblаr nаmоyishi 2015 yilning 1 yanvаridаn 31 yanvаrigа qаdаr dаvоm etаdi.
2014 yil 29 dekabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi foyesida an’anaga ko‘ra xar yili o‘tkaziladigan turli nominatsiyalar bo‘yicha “Eng faol foydalanuvchi – 2014” tanlov yakunlari taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 20 martdagi “Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi - axborot resurs markazi faoliyatini tashkillashtirish choralari to‘g‘risida”gi PO‘-1729-sonli qarori talablarini ijrosini ta’minlash borasida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi 2014 yil davomida quyidagi natijalarga erishdi:
Bugungi kunda kutubxona fondning umumiy soni – 6,9mln dan ziyod nusxani tashkil etadi. Milliy kutubxona foydalanuvchilari soni-96,6 ming nafardan ziyodni tashkil etdi, shundan, 27,7ming nafar foydalanuvchi 2014 yilda ro‘yxatdan o‘tkazildi. O‘tgan davr mobaynida foydalanuvchilarning tashrifi-540,0 ming kishini, kitob berishlar soni esa 4,8 mln.nusxani tashkil qildi. Hisobot davrida Milliy kutubxonada 240 dan ortiq ma’naviy-marifiy tadbirlar o‘tkazildi.
2014 yil 31 dekabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida tozalik va profilaktika kuni munosabati bilan foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 26 dekabrdagi qaroriga asosan 2015 yil 1, 2 – yanvar kunlari dam olish kuni hisoblanadi.
2014 yil 23 dekabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi kichik majlislar zalida kutubxona foydalanuvchilari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Milliy kutubxona rahbarlari, xodimlari, foydalanuvchilar, kiziquvchilar va OAV vakillari ishtirok etdilar.
Tadbirni o‘tkazishdan maqsad – foydalanuvchilarni kutubxona ishi, bu yerdagi mavjud sharoitlar, xizmat turlari va o‘tkazilgan tadbirlar bilan tanishtirish, o‘zaro muloqot o‘rnatish, ko‘rsatilayotgan xizmat sifatini baholash, muammoli jihatlarni aniqlash, foydalanuvchilarning kutubxona haqidagi fikr va mulohazalarini tinglash, ularning talab va istaklarini inobatga olgan holda 2015 yilgi istiqbol rejalarini belgilash.
Har birimizning hayotimizga unutilmas yangiliklar va qiziqarli voqealar olib kelgan 2014 yil ham nihoyasiga etmoqda. Ortimizga nazar tashlab, erishilgan natijalarni sarhisob qilish va yangi 2014 yil uchun kutubxonamizning istiqbol rejalarini belgilab olish fursati keldi.
Shu munosabat bilan Sizlarni 2014 yil 23 dekabrь kuni soat 15:00da kichik majlislar zalida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi rahbariyati bilan bo‘lib o‘tadigan “Ochiq muloqot” uchrashuviga taklif etamiz.
2014 yil 22 dekabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi 4-qavatida “Koreyaga yo‘l” ixtisoslashgan o‘qish zalining ochilishi bo‘lib o‘tdi. O‘qish zal Koreya Milliy kutubxonasi bilan hamkorlik doirasidagi loyiha asosida tashkil etilgan bo‘lib, u sheriklarimiz va O‘zbekistondagi Koreya Respublikasi Elchixonasi tomonidan taqdim etilgan axborot resurslari bilan jixozlangan.
Ochilish marosimida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori A.Xodjayev, Koreya Milliy kutubxonasi direktori - Ryu Djung Yung va Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi -Li Uk Xyong so‘zga chiqdilar. Shuningdek tadbirda «Maragi» koreys so‘zlashuv klubi a’zolari she’r va qo‘shiqlar bilan ishtirok etdilar.
2014 yil 22 dekabr kuni soat 15:00 da O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Koreyaga yo‘l” o‘qish zalining ochilishi bo‘lib o‘tadi. Zal shu nomli loyiha asosida tashkil etilgan bo‘lib, Koreya Milliy kutubxonasi va O‘zbekistondagi Koreya Respublikasi elchixonasi tomonidan taqdim etilgan axborot resurslari bilan jixozlangan.
Soat 14:00 da (tantanali ochilish marosimidan avval) O‘zbekistondagi Koreya Respublikasi elchixonasi mutaxassislari tomonidan Koreya suvenirlarini yasash bo‘yicha mahorat darsi bo‘lib o‘tadi.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan Respublikadagi axborot-kutubxona muassasalarining tashkiliy-metodik faoliyatini muvofiqlashtirish va ular bilan o‘zaro aloqani ta’minlash bo‘yicha metodik markaz vazifasini bajaradi.
2014 yil sentyabr oyida Milliy kutubxona Quyichirchiq Transport va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji axborot-resurs markazi ishini o‘rganish, axborot-kutubxona sohasida qabul qilingan me’yoriy hujjatlar asosida markaz ishini to‘g‘ri tashkil qilish, fondlarni shakllantirish, foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatishning yangi shakllarini joriy etish masalalarini qamrab olgan hamkorlik shartnomasi tuzilgan bo‘lib, unga ko‘ra qator ishlar amalga oshirildi.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi 2014 yil 16 dekabr kuni majlislar zalida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Shukur Qurbon bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ijodiy uchrashuv O‘zbekiston Qurolli kuchlar harbiy akademiyasi xizmatchilari oila a’zolari uchun tashkil etilgan bo‘lib unda Davlat mukofoti laureati, shoir Abdumajid Azim, f.f.d.,shoira Sayyora To‘ychiyeva, jurnalist Javlon Jovliyevlar ishtirok etdilar.
2014 yil 16 dekabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasining majlislar zalida “Jome’ ahkom as-sig‘or” asariga bag‘ishlangan “Sog‘lom bola masalasi ajdodlarimiz merosida” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Davra suhbati Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Qo‘lyozmalar, nodir va alohida qimmatga ega nashrlar” xizmati tomonidan tashkil etildi. Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Vazirlar mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universiteti, “Iste’dod” jamg‘armasi vakillari, professor-o‘qituvchilar va talabalar qatnashdilar. Konferensiyani Qobilbek Karimbekov olib bordi.
2014 yil 15 dekabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasining kichik majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan “Konstitutsiya va barkamol avlod” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Ilmiy-amaliy konferensiya O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Toshkent Davlat yuridik universiteti huzuridagi Akademik litsey hamkorligida tashkil etilgan bo‘lib unda mazkur litsey va Toshkent iqtisodiyot va diplomatiya universiteti huzuridagi Akademik litsey o‘quvchilari ishtirok etdilar.
2014 yil 12 dekabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi kichik majlislar-zalida Madaniyat va sport vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti, «OSIYO RAMZI» O‘zbek modelerlari va dizaynerlari uyushmasi tomonidan tashkil etilgan «Yosh avlod tarbiyasida o‘zbek milliy kostyum an’analarining o‘rni» mavzusida ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi. “Milliy libos” festivali doirasida bo‘lib o‘tgan mazkur anjumanda Yevropa va O‘zbekistonning oliy ta’lim muassasalari va soha ilmiy tadqiqot institutlarining olimlari, san’atshunoslar, dizaynerlar hamda respublika to‘qimachilik va tikuvchilik korxonalarining yetakchi mutaxassislari ishtirok etdilar.
2014 yil 12 dekabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxronasi “Tafakkur” o‘qish zalida xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan “Yaxshilik qilmoqlik-ulug‘ fazilat” mavzusida kitob-rasmli ko‘rgazma tashkil etildi.
Ko‘rgazmada “Otalar so‘zi-aqlning ko‘zi”, “Yaxshi kishilar odobi”, “Adab durdonalari” va ahloq”, “Mehr chashmasi”, “Oila odobi”, “Yaxshilik urug‘i”, “Yaxshi fazilat – insonga ziynat” kabi kitoblar va risolalar o‘rin olgan.
2014 yil 11 dekabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi majlislar zalida “Biz kelajakka ishonamiz!” mavzusida respublika yoshlar Forumi bo‘lib o‘tdi.
2014 yil 11 dekabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi kichik majlislar zalida A.Qahhorning “Yangi asr” nashriyotida nashr qilingan “Muhabbat” nomli qissasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Taqdimotda prof. U.Normatov, f.f.n. U.Qosimov, shoir X.Akbarov, O‘zbekiston xalq xofizi H.Rajabiy, “Sharq yulduzi” jurnali bosh muharriri Ulug‘bek Hamdam, A.Qahhor uy-muzeyi direktori N.Jalolovalar va boshqalar ishtirok etdilar.
O‘zbekiston Milliy kutubxronasi “Adolat” o‘quv zalida O‘zbekiston madhiyasi 22 yilligi munosabati bilan qo‘rgazma tashkil etildi. Ko‘rgazmadagi qitoblar va risolalar "O‘zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi to‘g‘risida"gi Qonun 1992 yil 10 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n birinchi sessiyasida qabul qilingani, O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat suverenitetining ramzi ekani va unga ehtirom bilan qarash har bir fuqaroning vatanparvarlik burchi ekanini yana bir bor yodga soladi.
Hurmatli foydalanuvchilar! Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida foydalanuvchilarga axborot-kutubxona xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risidagi Nizomning 11 va 32 bandlariga muvofiq O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga 2012 yil a’zo bo‘lganlar 2015 yilning 2 yanvaridan 1 aprelga qadar, 2013 yil a’zo bo‘lganlar esa 1 apreldan 1 iyungacha qayta ro‘yxatdan o‘tishingizni so‘raymiz.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Milliy bibliografiya ma’lumotlari bazasini shakllantirish xizmati tomonidan “Mustaqil O‘zbekistonning muhim va unutilmas sanalari” taqvimi o‘zbek va rus tillarida har yili tayyorlanishi an’anaviy tarzda davom etib kelmoqda.
Ushbu taqvimda asosan o‘lkashunoslik mazmunidagi ma’lumotlar kiritilgan bo‘lib, mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayotiga oid unutilmas sanalar hamda davlat va jamoat arboblari, san’at va fan fidoyilarining tavallud sanalari berilgan.
Muhim sanalar xronologik tartibda oylar bo‘yicha, so‘ngra 2015 yilda nishonlanadigan muhim sanalar hamda mashhur shaxslar tavallud sanalari joylashtirilgan.
Ushbu taqvim keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.
2014 yil 11 dekabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining “Ilm”, “Bunyodkor”, “Istiqbol”, “Kashfiyot”, “ O‘zbekiston”, “Jahon”, “Adolat” va “Ijod” o‘qish zallarida “Biz kelajakka ishonamiz!” mavzusida respublika yoshlar forumining seksiya tadbirlari o‘tkazilishi munosabati bilan Milliy kutubxona 11 dekabr soat 13:00 dan xizmat ko‘rsatishni boshlaydi.
2014 yil 10 dekabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “O‘zbekiston” zalida adabiyotshunos olim, faylasuf, publitsist Vohid Zohidov tavalludining 100 yilligi munosabati bilan kitob-rasmli ko‘rgazma tashkil etildi.
Iste’dodli olim va pedagog, o‘zbek adabiyotshunoslik fanining tug‘ilish, shakllanish va ravnaq topishida o‘z hissasini qo‘shgan Vohid Yo‘ldoshevich Zohidov 1914 yil Toshkentda tavallud topgan. O‘zbek adabiyotshunosi, faylasuf, publitsist yozuvchi, jamoat arbobi Voxid Zohidovni ko‘p adabiyotshunos olimlar, tarixchi va jurnalistlar o‘ziga ustoz deb biladilar.
2014 yil 3 dekabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 22 yilligiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Milliy kutubxona direktori A.Xodjayev barcha ishchi va xodimlarni Konstitutsiyamizning 22 yilligi bilan tabrikladi va uning har bir fuqaro hayotida tutgan beqiyos o‘rni, mamlakatimiz osoishtaligi va ravnaqi, jamiyat farovonligi kafolati ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Tafakkur” o‘quv zalida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 22 yilligiga bag‘ishlangan kitoblar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.
Milliy kutubxona kitob muzeyida navbatdagi Markaziy Osiyo xalqlari tarixiga oid kitoblar ko‘rgazmasi boshlandi. Ushbu mavzudagi kitoblar namoyishi joriy yilning 1 dekabridan 31 dekabriga qadar davom etadi.
Ko‘rgazma tarix, etnografiya, geografiya va boshqa fanlar uchun muhim bo‘lgan, asosan XIX asrda nashr etilgan kitoblardan tashkil topgan. Muzeyga kitoblarni tanlashda ularning ilmiyligi, tarixiy hamda haqqoniyligiga e’tibor qaratildi.
Ko‘rgazmada Markaziy Osiyo xalqlari tarixini o‘rganishga katta hissa qo‘shgan V.V. Bartold, A.F. Middendorf, N.Ya. Bichurin, Sh.E. de-Uyfalvi, A.K. D'Osson, E.D. Ross va boshqa taniqli olimlarning asarlari o‘rin olgan.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 22 yilligi munosabati bilan 2014 yil 4 dekabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi majlislar zalida O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi tomonidan «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi-mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligining huquqiy kafolati» mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasining fondi Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutining axborot-tahliliy faoliyati kompleks dasturini tadbiq etish doirasida «Xalq deputatlari mahalliy kengashlaridagi siyosiy partiyalar guruhlari faoliyatini tashkil etish», «Siyosiy partiyalar boshlang‘ich tashkilotlari faoliyatini tashkillashtirish masalalari bo‘yicha», «Zamonaviy saylov texnologiyalari va ularni O‘zbekiston sharoitida qo‘llash imkoniyatlari», «Siyosiy partiyalardagi tashkiliy ishlar va kadrlar bilan ishlash», «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari maxalliy Kengashiga saylov o‘tkazishni tashkil etish va saylovlarni o‘tkazish davrida partiyalarning saylov shtablari faoliyati masalalari bo‘yicha» nomli o‘zbek va rus tillaridagi metodik qo‘llanmalari bilan to‘ldirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 22 yilligi munosabati bilan 2014 yil 3 dekabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlar Akademiyasining muddatli harbiy xizmatchilari, Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani mudofaaga ko‘maklashuvchi «Vatanparvar» tashkiloti kursantlari hamda Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti qoshidagi akademik litsey yoshlari bilan madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi ro‘yxatidan 95284 ta foydalanuvchi o‘tgan
2014 yilning noyabr oyida ro‘yhatga olingan foydalanuvchilar soni 2344 shundan chet el fuqorosi 17 ta
Foydalanuvchilar quyidagi toifalar bo‘yicha taqsimlandi:
Talaba-1148
O‘quvchi-593
Abituriyent-165
Magistr-146
2014 yil 2 dekabr kuni Milliy kutubxona anjumanlar zalida Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi, O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 22 yilligiga bag‘ishlab O‘zbekiston xalq yozuvchisi, Davlat mukofoti laureati Muhammad Alining “Ulug‘ saltanat” epopeyasi taqdimotini hamda shu mavzuga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etdi.
Tadbirda Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi rahbari Qahramon Quronboyev, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz direktori, yu.f.d. professor Akmal Saidov, tilshunos olim, akademik Baxtiyor Nazarov, Amir Temur xalqaro hayriya jamg‘armasi rahbari o‘rinbosari To‘lqin Hayit, t.f.n. Temurshunos olim Omonulla Bo‘riyevlar, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali, yozuvchi-shoirlar, aktyorlar, san’at sohasi vakillari, talaba yoshlar keng jamoatchilik hamda OAV vakillari ishtirok etdilar.
Ro‘yhatdan o‘tgan foydalanuvchilar – 2344 (jami – 95284);
Qatnovlar – 60232;
Kitob berilishi – 403620;
Ekskursiyalar (tashkilotlar) – 51, qatnashganlar soni – 1612;
Yangi kelib tushgan nashrlar: kitoblar – 521, avtoreferatlar – 306, jurnallar – 495, gazetalar – 1732. Jami – 3054;
«Koreyaga yo‘l» loyixasi asosida jami 3051ta xujjat qabul qilinadi.
2 dekabr kuni soat 11:00 da majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 22 yilligiga bag‘ishlangan, O‘zbekiston xalq yozuvchisi, Muhammad Alining “Ulug‘ saltanat” epopeyasi taqdimoti;
3 dekabr kuni soat 11:00 da kichik majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan “Hayotimizning asosiy qomusi” mavzusida ilmiy-amaliy tadbir, “Tafakkur” zalida kitob-rasmli ko‘rgazma;
10 dekabr kuni “O‘zbekiston” zalida adabiyotshunos olim, faylasuf, publitsist Vohid Zohidov tavalludining 100 yilligi munosabati bilan kitob-rasmli ko‘rgazma;
Kirib kelayotgan Yangi yil munosabati bilan O‘zbekiston Milliy kutubxonasi «Kadrda qish» nomli foto tanlov o‘tkazilishini ma'lum qiladi.
Tanlovda qatnashish istagida bo‘lganlar 25 dekabrga qadar O‘zbekiston Milliy kutubxonasining elektron pochtasi photo@natlib.uz orqali o’z foto surat hamda o‘zlari haqidagi ma'lumotnomani taqdim etishlari so‘raladi.
2014 yil 29 noyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi anjumanlar zalida SVET-ART-STUDIYAsi yetakchi artistlari va chexiyalik gitarachi-xonanda Voytex Xledik ishtirokida bayram konserti bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston, Chexiya va Slovakiyalarninng Mustaqillik kunlariga bag‘ishlangan «Mustaqillik va tinchlik nurlari ostida» deb nomlangan mazkur tadbirda o‘zbek, chex va slovak tillarida she'rlar va qo‘shiqlar yangradi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-noyabr kunidagi 309-K sonli qaroriga muvofiq mamlakatimizda har yili 20-noyabrdan 20-dekabrga qadar “Yong'in xavfsizligi oyligi” tadbiri o‘tkazilmoqda. Bundan ko‘zlangan maqsad – aholi punktlari, ijtimoiy-iqtisodiy obyektlarda yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlarini kuchaytirish, fuqarolarni yong‘in sabablari va uning asoratlaridan xabardor qilish.
2014 yil 28 noyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi anjumanlar zalida «Competizione dell’Opera» XIV xalqaro italyan operasi ijrochilari tanlovi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Ijod” o‘quv zalida Muqimiy nomidagi O‘zbek davlat Musiqiy teatrining 75 yilligiga bag‘ishlangan kitob ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.
Qo‘rgazmadan o‘zbek teatr san’ati fidoiylari va ijodkorlari, teatr an’analari, drama janri va taniqli dramaturglar haqida hikoya qiluvchi kitoblar o‘rin olgan.
Janubiy Koreya bilan yurtimizni katta masofa ajratib tursa-da, xalqlarimizni qadimiy do‘stlik rishtalari bog‘lab turadi. El-yurtga sadoqat, ajdodlar merosi va qadriyatlarini qadrlash, mehr-oqibat, bag‘rikenglik, saxovat, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, mehnatsevarlik kabi fazilatlar o‘zbek va koreys xalqlari uchun birdek xosdir.
Yillar mobaynida ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar tobora mustahkamlanib, rivojlanib bormoqda. Koreyadan turli soha mutaxassislarining taklif qilinishi, qator jamg‘arma grantlarining ajratilishi, Koreya ta’lim markazida koreys tilining o‘qitilishi, nodavlat tashkilotlar tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan tibbiyot va qishloq xo‘jalik mutaxassis kadrlarini tayyorlash kabi ko‘ngillilar faoliyati, madaniyat, sport aloqalari ham ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarning rivojlanishida turtki bo‘lib kelmoqda. Ayniqsa, O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan 170 mingdan ortiq koreys millati vakillari ikki davlat aloqalariga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.
2014 yil 28 noyabr kuni, O‘zbekiston Milliy kutubxonasida tozalik va profilaktika kuni munosabati bilan foydalanuvchilarga soat 1300 gacha xizmat ko‘rsatilmaydi.
2014 yil 22 noyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi majlislar zalida Toshkent davlat yuridik universitetining “Sog‘lom avlodni shakllantirishda ekologik qonunchilikning o‘rni va roli” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu respublika ilmiy-amaliy konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy Majlisi Senati, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Adliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
2014 yil 20 noyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida BMTTD “O‘zing yasa” laboratoriyasi” loyihasi bo‘yicha ishchi davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Loyiha maqsadi – aholi o‘rtasida iste’moldan chiqqan buyumlardan o‘z qo‘li bilan yasash madaniyati ko‘nikmalarini shakllantirish, barmoqlar motorikasini rivojlantirish, yoshlarni internet ijtimoiy tarmoqlaridan chalg‘itib foydali mehnat bilan mashg‘ul qilish, iqtidorli yoshlarni kashf etib ularga o‘zligini anglashda ko‘mak berish.
O‘zbekiston Respublikasining “Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni, “Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi – axborot resurs markazi tomonidan axborot-kutubxona muassasalarining tashkiliy-metodik faoliyatini muvofiqlashtirish va ular bilan o‘zaro aloqani ta’minlash to‘g‘risida”gi Nizom va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 20 martdagi PQ–1729-sonli “Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi – axborot resurs markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilab berilgan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida Milliy kutubxona tomonidan bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda.
2014 yil 19 noyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Danko” adabiy-badiiy uyushmasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda “Danko” uyushmasi raisi, rassom va shoira A.G.Markaryanning Artsimpozium-2014 safari doirasida Yunoniston sayohati haqida taqdimot namoish etildi.
Artsimpozium-2014 18-26 oktyabr kunlari Yunonistonda bo‘lib o‘tdi va «Ollohga mehr go‘zalligi» deb nomlandi. Simpozium insonlarni xayrixohlikka, ezgulikka, o‘zini anglash va o‘zini ifodalashga undovchi dasturdan iborat edi.
2014 yil 17 noyabrda Toshkent shahar IIBB Yong‘in havsizligi boshqarmasi xodimlari ma’rifiy va ma’naviy bilim saviyalarini oshirish maqsadida navbatdagi “Ma’rifat va siyosiy o‘qish” darsini Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi va simpoziumlar saroyida o‘tkazdilar.
IIBB YoHB xodimlariga kutubxona bo‘ylab tanishtiruv ekskursiyasi uyushtirildi. Kutubxonada mavjud katalog va kartotekalardan foydalanish tartibi, kerakli resurslarni izlash, ularga buyurtmani rasmiylashtirish xizmat bilan tanishgan xodimlar kutubxonaga tez-tez kelib turishliklarini izhor etishdi.
Ma’lumingizkim, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi foyesida 10 noyabrdan buyon Kamoliddin Bekzod nomli Milliy rassomchilik va dizayn instituti talabalari, O‘zbekiston badiiy akademiyasi akademigi, rassom Alisher Mirzoning shogirdlari mo‘yqalamiga mansub “Kuz chizgilari” deb nomlangan rasmlar ko‘rgazmasi foydalanuvchilar e’tiboriga havola qilinmoqda. Ko‘rgazmada yosh qalamkashlarning oltin kuzning turli jilolarda aks ettirilgan tasvirlari namoish etilmoqda.
1991 yil 18 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i to‘g‘risidagi Qonun qabul qilingan kun munosabati bilan O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Adolat” o‘quv zalida ko‘rgazma bo‘lib o‘tmoqda. Ko‘rgazmada O‘zbekiston bayrog‘ining qabul qilinishi bilan bog‘liq hujjatlar, I.Karimov asarlari, kitoblar, davriy matbuotda shu mavzudagi maqolalar o‘rin olgan.
2014 yil 13 noyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi kichik majlislar zalida “YOUTH BUSINESS GROUP” MChJ vakillarining “Yurt taraqqiyotida yosh tadbirkorlarning o‘rni” mavzusida yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir boshida so‘zga chiqqan “YOUTH BUSINESS GROUP” MChJ bosh direktori Boburbek Shokirov yoshlarni tashkilotni tuzishdan maqsadi, uning vazifalari, faoliyat turi, tarkibiy tuzilmalari va ularning boshliqlari bilan tanishtirdi. Bu tashkilot hozirgi kunda 41 nafar yuridik kollejda tahsil olgan va olayotgan yosh huquqshunoslarning shu yerda olagan bilimlari zamirida tashkil topgani qayd etildi.
2014 yil 14 noyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi majlislar zalida Qosimjon So‘fiyevning «Frederik Shopen asarlari O‘zbekistonda” kitobi taqdimoti va konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.
Taqdimot doirasida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondida saqlanuvchi Frederik Shopen asarlari chop etilgan nota kitoblari ko‘rgazmasi tashkil etildi.
2014 yil 13 noyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Stalik Xankishiyevning «Казан. Кулинарный самоучитель» nomli kitob taqdimoti va rasmiy tuhfa etish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Taqdimotda O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi raisi Akbar Umarov, oshpazlar uyushmasi a’zosi Toshkent kimyo-texnologiyalari instituti professori Umid Axrorov, oshpazlar uyushmasi a’zosi Tolibjon Umaraliyev, o‘zbek pazandalik san’ati xalqaro markazi direktori Anvar Allaberganov, soha mutaxassislari va kollejlar o‘qituvchilari ishtirok etdilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 20 martdagi PQ-1729-son, Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 4 apreldagi 98-sonli qarorlari talablari asosida, 2014 yil 11-12 noyabr kunlari Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining Qo‘lyozmalar, nodir va alohida qimmatga ega nashrlar xizmati va Axborot-kutubxona fondlarini restavratsiya va konservatsiya qilish xizmati xodimlari tomonidan Toshkent viloyati “Turon” axborot-kutubxona markazida Toshkent shahri, Toshkent va Sirdaryo viloyatlari axborot-resurs, axborot-kutubxona markazlarining nodir fondlari bilan ishlovchi mutaxassislari va muzey xodimlari uchun o‘quv seminari tashkil etildi.
Seminardan ko‘zlangan maqsad - fondda saqlanilayotgan noyob va alohida qimmatga ega nashrlarni to‘liq saqlash
2014 yilning 21 dekabr kuni - O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylovlar kuni. Davlatimiz rahbarining 2014 yil 6 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori va «Sog‘lom bola yili» Davlat dasturi doirasida yoshlarimiz orasida saylovoldi targ‘ibot ishlarini amalga oshirish ko‘lami yanada kengaydi.
2014 yil 11 noyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi majlislar zalida “International Business Studies” nodavlat o‘quv muassaasining zamonaviy muhitda professional xisobchilarni tayyorlashga yo‘naltirilgan “ASSA” Dasturi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbir “International Business Studies” nodavlat o‘quv muassasasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 noyabrdagi PQ-1438-son “2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida” va 2012 yil 10 dekabrdagi PQ-1875-son “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarorlarida belgilab berilgan vazifalarni bajarishga qaratilgan.
Bugun Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Kashfiyot” o‘quv zalida “Bo‘ron va taziyq” va “Romantizm” adabiy yo‘nalishlari namoyondasi Iogann Kristof Fridrix Shiller tavalludining 225 yilligiga bag‘ishlangan kitoblar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.
Nemis klassik adabiyotining asoschilaridan biri, shoir, dramaturg, san’at nazariyotchisi, tarixchi Fridrix Shiller 1759 yil 10 noyabrda Vyuttenbegr o‘lkasining Marbax shahrida dunyoga keldi.
2014 yil 10 noyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi foyesida yosh qalamkashlarning “Kuz chizgilari” deb nomlangan rasmlar ko‘rgazmasi foydalanuvchilar e’tiboriga havola qilindi.
Ko‘rgazmada O‘zbekiston badiiy akademiyasi akademigi, rassom Alisher Mirzoning shogirdlari, K.Bekzod nomli Milliy rassomchilik va dizayn instituti talabalari tomonidan oltin kuzning turli jilolarda aks ettirilgan tasvirlari namoish etilmoqda. Bunda siz o‘zinig yam-yashil go‘zalligini yo‘qotib, sarg‘aygan barglarini to‘kayotgan daraxtlar manzarasi, qishning darakchisi bo‘lmish kuzning achchiq sovuqlaridan jo‘njikib ketayotgan yo‘lovchilar, kuz ne’matlari tasvirlangan natyurmortlar, kuzing uzun kechalarida suhbatlashib o‘tirgan dugonalar, xazonlarni supurib, dala yumushlaridan bo‘shab urchuq yigirayotgan onaxon tasvirlari tushirilgan rasmlarni tomosha qilishingiz mumkin.
2014 yil 10 noyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi majlislar zalida zamonaviy italyan arxitekturasiga bag‘ishlangan “Kichik utopiya” ko‘rgazmasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbir O‘zbekistonda Italiya dekadasi doirasida o‘tkazilib, unda Italiyaning O‘zbekistondagi favqulotda va muhtor elchisi Rikkardo Manara boshchiligida diplomatik korpus vakillari, “O‘zbekiston-Italiya” Do‘stlik Assotsiatsiyasi raisi, A.Navoi nomidagi O‘zbekiston Davlat Katta akademik teatri direktori B.Yakubov, Italiya va O‘zbekiston Arxitektorlar uyushmalari vakillari, Toshkent arxitektura qurilish instituti va O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti professor-o‘qituvchilar va talabalar jamoasi ishtirok etdilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 20 martdagi PQ-1729-son, Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 4 apreldagi 98-sonli qarorlari talablari asosida, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining Qo‘lyozmalar, nodir va alohida qimmatga ega nashrlar xizmati va Axborot-kutubxona fondlarini restavratsiya va konservatsiya qilish xizmati tomonidan Urgench shahrida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida axborot-resurs, axborot-kutubxona markazlarining nodir fondlari bilan ishlovchi mutaxassislari va muzey xodimlari uchun o‘quv seminari o‘tkazildi.
Shu kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar, tumanlar, shaharlar kengashlariga bo‘lajak saylovga tayyorgarlik jarayonlari Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida ham olib borilmoqda. Saylovlarning yuqori saviyada o‘tishida yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligi muhim ahamiyat kasb etishini inobatga olib «Tafakkur» o‘quv zalida shu mavzuga doir ko‘rgazma tashkil etildi. Unda yoshlarni milliy saylov qonunchiligi bilan yaqindan tanishtirish, islohotlar jarayonida ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini ta’minlash maqsadida mavzuga dahldor qonunlar va sharhlar, kitoblar va jurnallar tavsiya etilmoqda.
2014 yil 6 noyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi majlislar zalida “Istiqlol davri folklor san’atining dolzarb masalalari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjuman O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, «O‘zbeknavo» estrada birlashmasi, Respublika xalq ijodiyoti va madaniy-ma’rifiy ishlar ilmiy-metodik markazi hamda O‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat instituti hamkorligida o‘tkazildi.
4 noyabr kuni soat 15:00 da kichik majlislar zalida aktyor va huquqshunos Otabek Mahkamov bilan “Zamonaviy kino muammolari” mavzusida ijodiy uchrashuv;
6 noyabr kuni soat 10:00 da majlislar zalida “Istiqlol davri folklor san’atining dolzarb masalalari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani;
10 noyabr kuni kutubxona foyesida yosh qalamkashlarning “Kuz chizgilari” mavzusida rasmlar ko‘rgazmasi
2014 yil 4 noyabr kuni kichik majlislar zalida aktyor va huquqshunos Otabek Mahkamov bilan “Zamonaviy kino muammolari” mavzusida ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tuzilishi jihatidan 3 qism: ma’ruza, slayd namoishi va savol-javobdan iborat bo‘lgan ijodiy uchrashuv jonli suhbat va qizg‘in munazaraga boy bo‘ldi. Savollar asosan ijodkorning huquqshunoslik, tarjimonlik, jurnalistika va aktyorlik sohasidagi faoliyatlari haqida bo‘ldi.
Ro‘yhatdan o‘tgan foydalanuvchilar – 2531 (jami – 92941)
Qatnovlar – 72884;
Kitob berilishi – 490738;
Ekskursiyalar (tashkilotlar) – 81, qatnashganlar soni – 2022
Yangi kelib tushgan nashrlar: kitoblar – 818
Muzeyda siz o‘zbek, rus, nemis, ingliz, avstriyalik, polyak, amerikalik arxeolog, tarixchi, geograf, san’atshunos, etnograf, sayohatchi, botanik, yozuvchi, sharqshunos, xitoyshunos va xindshunos olimlarning ilmiy-tadqiqot va tarixiy-arxeologik izlanishlari, konferensiyalar ilmiy ma’ruzalari to‘plamlari va ularga berilgan taqrizlar bilan tanishishingiz mumkin.
Mashhur olimlarning kitoblaridan tashqari ko‘rgazmada ilmiy xodimlar va talabalarnining ekspeditsiyalari hisobotlari ham o‘rin olgan.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi ro‘yxatidan 92941 ta foydalanuvchi o‘tgan
2014 yilning oktyabr oyida ro‘yhatga olingan foydalanuvchilar soni 2531 shundan chet el fuqorosi 16 ta
Foydalanuvchilar quyidagi toifalar bo‘yicha taqsimlandi:
Talaba-1379
O‘quvchi-557
Abituriyent-182
2014 yil 3 noyabr kuni, O‘zbekiston Milliy kutubxonasida tozalik va profilaktika kuni munosabati bilan foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatilmaydi.
2014 yil 31 oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi kinomarkazida “INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida O‘zbekistondagi BMTTD mutaxassislari tomonidan bir qator treninglar olib borildi.
Treninglar quyidagi mavzularda bo‘lib o‘tdi: “Omma oldida nutq so‘zlash(“Notiqlik san’ati”) ko‘nikmalari”, “Vaqtni samarali boshqarish”, “Loyihalarni boshqarish” va “Ijtimoiy tadbirkorlik”.
2014 yil 30 oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi «Adolat» o‘quv zalida “INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida “Axborot-kutubxona sohasi mutaxassislarining axborot madaniyati va mediasavodxonligi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
2014 yil 31 oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi anjumanlar zalida “INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida O‘zbekiston Xalq artisti Halima Nosirovaning 100-yillik yubileyiga bag‘ishlangan ijodiy kecha bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda f.f.d. san’atshunos Naim Karimov, s.f.n. prof. Xamidulla Akbarov O‘zbekiston xalq artisti Elyor Nosirov, san’atshunos Roza Yusupovalar ishtirok etdilar va Xalima opaning hali boshqalar bilmagan qirralari haqidagi hotiralari bilan o‘rtoqlashdilar.
2014 yil 31 oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligining tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Yopilish marosimiga mehmonlar, homiylar, tadbirlarni o‘tkazishda bevosita ishtirok etgan barcha hamkorlar, ya’ni elchixonalar va xalqaro tashkilotlar vakillari, axborot-kutubxona muassasalari xodimlari, foydalanuvchilar tashrif buyurdilar.
Haftalikning yopilish marosimiga o‘zbek estrada xonandalarining chiqishlari o‘zgacha shukuh bag‘ishladi. Konsert dasturidan so‘ng tadbirning tantanali qismiga navbat berildi.
2014 yil 30 oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi «Jahon» o‘quv zalida “INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona Haftaligi doirasida “Esse yozish ko‘nikmasini shakllantirish va rivojlantirish” mavzusi bo‘yicha O‘zbekistondagi AQSh elchixonasi ko‘magida taqdimot bo‘lib o‘tdi.
Taqdimotda foydalanuvchilar esse yozishda lug‘at boyligidan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish me’yorlari bilan tinishdilar. Taqdimotni Djon Yetchverri AQSh elchixonasi 2-kotibi olib bordi. Tinglovchilarga ingliz tilida esse yozish bo‘yicha berilgan qimmatli maslahatlardan so‘ng amalda yozib ko‘rish va shu yerning o‘zidayoq tekshirtirib olish imkoniyati berildi.
2014 yil 30 oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Kichik majlislar zalida “INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida “AKT yordamida nemis tilini o‘rganish” treningi bo‘lib o‘tdi.
Trening Toshkentdagi Gyote insitituti ko‘magida bo‘lib o‘tdi. Uni mazkut institutning yetakchi o‘qituvchisi Sayyora Turakulova olib bordi.
Treningdan qo‘zlangan maqsad - nemis tili o‘rganuvchi foydalanuvchilarni chet tillarni o‘rganishda zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalarning imkoniyatlari bilan tanishtirish.
2014 yil 30 oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi«Jahon» o‘quv zali da “INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida “Ishga kirishda ma’lumotnomani to‘g‘ri yozish va suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tish” mavzusida taqdimot bo‘lib o‘tdi.
AQSh elchixonasi xodimi Hilola Muxammedjanova ishga yoki o‘qishga bormoqchi bo‘lganlarni hujjatlarni topshirish tartibi, usuli va talablari bilan tanishtirdi. Shuningdek bu jarayonga qiziqqan tinglovchilar uchun AQSh elchixonasi qoshida tashkil etilgan treninglarda ishtirok etish imkoniyati mavjudligini aytib o‘tdi.
2014 yil 30 oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi «Jahon» o‘quv zalida “INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida “AQShda ta’lim+Almashinuv dasturlari” taqdimoti va “TOEFL” testini muvaffaqiyatli topshirish bo‘yicha amaliy maslahatlar bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Taqdimot davomida AQShda o‘qishga qiziquvchi kutubxona foydalanuvchilariga trenerlar Saida Choriyeva va Lori Trevislar Shimoliy Amerikada ta’limning o‘ziga xosliklari, Amerika oliy o‘quv yurtlariga imtihon topshirayotgan chet elliklarga bo‘lgan talablar va amaldagi Almashinuv dasturlari, shuningdek, kirish imtixonlari uchun zarur bo‘lgan TOEFL testini muvaffaqiyatli topshirish bo‘yicha talablar haqida gapirib berdilar va kerakli maslaxatlar berdilar.
2014 yil 30 oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi «O‘zbekiston» o‘quv zalida “INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida “Yaponiyada ta’lim + Almashinuv dasturlari” taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Taqdimotda Nagoyya universiteti vakolatxonasi xodimlari kutubxona foydalanuvchilariga Yaponiyada o‘qish imkoniyatlari, shuningdek Toshkent Davlat yuridik universiteti bilan hamkorligi, u yerda amalga oshirilayotgan o‘qituvchilar va talabalar uchun almashinuv dasturlari va loyihalari haqida so‘zlab berdilar.
2014 yil 28-30 oktyabr kunlari O‘zbekiston Milliy kutubxonasining O‘quv markazida “INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida “Zamonaviy kutubxona menejmenti va marketingi” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Seminarni Kyoln Amaliy fanlar universiteti professori doktor Ursula Georgi o‘tkazdi.
Kutubxona menejmenti va marketingi zamonaviy kutubxona boshqaruvining ajralmas qismi bo‘lib, u konseptual uslubiy qoidalarni, foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish kabi jamiyat uchun muhim takliflarni, shuningdek, kutubxona va kitobxonlar o‘rtasida optimal munosoabatlar o‘rnatishga yo‘naltirilgandir.
2014 yil 30 oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi kichik konferens-zalida “INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida “Buyuk Britaniyada ta’lim + Almashinuv dasturlari” taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Taqdimotda O‘zbekistondagi Britaniya Kengashi vakillari Mark Grossi, Shuxrat Amanov, Jamila Gulyamovalar ishtirok etishdi.
2014 yil 30 oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi anjumanlar zalida “INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida «Ingliz tilini ota-onalar bilan o‘rganamiz» deb nomlangan bir oylik o‘quv-ma’naviy aksiyasining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Aksiya 27 sentyabrdan 30 oktyabrgacha Britaniya Kengashi tomonidan Xalq ta’limi vazirligi, UNICEF bolalar jamg‘armasi O‘zDJTU qoshidagi Chet tillari o‘qitishning innovatsion metodikalarini rivojlantirish Respublika ilmiy-amaliy markazi bilan hamkorlikda Toshkent hamda O‘zbekistonning boshqa hududlari maktab o‘quvchilari, ularning ota-onalari va o‘qituvchilari uchun tashkil etildi.
2014 yil 30 oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi «Ijod» o‘quv zalida “INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida “Mumtoz musiqaga bugungi yoshlar fikri” mavzusida “Ijodkor yoshlar klubi”ning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Suhbatni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi bosh muharriri Shukur Qurbon olib bordilar. “Mumtoz musiqaga bugungi yoshlar fikri” mavzusidagi uchrashuvga O‘zbekiston xalq xofizi Hasan Rajabiy va ismi bobosining sharafiga qo‘yilgan Yunus Rajabiylar tashrif buyurdilar.
2014 yil 30 oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi anjumanlar zalida “INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida milliy kutubxona O‘zbekiston xalq artistlari Farruh Zokirov va Nasiba Abdullayevalar bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ijodiy uchrashuvda so‘zga chiqqan O‘zbekiston xalq artisti Farruh Zokirov shunday muqaddas koshona, bilimlar dargohiga taklif etilganidan mamnun ekanligini aytdi. “Kitoblarning o‘z ohinrabosi bor, uni bir marta qo‘ligi olgan inson u bilan do‘stlashib umrining oxirigacha qo‘lidan qo‘ymaydi. Estrada xonondasi uchun ham bu juda zarur, chunki u xalq orasida madaniyat targ‘ib etadi. Madaniyat va ma’rifat esa ajralmas tushunchalardir”- dedi Farruh Zokirov.
2014 yil 30 oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Ijod” o‘quv zalida “INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida san’atga oid yangi adabiyotlar va “Nodir nota-musiqiy asarlar” ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Bu ko‘rgazmada foydalanuvchilar nodir, alohida qimmatga ega XIX-XX asrga mansub o‘zbek, rus va jahon mumtoz musiqasi nota nashrlari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Ko‘rgazmadan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi boyligi bo‘lmish gramplastinkalar o‘rin olgan.
2014 yil 30 oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi «Jahon» o‘quv zalida “INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida Ozarbayjon yozuvchilari kitoblari ko‘rgazmasi, o‘zbek-ozarbayjon so‘zlashgichi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi o‘rtasidagi davlatlararo munosabatlar asosini uzoq o‘tmishga borib taqaladigan mustahkam do‘stlik rishtalari va qardoshlik, madaniyatlar, tillar hamda an’analar mushtarakligi, qadim davrlardan buyon ikki mamlakat xalqlarini bog‘lab kelayotgan ma’naviy va insonparvarlik qadriyatlarining umumiyligi tashkil etadi.
2014 yil 29 oktyabr kuni “Jahon” o‘quv zalida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida E-LINE kompaniyasi bilan hamkorlikda “Jahon axborot resurslari bazalarisidan foydalanish” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirdan asosiy maqsad – foydalanuvchilar bilimlarini oshirish, ta’lim olish va ilmiy izlanishlar olib borishda jahon axborot resurslaridan foydalanish malakalarini shaklllantirishdan iborat. Zero, bugungi kunda axborotlar bilimlar manbai sifatida jamiyat uchun strategik resursga aylandi. Bu resurslardan samarali foydalanish esa jamiyatni axborotlashtirish jarayoni bilan bog‘liqdir.
2014 yil 29 oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi 2-qavati foyesida “INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida Ixtisoslashtirilgan fondlar va majburiy nusxani saqlash xizmati va Kitob fondi va vaqtli matbuot nashrlari xizmati tomonidan tashkil etilgan “Dunyo shaxarlari” va “Muzeylar dunyoning milliy xazinasi” mavzusida otkritkalar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.
Ko‘rgazmaga tashrif buyurganlar shaxarlarning tarixi, madaniyati, amaliy va tasviriy san’ati namunalari, arxitekturasi va haykaltaroshlik san’ati shoxasarlari bilan yaqindan tanishishlari mumkin.
29 oktyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “INFOLIB -2014” Milliy axborot-kutubxona Haftaligi doirasida “Adabiyot bilimdoni” deb nomlangan umumta’lim maktablari o‘quvchilari ishtirokida viktorina o‘tkazildi. Unda toshkent shag‘rining 5, 160 va 249-maktab o‘quvchilari ishtirok etdilar.
Tanlovning o‘tkazilishidan asosiy maqsad kutubxona foydalanuvchilari, o‘quvchilari va Haftalik mehmonlari orasidan mumtoz va hozirgi o‘zbek adabiyoti hamda jahon adabiyotining eng yaxshi bilimdonini aniqlashdir. Viktorina o‘yin shaklida tashkil etilib jonli va qiziqarli, guruhlarga bo‘lingan tarzda o‘tkazildi. Badiy asarlar bo‘yicha eng yaxshi bilimdonlar bellashuvida o‘zbek va jahon adabiyoti bilimdonlari anqlandi.
2014 yil 29 oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining “O‘zbekiston” o‘quv zalida “INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida “O‘zaro aloqa almashinuvini rivojlantirish” treningi bo‘lib o‘tdi.
Milliy kutubxonaning “Ijod” o‘quv zalida “O‘zaro aloqa almashinuvini rivojlantirish” mavzusida Toshkent shahridagi M.V. Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universitetining psixologiya fakulteti talabalari va o‘qituvchilari bilan hamkorlikda psixologik trening o‘tkazildi. Trening doirasida quyidagi mavzularga to‘xtalib o‘tildi: suhbatdosh bilan muloqot o‘rnatish texnikasi, savol berish san’ati, suhbatdoshning imo-ishorasi, hatti-harakat, mimika va ohangi kabi mavzularda suhbat bo‘lib o‘tdi.
2014 yil 29 oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi kinomarkazida “INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida “Imkoniyati cheklangan bolalar va yoshlarda inklyuziv muhitda so‘zlashuv (kommunikativ) ko‘nikmalarini shakllantirish” mavzusida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.
Mahorat darsi 66-ixtisoslashtirilgan maktabning «Badiiy tukish» to‘garagi qatnashuvchilari ishtirokida, o‘qituvchi M.Qosimova rahbarligida o‘tkazildi.
2014 yil 29 oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi foyesida “INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida karving bo‘yicha mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.
Karving bo‘yicha mahorat darsi Toshkent turizm kasb-hunar kolleji 3-bosqich o‘quvchisi Shoakbarov Shoyusuf tomonidan olib borildi. Shoakbarov Shoyusuf o‘zining va o‘z shogirdlarining karving bo‘yicha namunalarini namoyish etdi. Ba’zan karving san’atini mevalar bezagi (skulpturasi) deb nomlashadi. Karving mevalar va sabzavotlar kompozitsiyasini tashkil etadi.Mevalar va sabzavotlardan foydalanilgan karving mahorat darslari bolalar va kattalar uchun mo‘ljallangan.
2014 yil 29 oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi «Bunyodkor» o‘quv zalida “INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida “Keling bolalar haqida gaplashaylik” mavzusida ota-onalar bilan suhbat va bolalar uchun origami san'ati bo‘yicha mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.“Keling bolalar haqida gaplashaylik” mavzusida ota-onalar bilan suhbatda O‘zbek-yapon inson imkoniyatlarini rivojlantirish markazi xodimlari ota-onalarga o‘z markazlari imkoniyatlari va bolalarini qiziqishini uyg‘otishi mumkin bo‘lgan to‘garaklar haqida gapirib berdilar. Shundan so‘ng barcha xohlovchilar uchun origami bo‘yicha mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.
2014 yil 29 oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Adolat” o‘quv zalida “INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida shaxmat va shashka bo‘yicha bolalar o‘rtasida turnir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni Erkin Umarov olib bordi. Unda shahar 102-zaif eshituvchilar maktab-internati, ko‘zi ojizlar jamiyati qoshidagi maktab-internat va 15-sport maktabi yosh sportchilari ishtirok etdilar.
Tadbirni tashkil etishdan maqsad yoshlarni shaxmat dunyosiga olib kirish va uning sir-sinoatlaridan habardor qilish, bolalarda sportga, hususan, shaxmat-shashka turiga qiziqish uyg‘otish. Tadbir doirasida ishtirokchilar shaxmat sportidagi yangiliklar, O‘zbekistonda shaxmat sport turining tarixi va hozirgi kundagi ahvoli bilan tanishdilar.
2014 yil 29 oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Ijod” o‘quv zalida “INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida bolalar uchun komikslar yaratish bo‘yicha mahorat darslari bo‘lib o‘tdi.
Bolalar uchun komikslar chizish bo‘yicha mahorat darsini xalqaro komikslar festivallari sovrindori, 50ta kitob muallifi, betartib, ammo oq ko‘ngil Gal ismli bola bosh qahramoni bo‘lgan "Zbeng" nomli mashhur komiks ijodkori Uri Fink (Isroil) olib boradi.
2014 yil 29 oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi «Jahon» o‘quv zalida “INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida “Koreyada ta’lim + Almashinuv dasturlari” taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Taqdimot chog‘ida kutubxona foydalanuvchilariga Janubiy Koreya o‘quv yurtlarida o‘qishning o‘ziga xosliklari, chet ellik talabalarga qo‘yiladigan talablar, koreys bilim dargohlari va almashinuv Dasturlari haqida keng tushuncha berildi.
2014 yil 29 oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi kichik majlislar zalida “INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida akademik Ashraf Axmedovning “Mavorounnahr madaniyati rivojlanishida olimlar hissasi” mavzusida ma’ruzasibo‘lib o‘tdi.
A.Axmedov o‘z ma’ruzasida Mavorounnahr tarixi, uning madaniyati va madaniyati rivojida olimlar o‘rni haqida gapirar ekanlar buyuk ma’rifatparvar, mutafakkir, nafaqat Sharq dunyosi taraqqiyoti, balki jahon taraqqiyotiga o‘z xissasini qo‘shgan Abu Rayhon Beruni, Abu Ali Ibn Sino, al Xorazmiy, Al Farobiylarning mehnatlariga alohida urg‘u berib o‘tdilar.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida o‘tkazilgan Milliy axborot kutubxona haftaligi “INFOLIB-2014” tadbiri doirasida “Buyurtma - 2015” aksiyasi onlayn tarzda veb-saytga joylashtirilib o‘tkazildi va hozirda davom etmoqda. Ushbu aksiyani o‘tkazishdan asosiy maqsad, Milliy kutubxona fondini foydalanuvchilar uchun zarur bo‘lgan, ularning qiziqishlari va talablari asosida ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-ommabop, ilmiy-texnik va badiiy adabiyotlar, davriy nashrlar hamda elektron resurslar bilan to‘ldirib borish. Siz tomondan tanlangan va buyurtma berilgan resurslar 2015 yilda Milliy kutubxona fondidan joy oladi.
2014 yil 28 oktyabr kuni INFOLIB-2014 III Milliy Axborot-kutubxona haftaligi doirasida «Adolat» o‘quv zalida “Arxeologiya bugun: yoshlar uchun yangi imkoniyatlar” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Davra suhbatida O‘zbekiston FA Arxeologiya ilmiy-tadqiqot instituti Toshkent bo‘limi rahbari Sh.Odilov va shu institut katta ilmiy xodimi Ilyasova Saida Ravelyevna, M.Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti va Toshkent Davlat Pedagogika universiteti tarix fakultetlari professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdilar.
Olimlar talabalarga jahon, shu jumladan, O‘zbekiston arxeologiyasi va uning yutuqlari va zamonaviy arxeologiya sohasi va arxeolog kasbi muammolari haqida gapiririb berdilar.
2014 yil 28-30 oktyabr kunlari O‘zbekiston Milliy kutubxonasining O‘quv markazida INFOLIB-2014 III Axborot-kutubxona haftaligi doirasida “Zamonaviy kutubxona menejmenti va marketingi” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda.
Kyoln Amaliy fanlar universiteti professori doktor Ursula Georgi, zamonaviy kutubxona boshqaruvi texnologiyasi bo‘yicha seminar o‘tkazadi. Seminar dasturida kutubxona va axborot marketingi, strategik marketing, loyiha-menejment, innovatsion menedjment kabi mavzularga to‘xtaladi va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatishda muhim zamonaviy takliflarni ishlab chiqish, kutubxona xizmatlarini ko‘rsatishda kutubxona va foydalanuvchilar o‘rtasida optimal munosabatlarni o‘rnatishda konseptual uslubiy qoidalar va bosqichma-bosqich jarayon kabi vazifalar ko‘rib chiqiladi.
28 oktyabr kuni O’zbekiston Milliy kutubxonasi foyesida “INFOLIB-2014” III Milliy Axborot-kutubxona haftaligi doirasida yosh dizaynerlarning xonatlas, adras va ipak matolaridan ko‘ylaklar kolleksiyasi namoyishi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirning maqsadi - yosh avlodni o‘zbek xalqining urf-odatlari, an'analari, milliy qadriyatlariga hurmat ruhida tarbiyalash, shu bilan birga milliy liboslar tarixini, bayoz, adras, xonatlas, beqasam, ipak kabi butun dunyoga tanilgan milliy matolarni tayorlash usullarini o‘rganishni keng targ‘ib qilishdir.
Bizning diyorimizda mato tayorlash hunarmandchiligi uch ming yillik tarixga ega. Tayyorlanayotgan matolar yuqori sifati, iqlim sharoitimizga mosligi va ekologik tozaligi bilan alohida ajralib turadi.
2014 yil 28 oktyabr kuni anjumanlar zalida “INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida kinorejisser Xilol Nasimovning «Gumrohlar» badiiy filmi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
«O‘zbekkino» Agentligi buyurtmasi bilan «Vatan» kinostudiyasida suratga olingan «Gumroxlar» filmi Vatan mavzusi bilan bog‘liq ko‘pgina hayotiy mavzularni ko‘taradi. Rejissyor Hilol Nasimov senariysi asosida suratga olingan filmdagi voqyealar nafaqat Toshkent va Andijonda, balki Turkiya va AQSHda sodir bo‘ladi. Uning qahramonlari O‘zbekistonda mustaqillik davrida bo‘lgan katta o‘zgarishlarga ishonmaydilar. Ulardan ayrimlari dushmanlar aldoviga uchib, Vatanni sotishga, undagi bo‘layotgan bunyodkorlik jarayoniga to‘sqinlik qilishga urinadilar, ayrimlari esa, o‘z qilmishlaridan afsus chekib, Vatanga qaytishga harakat qiladilar.
2014 yil 28 oktyabr kuni “Ijod” o‘quv zalida “INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Sharq yulduzi” tahririyati jamoasi bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvni K.I.Panchenko va R. Xaydarovalar olib bordi.
Markaziy Osiyodagi bu «Otaxon-jurnal» 1932 yilning sentyabr oyida tashkil topgan. 1937 yilning oxiridan Ulug‘ Vatan urushining boshlanishiga qadar «O‘zbekiston adabiyoti va san'ati» deb nomlangan. 1946 yil maydan boshlab «Zvezda Vostoka» deb nomlandi. Keyichalik jurnal ikki tilda: rus va o‘zbek tillarida chiqa boshladi. Uchrashuv davomida «Zvezda Vostoka» va «Sharq yulduzi» jurnallarining 1946 yilda chop etilgan sonlari namoish etiladi. Tadbirda shoirlar, adabiyotshunoslar va jurnal ijodkorlari ishtirok etdilar.
2014 yil 27 oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi kinomarkazida «INFOLIB-2014» III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida Elektron hukumat markazining aholiga interfaol xizmat ko‘rsatish bo‘yicha yagona portalning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Unda soha mutaxassislari va mutasaddi tashkilotlar vakillari qatnashdi. Taqdimotni Davlat interaktiv xizmatlar ishlab chiqish bo‘limi boshlig‘i G‘oipov Qobiljon Hakimovich olib bordi.
Bilamizki, mamlakatimizda iqtisodiyotning barcha sohalariga, kundalik hayotimizga zamonaviy axborot-kommunikatsiya tizimlarini keng joriy etish ustuvor vazifa sifatida belgilanib, bu borada bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilayapti. Jumladan, AKTni rivojlantirishga qaratilgan mustahkam qonunchilik bazasi yaratildi, tashkiliy sharoitlar mustahkamlandi. Pirovardida sohada izchil o‘zgarishlar kuzatildi, interaktivlik kuchaytirildi, elektron hujjat aylanishi, elektron tijorat, elektron to‘lovlar kabi bir qancha yangi xizmat turlari yuzaga keldi.
2014 yil 28 oktyabr kuni anjumanlar zalida “INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida «Jahon» o‘quv zalida O‘zbekistondagi xalqaro universitetlar professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Davra suhbati O‘zbekistondagi xalqaro universitetlar vakillari bilan hamkorlikda tashkil etildi. Qiziquvchat yoshlar ta'lim maskanlari vakillariga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat etdilar va batafsil javoblar oldilar.
Tadbirda ishtirok etgan ta'lim muassasalari vakillari o‘z dargohlarining imkoniyatlari va shart-sharoitlari bilan tanishtiruvchi taqdimot slaydlarini namoyish etdilar.
Mazkur davra suhbati O‘zbekiston Milliy kutubxonasining ilmiy-ma'rifiy va tadqiqot resurslaridan foydalanishga ko‘proq foydalanuvchilarni jalb etish va O‘zbekistondagi xalqaro universitetlar faoliyatini targ‘ib etishga o‘z hissasini qo‘shishiga umid qilamiz.
«INFOLIB-2014» III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida Milliy kutubxonaning 2-qavati foyesida xizmati tomonidan tashkil etilgan amaliy san’at namunalari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.
Ko‘rgazmadan o‘rin elgan eksponatlar Toshkent shahar “Kamolot” YoIHning Yunusobod bo‘limi qoshida faoliyat ko‘rsatayotgan “Yoshlar ijtimoiy xizmatlar” markazi 3 oylik bepul o‘quv kurslari tomonidan taqdim etilgan.
2014 yil 27 oktyabr kuni kichik majlisdar zalida «INFOLIB-2014» III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida taniqli pianinochi, ko‘pgina ilmiy-uslubiy va tadqiqot ishlar muallifi Adiba Sharipova bilan ijodiy uchrashuv va «Prelomleniye» («Sinish») kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Adiba Sharipova - musiqachi, yangilikka intiluvchi pedagog, O‘zbekiston Davlat konservatoriyasi maxsus fortepiano kafedrasi professori. Uning konsert dasturlari va ijodiy loihalari san'atning turli sohalarida ijod qiluvchi, u kabi izlash va tadqiqot qilish ishtiyoqida bo‘lgan hamfikrlar shoirlar, haykaltaroshlar, dizaynerlar rassom va rejissyorlarni birlashtiradi.
2014 yil 27 oktyabr kuni «INFOLIB-2014» III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi foyesida O‘zbekistondagi Milliy madaniy markazlarning badiiy chiqishi bo‘lib o‘tdi.
Har qanday xalqning ko‘z qorachig‘idek asrab, avaylab-ardoqlab kelgusi avlodga yetkazadigan qadriyatlari bor. Bu eng avvalo, uning milliy urf-odatlari, madaniyati va san’atidir. Mazkur qadriyatlar xalqlarni bir-biriga yaqinlashtiradi, o‘zaro do‘stlik va birdamlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. Ko‘pmillatli xalqlar istiqomat qilayotgan O‘zbekiston xalqlarining birdamlikda madaniyat va ma’rifatni yuksaltirishdagi hissasini namoyish qilish, har bir xalqning bebaho madaniy boyligi, etnik o‘ziga xosligi va boy merosini ko‘rsatish maqsadida o‘tkazilayotgan ushbu tadbir keng ommaga qaratilgan.
Milliy axborot Kutubxona xaftaligi davomida Binoning B blok 1 qavatida joylashgan Kinomarkazda Milliy Hujjatli badiiy va shuningdek bolalar uchun multiplikatsion filmlar namoyishi bo`lib o`tadi.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “INFOLIB – 2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligi o‘z ishini boshladi. Haftalikning birinchi kuni ya’ni 28-oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Davlat akademik Katta teatri orkestrining chiqishidan so‘ng tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, yozuvchi Muhammad Ali, O‘zbekiston xalq artisti Afzal Rafiqov, O‘zbekistondagi BMTTD koordinatori Krista Pikatt va Toshkentdagi Gyote instituti direktori Yuliya Xanskelar so‘zga chiqib, o‘zbek kitobxonlarini navbatdagi haftalik bilan tabrikladilar hamda Milliy kutubxona rahbariyati va xodimlariga ilm ziyo tarqatishda barkamollik tiladilar. O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori A.Xodjayev so‘zga chiqib, milliy axborot-kutubxona haftaligini o‘tkazishdan asosiy maqsad – mutolaaga bo‘lgan mehrni oshirish va uni targ‘ib qilish, aholiga, ayniqsa yoshlarga kerakli bo‘lgan axborotni mustaqil ravishda izlash va qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash, axborot-kutubxona foydalanuvchilariga internet orqali xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini oshirish ekanligini ta’kidladi.
“Betger o‘qishlari – 2014” davra suhbatining mavzusi: “Raqamli makon va zamonaviy axborot-kutubxona muhitidagi media kontent” mavzusiga bag‘ishlangan.
“Betger o‘qishlari” o‘tkazishdan asosiy maqsad - zamonaviy jamiyat infrastrukturasida axborot-kutubxona muasssasalari, axborot-kutubxona xizmatining roli va o‘rnini aniqlashda olimlarni, axborot-kutubxona va mutaxassis-amaliyotchilarni jipslashtirishdir.
Bu yilgi “Betger o‘qishlari” axborot-kutubxona, axborot-resurs markazlari va kutubxonalarning faoliyatida axborot muhitini shakllantirish, mustahkamlash va yagonalikni ta’minlashda raqamli makon va zamonaviy media kontentni rivojlantirish hamda bilimlarni ommalashtirish va axborot resurlaridan foydalanishni tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan.
2014 yil 27 oktyabr kuni «INFOLIB-2014» III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida Qo‘lyozmalar, nodir va aloxida qimmatga ega nashrlar xizmati tomonidan mutaxassislar uchun hujjatli merosnini saqlash bo‘yicha “Nodir nashrlarni konservatsiya va restavratsiya qilish” bo‘yicha mahorat darslari bo‘lib o‘tdi.
Abu Rayxon Beruni nomidagi Sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hamkorligida va YuNESKO ko‘magida o‘tkazilgan mutaxassislar uchun hujjatli merosnini saqlash bo‘yicha mahorat darslarining maqsadi – mutaxassislarga kitoblarni ta’mirlash va saqlashning zamonaviy innovatsion metodlarini amalda ko‘rsatib berishdan iborat. Mahorat darsini O‘zR FA Sharqshunoslik instituti laboratoriyasida tashkil etilgan va kitob ta’miri, islomiy muqovalashtirish, konservatsiya qilish va qo‘lyozmalardan foydalanish loyihasi asosida mazkur institut qo‘lyozmalar markazi bosh mutaxassisi, restavrator Shuhrat Pulatov olib bordi.
27 oktyabr kuni «INFOLIB-2014» III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malik bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zolari, Haftalik mehmonlari, Toshkent OTM professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdilar.
O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malik kitobxonlarga ma’naviy-tarbiyaviy ahamiyatga ega asarlari orqali tanish. Tohir Malik nomi barchaga tanish. Uning kitoblari sevib o‘qiladi, qo‘lma-qo‘l bo‘ladi. Kitobxonlar esa yangi kitoblarni chiqishini sabrsizlik bilan kutadilar.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “INFOLIB– 2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligi o‘z ishini boshladi. Haftalikning birinchi kuni ya’ni 28-oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Davlat akademik Katta teatri orkestrining chiqishidan so‘ng tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi yozuvchi Muhammad Ali, O‘zbekiston xalq artisti Afzal Rafiqov, , O‘zbekistondagi BMTTD koordinatori Krista Pikatt va Toshkentdagi Gyote instituti direktori Yuliya Xanskelar so‘zga chiqib o‘zbek kitobxonlarini navbatdagi haftalik bilan tabrikladilar va Milliy kutubxona rahbariyati va xodimlariga ilm,ziyo tarqatishda barkamollik tiladilar. O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori A.Xodjayev so‘zga chiqib, milliy axborot-kutubxona haftaligini o‘tkazishdan asosiy maqsad – mutolaaga bo‘lgan mehrni oshirish va uni targ‘ib qilish, aholiga, ayniqsa yoshlarga kerakli bo‘lgan axborotni mustaqil ravishda izlash va qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash, axborot-kutubxona foydalanuvchilariga internet orqali xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini oshirish ekanligini ta’kidladi.
2014 yil 24 oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida «Ijtimoiy hamkorlik: «Sharq ayoli» Xalqaro Ayollar Jamoa Jamg‘armasining tajribasi» deb nomlangan konferensiya bo‘lib o‘tdi.
2014 yil 22 oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Qo‘lyozmalar, nodir va aloxida qimmatga ega nashrlar xizmati tomonidan yoshlarga islom dinining asl mohiyatini tushuntirib berish, ularni turli g‘arazli oqimlar va harakatlarning tinchlikka va havfsizlikka solayotgan tahdididan muhofaza qilish maqsadida Aydarbek Tulepovning “Islom va aqidaparast oqimlar” monografiyasida ko‘tarilgan muammolar doirasida «Ma'naviy barkamol avlod tarbiyasi» nomli davra suhbati o‘tkazildi.
“BMT- bu xalqlarning tinch-totuv yashashga bo‘lgan ezgu irodasining buyuk ramzi, insoniyat ma'naviy taraqqiyotining yorqin nishonasidir.” I.Karimov.
2014 yil 23 oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida S. Xodjayevning “Axborotlashtirish. Zamonaviy qarash” monografiyasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
2014 yil 21 oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kunning 25 yilligi doirasida “Ona tilim - jon tilim” mavzusida maktab va kollej o‘quvchilari tayyorlagan adabiy-badiiy tadbir o‘tkazildi.
2014 yil 22 oktabr kuni soat 15:00 da majlislar zalida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Qo‘lyozmalar, nodir va alohida qimmatga ega nashrlar xizmati tomonidan yoshlarga islom dinining asl mohiyatini tushuntirib berish, ularni turli g‘arazli oqimlar va harakatlarning tinchlikka va xavfsizlikka solayotgan tahdididan muhofaza qilish maqsadida Aydarbek Tulepovning “Islom va aqidaparast oqimlar” monografiyasida ko‘tarilgan muammolar doirasida «Ma'naviy barkamol avlod tarbiyasi» nomli davra suhbati o‘tkaziladi.
2014 yil 21 oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganining 25 yilligini nishonlash munosabati bilan O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov bilan ijodiy uchrashuv hamda “So‘z latofati” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
2014 yil 20 oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Toshkentdagi G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti filiali direktori, iqtisodiyot fanlari nomzodi, Rossiya fanlar Akademiyasi akademigi, professor Qalandar Abduraxmonov bilan uchrashuv b'lib o'tdi.
2014 yil 20 oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga BMTTD boshqaruvi raisi Xelena Klark boshchiligida BMTTD noiblari Martin Xart-Xansen va Djen Xarfst, O‘zbekistondagi BMT vakolatxonasining rahbari, BMTTDning doimiy vakili Stefan Prizner, O‘zbekistondagi BMTTDning doimiy vakili o‘rinbosari Farid Karaxanov, O‘zbekistondagi BMTTD loyihasi rahbari Bahodir Ayupov, BMTTD havfsizligi bo‘limi vakili Aziz Ro‘ziqulov, tarjimonlar Ahror Askarov va Alisher Xoshimovlardan iborat rasmiy delegatsiya tashrif buyurdi.
Tashrif davomida mehmonlarni Milliy kutubxona bilan yaqindan tanishtrish maqsadida ularga ekskursiya tashkil etildi. Mehmonlar ma'lumotxona va ro‘yxatga olish xizmatlari, “Kitob muzeyi”, ko‘rgazmalar zali, o‘quv zallari va u yerda foydalanuvchilarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar. Kutubxonada joriy qilingan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va kutubxonaning zamonaviy jihozlanishi mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.
2014 yil 20 oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida XIV Italyan tili haftaligi doirasida “O‘zbekiston-Italiya” Do‘stlik jamiyati, A.Navoi nomidagi O‘zbekiston Davlat Katta akademik teatri, O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti va O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hamkorligida Do‘stlik kechasi o‘tkazildi. Do‘stlik kechasiga Italiyaning O‘zbekistondagi favqulotda va muhtor elchisi Rikkardo Manara boshchiligida diplomatik korpus vakillari, “O‘zbekiston-Italiya” Do‘stlik Assotsiatsiyasi raisi, A.Navoi nomidagi O‘zbekiston Davlat Katta akademik teatri direktori Baxtiyor Raximovich Yakubov, O‘zbekiston qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov, Toshkentdagi G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti filiali direktori Qalandar Xodjayevich Abduraxmonov va O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti tarjimonlik fakulteti dekani Sevara Ziyayeva boshchiligida professor-o‘qituvchilar va talabalar jamoasi tashrif buyurdilar.
G‘ulomov R. va boshq. «Potensial i perspektivы razvitiya plodoovoщyevodstva i vinogradarstva Uzbekistana» (“O‘zbekiston meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasi imkoniyatlari va rivojlanish istiqbollari”), Toshkent, O‘zbekiston, 2014.-156b.
“O‘zbekiston o‘z meva-sabzavotchilik va uzumchilik maxsulotlarining raqobatbardoshligi bilan ajralib turadi va shu tufayli obro‘li savdo markasiga aylangan” - deb baholaydi Prezident Islom Karimov qishloq ho‘jaligining shu sohasini.
Mazkur kitob kitobxonlar ommasini O‘zbekiston meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasi imkoniyatlari va rivojlanish istiqbollari bilan tanishtirishni maqsad qilgan.
2014 yil 21 oktyabr kuni O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganining 25 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Milliy kutubxonasida o‘zbek tilining paydo bo‘lishi, shakllanishi va rivojlanib mukammal tillar qatoridan o‘rin egallashiga dahldor voqyealar va ma'rifat fidoiylari haqida kutubxonaning videomarkazida filmlar namoyishi bo‘lib o‘tadi.
Shu munosabat bilan foydalanuvchilar hukmiga quyidagi filmlar havola etiladi:
"Xitoydan to Xuroson"gacha yoyilgan turkiy qavmlarni "yakqalam" qilgan, o‘zbek tili, adabiyoti, madaniyatiga, insonlar baxt-saodati, xalq farovonligi, mamlakat obodligi uchun ulkan hissa qo‘shgan, o‘zbek tilining asoschisi, ulug‘ mutafakkir Alisher Navoiy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan rejissyor Komil Yormatov tomonidan 1947 yilda suratga olgan “Alisher Navoiy” badiiy filmi;
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi 27-31 oktyabr kunlari “INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligini o‘tkazadi. Haftalikni o‘tkazishdan asosiy maqsad - yoshlarning axborotga ega bo‘lish intilish va qiziqishini qo‘llab-quvvatlash, ularni yangi nashr qilingan ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-ma'rifiy, o‘quv va badiiy adabiyotlar bilan batafsil tanishtirishdan iborat.
Milliy axborot-kutubxona haftaligining bosh maqsadi - mutolaani yanada kuchaytirish va targ‘ib qilish, axborot madaniyati darajasini ko‘tarish, Internet tarmog‘ida milliy kontentni rivojlantirishga va axborot-kutubxona xizmati imkoniyatini oshirishga hissa qo‘shish.
2014 yil 17 oktyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasining kinomarkazida hamkorlar ishtirokida “INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligini o‘tkazishga masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilganlarga “INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftalik doirasida adabiyotlarimizni ommalashtirish va o‘zaro aloqa almashinuvini rivojlantirish maqsadida bir qancha ijtimoiy-madaniy, sohaviy tadbirlar (Nodir nashrlarning restavratsiyasi va konservatsiyasi bo‘yicha seminar, axborot-kutubxona faoliyati me'yoriy-huquqiy asoslarining rivojlanishi mavzusida davra suhbati, taqdimotlar), Milliy kutubxonaning yangi dasturlari taqdimoti, kitob ko‘rgazmalari, yangi adabiyotlarning ochiq ko‘rgazmasi, kitob chop etish va savdosi bilan shug‘ullanuvchi nashriyotlar, tashkilotlar ishtirokida kitob ko‘rgazmalari, yozuvchilar, musiqashunoslar, rassomlar, rejissyorlar, tarixchi arxeologlar, jamoat va xalqaro tashkilotlar, yoshlar harakati vakillari bilan ijodiy uchrashuvlar, shuningdek, bolalar va yoshlarning ma'naviy-madaniy bilimlarini oshirish
Chepel S.V. «O‘zbekiston milliy iqtisodiyotining rivojlanish istiqbollari tahlili va modellashtirish» Monografiya, Toshkent. IFMR nashriyoti.
Monografiyaning dolzarbligi shundaki, u jahon iqtisodiyoti globallashuvi jarayonida xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish va istiqbolini belgilashning o‘ziga xos yondashuvini taklif qiladi.
Uzoq davr hukumat muassasalari qoshidagi iqtisodiy yo‘nalishdagi institut va markazlarda faoliyat yuritgan muallif, bozor islohotlariga o‘tish davrida O‘zbekiston iqtisodiyotining samaradorligi tahlili va istiqbolini belgilash modellari va usullari sohasidagi o‘zining boy tajribasiga tayangan holda «O‘zbekiston milliy iqtisodiyotining rivojlanish istiqbollari tahlili va modellashtirish» monografiyasini havola qiladi.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganining 25 yilligi munosabati bilan 21 oktyabr kuni “Uch daryodan suv ichgan dengiz” shiori ostida tadbirlar turkumini tashkil qiladi:
11:00 – 13:00 da Kinomarkazda “Alisher Navoiy” badiiy filmi namoyishi
11:00 – 13:00 da Kutubxona foyesida “Ona tilim - jon tilim” mavzusida talaba va o‘quvchilar ishtirokida adabiy-badiiy tadbir
14:30 – 15:30 da Kinomarkazda “Asrlar osha kelgan”, “O‘zbekistonda ta'lim” hujjatli filmlar namoyishi
15:00 – 17:00 da O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov bilan ijodiy uchrashuv hamda “So‘z latofati” kitobi taqdimoti
Bugun “Tafakkur” o‘quv zalida shoir, dramaturg va rassom M.Yu.Lermontov tavalludining 200 yilligiga bag‘ishlangan kitoblar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Ko‘rgazmada M.Yu.Lermontov hayoti va ijodiga bag‘ishlangan, Milliy kutubxona fondida saqlanuvchi kitoblar kitobxonlar hukmiga havola etildi.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi va Toshkent viloyati pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish instituti hamkorligida kutubxonaning majlislar zalida “Ma'rifat fidoiylari” rukni ostida "G‘oyamiz-himoyamiz" deb nomlangan ijtimoiy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Filologiya fanlari nomzodi, jurnalist Rahimboy Jumaniyozov tashabbusi bilan o‘tkazilgan tadbirda mazkur institut ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Nilufar Yuldasheva, “Itelektual auksion” ko‘rsatuvi boshlovchisi Rustam Mirvohidlar ishtirok etdilar va diniy ekstremistik, terroristik harakatlarning maqsadlari, bunyodkor va vayronkor g‘oyalar o‘rtasidagi kurash haqida fikr bildirdilar va Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlashimiz, ravnaq ettirishimiz kerakligini ta'kidlab bu borada pedagog kadrlar oldida turgan vazifalar haqida gapirdilar.
Shu kunlarda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Qo‘lyozma, nodir va alohida qimmatga ega nashrlar” fondida saqlanayotgan qadimgi va tarixiy kitoblar muzeyida Sharqda me'morchilik san'ati va arxitektura tarixiga bag‘ishlangan ekspozitsiya bo‘lib o‘tmoqda.
Ekspozitsiyadan Sharq arxitektura qurilishlari, me'moriy obidalar, sharqona naqshlar haqida ma'lumot beruvchi, litografik fotosuratlar ilova qilingan taniqli tarixchi, sharqshunos, arxitektor va san'atshunos olimlarning 44 ta kitobi o‘rin olgan.
Jаmоаtchilik vа ilmiy dоirа hаmdа Аlishеr Nаvоiy nоmidаgi O`zbеkistоn Milliy kutubхоnаsi а’zоlаrining qiziqishlаri, shuningdеk, kutubхоnаgа dоimiy hоldа хоrijiy mеhmоnlаr tаshrifini hisоbgа оlgаn hоldа, kutubхоnа mа’muriyati muzеy mаzmunini jоnlаntirishgа qаrоr qildi. Shu munоsаbаt bilаn 2014 yil 1 – 31 оktabr kunlаri “Qo`lyozmа, nоdir vа аlоhidа qimmаtgа egа nаshrlаr”gа bоy fоndidа sаqlаnаyotgаn qаdimgi vа tаriхiy kitоblаrning kutubхоnа muzеyidа Shаrq аrхitеkturаsining erаmizdаn аvvаl IV аsrdаn bоshlаb hоzirgi dаvrgа qаdаr bаg`ishlаngаn nаvbаtdаgi ekspоzitsiyasi o`tkаzilmоqdа.
Milliy bibliografiya ma’lumotlari bazasini shakllantirsh xizmati AIBS dasturi asosida elektron ma’lumotlar bazasini o‘lkaga oid bo‘lgan gazeta va jurnal maqolalari bilan to‘ldirib kelmoqda. 2014 yil 29 sentyabr – 3 oktyabr holatiga ko‘ra 36 nusxa gazeta, 21 jurnallardan, jami 485 bibliografik yozuv kiritildi. 250 bibliografik yozuv tahrir qilindi.
O‘zbekiston Respublikasida chiqariladigan nashrlarga kitobning xalqaro standart tartib raqamini (ISBN) berishda - 30 ta ISBN raqami (kattalar adabiyoti uchun 27 ta va bolalar adabiyoti uchun 3 ta) berildi. 9 hisob-kitob shartnomasi tuzildi.
2 oktabr kuni soat 15:00da “Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan “Mehr nuri yog‘ar doim yuzingizdan,Ustozlar!” nomli kitob-rasmli ko‘rgazma;
5 oktabr kuni soat 15:00 da kichik majlislar zalida O‘zbekistondagi Britaniya kengashi vakolatxonasi tomonidan “Speaking English at home” nomli bolalar va ota-onalar bilan ingliz tilida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi;
10-11 oktabr kunlari soat 12:00da majlislar zalida "G‘oyamiz-himoyamiz" ijtimoiy-ma’rifiy loyihasi doirasida tadbir o‘tkaziladi
11 oktabr kuni soat 15:00 da kichik majlislar zalida O‘zbekistondagi Britaniya kengashi vakolatxonasi tomonidan “Speaking English at home” nomli bolalar va ota-onalar bilan ingliz tilida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi;
Ro‘yhatdan o‘tgan foydalanuvchilar –4738 (jami –90404);
Qatnovlar –39260;
Kitob berilishi –383500;
Ekskursiyalar (tashkilotlar) – 76, qatnashganlar soni – 2871;
Yangi kelib tushgan nashrlar: kitoblar – 831, avtoreferatlar – 301, jurnallar – 400, gazetalar – 2579, CD ROM – 193. Jami – 4304;
KBK (Kutubxona Bibliografik Klassifikatsiyasi) qo‘yildi – 275;
Kitobning xalqaro standart tartib raqami (ISBN) – 324;
Davriy nashrlarning standart tartib raqami (ISSN) – 1; Elektron katalogga kiritilgan bibliografik yozuvlar – 2163;
AAKT – 522550.
"… Biz yurtimizda yangi avlod, yangi tafakkur sohiblarini tarbiyalashdek mas'uliyatli vazifani ado etishda birinchi galda ana shu mashaqqatli kasb egalariga suyanamiz va tayanamiz, ertaga o`rnimizga keladigan yoshlarning ma'naviy dunyosini shakllantirishda ularning xizmati naqadar beqiyos ekanini o`zimizga yaxshi tasavvur qilamiz”.
I.Karimov
Ushbu ko’rgazmada ustoz va murabbiylarning ta’lim sohasida olib borayotgan mehnatlarini aks ettiruvchi kitoblar o’rin olgan.
Farzandlar ta'lim-tarbiyasi, kamoloti haqida qayg`urish xalqimizning azaliy fazilatlaridan biridir. Shu sababli o`qituvchi va murabbiylar yurtimizda sharafli kasb egalari sifatida har doim hurmat va e’tibordadir. O`qituvchi bugun o`zi ta'lim berayotgan shogirdining kamoloti ila kelajakka poydevor qo`yadi.
Bayramingiz qutlug' bo'lsin aziz ustozlar!!!
2014 yil 25 sentabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “O‘zbekistonda katta yoshlilar ta'limi: islohotlar va istiqbollar” anjumani o‘z ishini yakunladi.
Jumladan, katta yoshlilar ta'limi Xalqaro Kengashi Bosh kotibi Katarina Popovich “Xalqaro kontekstda katta yoshlilar ta'limi: bugungi kun ahvoli va ertangi kunga ogohlik” mavzusidagi ma'ruzasida Yevropada savodxonlik, hisoblash ko‘nikmalari va AKT savodxonligi darajasini aniqlash ustida olib borilgan ishlar haqida gapirib berdi va aniq ma'lumotlar keltirdi. Ba'zi mamlakatlarda nafaqat katta yoshlilar ta'limi, balki savodsizlik, gender, demografik va boshqa muammolar mavjud bo‘lgan bir vaqtda, O‘zbekistonda katta yoshlilar ta'limi masalasiga qaratilayotgan e'tiborga bugungi nufuzli anjuman misol bo‘la olishini e'tirof etdi. Hattoki bir nechta trenerlar guruhi shakllangani va bu sohadagi istiqboldagi rejalar haqida boshqa davlatlardagi mutaxassislarga o‘rtoqlashish istagini bildirdi.
Hurmatli foydalanuvchilar!
O‘zbekiston Milliy kutubxonasining Skanerlash va raqamlashtirish xizmati tomonidan “O‘zbek tili va adabiyoti” jurnalining 1958 yildan 2013 yilgacha hamda “O‘zbekistonda ijtimoiy fanlar” jurnalining tashkil topgan kunidan (1961 yil) shu bugungi kungacha chop etilgan sonlarining to‘liq elektron shakli PDF formatida yaratildi. Jurnal arxividan kutubxonaning O‘qish zallarida foydalanishingiz mumkin.
2014 yil 23 sentyabr kuni “Turkiston” saroyida MIT.UZ- Milliy internet tanlovining taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Yoshlarini sog‘lom axborot muhitiga moslashtirish maqsadida tashkil etilayotgan MIT.UZ - Milliy internet tanlovida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “O‘zbekistonning boy madaniyati va san'ati, tarixi hamda istiqlol g‘oyalari va ma'naviy qadriyatlarni aks etgan eng yaxshi sayt” nominatsiyasida birinchi o‘rin egalladi va qimmatli sovg‘alar bilan taqdirlandi.
2014 yil 30 sentabr kuni Tozalik kuni deb e’lon qilinganligini va ushbu kun Milliy kutubxona foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatmasligini ma’lum qilamiz.
2014 yil 24 sentyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida katta yoshlilar ta'limi masalasini mutasaddi tashkilotlar vakillari bilan hamkorlikda muhokama qilish, 2011 yilgi Milliy Forum natijalarini baholash, shu sohadagi xalqaro tendensiyalar bilan tanishish, O‘zbekistonda katta yoshlilar ta'limi istiqbollari ni belgilash maqsadida “O‘zbekistonda katta yoshlilar ta'limi: islohotlar va istiqbollar” mavzusida YUNESKO anjumani o’z ishini boshladi.
2014 yil 23 sentyabr kuni soat 15:00da O‘zbekiston Milliy kutubxonasining kichik majlislar zalida kutubxonada chop etilgan kitoblar haqida “Mutolaa saodati” deb nomlangan taqdimot bo‘lib o‘tadi. Unda nashriyotimizda mustaqillik davrida dunyo yuzini ko‘rgan quyidagi adabiy, ilmiy va badiiy asarlar to‘g‘risida kitobxonlar bilan muloqot tashkil etiladi.
2014 yil 22 sentyabr kuni Yoshlar ijodiyoti saroyida “Best Soft Uzbekistan 2014” dasturiy maxsulotlarning UZ milliy domeni internet-festivali bo‘lib o‘tdi.
Bu yirik festival sakkizinchi marta Markaziy Osiyo mintaqasida axborot texnologiyalari sohasida o‘tkazilmoqda. Uning maqsadi keng omma va mutaxassislarni mamlakatimizdagi axborot texnologiyalari sohasidagi dasturiy ta'minot loyihalarni yaratish, ularni targ‘ib qilish va milliy kompyuter texnologiyalari sanoatini rivojlanish istiqbollari bilan tanishtirishdan iborat.
2014 yil 23 sentyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining Kichik majlislar zalida mazkur kutubxona nashriyotida chop etilgan kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Taqdimotda nashriyotimizda dunyo yuzini ko‘rgan adabiy, ilmiy va badiiy asarlar to‘g‘risida muloqot tashkil etilib, unda taniqli adiblar Tohir Malik, Mirpo‘lat Mirzo, Vafo Fayzulloh, Zuhriddin Isomiddinov, Sayyora Bekmirzayeva va Adiba Umirova va boshqa yozuvchilar ishtirok etishdi.
15 – 19 sentyabr Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 239 ta yangi nomdagi axborot resurslari qabul qilinib, ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Shulardan 227 ta kitob, (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlashtirildi: ta’lim va madaniyat – 126 nusxa, ijtimoiy fanlar – 32 nusxa; tibbiyot – 3 nusxa; texnika – 4 nusxa; dinshunoslik – 5 nusxa; san’at – 3 nusxa; tabiiy fanlar – 11 nusxa; ma’lumot adabiyotlari – 5 nusxa; tilshunoslik – 19 nusxa; sport – 3 nusxa; adabiyotshunoslik – 16 nusxa) 12 ta avtoreferatlar (tibbiyot – 6 nusxa; texnika – 2 nusxa; tabiiy fanlar - 1 nusxa; ijtimoiy fanlar - 1 nusxa; q./x. – 1 nusxa; ta’lim madaniyat – 1 nusxa) texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.
2014 yil 18 sentyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi katta majlislar zalida “O‘zbek jang san'ati” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Respublika Ma'naviyat targ'ibot markazi, “Oltin meros” hayriya jamg‘armasi, OAV vakillari, O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va Toshkent avtomobil yo‘llari institutlari talaba va professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi.
2014 yil 17 sentyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga Ummon sultonligi Milliy Devonxonasi va arxivi raisi Dr. Hamad Al Davani va Ummon sultonligining O‘zbekistondagi favqulotdagi va muxtor elchisi Muxammad ibn Said ibn Muhammad Al Lavatilar tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida mehmonlarni Milliy kutubxona bilan yaqindan tanishtrish maqsadida ekskursiya tashkil etildi.
«Har kim o‘zgalarni xohlasa, o‘zini xohlabdi, kimki o‘zini xohlabdi, bilsinki, o‘zini xohlamabdi» degan edilar hazrat Bahovuddin Naqshbandiy. Shu satlardayoq hazrat Bahovuddin Naqshbandiyning buyuk zehni, zakovati va salohiyatini his qilmoq qiyin emas.
U qalblar naqqoshi bo‘lgan, ya'ni Olloh naqshini o‘z muridlarining qalblarida ma'naviy jihatdan naqsh qilib qoldirgan, shuning uchun ham “naqshband” deb atalgan.
Milliy kutubxonaning kichik majlislar zalida O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi ijodkorlar uyushmasi a'zosi, grafik-rassom Asliddin Kalonov bilan bo‘lib o‘tgan ijodiy uchrashuvda O‘DK (o‘quv davolash kolleji) va Borovskiy nomidagi Toshkent tibbiyot kolleji o‘quvchilari ishtirok etdilar.
Uchrashuvdan avval tomoshabinlar rassom va uning shogirdlari mo'yqalamiga mansub ko'rgazmani tomosha qildilar
Mazkur seminar “Zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llagan holda axborot-kutubxona resurslarining saqlanishi, ularni restavratsiya va konservatsiya qilish, elektron bazasini yaratish” masalalariga bag‘ishlangan bo‘lib unda Farg‘ona, Buxoro va Samarqand viloyatlari va ularga yaqin viloyatlar Axborot-kutubxona, axborot-resurs markazlarining nodir fondlar bilan ishlovchi mutaxassis va xodimlari hamda tegishli viloyat muzeylar mutaxassislari qatnashdilar.qatnashdilar.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 23 yilligi munosabati bilan buyuk mutafakkir, shoir va davlat arbobi Alisher Navoiy ijodiga bag‘ishlangan nodir tarixiy kitoblar ko‘rgazmasi davom etmoqda.
Navbatdagi yig‘ilishning kun tartibida
-Onore de Balzakning “Fransuz yozuvchilariga maktub” asari muhokamasi;
-O‘zbekiston Mustaqilligining 23 yilligiga bag‘ishlangan “Vatanimiz kelajagi yoshlar qo‘lida” mavzusida mushoira;
-“Modern va she'riyat” mavzusida baxs va munozara;
-Yangi nashrlar bilan tanishtirish kabi masalalar o‘rin oldi.
2014 yil 10 sentyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Kichik majlislar zali”da “Yoshlar kuylaganda” turkumidan qo‘shiqchi-shoirlar Bobur Bobomurod va Ahad Qayumlar bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
“Yoshlar kuylaganda” turkumidan tashkil etilgan qo‘shiqchi-shoirlar Bobur Bobomurod va Ahad Qayumlar bilan bo‘lgani ijodiy uchrashuv she'riyatning yangi yulduzlarini yoqqan bo‘lsa ajab emas.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Ochiq eshiklar” haftaligining 3-kuni har doimgidan ham tashrif buyuruvchilar bilan gavjum.
Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, Toshkent Tibbiyot Akademiyasi xarbiy tibbiyot fakulteti va Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti maxsus fakulteti, Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent Davlat Iqtisodiyot universitetlaridan kelgan jami 253 nafar talabala Milliy kutubxona kechasi va buguni haqida ma’lumot beruvchi videolavhani, kutubxona muzeyidan o‘rin olgan noyob eksponatlarni tomosha qildilar. Ayniqsa, foyeda o‘rnatilgan info-kiosk bilimga chanqoq yoshlarning e’tiborini jalb qildi.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Ochiq eshiklar” haftaligining oxirgi kuni mehmonlarga va qiziqarli tanishuvlarga boy bo‘ldi.
Barcha tashrif buyurganlarga tanishtiruv ekskursiyalari, ba'zi qizquvchan talabalar uchun esa alohida mavzuli ekskursiyalar tashkil etildi. Kutubxona bilan tanishuv davomida yoshlar kutubxona tarixi, xizmat turlari, kitob fondi va ulardan foydalanish qoidalari bilan tanishdilar.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi bugun mualliflik qo‘shiqlar muxlislarini ijrochisi Gennadiy Arefyevning «Vals kostra» deb nomlangan yangi musiqiy diski taqdimotiga to‘pladi. Bu janr keng tarqalmagan bo‘lishiga qaramay o‘z ixlosmandlariga ega.
2014 yil 4 sentyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi majlislar zalida “Men Vatanim ravnaqiga hissa qo‘shishni xohlayman!” shiori ostida O‘zbekiston XDP Yoshlar qanotining “Yosh siyosatchi-2014” respublika tanlovining yakunlovchi bosqichi o‘tkazildi.
O‘zbekiston Xalq Demokratik partiyasi va uning “Istiqbol” Yoshlar qanoti tomonidan tashkil etilgangan mazkur tadbirdan ko‘zlangan maqsad mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonlarida yoshlarning bilim darajasini yuksaltirish, ularda mamlakatimizda yuz berayotgan barcha o‘zgarishlarga nisbatan dahldorlik hissini kuchaytirishdir.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan tashkil etlgan “Ochiq eshiklar” haftaliging 2-kuni mehmonlarga va qiziqarli taassurotlarga boy o‘tdi.
“Ochiq eshiklar” haftaligida O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga tashrif buyurgan O‘zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya instituti, Toshkent tekstil va yengil sanoat instituti, Toshkent Moliya instituti va Gubkin nomli neft va gaz universiteti talabalari Milliy kutubxona xizmat ko‘rsatishdagi keng imkoniyatlari bilan tanishdilar va kutubxona bo‘ylab tanishuv sayohatini amalga oshirdilar.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida 2 sentyabrdan 5 sentyabrga qadar “Ochiq eshiklar haftaligi” deb e’lon qilinishi munosabati bilan 2 sentyabr - “Bilimlar kuni”da kutubxona foydalanuvchilari va mehmonlar tashrifi har kungidan ortib ketdi.
Ushbu haftalikni tashkil qilishdan asosiy maqsad O‘zbekiston Milliy kutubxonasining foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatishdagi keng imkoniyatlari bilan tanishtirishdan iborat bo‘lib, unda kutubxona bo‘ylab tanishuv sayyohatlari, kutubxonada mavjud katalog va kartotekalardan (elektron, alfavit va sistemali) foydalanish tartibi, kerakli bo‘lgan resurslarni izlash, ularga buyurtmani rasmiylashtirish, WEB-AAKT da ishlash ko‘nikmasi, onlayn xorijiy ilmiy-ta’limiy ma’lumotlar bazasi imkoniyatlari va ulardan foydalanish, yangi a’zo bo‘lgan foydalanuvchilar uchun lotoreyalar hamda kutubxona Kinomarkazining oltin fondidan o‘rin olgan badiiy va hujjatli filmlar namoyishi kabi tadbirlar o‘rin olgan.
25 – 29 avgustgacha Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 190 ta yangi nomdagi axborot resurslari qabul qilinib, ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Shulardan 125 ta kitob, (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlashtirildi: ta’lim va madaniyat – 121 nusxa, ijtimoiy fanlar – 4 nusxa) 69 ta avtoreferatlar (siyosat - 7 nusxa; tibbiyot – 12 nusxa; texnika – 5 nusxa; san’at – 1 nusxa; tabiiy fanlar - 17 nusxa; ijtimoiy fanlar - 25 nusxa) texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.
4604 nomdagi bibliografik yozuvlar to‘liq matnli tekstlarga ulandi.
2-5 sentyabr kunlari soat 10:00–17:00 Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida yangi o‘quv yili boshlanish munosabati bilan “Ochiq eshiklar haftaligi” tashkil etiladi. Unda quydagi tadbirlar amalga oshiriladi:
kutubxona bo‘ylab tanishuv sayyohatlari;
kutubxonada mavjud katalog va kartotekalardan (elektron, alfavit va sistemali) foydalanish tartibi;
kerakli bo‘lgan resurslarni izlash, ularga buyurtmani rasmiylashtirish, WEB-AAKT da ishlash ko‘nikmasi;
onlayn xorijiy ilmiy-ta’limiy ma’lumotlar bazasi imkoniyatlari va ulardan foydalanish;
yangi a’zo bo‘lgan foydalanuvchilar uchun lotereyalar;
“Kamolot” YoIH vakillari bilan uchrashuv;
kutubxona Kinomarkazining oltin fondidan o‘rin olgan badiiy va hujjatli filmlar namoyishi.
Ro‘yhatdan o‘tgan foydalanuvchilar - 773 (jami – 85 674)
Qatnovlar – 31 203
Kitob berilishi - 415175
Ekskursiyalar (tashkilotlar) - 5, qatnashganlar soni - 610
Yangi kelib tushgan nashrlar: kitoblar - 19, avtoreferatlar - 88, jurnallar - 107, gazetalar - 1022, CD-ROM - 1. Jami - 1237
KBK (Kutubxona Bibliografik Klassifikatsiyasi) qo‘yildi - 266
Xalqaro standart raqami ISBN qo‘yildi - 347
2014 yilning август oyida ro‘yhatga olingan foydalanuvchilar soni 773
Shulardan:
Erkak 408
Ayol 365
Foydalanuvchilar quyidagi toifalar bo‘yicha taqsimlandi:
Talaba174
O‘quvchi 149
Abituriyent 116
Millat, Vatan xalq istiqboli degan muqaddas tushunchalar hamma vaqt qalbimizning turidan joy olib, har birimizning hayotimizda, ongimizda charx urib turishi darkor. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bu fikrlari hayotimizning har bir jabxasi uchun bevosita aloqadordir. Shuningdek, bugungi kunlarimiz tadbirlari, muhim anjumanlari va bayramlariga ham. Chunonchi, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining kichik majlislar zalida 28 avgust kuni Qatag‘on qurbonlariga bag‘ishlangan “O‘tganlar yodi bu...” nomli tadbir bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 23 yilligi hamda «Bilimlar kuni» munosabati bilan 2 dan 22 sentyabrga qadar Milliy kutubxona muzeyida buyuk mutaffakkir, shoir va davlat arbobi Alisher Navoiyning ijodiga bag‘ishlangan nodir va tarixiy adabiyotlar namoyish etilmoqda. Muzeydagi kitoblar XVIII asr o‘rtalari va XXI asr boshlariga oid bo‘lib, qo‘lyozma, toshbosma va zamonaviy usullarda ishlangan. Alisher Navoiyning qo‘lyozma va toshbosma asarlari asosan O‘zbekistonda o‘tgan asrlarda yaratilgan kitoblardir. Zamonaviy nashrdagi kitoblarning bir qismi jahonga mashhur O‘zbekiston va G‘arb olimlarining Alisher Navoiy ijodi va faoliyatini o‘rganishga bag‘ishlangan ilmiy asarlaridan tashkil topgan.
2014 yil 29 avgust Tozalik kuni dеb e’lon qilinadi va ushbu kun Milliy kutubxona foydalanuvchilarga soat 14.00 dan xizmat ko‘rsatadi.
18 - 22 avgustgacha Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 182 ta yangi nomdagi kitob qabul qilinib ro‘yxatdan o‘tkazildi.
182 ta kitob (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlashtirildi: tibbiyot - 13 nusxa, badiiy adabiyot – 28 nusxa, texnika – 12 nusxa, san’at – 2 nusxa, ta’lim va madaniyat – 27 nusxa, tabiiy fanlar – 26 nusxa, sport – 14 nusxa, adabiyotshunoslik – 4 nusxa, tilshunoslik – 8 nusxa, dinshunoslik – 4 nusxa, ijtimoiy fanlar – 42 nusxa) texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.
17 avgust kuni Lion shahridagi Kongress markazida (Convention Centre) IFLA Kongressining 80-chi rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Kutubxona assotsiatsiyalari va muassasalarining xalqaro federatsiyasi (IFLA) ning 80 Bosh Konferensiya va Assambleyasi g‘oyalar bilan almashinish, tajriba almashish, yangi axborot texnologiyalarini muhokama qilish va kutubxona ishida erishilgan muvaffaqiyatlarni namoyish qilish uchun butun dunyodan mutaxassislarni bir erga jamlaydi. Konferensiya ishi kunlari axborot-kutubxona texnologiyalarining eng so‘nggi ishlanmalari hamda bosma va elektron shakldagi eng yangi nashrlarning ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
18 avgust kuni Lion shahridagi Kongress markazida kutubxonachilarning хalqaro forumi o‘z ishini davom ettirdi.
Anjuman axborot-kutubxona faoliyatining 29 ta yo‘nalishi bo‘yicha umumiy kengash va sektsiya majlislarida o‘z ishini davom ettirdi.
IFLA Prezidentining umumiy yig‘ilishdagi chiqishi qatnashchilarda katta qiziqish uyg‘otdi va Kongress uchun maxsus tayyorlangan Lion deklaratsiyasi bilan hammaga ibrat bo‘ldi. Sessiya uchun 5 ta ma’ruza tayyorlangan bo‘lib, birinchi ma’ruza kitobxon (foydalanuvchi)ning axborotdan foydalana olish savodxonligi va qanchalik chuqur bilimga egaligiga, ommaning axborot savodxonligini oshirishda kutubxonalarning o‘rni, yangi texnologiyalar va o‘sish tendentsiyalariga bag‘ishlandi.
15 avgust kuni A. Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining “O‘zbekiston” zalida shoir Avaz O‘tar o‘g‘li tavalludining 130 yilligiga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tdi. Anjumanda filologiya fanlari doktori Tozagul Matyoqubova hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Davron Rajab va kutubxona nashriyoti bosh muharriri Shukur Qurbonlar ma’rifat so‘zining ma’nosi bilim, fan, ma’lumot olish, tanishish degani, Avaz O‘tarni biz ma’rifatparvar shoir deyishimiz avvalo u shoirning ma’rifat haqida o‘ylagani, va uni tarqatish bo‘yicha qilgan ishlarini, ijodini yaqindan o‘rganishimiz kerak deb o‘z fikrlarni bayon ettdilar.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 23 yillik bayramini “Yagonasan, muqaddas Vatanim, sevgi va sadoqatim senga baxshida, go‘zal O‘zbekistonim!” shiori ostida munosib nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish, xalqimiz orasida milliy qadriyatlarimizga xos bo‘lgan o‘zaro mehr-muruvvat kabi ezgu fazilatlarni yuksaltirish, “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2014 yil 7 avgustdagi № 600-f sonli farmoyishi talablarini ta’minlash maqsadida joriy yilning avgust oyi tozalik oyligi deb e’lon qilindi va 16-17 avgust kunlari O‘zbekiston Milliy kutubxonasida umumxalq xayriya hashari tashkil etildi.
13 avgust kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining kichik majlislar zalida Vatanimiz Mustaqilligining 23 yilligi munosabati bilan “Yagonasan Mustaqil Vatan!” nomli davra – suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida kutubxona fondida saqlanayotgan mazmun va mohiyati jihatidan teran, rejissurasi diqqatga molik bo‘lgan “Mustaqillik arafasida” xujjatli film namoyishi anjuman qatnashchilarida o‘ziga xos taassurot uyg‘otdi.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Respublika ilmiy pedagogika kutubxonasi, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi bilan hamkorlikda “Pedagogika institutlari Axborot-resurs markazlarining foydalanuvchilarga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni ta’minlash holati va zamonaviy rivojlantirish tendentsiyalari” mavzusida seminar–trening tashkil qilindi. Seminarda respublikada faoliyat yuritayotgan pedagogika institutlarining axborot-resurs markazlari mutaxassislari ishtirok etishdi.
Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasining “O’zbekiston” Milliy adabiyot zalida Nuriddin Abdurahmon ibn Ahmad Jomiyning 600 yilligiga bag’ishlangan “Navoiy e’zozlagan siymo” nomli kitob-rasmli ko’rgazma tashkil etildi. Siz ushbu ko’rgazmada Abdurahmon Jomiyning hayoti va ijodi bilan yaqindan tanishib, uning asarlaridan baxramand bo’lishingiz mumkin.
Abdurahmon Jomiy 1414yili Jom viloyatida tug’ilgan. Jomiy qalamiga mansub 46 asari aniqlangan. Jomiy o’zining besh asarini yig’ib “Panj g’anj” (“Besh xazina”) yoki “Xamsa” tuzgan. Bu kitobga “Tuhfatul-ahror” (“Erkinlar tuhfasi”), “Sabhatul-abror” (“Yaxshilar tasbohi”) kabi falsafiy –axloqiy mazmundagi she’riy asarlar: “Yusuf va Zulayxo”, “Layli va Majnun”, “Xiradnomai Iskandariy” dostonlari kiradi. Bu besh asarni 1485 yili yozib tugalladi.
Zal ekranida taqdim etilayotgan kitob varaqlanib, yig‘ilganlarning mazkur san’at to‘g‘risida tasavvurini boyitdi: Insonga tanovul uchun berilgan ne’matlar-kundalik ehtiyojimizga ishlatiladigan, sabzavot mahsulotlaridan tayyorlangan rang-barang shakldagi gul va yaproqlar manzarasi qatnashchilarning olqishlariga sabab bo‘ldi.
Tadbirda O‘zbekiston Milliy kutubxonasining direktor o‘rinbosari Umida Teshabaeva, Oshpazlar assotsiatsiyasi raisi Akbar Umarov va eksperti Nosir Yakubov, Toshkent kimyo-texnologiyasi instituti kafedra mudiri Tolibjon Umaraliev, Toshkent shahar turizm kasb-hunar kolleji pedagogi N. Vahobova, taniqli murabbiy Umid Axrorov, kitob muharriri,shoir Shukur Qurbon, kitob mualliflarining bobolari O‘lmas Ubaydullaev va Shoakbar Abdullaevlar so‘zga chiqib, mamlakatimizda Mustaqillik tufayli yoshlarimizga yaratib berilayotgan ulkan imkoniyatlar to‘g‘risida so‘z yuritdilar.
Mustaqilligimizning 23 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Milliy kutubxonasi «Mustaqil O‘zbekiston mening taqdirimda» nomli foto tanlov o‘tkazilishini ma'lum qiladi.
Tanlovda qatnashish istagida bo‘lganlar 25 avgustga qadar O‘zbekiston Milliy kutubxonasining elektron pochtasi photo@natlib.uz orqali o’z foto suratlarini hamda o‘zlari haqidagi ma'lumotnoma taqdim etishlari so‘raladi.
13 avgust kuni soat 15:00 da kichik majlislar zalida “Yagonasan mustaqil Vatan” nomli tadbir, “Vatan tuyg‘usi” badiiy filmi namoyishi va “Tafakkur” o‘quv zalida “Qadr – qimmatim, tayanchim va iftixorimsan, mustaqil O‘zbekiston!” nomli kitob-rasmli ko‘rgazma
15 avgust kuni soat 10:00 da katta majlislar zalida O‘zXDP tomonidan seminar tashkil etiladi
15 avgust kuni soat 16:00 da “O‘zbekiston” o‘quv zalida O‘zbek ma’rifatparvar shoiri Avaz O‘tar tavalludining 130 yilligiga bag‘ishlangan bibliografik obzor va kitob-rasmli ko‘rgazma
Iyul oyida 1175 ta foydalanuvchi ro‘yhatdan o‘tdi.
Ro‘yhatdan o‘tgan foydalanuvchilar – 1 175 (jami – 84 902)
Qatnovlar – 32 903
Kitob berilishi – 389 147
Ekskursiyalar (tashkilotlar) – 5, qatnashganlar soni – 150
Yangi kelib tushgan nashrlar: kitoblar – 325, avtoreferatlar – 27, jurnallar – 591, gazetalar – 4154, CD-ROM – 9. Jami – 5 106
KBK (Kutubxona Bibliografik Klassifikatsiyasi) qo‘yildi – 183
Xalqaro standart raqami ISBN qo‘yildi – 196
Xalqaro standart raqami ISSN qo‘yildi – 11
Elektron katalogga kiritilgan bibliografik yozuvlar – 1526
Joriy yilning 14 iyuldan - 18 iyulgacha Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 146 ta yangi nomdagi kitoblar qabul qilinib, ro‘yxatdan o‘tkazilib (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlash-
tirildi: texnika - 13 nusxa; san'at - 20 nusxa; ta'lim va madaniyat - 17 nusxa; tabiiy fanlar - 25 nusxa ; sport - 2 nusxa; adabiyotshunoslik - 20 nusxa; ijtimoiy fanlar - 29 nusxa; tilshunoslik - 20 nusxa) texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.
O’zbekiston Milliy kutubxonasining fondi S.V. Chepelning «O’zbekiston milliy iqtisodiyotining barqaror rivojlanish istiqboli andozasining yaratilishi va tizimli tahlili” «Системный анализ и моделирование перспектив устойчивого развития национальной экономики Узбекистана” monografiyasi va Yosh Iqtisodchi olimlarning “Iqtisodiyotning modernizatsiyasi va rivojlantirish zaxiralarini jalb etishning ilmiy asoslari» “Научные основы мобилизации резервов роста и модернизации экономики" nomli to’plami bilan to’ldirildi.
7 – 11 iyulgacha Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 194 ta yangi nomdagi axborot resurslari qabul qilinib, ro’yxatdan o’tkazildi.
Shulardan 92 ta kitob, (quydagi sohalar bo’yicha turkumlashtirildi: siyosat - 2 nusxa; badiiy adabiyotlar – 88 nusxa; texnika – 2 nusxa) 102 ta avtoreferatlar (siyosat - 31 nusxa; tibbiyot – 13 nusxa; texnika – 14 nusxa; san'at – 1nusxa; adabiyotshunoslik - 1 nusxa; tabiiy fanlar – 3 nusxa; ta'lim va madaniyat - 14 nusxa; sport – 6 nusxa; qishloq xo’jaligi - 18 nusxa; ijtimoiy fanlar - 1 nusxa) texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to’ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.
11 iyul kuni O’zbekiston Milliy kutubxonasining Katta Majlislar zalida Toshkent Davlat Yuridik Universitetining Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar kafedrasi bilan hamkorlikda “O’zbekiston Respublikasi sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish: nazariy va amaliy muammolar” mavzuidagi ilmiy-amaliy konferensiya o’tkazildi.
O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo’yicha vakilining 2011-2012 yildagi faoliyati bo’yicha hisoboti o’zbek va rus tillarida chop etilib, O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga taqdim etildi.
Ushbu hisobot Milliy kutubxona foydalanuvchilariga ombudsman faoliyati haqida batafsil ma’lumot beradi.
2-iyul kuni O’zbekiston Milliy Kutubxonasining “Kashfiyot” zalida O‘zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi tasdiqlangan kun munosabati bilan kitob-rasmli ko‘rgazma tashkil qilindi. Istiqlolga erishgach, mamlakatimiz ham o‘z davlat ramzlariga ega bo‘ldi. Bugun O‘zbekiston o‘z Bayrog‘i, Gerbi, Madhiyasi va Valyutasiga ega.
Abu Ali ibn Sino – buyuk mutafakkir, tabib, mashhur ensiklopedist olim, tabiatshunos, faylasuf, tilshunos, shoir, huquqshunos, ahloqshunos, astronom bo‘lib, Markaziy Osiyo xalqlari madaniyatini O‘rta asr sharoitida dunyo madaniyatining oldingi qatoriga olib chiqqan. Yevropada Avitsenna nomi bilan mashhurdir.
30 iyun kuni O’zbekiston Milliy kutubxonasining Katta Majlislar zalida «Le Chat Lunatique» musiqiy djaz guruhi bilan “AQSh da Djaz” mavzuida ijodiy uchrashuv o’tkazildi.
Ro‘yhatdan o‘tgan foydalanuvchilar - 1686 (jami - 83 719)
2014 yilning iyun oyida ro‘yhatga olingan foydalanuvchilar soni 1686
Iyul oyida “Abituriyentlar! Kasb tanlashda qiynalmayapsizmi? ” nomli adabiyotlarning ochiq ko‘rgazmasi tashkil qilinadi.
2 iyul kuni “Kashfiyot” o‘quv zalida O‘zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi tasdiqlangan kun munosabati bilan kitob-rasmli ko‘rgazma tashkil qilinadi.
Axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislarining Koreya Respublikasida o‘z kasbiy malakasini oshirish ishlari davom etmoqda. O‘zbekistonlik mutaxassislarni Xalqaro Kempus direktori professor Li qabul qildi. Mutaxassislar suhbatdan so‘ng kutubxona faoliyati bilan to‘liq tanishib chiqdilar.
27 iyun kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasining “Ijod” zalida XX asrning buyuk rus shoirasi Anna Axmatovaning 125 yilligiga bag‘ishlangan ijodiy uchrashuv o‘tkazildi.
25-iyun kuni O’zbekiston Milliy kutubxonasida BMTTD/BMTK hamkorligida “O'zbekistonda Ijtimoiy Innovatsiyalar va Ko'ngillilik” loyihasi tomonidan tashkil etilgan Ko'ngillilar bilan ishlash bo'yicha qo'llanmaning muhokamasi bo'lib o'tdi.
2014 yil 17 iyun kuni Koreya Respublikasining Prezidenti Pak Kin Xening O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida O‘zbekiston hukumati va Koreyaning eksport-import banki o‘rtasida “Milliy umumta'lim elektron kutubxona” tashkil etish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvi imzolandi.
23 iyun kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasining kinozalida “Danko” adabiy-badiiy uyushmasi tomonidan “Suv-hayot manbai” mavzusida shoirlar va yozuvchilar ishtirokida ijodiy kecha o‘tkazildi.
24 iyun kuni O’zbekiston Milliy kutubxonasida Alisher Navoiyning birinchi marta rus tiliga tarjima qilingan «Жемчужные строфы» („Nazm ul-javohir“) kitobining taqdimoti o’tkazildi.
23-iyun kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining “Istiqbol” o‘quv zalida “23 iyun - Xalqaro Olimpiada kuni” munosabati bilan kitob-rasmli ko‘rgazma tashkil etildi.
“Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch” asarining “Ma'naviyat va jamiyatning yangilanishi” bobida yurtboshimiz Islom Karimov “Har jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalash vazifasi istiqlol yillarida biz uchun hal qiluvchi masalaga aylandi”-deganlarida albatta yosh avlodning mutolaa madaniyatini nazarda tutgan. Negaki, busiz kelajakni tasavvur etish amri mahol.
19 iyun kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida rejissyor Bahodir Yo‘ldoshev bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston Xalq artisti, professor Adiba Sharipova, jurnalist Boris Babayev, Borovskiy nomidagi Tibbiyot kolleji o‘quvchilari, O‘zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti talabalari va Milliy kutubxonaning kitobxonlari ishtirok etishdi.
14 iyun kuni O’zbekiston Milliy kutubxonasida hujjatlar bilan ishlashni takomillashtirish, ijro intizomi, fuqarolarning yozma va og’zaki murojaatlarini ko’rib chiqish, normativ-xuquqiy xujjatlarni va qonunchilik loyihalarining xuquqiy ekspertizasi amaliyotini kuchaytirish hamda Vazirlar Maxkamasi axborot tizimi va telekommunikatsiya masalalari kompleksi tashkilotlarida boshqaruv va ishlab chiqarish jarayonini avtomatlashtirishni ta’minlashda zamonaviy axborotlashtirilgan tizim va dasturiy vositalarni qo'llash masalasida o’quv seminar tashkil etildi.
2014 yilning 13 iyun kuni parlamentlararo hamkorlik doirasida Litva Respublikasi Spikerining birinchi o'rinbosari janob Vidas Gyadvilas va Litva Respublikasining O'zbekistondagi elchisi janob Renat Norkus boshchiligidagi delegatsiya O'zbekiston Milliy kutubxonasiga tashrif buyurdi. Tashrif chog'ida delegatsiya a'zolari nodir va alohida qimmatga ega adabiyotlar, kutubxonada joriy qilingan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, o'quv zallari bilan tanishdilar. Mehmonlar O'zbekiston Milliy kutubxonasining zamonaviy texnik jixozlar bilan yuqori darajada ta'minlanganligi va fondining boyligini e'tirof etdilar.
11 iyun kuni O'zbekiston Milliy kutubxonasida Axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislari tajribasini o‘rganish, erishilgan yutuqlarni umumlashtirish, zamonaviy axborot tеxnologiyalari asosida xizmat ko‘rsatayotgan eng yaxshi mutaxassislarni rag‘batlantirish, mutaxassislarni yuksak ma’naviyatli, o‘z kasbiga fidoiy bo‘lishlari va ilg‘or tajribalarni ommalashtirish maqsadida tashkil etilgan “Axborot kutubxona muassasasining eng yaxshi mutaxassisi” ko’rik tanlovi o’z faoliyatini yakunladi.
9 iyun kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasining o‘quv markazida hududlarda oliy o‘quv yurtlari tasarrufidagi axborot-resurs markazlari rahbarlari uchun o‘quv seminar o‘tkazildi. Seminarning kirish qismini O‘zbekiston Milliy kutubxonasining direktori A.Xodjayev ochib berdi. Seminarda O‘zbekiston Milliy kutubxonasining loyihaviy faoliyati, UZMARC Kommunikativ mashina o‘qiydigan format - kataloglashtirishning yagona talablari, ma'lumotlarni masofaga yetkazib berish va mutimediya resurslar bazasi
10 iyun kuni O’zbekiston Milliy kutubxonasida, Axborot-kutubxona mutaxassisi kasbining ahamiyatini ochish, mavqeini ko’tarish, axborot –kutubxona sohasi mutaxassislarining ijodiy potensiali va ishchanligini oshirish, ish faoliyatini namoyon qilish maqsadida, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari Davlat qo’mitasi, Oliy va O’rta maxsus ta’lim Vazirligi, o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi, xalq ta’limi Vazirligi, Madaniyat va sport ishlari Vazirligi hamda O'zbekiston Milliy kutubxonasi bilan hamkorlikda “Eng yaxshi axborot - kutubxona mutaxassisi 2014” tanlovi o'tkazilmoqda. Tanlovda Respublikamizning 12 viloyati, Qoraqalpog'iston Respublikasi va Toshkent shahar axborot - kutubxona muassasalarining tuman, viloyat bosqichlarida g'oliblikni qo'lga kiritgan guruhlar qatnashmoqda.
Qobilyatli yoshlarni topish, ularni qo’llab-quvvatlash nafaqat bugunning, balki ertangi kunning-kelajakning ham dolzarb vazifalaridan ekanligini Respublikamizda hamma biladi. Prezidentimiz Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat- yengilmas kuch” asarida ham bu haqda ko’p o’rinda to’xtalib o’tilgan. Shuni nazarda tutib, Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasining kinochilar zalida 7 iyun kuni "Iqtidorli yoshlar" klubining navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi.
6 iyun kuni “Ijod” zalida A.S.Pushkin tavalludining 215 yilligiga bag’ishlangan ijodiy uchrashuv va kitob ko‘rgazmasi o’tkazildi
Har bir xalqning donishmandligi va qalb nazokatini o`zida mujassamlantirgan shoiri bo`ladi. Rossiyada inson ma`naviy olamining musavviri, shubhasiz, Aleksandr Sergeyevich Pushkindir. U nurga intilib, doim ozodlik uchun kurashuvchi shoir, buyuk optimist bo`lib yetishdi.
Pushkin yaratgan asarlar – lirik she`rlar, dostonlar, ertaklar, dramatik asarlar, hikoyalar, qissalar, romanlarning hamasi vaqt sinovidan muvaffaqiyat bilan o`tdi. Chinakam san`at asari zamonlar o`tishi bilan qarimas, aksincha, har qaysi zamonda ilgari uncha ko`zga tashlanmagan yangi qirralari jilolanib yasharib borar ekan. Pushkinning qay bir asarini o`qimang, ular xuddi kechagina yozilgandek tuyuladi.
6 iyun kuni soat 14:00 da “Ijod” zalida A.S.Pushkin tavalludining 215 yilligiga “К нему не зарастает народная тропа” nomli ijodiy uchrashuv va kitob ko‘rgazmasi bo'lib o'tadi.
7 iyun kuni soat 14:00 da Kichik majlislar zalida O‘zbekiston psixologlari uyushmasi tomonidan “Ongga ovqatlanishning ta'siri” mavzusida ma'ruza.
7 iyun kuni soat 14:00 da kutubxona kinozalida “Iqtidorli yoshlar klubi” yig‘ilishi.
9-11 iyun kunlari Axborot kutubxona muassasalarining “Axborot kutubxona muassasasining eng yaxshi mutaxassisi” kasbiy tanlovining Respublika bosqichi.
Ro‘yhatdan o‘tgan foydalanuvchilar - 2 130 (jami – 82 039)
Qatnovlar – 51 868
Kitob berilishi - 605 661
Ekskursiyalar (tashkilotlar) - 27, qatnashganlar soni - 611
Yangi kelib tushgan nashrlar: kitoblar - 479, avtoreferatlar - 336, jurnallar - 405, gazetalar - 4898, CD-ROM - 6. Jami - 6124
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida bayramning ikkinchi qismida Toshkent Davlat San'at va Madaniyat instituti bilan hamkorlikda Qo‘g‘irchoq teatri namoyishi bo‘lib o‘tdi. Mahoratli aktyorlar qiziqarli va kulgili hikoyalarni so‘zlab berdilar va qo‘g‘irchoqlar bilan “Xo‘roz jangi” o‘yinini namoyish etdilar. Bolajonlar ushbu spektaklni juda katta qiziqish bilan tomosha qildilar, shundan so‘ng, kutubxona mutaxassislari tomonidan bolalar uchun tayyorlangan qiziqarli savol-javob o‘yini tashkil etildi.
2014 yilning маy oyida ro‘yhatga olingan foydalanuvchilar soni 2130
2014 yil 2 iyun Tozalik kuni deb e'lon qilinadi. Ushbu kun Milliy kutubxona foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatmaydi.
1-iyun Butunjahon bolalarni himoya qilish kuni. Yurtimizda bayram munosabati bilan bolajonlar uchun va ularning ishtirokida turli tadbirlarni o‘tkazish yaxshi an'anaga aylanib qolgan. O‘zbekiston Milliy kutubxonasi 30 may kuni bir qator tadbirlarni O‘zbekiston Baynalminal madaniy markazi, Toshkent davlat san'at va madaniyat instituti va «GLOBAL PEER EDUCATION» o‘quv markazi hamkorligida tashkil qilishni rejalashtirgan.
2014 yil 29 may kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga Toshkent shahrida 27-29 may kunlari Koreya ta'lim va ilmiy-tadqiqot axborot xizmati (KERIS, Koreya Respublikasi) moliyaviy ko‘magida o‘tkazilgan “Markaziy Osiyo davlatlarining ta'lim tizimida axborot va kommunikatsiya texnologiyalarining qo‘llanilishi” mavzusida uchinchi YUNESKO simpoziumi qatnashchilari tashrif buyurishdi.
Milliy kutubxonaning “Ijod” o‘quv zalida “Sog‘lom bola yili”ga bag‘ishlangan “Sapfir” cholg‘u ansamblining “Nasri Segoh” nomli musiqiy kechasi tashkil etildi.
Joriy yilning 22––23 may kunlari Toshkent shahridagi G‘afur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida Respublika “Kitob bayrami" ma'naviy-ma'rifiy, ijtimoiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbir O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, Yozuvchilar uyushmasi, Madaniyat va sport ishlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Xalq ta’limi vazirliklari, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi, «Mahalla» xayriya jamoat fondi, «O‘zdavkitobsavdota’minoti» mas’uliyati cheklangan jamiyati hamda Toshkent shahar hokimligi hamkorligida tashkil etildi.
2014 yil 23 may kuni O’zbekiston Milliy kutubxonasining kichik majlislar zalida “Danko” adabiy-ijodiy uyushmasi a'zolari ishtirokida mushoira kechasi o‘tkazildi.
Tadbirda A.Markaryan Sankt Peterburgga uyushtirilgan safari to‘g‘risidagi ma'ruzasi bilan qatnashdi. A.Markaryan shahar tarixi va adabiyoti to’g’risida uyushma a’zolariga gapirib berdi.
22 may kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Respublika Ma'naviyat targ‘ibot markazi bilan hamkorlikda “G’oyamiz-himoyamiz” ijtimoiy-ma'rifiy loyiha doirasida tadbir o‘tkazildi.
Tadbirni o’tkazishdan asosiy maqsad – yoshlarning bilim doirasini kengaytirish, ona yurtiga, o‘z xalqi tarixiga, umuminsoniy va milliy qadriyatlarga muhabbat tuyg‘usini oshirish.
Tadbirda Respublika Ma'naviyat targ‘ibot markazi, Milliy g‘oya va mafkura ilmiy - amaliy markazi, “Kamolot” Yoshlar ijtimoiy harakati, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim Vazirligi, Xalq ta'limi Vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi xotin-qizlar qo‘mitasining mas'ul xodimlari, ommaviy axborot vositalari xodimlari, o‘qituvchi va murabbiylar, o‘quvchi va talaba - yoshlar qatnashdilar.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining 2014 yil 21 fevraldagi “O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tarkibidagi Respublika yig‘ma elektron katalog markazi mutaxassis-xodimlarining malakasini oshirish maqsadida o‘quv seminar tashkil etish to‘g‘risida”gi 30-sonli buyrug‘iga binoan Respublika yig‘ma elektron katalog markazi mutaxassilari axborot-kutubxona faoliyatiga oid qonunlar, Prezident va Vazirlar Mahkamasining farmonlari, qarorlar hamda standartlarni yanada chuqur bilim hamda malakaga ega bo‘lishlari maqsadida Ilmiy metodik va tadqiqot hamda Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmatlarining rahbarlari shuningdek mutaxassilarini jalb etgan holda jadval asosida o‘quv seminar mashg‘ulotlari tashkil etildi.
14 may kuni O’zbekiston Milliy kutubxonasining kichik Majlislar zalida “Oila” ilmiy amaliy markazi hamda “Mahalla” xayriya jamoat fondi bilan hamkorlikda “Butunjahon oila kuni” munosabati bilan “Huquqiy madaniyatli oila-fuqarolik jamiyatining tayanchi” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tdi.
Oila — bu muqaddas dargoh. Uning mustahkam va daxldorligi jamiyat taraqqiyotini bеlgilaydi. Oila va jamiyat tushunchalarini bir-biridan ayro holda tasavvur qilib bo’lmaydi. Qadimdan millatimizda oilani muqaddas bilish, ota-onani hurmat qilish, o‘z navbatida ota-ona ham farzandiga to‘g‘ri tarbiya berishi, ularni har tomonlama mukammal qilib o‘stirish farzga aylangan.
15 may kuni O’zbekiston Milliy kutubxonasining Kichik majlislar zalida iste'dodli shoir va jamoat arbobi Botu (Mahmud Hodiyev) tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlangan kitob - rasmli ko‘rgazma va ijodiy uchrashuv bo’lib o’tdi.
Botu iste'dodli shoir va jamoat arbobi edi. Botu - Mahmud Maqsudovich Hodiyev 1904 yilda Toshkentning Qaldirg‘och mahallasida, mahsido‘z - oilasida tug‘ilgan.
Mamlakatimiz islohotlarida ham yoshlarimiz ongida madaniy-ma’naviy qadriyatlarimiz bilan birga nuroniylarni, millatimiz jonkuyarlarini e’zozlash, ularning holidan xabar olish va g’amxo’rlik ko’rsatish kabi go’yalarni singdirish yetakchi o’rindadir. Qalbida ma’naviy barkamollik, millatga xurmat tuyg’usi bor har bir inson millat tarixi, ma’naviy qadriyatlarini chuqur anglaydi va ajdodlarning millat va yurtning porloq kelajagi uchun ko’rsatgan jasoratlarini qadriga yetadi. Zero, tarixiy xotira bilan yashash, ajdodlarga ehtirom ko’rsatish insoniylik fazilatlari ichida eng ulug’idir.
Joriy yilning 5 maydan - 8 maygacha Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 200 ta yangi nomdagi avtoreferatlar qabul qilinib, ro‘yxatdan o‘tkazilib (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlashtirildi: siyosat - 15 nusxa; ta'lim va madaniyat - 31 nusxa, qishloq xo‘jaligi - 3 nusxa ; tabiiy fanlar - 22 nusxa; san'at - 6 nusxa; tibbiyot - 31 nusxa ; badiiy adabiyot - 1 nusxa ; texnika - 30 nusxa ; sport - 4 nusxa ; ijtimoiy fanlar - 44 nusxa ; tilshunoslik - 13 nusxa ) texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.
3 may kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Respublika Ma'naviyat targ‘ibot markazi bilan hamkorlikda “Bizning g‘oyalarimiz-bizning himoyamiz” ijtimoiy-ma'rifiy loyiha doirasida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Ushbu loyihaning asosiy maqsadi: Har qanday davlatning istiqboli o‘sib kelayotgan yosh avlodning barkamolligiga bog‘liq. Barkamol avlod ikkita kuchga tayanadi. Bular aqlan va jismonan sog‘lomlikdir. Bu esa o‘z navbatida ta'lim-tarbiyaning samarasi bilan belgilanadi. Iqtidorli avlod bilimga, nutq mahoratiga ega, o‘z fikrini mustaqil bayon qila oladilar. Bu borada oila, maktab, mahalla sog‘lom avlod bo‘g‘inidir.
2 may kuni soat 16:00 da “O’zbekiston” o’quv zalida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san'at arbobi, yozuvchi, dramaturg Hamid G‘ulom tavalludining 95 yilligiga bag‘ishlangan bibliografik obzor va kitob ko‘rgazmasi tashkil qilinadi.
3 may kuni soat 12:00 da Respublika Ма’naviyat Targ’ibot markazi bilan hamkorlikda “G’oyamiz-himoyamiz” ijtimoiy-ma’rifiy loyihasi doirasida tadbir hamda “Qora ilon” nomli film namoyishi o’tkaziladi.
23-25 aprel kunlari Qarshi shahrida - “Fan, ta'lim, madaniyat va biznesda internet va kutubxona-axborot resurslari - Central Asia-2014” 8-Xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Mazkur anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari Qo‘mitasi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari Davlat Qo‘mitasi, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, Madaniyat va sport ishlari, Xalq ta'limi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirliklari hamda boshqa qator idora va tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan mazkur anjumanda O‘zbekiston, AQSH, Germaniya, Rossiya, Ukraina, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Kanada kabi mamlakatlardan 305 nafar soha vakillari, ekspert va olimlar ishtirok etishdi.
26 aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Tatar madaniyat markazi bilan hamkorlikda Abdulla To‘qayning ijodiga bag‘ishlangan xotira kechasi bo‘lib o‘tdi. Kechada Tatariston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi R.Ya. Mannyapova, Toshkent shahar Tatar jamoatchilik madaniyati markazining Sergeli, Ulugbek, Xamza, Yakkasaray tuman filiallari, shoira F.Zamanova, N.Xanim, Milliy kutubxonaning xizmati rahbari M.I. Matmurodova, Tatar xalqi yoshlari ishtirok etishdi.
Joriy yilning 21 - 25 aprelgacha Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 306 ta yangi nomdagi avtoreferatlar qabul qilinib, ro‘yxatdan o‘tkazilib (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlash-tirildi: siyosat - 113 nusxa; ta'lim va madaniyat - 34 nusxa, qishloq xo‘jaligi - 16 nusxa; tabiiy fanlar - 36 nusxa; tilshunoslik - 12 nusxa; tibbiyot - 45 nusxa, texnika - 46 nusxa, san'at - 2, sport - 2) texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.
Moskva viloyati davlat bolalar kutubxonasi, Karaganda viloyati o‘smirlar kutubxonasi, Andijon viloyati axborot-kutubxona markazi, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hamda Respublika axborot-resurs markazi mutaxassis vakillari “Hozirgi sharoitda axborot - kutubxona muassasalarida bolalar mutolaasi muammolari, bolalar bilan ishlashda ularni o‘qishga qiziqtirishning yangi ijtimoiy - madaniy yo‘nalishlari, mutolaa madaniyati har tomonlama rivojlangan shaxsni shakllantirishning faktori sifatida, mutolaa madaniyatini shakllantirishda axborot - kutubxona muassasalari faoliyati” to‘g‘risida savol-javob va ma'ruzalar muxokamasi bo‘lib o‘tdi.
“Central Asia-2014” Fan, ta'lim, madaniyat va biznesda internet va kutubxona-axborot resurslari” 8 - Хalqaro konferensiyasi doirasida «Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida» gi Qonunni amalga oshirish: ustivor vazifalar» mavzusida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari bo’yicha qo‘mita raisi Djuraboyev Abdurashid Abduvoxidovich hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi a'zosi, deputat Karimova Xafiza Qo‘ldoshevnalar moderatorligida, mamlakatimizda Axborot-kutubxona faoliyatida olib borilayotgan islohotlar Respublikaning barcha axborot-resurs markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish funksiyasini amalga oshirish, aholini axborot-kutubxona bilan ta'minlash darajasini oshirish va doimiy takomillashtirishni inobatga olgan holda ularni yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning 2013 yil 27 dekabr kuni e'lon qilingan “O‘zbekiston Xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 60 yilligini nishonlash to‘g‘risida” gi qarori ijrosini ta'minlash, yoshlarni Vatanga muhabbat, uning taqdiriga daxldorlik ruhida kamol toptirish hamda mustaqillikni mustaxkamlash yo‘lida olayotgan bilimlarini yanada mustaxkamlash maqsadida tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston XDP Markaziy kengashi mas'ul xodimlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zolari, Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi a'zolari, Toshkent shahar va tuman kengashlari raislari, O‘zMU jurnalistika fakulteti, O‘zDJTU xalqaro jurnalistika fakulteti professor o‘qituvchilari va talabalari, shoirning gazeta tahririyatida birga ishlagan hamkasblari, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist Mirsharof Muxsimov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati a'zosi, O‘zbekiston Xalq shoiri Mahmud Toir, “Zulfiya” nomidagi Davlat mukfoti sovrindorlari hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.
O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi turli xalqaro hamkorliklarining samarasi natijasida, yurtimizda xitoy tili va madaniyatini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish ancha ortib bormoqda. Kuzatuvlar natijasida Milliy kutubxonada ham xitoy tilidagi adabiyotlarga talab borligini ko‘rish mumkin. Foydalanuvchilarning talab va istaklarini inobatga olgan holda 2013 yilning 24 aprel kuni Milliy kutubxona va Shanxay ilmiy tadqiqot va ommaviy kutubxonasi o‘rtasida “Hamkorlik memorandumi” imzolandi. (1995 yilning oktyabr oyida Shanxay kutubxonasi Shanxay ilmiy texnikaviy axborot instituti bilan qo‘shilgandan keyin, mamlakatda birinchi yetuk axborot va bibliografik majmuiga aylandi).
Joriy yilning 14 - 18 aprelgacha Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 100 ta yangi nomdagi kitoblar qabul qilinib, ro‘yxatdan o‘tkazilib (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlash-tirildi: siyosat - 22 nusxa; ta'lim va madaniyat - 5 nusxa, qishloq xo‘jaligi - 2 nusxa; adabiyotshunoslik - 2 nusxa; ma'lumot axborot - 4 nusxa; tabiiy fanlar - 5 nusxa; tilshunoslik - 3 nusxa; dinshunoslik - 24 nusxa; badiiy adabiyot - 31 nusxa; tibbiyot - 2 nusxa) texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.
Milliy kutubxonaning “Kashfiyot” o’quv zalida “Butunjahon aviatsiya va kosmonavtika kuni” munosabati bilan kitob-rasmli ochiq ko’rgazma tashkil etildi. Ushbu ko’rgazmada aviatsiya va kosmonavtika haqida qiziqarli va kengroq ma’lumotga ega bo’lasiz. Ko’rgazmada ushbu sanaga bag’ishlangan bir necha rasmlar, kitoblar va ensiklopediyalardan foydalanishingiz mumkin.
Davlatimiz rahbari I. Karimov tashabbuslari bilan Mustaqillik yillarida Sohibqiron Amir Temur hayoti va ijodi, davlatni boshqarish, adolatli siyosat yuritishdagi prinsiplari borasidagi bilimlarni chuqurroq o‘rganishga katta ahamiyat qaratildi. Donolik, mardlik va to‘g‘ri so‘zlik, adolatli davlatni boshqarishi, farzandlarni milliy ruhda tarbiyalash, ilm-fan va ma'naviy dunyoqarashlarning rivojlanishiga alohida e'tiborni uning siymosida ko‘rish mumkin.
Milliy kutubxonada Sohibqiron Amir Temur tavalludi kuniga bag‘ishlangan “Amir Temur - buyuk sarkarda ” mavzuida davra suxbati bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 31 martdan 4 aprelgacha Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 74 ta yangi nomdagi kitoblar qabul qilinib, ro‘yxatdan o‘tkazilib (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlash-tirildi: siyosat - 27 nusxa; ta'lim va madaniyat - 5 nusxa, qishloq xo‘jaligi - 2 nusxa; adabiyotshunoslik - 5 nusxa; ma'lumot axborot - 23 nusxa; tabiiy fanlar - 5 nusxa; san'at - 2 nusxa; dinshunoslik - 5 nusxa) texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.
2014 yil 4 aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasining kichik majlislar zalida M. Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Falsafiy tadqiqolar o‘quv ilmiy kompleksi, Imom Buxoriy xalqaro markazi, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent Davlat texnika universiteti hamda O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati bilan hamkorlikda “Falsafa va fan metologiyasi muammolari” mavzusida, Omonulla Fayzullayev xotirasiga bag‘ishlangan ilmiy nazariy seminar bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasining majlislar zalida 2 aprel Xalqaro bolalar kitobi kuniga bag‘ishlangan “Bolalar kitobi dunyosiga sayohat” mavzusida ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi kuni. Ijodiy uchrashuv doirasida “Bolalar kitobi dunyosiga sayohat” mavzusida kitob -rasmli ko‘rgazma tashkil etildi.
Ushbu uchrashuvda “Sharq” nashriyot-matbaa aksiadorlik kompaniyasi xodimlari hamda o‘zbek bolalar adabiyotining ko‘zga ko‘ringan iste'dodli vakillaridan biri, O‘zbekiston xalq yozuvchisi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Xudoyberdi To‘xtaboyev ishtirok etdi.
Kechada xalqimizga kulgu va shodlik ulashib kelayotgan “COMEDYUz” ijodkorlari ishtirok etdilar. “COMEDYUz” 2012 yili tashkil topgan bo‘lib, shu qisqa vaqt mobaynida muhlislarning olqishiga sazovor bo‘lib ulgurdi. Muloqot davomida ijodkorlar talaba yoshlar, o‘quvchilarni qiziqtirgan savollariga javob berdilar. O‘zlarining kulgiga to‘la sahna ko‘rinishlari, sho‘h va quvnoq qo‘shiqlarini namoyish etdilar. Sahna chiqishlari muhlislar tomonidan juda zo‘r ishtiyoq bilan qabul qilindi.
Ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar - 2 812 (jami - 77 328)
Qatnovlar - 47 169
Kitob berilishi - 494 402
Ekskursiyalar (tashkilotlar) - 28, qatnashganlar soni - 1 019
Yangi kelib tushgan nashrlar: kitoblar - 327, avtoreferatlar - 391, jurnallar - 751, gazetalar - 5974, CD-ROM - 20.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni sohibi, O‘zbekiston Qahramoni Ozod Sharafiddinov haqida hayotlik chog‘idayoq shunday degandilar: “Ozod Sharafiddinov hayotda ham, ijodda ham o‘zining haqqoniy so‘zi, iroda va matonati bilan yurtdoshlarimizga, avvalambor yoshlarimizga ibrat bo‘layotgan, tom ma'nodagi ma'rifatparvar insondir”. Ustoz olamdan o‘tgach (2005) , “Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch”(2008) asarida esa, u haqda shunday yozadilar: ”O‘ylaymanki, o‘zini o‘zbek xalqining farzandi degan har qaysi inson ana shunday fidoyi yurtdoshlarimiz bilan cheksiz faxrlanadi, unib-o‘sib kelayotgan bolalari, shogirdlariga ma'naviy jasorat timsoli sifati aynan mana shunday odamlarni namuna qilib ko‘rsatadi.
Mart oyida 2 812 foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tdi.
Shulardan:
Erkak-1741
Ayol-949
Қуйидаги тоифалар бўйича:
Talaba-1649
O‘quvchi -490
Abituriyent-163
Magistr-57
Milliy bibliografiya ma'lumotlari bazasini shakllantirsh xizmati AIBS dasturi asosida elektron ma'lumotlar bazasini o‘lkaga oid bo‘lgan gazeta va jurnal maqolalari bilan to‘ldirib kelmoqda. 2014 yil 24 - 28 mart holatiga ko‘ra 98 nusxa gazeta; 2 nusxa jurnal; jami 458 bibliografik yozuv kiritildi. 435 bibliografik yozuv tahrir qilindi.
O‘zbekiston Respublikasida chiqariladigan nashrlarga kitobning xalqaro standart tartib raqamini (ISBN) berishda - 85 ta ISBN raqami (kattalar adabiyoti uchun 55 ta va bolalar adabiyoti uchun 30 ta) berildi. 52 ta kattalar adabiyoti va 30 ta bolalar adabiyoti uchun 22 ta hisob-kitob shartnomasi tuzildi.
2014 yil 31 март Tozalik kuni deb e'lon qilinadi. Ushbu kun Milliy kutubxona foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatmaydi.
2014 yil 26 mart kuni soat 1500 da Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining majlislar zalida Xalqaro teatr kuniga bag‘ishlangan “Teatr- ezgulikka chorlovchi tarbiya maskani” mavzusida ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
27 mart - Xalqaro teatr kuni 1961 yili YUNESKO huzuridagi Xalqaro teatr instituti tomonidan Avstriyaning Vena shahrida bo‘lib o‘tgan IX kongressida ta'sis etilgan edi. Hozirgi kunda jahonning 100 dan ortiq mamlakatlarida 27 mart kuni teatr san'ati xodimlarining kasb bayrami sifatida keng nishonlanmoqda. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Xalqaro teatr kuniga bag‘ishlangan “Teatr-ezgulikka chorlovchi tarbiya maskani” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Milliy bibliografiya ma'lumotlari bazasini shakllantirsh xizmati AIBS dasturi asosida elektron ma'lumotlar bazasini o‘lkaga oid bo‘lgan gazeta va jurnal maqolalari bilan to‘ldirib kelmoqda. 2014 yil 17 - 20 mart holatiga ko‘ra 95 nusxa gazeta; 4 nusxa jurnal; jami 468 bibliografik yozuv kiritildi. 366 bibliografik yozuv tahrir qilindi.
O‘zbekiston Respublikasida chiqariladigan nashrlarga kitobning xalqaro standart tartib raqamini (ISBN) berishda - 92 ta ISBN raqami (kattalar adabiyoti uchun 89 ta va bolalar adabiyoti uchun 3 ta) berildi. 54 ta kattalar adabiyoti va 3 ta bolalar adabiyoti uchun 20 ta hisob-kitob shartnomasi tuzildi.
“Tafakkur” o‘quv zalida o’z davrining buyuk olimi, mashhur matematik va astronom, Movoraunnahr hukmdori Amir Temurning nabirasi, taniqli davlat arbobi Mirzo Muhammad ibn Shohruh ibn Temur Ulug’bek Ko’ragonning 620 yilligi munosabati bilan “Mirzo Ulug‘bek - yulduzlar kashfiyotchisi” nomli kitob - rasmli ko’rgazmasi tashkil etildi. Ko’rgazmada 1424 - 1428 - yillar mobaynida Samarqand shahri yaqinidagi Obirahmat anhori bo’yidagi Ulug’bek rasadxonasi haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo’lasiz. Ulugʻbek ilm-fan olamida buyuk astronom sifatida mashhur.
Milliy kutubxonaning “Tafakkur” o’quv zalida O’zbek futboli kuniga bag’ishlangan “Futbolim faxrim“ nomli kitob-rasmli ko’rgazma tashkil etildi. Ushbu ko’rgazmada hozirgi kunda rivojlanib kelayotgan sport turlaridan biri futbol haqida ma’lumotga ega bo’lishingiz mumkin. Futbol o’yinining paydo bo’lishi, uning texnikasi va taktikasining tavsifi, hozirgi kundagi yutuqlari haqida kengroq ma’lumotga ega bo’lasiz. O’zbek futbolchilarimizdan Temirxo’ja Abdulxoliqovning Xorvatiyadagi faoliyati, “Lokomotiv“ klubida to’p surgan himoyachi Sherzod Sharipov haqidagi qiziqarli ma’lumotlarga ham ega bo’lasiz. Yoshlarimizning bu sport turiga qiziqishlari va erishayotgan yutuqlari mamlakatimizni dunyoga tanitmoqda.
Joriy yilning 10 - 14 martgacha Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 220 ta yangi nomdagi axborot resurslari qabul qilinib, ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Shulardan 100 ta kitob, (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlash-tirildi: siyosat - 22 nusxa; tibbiyot - 5 nusxa; ta'lim va madaniyat - 8 nusxa, badiiy adabiyotlar - 7 nusxa; qishloq xo‘jaligi - 3 nusxa; adabiyotshunoslik - 30 nusxa; tabiiy fanlar - 25 nusxa) 120 ta avtoreferat (siyosat - 28 nusxa; tabiiy fanlar - 22 nusxa;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 23 dekabrdagi 868-f-sonli farmoyishi “Central Asia. Fan, ta'lim, madaniyat va biznesda internet va kutubxona-axborot resurslari” mavzusida 8-xalqaro konferensiyasini o‘tkazish” (1-ilovasi bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida 2014 yilda o‘tkaziladigan xalqaro ilmiy va ilmiy-texnikaviy anjumanlar rejasi”ning 3-bandiga asosan) rejalashtirilgan.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi 2014 yilning 22 - 26 aprel kunlari Qarshi shahrida “Central Asia - 2014 Fan, ta'lim, madaniyat va biznes sohalarida internet va kutubxona-axborot resurslari” mavzusida VIII Xalqaro konferensiyasini o‘tkazadi.
Iskandar Rumiy (Aleksandr Makedonskiy)ning Arastu (Aristotel) degan ustozi bor edi. Undan bemaslahat ish qilmasdi. Ustozi saroyga kirib kelsa, o‘rnidan turib, izzat bilan kutib olardi. Hattoki uni o‘z otasidan ham ortiqroq ko‘rardi. Bir kuni undan "nechun Arastuni otangizdan ortiq izzat qilasiz?" deb so‘radilar. U dediki: "Otam go‘yoki meni osmondan yerga tushirdi, ammo ustozim Arastu meni osmonga ko‘tardi. Ya'ni otam dunyoga kelmog‘imga sabab bo‘ldi, ustozim ilm va odob o‘rgatib, martaba va izzatimning ortmog‘iga sababchi bo‘ldi".
Alisher Navoiyning «Lisonut-tayr» asari birinchi marotaba polyak tiliga polshalik mutaxassis Yanuj Kjijovskiy tomonidan tarjima qilinib, kitob shaklida chop etildi va Polsha kutubxonalariga tarqatildi. Ushbu nashrning bir nusxasi muallifning iltimosiga binoan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga sovg‘a tariqasida taqdim etildi. Ushbu asarni “Jahon” xorijiy adabiyotlar o‘quv zalida o‘qishingiz mumkin.
Milliy kutubxonaning ’’O’zekiston” o’quv zalida o’zbek xalqining yangi davr o‘zbek adabiyotining namoyandalaridan biri, shoir va dramaturg, bastakor va rejissyor, ma’rifatparvar-pedagog va jamoat arbobi Hamza Hakimzoda Niyoziyning 125 yilligi munosabati bilan kitob-rasmli ko’rgazma tashkil etildi. 1889 yil 6 martda Qo‘qon shahrida tabib oilasida tavallud topgan Hamza avval eski maktab va madrasalarda o‘qib, fors, arab tillarini, rus-tuzem maktabida esa rus tilini o‘rganishga muvaffaq bo‘lgan. Hamzaning badiiy ijodga qiziqishi barvaqt boshlangan. Hamza 1903 — 1914 yillar orasida Nihoniy taxallusi bilan 197 ta she’r yozib, ularni qo‘lyozma devoni shakliga keltirgan. Bu devonni tashkil etgan she’rlarida Hamza o‘zbek mumtoz adabiyoti an’analarining davomchisi sifatida namoyon bo‘ldi.
Ayol bu - mehr-muhabbat, ayol - Vatan, ayol - go’zallik va nafosat timsoli. Vatan, yurt so’zlarining ona so’zi bilan payvasta aytilishi ham ayolning buyukligidan dalolatdir. Ayol-oilamiz, xonadonimiz oftobi, tirikligimiz quyoshi. Ayol - borliq ko’zgusi. Uning go’zalligi olamni charog’on etadi, chunki uning niyati pok, o’zi pok. Shu bois uni avaylab, asragan yurtning kelajagini porloq deb naql qilishadi. Shu ma’noda, buni O’zbekistonimizga va uning bir-biridan latofatli, oqila o’zbek ayollariga nisbat qilsak, xato bo’lmaydi.
5 mart kuni soat 16:00da O‘zbekiston Milliy kutubxonasining Ko‘rgazmalar zalida “Danko” adabiy ijodiy uyushmasi bilan hamkorlikda 8-mart Xalqaro xotin qizlar bayrami munosabati bilan “Sharq adabiyotida ayol timsoli” mavzusida adabiy-badiiy kecha bo‘lib o‘tdi. Ijodiy kechada Umar Hayyom, Abdurahmon Jomiy, Mashrab va boshqa shoirlarning to‘rtliklaridan namunalar o‘qildi.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga jami 74 522 ta foydalanuvchi ro‘yhatga olingan.
Fevral oyida 2 571 foydalanuvchi ro‘yhatdan o‘tdi.
Shulardan:
Erkak-1575
Ayol-996
Talaba-1301
O‘quvchi-590
Abituriyent-151
Fevral oyida 2 571 foydalanuvchi ro‘yhatdan o‘tdi.
21 fevral kuni 14:00 da Milliy kutubxonaning “Jahon” o‘quv zalida “Xalqaro ona tili kuni” munosabati bilan tadbir o‘tkazildi.
Ma'lumki, Birlashgan millatlar tashkiloti tomonidan “21-fevral - Xalqaro ona tili kuni” sifatida belgilangan. Mazkur sana 2001 yildan buyon xalqaro miqyosda keng nishonlanib kelinmoqda. Xalqaro ona tili kunining mazmun-mohiyatida har bir xalqning o‘z milliy tafakkuri, ma'naviyati, ruhiyatining o‘zagini tashkil etadigan tilga alohida muhabbatning belgisi o‘z aksini topadi. Mazkur kun ona tili bayrami sifatida nishonlanar ekan, bu bayram munosabati bilan har bir insonning o‘z Vatani va o‘z tiliga bo‘lgan muhabbati, unga bo‘lgan ehtiromi, qadrlash tuyg‘ulari yangilanadi.
3-14 fevralgacha Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 405 ta yangi nomdagi axborot resurslari qabul qilinib, ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Shulardan 165 ta kitob, (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlash-tirildi: siyosat - 47 nusxa; tibbiyot - 7 nusxa; ta'lim va madaniyat - 34 nusxa, badiiy adabiyotlar -33 nusxa; san'at - 4 nusxa; texnika - 19 ta; dinshunoslik - 10 nusxa; tabiiy fanlar - 7 nusxa; adabiyotshunoslik - 2 nusxa; tilshunoslik - 2 nusxa) 240 ta avtoreferatlar (siyosat - 64 nusxa; tibbiyot - 34 nusxa; texnika - 48 nusxa; tabiiy fanlar - 31 nusxa; ta'lim va madaniyat - 25 nusxa;
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi kelajak avlodni ma'naviy jihatdan kamol topishi, o‘zlikni anglashi, qalbi va ongini asrash, ularni milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalash yo‘lida yana bir ishga qo‘l urdi, ya'ni “Iqtidorli yoshlar klubi”ni tashkil etdi. Yig‘ilish Milliy kutubxonaning kinomarkazida 15 fevral kuni soat 15:00 da bo‘lib o‘tdi. Unda yosh yozuvchilar, jurnalistlar, san'atkorlar, hunarmandlar, sportchi yoshlar, maktab, litsey, kollej o‘quvchilari hamda oliy o‘quv yurtlari talabalari jam bo‘lishdi.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi 6 fevraldan 12 fevralgacha “Dil izhorlari” tanlovini e'lon qilgan edi. Tanlov uch yo‘nalishda “Ona Vatanga”, “Volidai muhtaramaga”, “Suyukli yorga” atalgan Dil izhorlari ko‘rinishida namoyon etilishi kerak edi. 12 fevral kuni soat 15:00 da ushbu tanlovning yakunlari yani eng chiroyli va mazmunli dil izhori g‘oliblari aniqlandi. O‘zbekiston Milliy kutubxonasining ikkinchi qavati foyesidan joy olgan stendlarda kutubxona foydalanuvchilari o‘z izhorlarini qoldirdilar.
2014 yil 11 fevral kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining majlislar zalida mualliflik qo‘shiqlarini ijro etuvchi “Archa” guruhi bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbir o‘tkazishdan asosiy maqsad qo‘shiqchilik san'ati bilan yoshlarni yanada yaqinroq tanishtrish, klub a'zolarining o‘z tajribalarini yoshlar bilan o‘rtoqlashishdan iborat. Tadbirda mualliflik qo‘shiqlari bo‘yicha xalqaro va maxalliy festivallar laureati, V.Pushkin nomidagi festival jyuri a'zosi - Leonid Puzerev, O‘zbekiston va Qozig‘istondagi xalqaro festivallar laureati - Vladislav Mayevskiy, Nodira Ziyaxanova, shoira, “Anxor” art-studiyasi rahbari Svetlana Klokotovalar qatnashdilar. Ular o‘z ijodlaridan jonli tarzda qo‘shiqlar kuylab berdilar.
Milliy bibliografiya ma'lumotlari bazasini shakllantirsh xizmati AIBS dasturi asosida elektron ma'lumotlar bazasini o‘lkaga oid bo‘lgan gazeta va jurnal maqolalari bilan to‘ldirib kelmoqda. 2014 yil 3 - 7 yanvar holatiga ko‘ra 65 nusxa gazeta; 6 nusxa jurnal; jami 407 bibliografik yozuv kiritildi 471 bibliografik yozuv tahrir qilindi.
O‘zbekiston Respublikasida chiqariladigan nashrlarga kitobning xalqaro standart tartib raqamini (ISBN) berishda 21 ta ISBN raqami (kattalar adabiyoti uchun 14 ta va bolalar adabiyoti uchun 7 ta) berildi. 72 ta kattalar adabiyoti va 7 ta bolalar adabiyoti uchun 12 ta hisob-kitob shartnomasi tuzildi.
Ma'naviyat va ma'rifatni yuksaltirish, barkamol avlodni voyaga yetkazish, ona tilimiz, milliy adabiyotimiz ravnaqida ulug‘ shoir, mutafakkir Alisher Navoiy ijodining ahamiyati beqiyosdir. O‘zbekistonda Navoiy merosini o‘rganish, asarlarini nashr etish, mazmun-mohiyatini keng targ‘ib va tashviq qilish masalasiga katta e'tibor qaratilmoqda. Bugun Alisher Navoiy haqli suratda jahon madaniyatining mumtoz vakillari safidan o‘rin oldi. Asarlari jahondagi yuzlab tillarga tarjima qilindi. Dunyo ahli uning merosi bilan qiziqmoqda, asarlarida tarannum etilgan olijanob g‘oyalar va falsafiy mushohadalaridan zavq olmoqda. Shoirning asarlarida ulug‘lagan yurt ravnaqi, obodligi, osuda va farovon hayot, jamiyatdagi barqarorlik, o‘zaro totuvlik va ahillik, mehr-oqibat muhitini asrab-avaylashdek ezgu g‘oyalar ko‘rinib turadi.
Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxonada Navoiy kunining 2-qismi 10 fevral soat 13:00 da O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi Toshkent shahar Kengashi Yoshlar qanoti, Ayollar qanoti hamda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hamkorligida Buyuk mutafakkir, davlat arbobi va shoir Alisher Navoiy tavalludining 573 yilligi munosabati bilan “Olis yulduz shu'la taratar” shiori ostida “Alisher Navoiy merosi - bebaho boyligimiz” mavzuida ma'naviy-ma'rifiy tadbir va adabiy kechasi bilan davom etdi.
Milliy kutubxonaning “Kashfiyot” o‘quv zalida Rus xalqining buyuk farzandi, fanda yangi ilmiy dunyoqarashlarning yaratuvchisi Dmitriy Ivanovich Mendeleyev tavalludining 180 yilligi munosabati bilan uning hayoti va ilmiy faoliyatiga bag‘ishlangan kitob-rasmli ko‘rgazma tashkil qilindi. Ko‘rgazmada olimning hayoti, kimyo faniga oid kitoblar namoyish qilingan. Shuningdek kitob ko‘rgazmalari ichida buyuk olim hayotiga bag‘ishlangan fotogalereya ham tashkil qilindi.
Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 573 yilligi munosabati bilan Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Ma'naviyat targ‘ibot markazi, Badiiy akademiya, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati va boshqa ko‘plab davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda «Turkiston» san'at saroyida «Nazm va navo kechasi» o‘tkazildi.
Ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar - 2 995 (jami - 71 887)
Qatnovlar - 45 873
Kitob berilishi - 463 444
Ekskursiyalar (tashkilotlar) - 18, qatnashganlar soni - 831
Yangi kelib tushgan nashrlar: kitoblar - 600, avtoreferatlar - 283, jurnallar - 675, gazetalar - 5 901, CD-ROM - 35.
Jami - 7 494
Taras Shevchenkoning ijodiy faoliyatiga bag’ishlangan tadbir
“Mangulikka muhrlangan mutafakkir” Alisher Navoiyga bag‘ishlangan davra suhbati va kitob-rasmli ko‘rgazma
D.I.Mendeleyevning (1834-1907) 180 yilligi munosabati bilan kitob-rasmli ko‘rgazma
Mualliflik qo‘shiqlarini ijro etuvchi “Archa” guruhi bilan ijodiy uchrashuv“Andoq she'r aytqondin aytmag‘on yaxshiroqdur” Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi kuniga bag‘ishlangan davra suhbati
“Dil izhorlari” tanlovi (6-12 fevral)
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi 6 fevraldan 12 fevralgacha “Dil izhorlari” tanlovini e'lon qiladi. Tanlov uch yo‘nalishda “Ona Vatanga”, “Volidai muhtaramaga”, “Suyukli yorga” atalgan Dil izhorlari ko‘rinishida namoyon etiladi. O‘zbekiston Milliy kutubxonasining ikkinchi qavati foyesidan joy olgan stendlarda xoxlovchilar o‘z izhorlarini qoldirishlari mumkin. Dil izhori she'riy holda yoki tilak ko‘rinishida yozilib,bir nusxada stendga yopishtiriladi. Albatta dil izhori egasi o‘z ID raqamini ko‘rsatishi lozim.
O‘zbekistonda yashayotgan barcha millat va elat vakillarining tili va urf-odatlarini saqlash, rivojlantirish masalalariga ulkan e'tibor berilayotir.
Bugungi kunda yurtimizda 140 dan ortiq milliy madaniyat markazlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Madaniyat markazlari bir oila farzandlaridek istiqomat qilayotgan turli millat va elat vakillarining urf-odat va an'analari, qadriyatlarini asrab-avaylash, yanada ravnaq toptirish, bag‘rikenglik, mehr-oqibat, bunyodkorlik ruhida tarbiyalashga, ularda faol fuqarolik pozitsiyasini qaror toptirishga ushbu markazlar ham munosib hissa qo‘shib kelayotir.
Shunday iste'dod egalari borki, tengdoshlari va zamondoshlarining hurmat-e'tiborini qozonish baxtiga muyassar bo`ladilar. Buning ustiga o`z zamondosh ustozlari e'zozidan bahra topadilar. Ijoddagi bunday holat faqat o`sha iste'dodning baxtigina bo`lib qolmay, balki u mansub bo`lgan adabiyotning ham omadi, ravnaqidan bir dalolatdir.O`lmas Umarbekov ana shunday iste'dodlar orasidan o`ziga munosib o`rin egallab olgan sermahsul, hozirjavob adibdir.
20 - 24 yanvargacha Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 150 ta yangi nomdagi kitoblar qabul qilinib, ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Shulardan 150 ta kitob (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlash-tirildi: siyosat - 21 ta; tibbiyot - 6 ta; ta'lim va madaniyat - 26 ta, badiiy adabiyotlar - 62 ta; texnika - 8 ta; adabiyotshunoslik - 1 ta; tabiiy fanlar - 6 ta; tilshunoslik - 20 ta) texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.
Respublika Ma'naviyat va ma'rifat kengashining 2012 yil 30 noyabrdagi 283-sonli majlisi bayoni bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturining 5-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash, hamda kitobxonlikni keng targ‘ib etish, talabalarda kitob mutolaa qilishga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish va rag‘batlantirish maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi bilan hamkorlikda "Kitobxonlar bayrami" madaniy-ma'rifiy tanlovi Qo‘shma Qaror va Nizom ijrosini ta'minlash maqsadida, 2014 yil 24 yanvar kuni soat 9:00da O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Oliy ta'lim muassasalari o‘rtasida “Kitobxonlar bayrami” madaniy-ma'rifiy tanlovining yakuniy respublika bosqichi o‘tkazildi.
2014 yil 17 yanvar kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining “Ijod” o‘quv zalida O‘zbekiston xalq artisti, Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati Toshxon Sultonova tavalludining 105 yilligiga bag‘ishlangan ko‘rgazma tashkil qilindi. Ko‘rgazmada Toshxon Sultonovaga mansub asarlar hamda uning hayotiga bag‘ishlangan kitoblar namoyish qilindi.
13 - 17 yanvargacha Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 120 ta yangi nomdagi avtoreferatlar qabul qilinib, ro‘yxatdan o‘tkazildi.
120 ta avtoreferat , (siyosat - 40 ta; tabiiy fanlar - 17 ta; tibbiyot - 21 ta; ta'lim va madaniyat - 6 ta; sport - 2 ta; texnika - 19 ta; san'at - 4 ta; q.-x - 8 ta; tilshunoslik - 3 ta) texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.
Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonasida "Ziyo net" hamda "Kultura.uz" bilan hamkorlikda 22 yanvar kuni taniqli telejurnalist Shaxnoza Ganiyeva bilan ijodiy uchrashuv bo`lib otadi. Uchrashuv Milliy kutubxonaning anjumanlar zalida soat 15:00 da o`tkaziladi. Marhamat barcha xohlovchilar ushbu tadbirda ishtirok etishlari mumkin.
2014 yil 13 yanvar kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining “Ijod” o‘quv zalida O‘zbekiston xalq rassomi O‘rol Tansiqboyev tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlab ko‘rgazma tashkil qilindi. Ko‘rgazmada xalq rassomining mo‘yqalamiga mansub asarlar hamda uning hayotiga bag‘ishlangan kitoblar namoyish qilindi.
O‘rol Tansiqboyev o‘zbek manzarachi rassomi, sobiq Ittifoq Badiiy akademiyasining a'zosi, Xalq rassomi, O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati. U 1904 yilda tug‘ilgan.
Ma’lumki, Milliy kutubxona videofondi ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy-ommabop videomateriallar repertuarini o`zida jamlagan bo`lib, ushbu videomateriallarda milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz, tarixiy-ma’naviy va madaniy merosni asrab-avaylash hamda yoshlarning ma’naviy yetuk inson bo`lib yetishishlaridagi asosiy omillar ko`rsatib berilgan. Videomaterial voqealari va qahramonlarning ijobiy hamda salbiy timsollari orqali inson hayotiga tahdid soluvchi va yomon oqibatlar keltirib chiqaruvchi illatlar va ularning oldini olishga qaratilgan aniq maqsad tomoshabinga yuksak mahorat bilan yetkazib berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Konstitutsiya qabul qilinganligining 21 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi “Amalga oshirilayotgan islohotlarimizni yanada chuqurlashtirish va fuqorolik jamiyati qurish yorug‘ kelajagimizning asosiy omilidir” ma'ruzasida jismonan va ma'naviy sog‘lom avlodni voyaga yetkazish borasidagi dolzarb vazifalar belgilab berildi. Ma'ruzada ilgari surilgan g‘oyalardan kelib chiqib, ma'naviy-ma'rifiy va tarbiyaviy ishlarni tizimli tashkil eti shva samaradorligini oshirish maqsadida 6-8 yanvar kunlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va ÿpta maxsus ta'lim vazirligi tashabbusi bilan Oliy talim muassasalarining ma'naviy-ma'rifiy ishlar buyicha prorektorlari uchun o‘quv-uslubiy seminar tashkil etildi.
“Mahalla - xalq vijdoni” filmi
“O‘zbekiston Respublikasining Qurolli kuchlari” mavzuida o‘quv-metodik seminar
Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni” tadbir, “Vatanga xizmat - muqaddas burch” filmi O‘zbekiston xalq rassomi O‘rol Tansiqboyev tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlangan ko‘rgazma
Milliy bibliografiya ma'lumotlari bazasini shakllantirsh xizmati AIBS dasturi asosida elektron ma'lumotlar bazasini o‘lkaga oid bo‘lgan gazeta va jurnal maqolalari bilan to‘ldirib kelmoqda. 2013 yil 30 dekabr - 2014 yil 3 yanvar holatiga ko‘ra 37 nusxa gazeta; 3 nusxa jurnal; jami 129 bibliografik yozuv kiritildi.
O‘zbekiston Respublikasida chiqariladigan nashrlarga kitobning xalqaro standart tartib raqamini (ISBN) berishda 23 ta ISBN raqami (kattalar adabiyoti uchun 23 ta) berildi. 23ta kattalar adabiyoti uchun 7 ta hisob-kitob shartnomasi tuzildi.
23 - 27 dekabrgacha Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 257 ta yangi nomdagi kitoblar qabul qilinib, ro‘yxatdan o‘tkazildi (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlashtirildi: siyosat - 26 nusxa; tibbiyot - 4 nusxa; ta'lim va madaniyat - 49 nusxa, qishloq xo‘jaligi - 5 nusxa; texnika - 11 nusxa; san'at - 5 nusxa; tabiiy fanlar - 41 nusxa; ma'lumot adabiyotlari - 2 nusxa; ijtimoiy fanlar - 8 nusxa; adabiyotshunoslik - 104 nusxa). Ularga texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.
2013 yil 31 dekabrda «Tozalik kuni» e'lon qilinadi. Ushbu kun Milliy kutubxona foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatmaydi va 1-yanvar Yangi yil bayrami kuni dam olish kuni hisoblanadi.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi 2013 yil yakunlari bo‘yicha 25 dekabr soat 14:30 da “Eng faol foydalanuvchi” tanlovini o‘tkazdi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 20 martdagi “Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonasi – axborot resurs markazi faoliyatini tasрkillashtirish choralari to`g`risida”gi PQ-1729-sonli qarori talablarini ijrosini ta`minlash borasida Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonasi 2013 yil davomida quyidagi natijalarga erishdi:
2013 yil 24 dekabr kuni Milliy kutubxonada “Qo‘lyozmalar va nodir nashrlar ma'lumotlar bazasi” taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 9 iyuldagi “Nodir, alohida qimmatli va noyob nashrlar saqlanishini ta'minlash, ularning fondini tizimli ko‘paytirish va boyitish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 202-sonli qarori bilan tasdiqlangan kopleks tadbirlarni bajarilishini ta'minlash maqsadida, bir qancha tadbirlar amalga oshirilib, idoralararo ishlab chiqilgan hujjatlar loyihalari dastlabki kelishuvdan o‘tkazildi.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi 2013 yil yakunlari bo‘yicha 25 dekabr soat 14.30 da “Eng faol foydalanuvchi” aksiyasini o‘tkazadi. Tadbirda, shuningdek, Milliy kutubxona faoliyati bilan bog‘liq savol-javoblar tanlovi ham tashkil qilinadi. Tanlov g‘oliblariga kutubxona tomonidan sovg‘alar ham beriladi.
2013 yil 16 dekabr kuni O`zbekiston Milliy kutubxonasining «Istiqbol» o‘quv zalida Chingiz Aytmatov tavalludining 85 yilligi munosabati bilan kitob-rasmli ko‘rgazma tashkil qilindi.
Yigirmanchi asrdagi eng ulkan adiblardan biri, qardosh qirg'iz xalqining farzandi yozuvchi Chingiz Aytmatov 1928-yil Talas vodiysining Shakar qishlog'ida xizmatchi oilasida dunyoga keldi. Bo'lajak yozuvchining otasi To'raqul Aytmatov o'z vaqtida sobiq sovet hukumatining turli idoralarida mas'ul lavozimlarda ishlagan. Kommunistik qatag'on avjiga mingan o'ttizinchi yillarda qamoqqa olinib, yo'q qilib yuborilgan.
Joriy yilning 13 dekabr kuni O`zbekiston Milliy kutubxonasida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, O`zbekiston Milliy axborot agentligi, O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O`zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi hamda O`zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo`llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi hamkorligida “Yilning eng faol yosh jurnalisti” respublika ko`rik-tanlovi sovrindorlarini tantanali taqdirlash marosimi bo`lib o`tdi.
2013 yil 12 dekabr kuni O`zbekiston Milliy kutubxonasida “Umidvorlik” nogiron bolalarga va ularning ota-onalariga yordam berish markazi hamkorligida “Hunarmandchilik ustaxonasi – imkoniyati cheklangan yoshlarni birlashtirishning shakli sifatida” mavzuiga bag`ishlangan ma’lumot-axborot uchrashuvining yakunlariga bag`ishlangan tadbir bo’lib o’tdi.
Navoiyning 1490 yillardagi eng katta xizmatlaridan biri “Xazoyin ul-maoniy”ni tuzishi bo‘ldi. 1492-1498 yillarda tartib qilingan 4-chi qism devondan iborat bu ulkan she'riy kulliyot shoirning turkiy tilda yozilgan barcha lirik she'rlarni qamrab olgan edi. Navoiy ularni tabiat fasllariga moslab 4 ga bo‘ldi va har bir devoniga shunga muvofiq nom qo‘ydi. Shoir 7-8 yoshidan 20 yoshigacha bo‘lgan davrini umrining navbahori hisobladi va shu davr devonini “G‘aroyib us-sig‘ar” deb atadi.
2 - 6 dekabrgacha Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 217 ta yangi nomdagi avtoreferatlar qabulqilinib, ro‘yxatdan o‘tkazildi (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlashtirildi: siyosat - 51 nusxa; tibbiyot - 25 nusxa; ta'lim va madaniyat - 23 nusxa, qishloq xo‘jaligi - 6 nusxa; texnika - 43 nusxa; san'at - 3 nusxa; tabiiy fanlar - 34 nusxa; sport - 2 nusxa; ijtimoiy fanlar - 8 nusxa; tilshunoslik - 18 nusxa; adabiyotshunoslik - 4 nusxa). Ularga texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.
5 dekabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasida Mezon.uz hamda Kultura.uz bilan hamkorlikda O’zbekiston xalq artisti Nasiba Abdullayeva bilan ijodiy uchrashuv bo’lib otdi. Uchrashuvda Xurshid Do’stmuhammad, Boris Babayev kabi taniqli jurnalistlar, xotin-qizlar qo`mitasi vakili Guljamol Asqarova, xonandaning ashaddiy muxlislari hamda kutubxona a`zolari ishtirok etdilar.
Mamlakatimiz Konstitutsiyasining bosh maqsadi inson huquqlari va davlat suvereniteti g’oyalariga sodiqlik, insonparvar demokratik, huquqiy davlat barpo etishdir. Bu ezgu maqsad mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta'minlash, inson huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish, barcha jabhalarni demokratik yangilash, bosqichma-bosqich, izchil isloh qilish natijasida amalga oshirilmoqda. Istiqlolning dastlabki yillaridanoq xalqimizning yaratuvchilik salohiyatini ro’yobga chiqarish uchun keng huquqiy yo’llar ochildi. Prezidentimiz Islom Karimov ta'kidlaganidek, "Konstitutsiyamiz davlatni davlat, millatni millat sifatida dunyoga tanitadigan Qomusnomadir.
7 dekabr kuni “Ijod” o‘quv zalida O‘zbekiston xalq artisti, opera xonandasi Halima Nosirova tavalludining 100 yilligi munosabati bilan kitob - rasmli ko‘rgazma tashkil qilinadi.
11 dekabr kuni soat 15:00 da Ko‘rgazmalar zalida “Ofat eshik qoqib kelmasdan...” mavzusida sog‘lom turmush tarzi va narkomaniyaga qarshi kurashga bag‘ishlangan kitob-rasmli ko‘rgazma tashkil qilinadi.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Mezon.uz hamda Kultura.uz bilan hamkorlikda O‘zbekiston xalq artisti Nasiba Abdullayeva bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv 5 dekabr kuni Milliy kutubxonaning anjumanlar zalida soat 16:00 da o‘tkaziladi. Marhamat, barcha xohlovchilar ushbu tadbirda ishtirok etishlari mumkin.
25 - 29 noyabrgacha Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 290 ta yangi nomdagi avtoreferatlar qabul qilinib, ro‘yxatdan o‘tkazildi (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlashtirildi: siyosat - 38 nusxa; tibbiyot - 39 nusxa; ta'lim va madaniyat - 27 nusxa, qishloq xo‘jaligi - 9 nusxa; texnika - 78 nusxa; san'at - 12 nusxa; tabiiy fanlar - 22 nusxa; sport - 5 nusxa; yuridik fanlar - 14 nusxa; psixologiya - 8 nusxa; tilshunoslik - 11 nusxa; adabiyotshunoslik - 37 nusxa). Ularga texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.
28 noyabr kuni Milliy kutubxonaning “Adolat” o’quv zalida O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan hamkorlikda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bag’ishlangan tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, kasaba uyushmalari, Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar tashkilotlari birlashmalari kengashlari madaniy-ma’rifiy va sport ishlari bo’limi mudirlari ishtirok etib, “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining jamiyatdagi o’rni va ahamiyati, ma'no-mazmuni va mohiyati” mavzusida ma'ruza tingladilar. Ma’ruza so’ngida ishtirokchilar mavzu bo’yicha qizg’in bahs-munozaraga kirishdilar va o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishga muvaffaq bo’ldilar.
Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi kitobxonlar bilan anchayin yaqin munosabat o’rnatgan. Kitobxonlar yosh, kasb va soha jihatdan bir-biridan farq qilishsada, barchasini bir ma’naviyatga eltuvchi yo’l birlashtirib turadi. Quvonarlisi, har kungi tashrif buyuruvchilar orasida san'at markazlariga, hunar o’rganish to’garaklariga a'zo maktab o’quvchilari ko’pchilikni tashkil etadi. Ularni rag’batlantirish, tengdoshlariga o’rnak qilib ko’rsatish maqsadida ko’rgazmalar tashkil etish, mahorat darslari o’tkazish kutubxonada an'anaga aylangan.
2013 yil 29 noyabrda profilaktika va sanitariya ishlarini o‘tkazilishi munosabati bilan Milliy kutubxona xizmat ko‘rsatmaydi.
25 noyabr kuni Milliy kutubxonada “Yosh rassomlar ijodidan” deb nomlangan rasmlar ko‘rgazmasi o’z ishini boshladi. Ko’rgazmada Toshkent shahar Shayhontohur tumani “Eski shahar” Bolalar va o’smirlar ijodiyot markazi “Sharq miniatyurasi” to’garagi a’zosi bo’lmish Hakimov Hayitboyning rasmlari namoyish qilinmoqda.
Hakimov Hayitboy Baxtiyor o’g’li 1999 yilda Toshkent shahrida tug’ilgan. Toshkent shahridagi 24 maktabning 9-sinf o’quvchisi. 2006 yildan buyon “Eski shahar” Bolalar va o’smirlar ijodiyot markazi “Sharq miniatyurasi” to’garagiga qatnashib miniatyura yo’nalishida ijod qilib kelmoqda.
18 - 22 noyabrgacha Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 101 ta yangi nomdagi kitob qabul qilinib, ro‘yxatdan o‘tkazildi (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlashtirildi: siyosat - 19 nusxa; tibbiyot - 3 nusxa; ta'lim va madaniyat - 5 nusxa, badiiy adabiyotlar - 31 nusxa; qishloq xo‘jaligi - 2 nusxa; texnika - 5 nusxa; san'at - 1 nusxa; tabiiy fanlar - 2 nusxa; sport - 1 nusxa; ma'lumot adab. - 4 nusxa; yuridik fanlar - 14 nusxa; psixologiya - 3 nusxa; tilshunoslik - 11 nusxa). Ularga texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.
25 noyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov va Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Milliy kutubxonaga tashrif buyurdilar. Tashrif chog’ida Davlatimiz rahbari mamlakatimizda milliy va jahon madaniyati, fan va ta`limni rivojlantirish yo`lida axborot-kutubxona faoliyati sohasida o’tkazilayotgan islohotlar natijasi haqida; Milliy kutubxona yangi binosining tashkil etilishi, aholiga, ayniqsa yoshlarga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini (matn, audio, video, grafika) joriy qilish orqali axborot-kutubxona xizmatini ko’rsatish, ularni intellektual salohiyatini, bilimini, ma`naviy axloqiy va madaniy ehtiyojlarini to`liq qondirish imkoniyatini berishi haqida, hamda kutubxonada foydalanuvchilar uchun qulay shart-sharoitlar, keng axborot resurslari bazasini yaratish sohasida bir qancha ijobiy natijalarga erishganligini haqida batafsil ma`lumot berib o`tdi.
Texnik sabablar hamda sanitariya-profilaktika ishlarini olib borish maqsadida Milliy kutubxona foydalanuvchilarga:
21 noyabr kuni xizmat ko‘rsatmaydi;
22 noyabr kuni soat 12.00dan xizmat ko‘rsatadi.
8 noyabr soat 12:00 da Majlislar zalida “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunni munosib kutib olish uchun tayyorgarlik ko‘rish hamda bayram konsert dasturi uchun yuqori saviyadagi qo‘shiqlar yaratishga bag‘ishlab “Sozimda Vatan vasfi” deb nomlangan ijodiy muloqot va davra suhbati tashkil qilinadi.
8-noyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasida O'zbeknavo Estrada birlashmasi, Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunni munosib kutib olish uchun tayyorgarlik ko'rish hamda Adib nashriyoti tomonidan nashr etilgan "Sozimda Vatan vasfi" deb nomlangan kitob taqdimotiga bag'ishlangan ijodiy uchrashuv bo'lib o'tdi.
Milliy bibliografiya ma'lumotlari bazasini shakllantirsh xizmati AIBS dasturi asosida elektron ma'lumotlar bazasini o‘lkaga oid bo‘lgan gazeta va jurnal maqolalari bilan to‘ldirib kelmoqda. 2013 yil 4 - 8 noyabr holatiga ko‘ra 70 nusxa gazeta; 14 nusxa jurnal; jami 650 bibliografik yozuv kiritildi; 250 bibliografik yozuv tahrir qilindi.
Milliy bibliografiya ma'lumotlari bazasini shakllantirsh xizmati AIBS dasturi asosida elektron ma'lumotlar bazasini o‘lkaga oid bo‘lgan gazeta va jurnal maqolalari bilan to‘ldirib kelmoqda. 2013 yil 28 oktyabr - 1 noyabr holatiga ko‘ra 36 nusxa gazeta; 8 nusxa jurnal; jami 301 bibliografik yozuv kiritildi; 249 bibliografik yozuv tahrir qilindi.
1 noyabr “INFOLIB UZBEKISTAN -2013” Milliy axborot-kutubxona haftaligida - Mutaxassis kuni deb e'lon qilindi. Haftalik doirasida axborot-kutubxona mutaxassislari uchun seminarlar, taqdimotlar va ijodiy uchrashuvlar o‘tkazildi. Soha mutaxassislari uchun KBK va ISSN bo‘yicha seminar o‘tkazilishi ham axborot-kutubxona mutaxassislari uchun Milliy kutubxonaning faoliyati, undagi yangi dasturlar bilan tanishib chiqish imkonini berdi. Seminarda Milliy kutubxona mutaxassislari o‘z ma'ruzalari bilan chiqish qildilar.
Milliy kutubxonada “INFOLIB UZBEKISTAN - 2013” haftaligi doirasida 31 oktyabr kuni bir qancha tanlovlar bo‘lib o‘tdi. Ulardan biri “Adabiyot bilimdoni” tanlovidir. Ushbu tanlovning o‘tkazilishidan asosiy maqsad mumtoz va hozirgi o‘zbek adabiyoti hamda jahon adabiyotining eng yaxshi bilimdonini aniqlashdir. Badiy asarlar bo‘yicha eng yaxshi bilimdonlar bellashuvi viktorina tarzida adabiyotning quyidagi yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazildi: o‘zbek klassik adabiyot bilimdoni, hozirgi zamon o‘zbek adabiyoti bilimdoni, jahon klassik adabiyoti bilimdoni, hozirgi zamon jahon adabiyoti bilimdoni. Tanlovda Maxmuda Valiyeva, Jaxongir Norbutayev, Mavluda Imomnazarova, Nodira Ayupovalar g‘olib deb topildilar hamda kutubxona tomonidan MR-3 pleyer, fleshka, kitob kabi esdalik sovg‘alariga ega bo‘ldilar.
29-oktabr kuni Milliy kutubxonaning “Ijod” o'quv zalida “O‘zaro aloqa almashinuvini rivojlantirish” mavzusida Toshkent shahridagi M.V.Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universitetining psixologiya fakulteti talabalari va o‘qituvchilari bilan hamkorlikda psixologik trening o‘tkazildi. Trening doirasida quyidagi mavzularga to‘xtalib o‘tildi: suhbatdosh bilan muloqot o‘rnatish texnikasi, savol berish san'ati, suhbatdoshning imo-ishorasi, hatti-harakat, mimika va ohangi kabi mavzularda suhbat bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 29 oktyabr kuni Milliy kutubxonada Milliy-axborot kutubxona haftaligi doirasida yangi loyihalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Unda quyidagi dasturlar bo‘yicha taqdimotlar bo‘ldi: interaktiv ISBN va ISSN onlayn xizmati, interaktiv KBK onlayn xizmati, qo‘lyozma va nodir nashrlar ma'lumotlar bazasi, imidj katalog ma'lumotlar bazasini shakllantirish, ilmiy ishlar bazasi.
30-oktabr kuni Milliy kutubxonaning “Ijod” o'quv zalida “Granart” ijodiy markazi bilan hamkorlikda kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar uchun rassomlik bo‘yicha mahorat maktabi o‘tkazildi. Mazkur mahorat maktabi bolalarda tasavvur, fikrlash va estetik didning yanada rivojlanishiga yordam berdi. Tadbir davomida bolalar aralash texnika asosida rasmlar chizdilar, hamda turli xil bezatish va dizaynerlik usullari bilan tanishdilar.
30-oktabr kuni Milliy kutubxonaning “Ijod” o‘quv zalida “Granart” ijodiy markazi bilan hamkorlikda kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar uchun kulolchilik bo‘yicha mahorat maktabi o‘tkazildi. Tadbirni o‘tkazishdan maqsad bolalarda fantaziyani va kichik detallarni yasash mahoratlarini rivojlantirishdan iborat bo‘ldi. Tadbir davomida bolalar loydan hayvonlar, qushlar va baliqlarni yasadilar.
Bugun 30 oktyabr kuni Milliy kutubxonada ijodkorlik kuni bo‘lib tadbir doirasida “Kitob o‘qish san'at ” bo‘yicha trening, akademik, tarixchi, arxeolog E.Rtveladze bilan “Dunyoda arxeologiya rivojlanishi tendensiyasi” mavzusida ijodiy uchrashuv, “Granart” jodiy markazi bilan hamkorlikda rassomlik bo‘yicha hamda kulolchilik bo‘yicha mahorat maktablari, qo‘g‘irchoq teatri bilan hamkorlikda “Qo‘g‘irchoqni boshqarish san'ati” mavzusidagi maxsus mahorat maktabi, O‘zbek-Yaponiya markazi bilan hamkorlikda origami bo‘yicha mahorat maktabi, Shoyusuf Shoakbarovdan karving meva va sabzavotlarga bezak berish bo‘yicha mahorat maktablari, rejissyor Rixsi Muhammadjonov, yosh shoirlar bilan ijodiy uchrashuvlar, BMT RDdan “Bolalar haqida suhbatlashamiz” mavzusida davra suhbatlari o‘tkazildi.
30 oktyabr kuni Milliy kutubxonada Respublika qo‘g‘irchoq teatri bilan hamkorlikda ertak-minispektakl namoyishi bo‘lib o‘tdi. Spektakl tomoshasiga shahrimiz maktablaridan o‘quvchilar tashrif buyurib, madaniy hordiq chiqardilar.
28 oktyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalar masalalari qo‘mitasi hamda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi bilan hamkorlikda “Axborot-kutubxona faoliyatining me'yoriy-huquqiy asoslari: amaldagi qonunchilik va uni takomillashtirishning dolzarb masalalari” mavzusida video-konferensiya o‘tkazildi. Ushbu o‘tkazilgan tadbirning asosiy maqsadi axborot-kutubxona faoliyatini huquqiy jihatdan tartibga solish va sohani rivojlantirish tamoyillarini takomillashtirish, shuningdek, axborot-kutubxona faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish masalalarini muhokama qilishdan iboratdir. Konferensiya ishida Oliy Majlis Qonunchilik palatasining deputatlari, Vazirlar Mahkamasi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsya texnologiyalari davlat qo‘mitasi, Intelektual mulk Agentligi va boshqa vazirlik va idoralar mas'ul xodimlari, axborot-kutubxona muassasalarining mutaxassislari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
Munojat Yo‘lchiyeva - o‘zbek mumtoz ashulalarining mohir ijrochisi. Xonanda xorijiy mamlakatlarga konsert safarlariga chiqish imkoniyatiga erishib, o‘z san'atlari bilan dunyo tomoshabinlari olqishiga sazovor bo‘lmoqda. O‘zbek mumtoz musiqasi, ashula san'atining noyob durdonalarini dunyo xalqlari o‘rtasida keng targ‘ib etib, qadimiy san'atimiz va ma'naviyatimizni ko‘z-ko‘z qilmoqdalar. Asosan maqom ashulalarini ijro etish yo‘lidan borayotgan xonanda o‘zining dilbar ashulalari bilan tezda keng jamoatchilik diqqatini o‘ziga tortdi. Munojat Yo‘lchiyeva repertuaridan o‘zbek mumtoz san'atining qator durdona ashulalari xususan Shoshmaqom janri mustahkam o‘rin olgan. Shoshmaqom - o‘z ichiga olti maqomni («Buzruk», «Rost», «Navo», «Segoh», va «Iroq») qamrab olgan maxsus musiqa san'ati.
Nodir nashrlarni restavratsiyasi va konservatsiyasi bo‘yicha seminar-treninglar o‘tkazildi. Seminarda Amerika Qo‘shma Shtatlarining Yuta universitetida joylashgan Mariotta kutubxonasida faoliyat yurituvchi fondlarni saqlash bo‘yicha mutaxassis murabbiylik qildi. Mashg‘ulot davomida ishtirokchilarga nodir nashrlarni restavratsiya qilish ishlari amaliy ko‘rsatildi.
29 oktyabr kuni Milliy kutubxonada Milliy axborot kutubxona haftaligi doirasida Qiziqarli uchrashuvlar kuni bilan davom etmoqda. Bugun Milliy kutubxonada kutubxonaning yangi dasturlari namoyishi va quyidagi dasturlar bo‘yicha taqdimot bo‘lib o‘tdi: interaktiv ISBN va ISSN onlayn xizmat, interaktiv KBK onlayn xizmati, qo‘lyozma va nodir nashrlar ma'lumotlar bazasi, imidj katalog ma'lumotlar bazasini shakllantirish, ilmiy ishlar bazasi. Shuningdek internet faollari va bloggerlar bilan ijodiy uchrashuv, Toshkentdagi MGU filiali bilan hamkorlikda “O‘zaro aloqa almashinuvini rivojlantirish” mavzusida psixologik trening, Sinema servis -D.Do‘stmuxamedov tomonidan kompyuter animatsiyalari, fotosurtaga tushirish bo‘yicha Kozim Qurbonovdan mahorat maktabilari va “Men kitobni sevaman” fototanlovning yakunlari bo‘lib o‘tdi. Tanlovda professional va xavaskorlar tomonidan olingan jpg formatidagi 800 pikseldan kam bo‘lmagan mutolaani targ‘ib qiluvchi 30ga yaqin fotosuratlar qabul qilingan bo‘lib, tanlovda 1-o‘rin sohibi Alimxodjayev Bobur, 2-o‘rin cohibi Ragida Nurmuhametova va 3-o‘rin sohibi Kamol Turamuhammedovlar g‘olib deb topildi va kutubxona tomonidan- esdalik sovg‘alari taqdim qilindi.
29 oktabr kuni Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida taniqli ijodkor Erkin Xushvaqtov va O‘zbekiston Milliy Akademik drama teatri aktyorlari Rixsi Ibragimova, Malika Ibrohimova bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. El sevgan adib, dramaturg Erkin Xushvaqtov bilan ijodiy uchrashuvni tashkil qilishdan maqsad ijodkorning asarlari bilan kitobxonlarni yaqindan tanishtirish. Chunki bu asarlar barcha yoshdagi tomoshabinlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, aksariyati sahna yuzini ko‘rdi. Tadbirda taniqli yozuvchi va shoirlar, teatr aktyorlari ishtirok etdilar. Erkin Xushvaqtov “O‘zbekiston san'at arbobi” faxriy unvoni nomzodi, O‘zbek Milliy Akademik drama teatri dramaturgidir.
Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida qiziqarli uchrashuvlar kunida akademik, xalq rassomi Alisher Mirzayev bilan ham ijodiy urashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirni o‘tkazishdan maqsad, yoshlarni san'at dunyosiga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirish va yurtimizning taniqli rassomlari hamda tasviriy san'atning turli yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishtirish.Tadbirda rangtasvir va grafika ustasi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi, rassomlar Isfandiyor, A.Kalonov, X.Xidoyatovlar, san'atshunoslar, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti talabalari ishtirok etdilar. Ular o‘z so‘zida Alisher Mirzayevning ijodiy faoliyati, uning zamonaviy milliy rangtasvirning rivojiga qo'shgan hissasi haqida alohida gapirib o‘tdilar.
Qiziqarli uchrashuvlardan yana biri estrada xonandasi Alisher Fayz bilan bo'lib o'tdi. Unda muxlislar ijodkorning ijodiy hayoti, faoliyati, san'atda erishgan yutuqlari haqida ma'lumotlarga ega bo'lish bilan birga estradaning yorqin yulduzi Alisher Fayzdan jonli ijroda qo'shiq tinglashga muyassar bo'ldilar. Hattoki muxlislari uning qo'shiqlariga jo'r bo'lib raqsga tushib berdilar
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “INFOLIB UZBEKISTAN - 2013” ikkinchi Milliy axborot-kutubxona haftaligi o‘z ishini boshladi. Haftalikning birinchi kuni ya'ni 28-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlar Akademiyasi orkestrining chiqishidan so‘ng tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Axborot va kommunikatsiya texnologyalari masalalari qo‘mitasi a'zosi H.Karimova, atoqli o‘zbek shoiri, jamoat arbobi Erkin Vohidov, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori so‘zga chiqib, milliy axborot-kutubxona haftaligini o‘tkazishdan asosiy maqsad - mutolaaga bo‘lgan mehrni oshirish va uni targ‘ib qilish, aholiga, ayniqsa yoshlarga kerakli bo‘lgan axborotni mustaqil ravishda izlash va qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash, axborot-kutubxona foydalanuvchilari hizmatini internet orqali imkoniyatlarini oshirish, yangi zamonaviy texnoligiyalaridan foydalanish kabi ilmiy bilimlarni ommalashtirishdan iborat ekanligini ta'kidlab o‘tdi.
Milliy kutubxona binosi, 5-qavat majlislar zalida 2013 yil 29 oktyabr kuni soat 1400 da taniqli ijodkor Erkin Hushvaqtov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
Hushvaqtov Erkin Boltayevich “O‘zbekiston san'at arbobi” faxriy unvoni nomzodi, O‘zbek Milliy Akademik drama teatri dramaturgi.
U o‘zbek teatri, kino va televideniye san'atlari rivojidagi xizmatlari uchun 2002 yil Davlatimiz tomonidan «Mehnat shuhrati» ordeni bilan taqdirlangan. “Chimildiq” “Qalliq o‘yin”, “Qirmizi olma”, «Andishali kelinchak» kabi spektaklar muallifi.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxona binosi, 5-qavat majlislar zalida 2013 yil 29 oktyabr kuni soat 1500 da O‘zbekiston Xalq rassomi, O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi Akademigi, “El-yurt hurmati” ordeni sohibi Alisher Mirzayev bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Tadbir doirasida siz o‘zingizni qiziqtirgan savollarga javoblar olishingiz mumkin. Shu bilan birgalikda, kutubxonaning 1-qavat foyesida rassom qalamiga mansub rasmlar ko‘rgazmasi ham tashkil qilinadi.
21 - 25 oktyabrcha Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 523 ta yangi nomdagi axborot resurslari qabul qilinib ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Shulardan 180 ta kitobga (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlashtirildi: siyosat - 77 nusxa, tibbiyot - 5 nusxa, badiiy adabiyot - 36 nusxa, texnika - 9 nusxa, dinshunoslik - 13 nusxa, san'at - 4 nusxa, ta'lim va madaniyat - 9 nusxa, tabiiy fanlar - 5 nusxa, sport - 2 nusxa, adabiyotshunoslik - 18 nusxa, tilshunoslik - 2 nusxa), 235 ta avtoreferatga (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlashtirildi : siyosat - 57 nusxa, tibbiyot - 45 nusxa, qishloq xo‘jaligi - 10 nusxa, texnika - 51 nusxa, san'at - 5 nusxa, ta'lim va madaniyat - 21 nusxa, tabiiy fanlar - 33 nusxa, sport - 2 nusxa, adabiyotshunoslik - 2 nusxa, psixologiya - 7 nusxa, tilshunoslik - 2 nusxa)
23-oktabr kuni O`zbekiston Milliy kutubxonasida ommaviy axborot vositalari vakillari hamda Milliy kutubxona xodimlari ishtirokida “INFOLIB UZBEKISTAN - 2013” ikkinchi Milliy axborot-kutubxona haftaligini o’tkazishga bag’ishlangan matbuot anjumani bo’lib o’tdi. Matbuot anjumanida Milliy kutubxonaning bugungi kunda erishgan bir qancha ijobiy natijalari, yutuqlari, imkoniyatlari hamda o`tkazib kelinayotgan tadbirlar, anjumanlar haqida va PQ-1729 sonli Vazirlar Mahkamasining 98-sonli qarorlarida belgilangan vazifalarni bajarilishini ta`minlash, mamlakatimizda milliy va jahon madaniyati, fan va ta`limni rivojlantirish manfaatlari yo`lida axborot-kutubxona faoliyatini tashkil etish, aholiga, ayniqsa yoshlarga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini (matn, audio, video, grafika) joriy qilish orqali axborot-kutubxona xizmatini ko’rsatish, ularni intellektual salohiyatini, bilimini, ma`naviy axloqiy va madaniy ehtiyojlarini to`liq qondirish uchun qulay shart-sharoitlar, keng axborot resurslari bazasini yaratish sohasida bir qancha ijobiy natijalarga erishganligini haqida batafsil ma`lumot berib o`tdi.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida 28 oktabr kuni Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida O‘zbekiston xalq artisti, o‘zbek mumtoz san'atining malikasi, eng yuqori notali ovoz sohibasi Munojat Yo‘lchiyeva bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Milliy kutubxonaning anjumanlar zalida soat 14:00 da o‘tkaziladi. Marxamat, barcha xohlovchilar ushbu tadbirda ishtirok etishlari mumkin.
14 - 18 oktyabrgacha Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 462 ta yangi nomdagi kitob qabul qilinib, ro‘yxatdan o‘tkazildi (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlashtirildi: siyosat - 97 nusxa; tibbiyot - 34 nusxa; ta'lim va madaniyat - 122 nusxa, badiiy adabiyotlar - 26 nusxa; qishloq xo‘jaligi - 4 nusxa; texnika - 29 nusxa; dinshunoslik - 5 nusxa; san'at - 2 nusxa; tabiiy fanlar - 36 nusxa; sport - 11 nusxa; ma'lumot adab. - 1 nusxa; adabiyotshunoslik - 57 nusxa; psixologiya - 3 nusxa; tilshunoslik - 35 nusxa). Ularga texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida, Kutubxonaning elektron katalogi AIBS dasturiga kiritilgan bibliografik yozuvlarga, to‘liq matnli elektron ko‘rinishdagi resurslar ulandi.
To’liq matnli electron resurslarni Milliy kutubxonaning o’qish zallari kompyuterlaridagi AIBS dasturi, elektron katalog orqali, o‘zingizga kerakli resursni tanlab, o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
Joriy yilning 9 oktyabr kuni Milliy kutubxonaning Ko‘rgazmalar zalida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san'at arbobi, yozuvchi, tarjimon Mirzakalon Ismoiliy tavalludining 105 yilligiga bag‘ishlangan «Ozod inson qo‘shig‘i»deb nomlangan adabiy anjuman, shuningdek, yozuvchi Nabi Siddiqning «Chirog‘i yoniq xonadon» kitobi taqdimoti o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston xalq yozuvchisi Toxir Malik, filologiya fanlari doktori Athambek Alimbekov, psixologiya fanlari doktori Mahmud Yo‘ldoshev, Shodmon Otaboyev, filologiya fanlari nomzodi Zuxriddin Isomiddinov, Mirzakalon Ismoilovning qarindoshlari, Andijon viloyatidan Habib Siddiq va To‘lan Nizom, kabi shoir yozuvchilar qatnashdilar.
Zahiriddin Muhammad Boburning g‘azallar to‘plami birinchi marotaba polyak tiliga polshalik mutaxassis Yanuj Kjijovskiy tomonidan tarjima qilinib, kitob shaklida chop etildi. Ushbu nashrning ikki nusxasi muallifning iltimosiga binoan, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga foydalanish uchun taqdim etilgan. Marhamat ushbu g‘azalar to‘plamini "Jahon" xorijiy adabiyotlar zalida o‘qishingiz mumkin.
30 sentyabrdan 4 oktyabrgacha Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 100 ta yangi nomdagi avtoreferatlar qabul qilinib ro‘yxatdan o‘tkazildi. Ularga (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlashtirildi: siyosat - 21 nusxa, tibbiyot - 16 nusxa, qishloq xo‘jaligi - 4 nusxa, texnika - 30 nusxa, san'at - 4 nusxa, ta'lim va madaniyat - 6 nusxa, tabiiy fanlar - 6 nusxa, tilshunoslik - 13 nusxa) texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida foydalanuvchilar soni 59 862 tani tashkil etdi.
Erkak 2122
Ayol 1374
Jami: 3496
Talaba 2058
O‘quvchi 719
Abituriyent 122
23 - 27 sentyabrcha Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 164 ta yangi nomdagi kitoblar qabul qilinib ro‘yxatdan o‘tkazildi. Ularga (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlashtirildi: siyosat - 27 nusxa, tibbiyot - 1 nusxa, badiiy adabiyot - 63 nusxa, qishloq xo‘jaligi - 3 nusxa, diniy adabiyotlar - 15 nusxa, ta'lim va madaniyat - 21 nusxa, tabiiy fanlar - 28 nusxa, ma'lumot adabiyotlari - 1 nusxa, tilshunoslik - 5 nusxa) texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.
“Ko’rgazma savdo markazi”da “ICTEXPO-2013” axborot texnologiyalari milliy ko'rgazmasining tantanali ochilish marosimi o’tkazildi.
Milliy kutubxona o'z stendida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 20-martdagi “Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi - axborot resurs markazi faoliyatini tashkillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1729-sonli qarori ijrosining ta'minlanishi qanday olib borilayotganini namoyish etdi.
2013 yilning 24 sentyabr kuni Toshkentdagi Xalqaro biznes markazida Axborot - kommunikatsiya texnologiyalari Haftaligi ochilishi bo‘yicha Milliy sammit bo‘lib o‘tdi. Sammitdan ko‘zlangan asosiy maqsad - hayot faoliyatining turli sohalariga AKTning tatbiq etilishi natijasida qo‘lga kiritilgan yutuqlar, axborot-kommunikatsion soha rivoji tendensiyalari namoyish etuvchi platformani yaratish, shuningdek, O‘zbekistonda AKT sohasini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirishdan iborat. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha Milliy sammit har yili an'anaviy tarzda o‘tkazib kelinadi. Unda AKT sohalarining hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, so‘nggi yutuqlarni muhokama qilish va AKT rivojiga doir e'tiborga molik masalalar bo‘yicha fikr almashishdan manfaatdor bo‘lgan O‘zbekiston, yaqin va uzoq xorij mamlakatlaridan ishtirokchilar qatnashdi.
16 - 20 sentyabrcha Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 150 ta yangi nomdagi avtoreferatlar qabul qilinib ro‘yxatdan o‘tkazildi. Ularga (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlashtirildi: siyosat - 44 nusxa, tibbiyot - 9 nusxa, qishloq xo‘jaligi - 8 nusxa, texnika - 30 nusxa, san'at - 4 nusxa, ta'lim va madaniyat - 7 nusxa, tabiiy fanlar - 42 nusxa, psixologiya - 2 nusxa, tilshunoslik - 4 nusxa) texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.
23 sentabr kuni Milliy kutubxonada YUNISEF ning ijtimoiy ishlar bo'yicha xalqaro maslahatchisi Terrens Merfining tashrifi yuzasidan davra suhbati bo'lib o'tdi. Mazkur davra suhbati BMT (YUNISEF) Bolalar fondining O'zbekistondagi vakolatxonasi, O'zbekiston Respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi, M.Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti, O'zbekistonning SOS-Bolalar mahallalari bilan hamkorlikda o'tkazildi.
O`zbekiston dunyo miqyosida yosh mamlakatlardan biri bo`lishiga qaramay o`z orzusi va maqsadi yo`lida adashmay, turli yot illatlarga bandi bo`lmagan holda o`z kelajagini mustahkam qura olyapti desak, mubolagà bo`lmaydi. Mustaqillik rivojlanishning bir nechta jabhalari qatorida islom ma'rifatining rivoji uchun, shu bilan bir qatorda, musulmonlarning diniy ibodat va marosimlarini ado etishlari uchun ham qulay sharoit yaratib berdi. Qur'oni Karim to‘rt marta o‘zbek tilida chop etildi. Mutaxassis kadrlar tayyorlanib, barcha viloyatlarda diniy o‘quv yurtlari faoliyat ko‘rsata boshladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan 1999 yilda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universiteti tashkil qilindi. Mustaqillikkacha 83 ta masjid faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, hozirga kelib 2500 dan ziyod masjidlar faoliyat olib bormoqda.
Joriy yilning 11 sentyabrida Nyu-York shahrida (AQSH) Kitoblarga raqamlar berish ISBN-2013 Xalqaro agentligining yillik hisobot yig‘ilishi o‘z ishini boshladi. Kitoblarga ISBN raqamlarini berish Xalqaro agentligi kitoblarning xalqaro standart raqami (ISBN)ni qo‘llash asosida nashrlarni identifikatsiya qilish masalalari bilan shug‘ullanadi hamda ISBN raqamini qo‘llash tartibi, tuzilishi, tarkibi, yozish shakli, nashrlarda joylashtirish tartibini belgilaydi. Kitoblarning xalqaro standart raqami (ISBN) 1967 yilda Buyuk Britaniyaning J. Whitaker & Sons Ltd kompaniyasi va 1968 yilda AQSHda R.R. Bouker (R.R. Bowker)lar tomonidan joriy qilingan raqamlashtirish tizimiga asoslangan holda ishlab chiqilgan.
2013 yil 9 sentyabr kuni profilaktika va texnik sabablarga ko’ra kutubxona ishlamaydi.
12 sentyabr kuni soat 15:00 da Ko‘rgazmalar zalida “Mustaqil Vatanimizning ijodkor yoshlari” shiori ostida ijodkorlar klubining navbatdagi davra - suhbati bo‘lib o‘tadi.
18 sentyabr kuni soat 15:00 da Ko‘rgazmalar zalida O‘zbekiston Diniy ishlar qo‘mitasi bilan hamkorlikda “Turli diniy oqimlarga kelajak avlodning munosabati” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tadi.
26 - 30 avgustgacha Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 117 ta yangi nomdagi kitob qabul qilinib ro‘yxatdan o‘tkazildi.
112 ta kitob (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlashtirildi: siyosat - 21 nusxa, tibbiyot - 2 nusxa, badiiy adabiyot - 45 nusxa, texnika - 31 nusxa, sa'nat - 3 nusxa, ta'lim va madaniyat - 3 nusxa, tabiiy fanlar - 5 nusxa, adabiyotshunoslik - 2 nusxa), 5 ta SD ROMga (siyosat - 3 nusxa, texnika - 2 nusxa) texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida, Kutubxonaning elektron katalogi AIBS dasturiga kiritilgan bibliografik yozuvlarga, to‘liq matnli elektron ko‘rinishdagi resurslar ulandi.
To’liq matnli electron resurslarni Milliy kutubxonaning o’qish zallari kompyuterlaridagi AIBS dasturi, elektron katalog orqali, o‘zingizga kerakli resursni tanlab, o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
Istiqlol yillarida milliy qadriyatlarni tiklash, tariximizni xolis va haqqoniy o‘rganish, nohaq unutilgan tarixiy siymolar xotirasini e'zozlash, madaniyatimiz va san'atimiz rivojiga hissa qo‘shgan ijodkorlar faoliyatini, ularning boy ma'naviy merosini tadqiq etish, targ‘ib va tashviq qilish, tarixiy adolatni qaror toptirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Tariximizning ayanchli, hasratli, fojiali sahifalaridan biri - sovetlarning qatag‘on siyosati davridir. Prezidentimizning 2001 yil 1 maydagi “Qatag‘on Qurbonlarini yod etish kunini belgilash to‘g‘risida”gi Farmoni ustiga kafan tashlangan ushbu davrni o‘rganish yuzasidan yangi ufqlarni ochib berdi.
29 avgust kuni soat 15:30 da «Jahon» o‘quv zalida «O‘zbekiston va AQSH: turli qit'alarning madaniyat rezonansi» hindular madaniyati haftaligi ishtirokchilari ya'ni Navaxo qabilasi gilam to‘quvchi ustasi Barbara Ornelas va Apachi qabilasi musiqiy ijrochisi Kennet Dankan bilan uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
Mustaqilligimizning 22 yilligi munosabati bilan 28 avgust kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida «Shu aziz Vatan barchamizniki» nomli foto tanlov bo‘lib o‘tdi. Tanlov ishtirokchilari O‘zbekiston manzaralari, tabiati, urf-odatlari, shaharlari kabi fotosuratlarini taqdim etdilar. G‘oliblar hakamlar hay'ati a'zolari tomonidan aniqlandilar.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi foydalanuvchilarga sifatli va samarali xizmat ko‘rsatish, turli onlayn bazalaridan foydalanish samaradorligini oshirish hamda axborot xavfsizligini ta'minlash maqsadida 2013 yil 2 sentyabrdan boshlab, Milliy kutubxonada Internet kunlik bepul limiti bir soat etib belgilanadi. Ushbu limitdan ortiq foydalanishning xar soati 300 so‘mni tashkil etadi.
19 - 23 avgustgacha Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 74 ta yangi nomdagi kitob qabul qilinib ro‘yxatdan o‘tkazildi.
74 ta kitob (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlashtirildi: siyosat - 8 nusxa, badiiy adabiyot - 10 nusxa, ta'lim va madaniyat - 41 ta, tabiiy fanlar - 6 ta, adabiyotshunoslik - 9 ta) texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.
Shu kungacha Respublika miqyosida chop etiladigan bosma nashrlarning 1874 tasiga Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan KBK (kutubxona bibliografik klassifikatsiyasi) indeksi va bibliografik tavsifi berildi.
2013 yilning 25 avgust kunida YUNESKO bosh direktori Irina Bokova Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasiga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida delagatsiya a'zolariga Simpoziumlar saroyi va Milliy kutubxona bo'ylab ekskursiya tashkil etildi va kutubxonaning kundalik hayotiga tatbiq etilgan zamonaviy axborot- kutubxona texnologiyalari bilan tanishtirildi.
Kutubxonaning birinchi qavatida Irina Bokova kitob muzeyi va undagi ko'plab eksponatlar qatorida 1058 yilda Bog'dodda yozilgan Abu Xasan al-Movardiyning «Al-Ahkom as-sultoniya va-l-valoyot ad-diniya» qo'lyozma asari bilan tanishdi.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida, Kutubxonaning elektron katalogi AIBS dasturiga kiritilgan bibliografik yozuvlarga, to‘liq matnli elektron ko‘rinishdagi resurslar ulandi.
To’liq matnli electron resurslarni Milliy kutubxonaning o’qish zallari kompyuterlaridagi AIBS dasturi, elektron katalog orqali, o‘zingizga kerakli resursni tanlab, o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktor o‘rinbosari Alisher Ishmatov hamda Xalqaro aloqalar bo‘limi rahbari Aliya Japarovalar IFLA (International Federation of Library Associations and Institutions)ning 79- kongressida qatnashdilar. Ushbu kongress 2013 yil 17-23 avgust kunlari Singapur shahrida bo‘lib o‘tdi.
1 avgustdan 21 avgustgacha Milliy kutubxonaning o`quv markazida O`zbekiston nogiron tadbirkor ayollar jamiyati tomonidan 8 ta qatnashchilar bilan kompyuter savodxonligi bo`yicha o`quv darslari bo`lib o`tdi. Ushbu maxsus o`quv kursi BE PRO programmistlar markazining mutaxassislari tomonidan ishlab chiqildi va o`tkazildi.
19 avgust kuni Jahon o‘quv zalida «CivaTech Oncology» kompaniyasi bosh ilmiy xodimi S. Xoyedlning «Texnologiyalar kommersializatsiyasi», «Texnologik parklar yaratish» va «Innovatsion siyosat» nomli prezentatsiyalari o‘tkazildi. Tadbirda Toshkentdagi AQSH elchixonasining vakillari, iqtisodiy masalalar attashesi hamda ilmiy masalalar bo‘yicha mutaxassislar ishtirok etishdi. Tadbir so‘ngida janob Xoyedl foydalanuvchilarning qiziqtirgan savollariga javob berdi. Tadbirdan so‘ng janob Xoyedl kutubxona bo‘ylab sayoxati davomida kutubxona tarixi, uning hozirgi kundagi faoliyati, talaba-yoshlarga yaratilgan barcha qulayliklarni va kutubxonaning yangi kommunikatsion texnologiyalarini ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida, Kutubxonaning elektron katalogi AIBS dasturiga kiritilgan bibliografik yozuvlarga, to‘liq matnli elektron ko‘rinishdagi resurslar ulandi.
To’liq matnli electron resurslarni Milliy kutubxonaning o’qish zallari kompyuterlaridagi AIBS dasturi, elektron katalog orqali, o‘zingizga kerakli resursni tanlab, o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
12 avgust kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida BMTning O‘zbekistondagi doimiy vakili Stefan Prisner bilan «BMT va yoshlar» mavzusida matbuot brifingi bo‘lib o‘tdi. 2012 yilda BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun yoshlar bilan ishlash va ularni BMT faoliyatiga yanada kengroq jalb etishni yangi 5 yillik faoliyat dasturining ustuvor vazifalaridan bir deb e'lon qilgan.
12 avgust kuni soat 11:00 da Majlislar zalida xalqaro yoshlar kuni va Milliy kutubxonada BMTning axborot resurs xonasi ochilishi munosabati bilan matbuot brifingi o`tkaziladi. Marhamat barcha xohlovchilar ushbu matbuot brifingida ishtirok etishlari mumkin.
Oʻzbekiston xalq artisti, bastakor, sozanda Muhammadjon Mirzayev tavalludiga 100 yilligi munosabati bilan 7 avgust kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining ko‘rgazmalar zalida O‘zbekiston xalq artisti, bastakor, sozanda Muhammadjon Mirzayevning hayoti va ijodiy faoliyatiga bag‘ishlangan adabiy kecha tashkil etildi. Tadbirni shoir Shukur Qurbon ochib berdi. Unda elimizga taniqli shoir, yozuvchilar, olimlar, xalq hofizlari, kitobxonlar, Milliy kutubxona xodimlari ishtirok etdilar.
29 iyuldan - 2 avgustgacha Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 39 ta yangi nomdagi kitob (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlashtirildi: siyosat - 22 ta, yuridik adabiyotlar - 17) texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.
Erkak 805
Ayol 525
Jami: 1330
Talaba 208
O‘quvchi 233
Abituriyent 524
Magistr 30
Ilmiy xodim 12
2013 yil 29 iyul kuni Milliy kutubxonada «Tozalik kuni» deb e'lon qilinadi. Ushbu kun kutubxona foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatmaydi.
Oila - bu muqaddas dargoh. Uning mustahkam va daxldorligi jamiyat taraqqiyotini bеlgilaydi. Oila va jamiyat tushunchalarini bir-biridan ayro holda tasavvur qilib bo’lmaydi. O’zbеkiston Rеspublikasi Konstitutsiyasining XIV bobi “Oila haqida” bo’lib, unda oila va jamiyat tushunchalari hamda davlatning ularga bo’lgan munosabati yoritiladi. Ushbu bobning 63-moddasida: “Oila jamiyatning asosiy bo’g’inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo’lish huquqiga ega. Nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va tеng huquqliligiga asoslanadi”, dеya izohlangan. Bundan ko’rinib turibdiki, jamiyatni oila tashkil qiladi. Oila va jamiyat birdamlikda bir-birini to’ldiradi.
17 iyul kuni 15:00 da Ko‘rgazmalar zalida Ijodkorlar klubining «Oila - mening qutlug‘ bog‘im» mavzuidagi yig‘ilishi uyushtiriladi. Barcha xohlovchilar ushbu yig‘ilishda ishtirok etishlari mumkin.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi kinozalida 16 iyul kuni 16:00 da koreys va o‘zbek tillarida «Koreya milliy taomlari» mavzuida davra suhbati tashkil qilinadi. Barcha xohlovchilar ushbu davra suhbatida ishtirok etishlari mumkin.
Abdulla Avloniy o`zbek shoiri, ma`rifatparvar, dramaturg va taniqli jamoat arbobidir.
XX asrning 30-yillari o`rtalarida bo`lgan o`zbek matbuoti va adabiyoti, shuningdek, ma'rifati va maorifini Abdulla Avloniysiz tasavvur etish mumkin emas. Turkistonda birinchilardan bo`lib maktabda geografiya, kimyo, handasa, fizika fanlari kiritilishiga tasir ko`rsatdi. Ta`limni hayot, turmush bilan bog`lashga intildi, bir dars bilan boshqasi o`rtasida muayyan tanaffusni, bir sinfdan ikkinchisiga o`tishdagi imtihon topshirishni joriy etdi, ta`lim tizimining dunyoviy yo`nalishini kuchaytirishga alohida e`tibor berdi.
9 iyul kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi kinomarkazida, talaba yoshlar tashabbusi bilan koreys va o‘zbek tillarida «Koreya hamda o‘zbek ma'daniyati o‘rtasidagi o‘xshashlik» mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Ushbu davra suhbatida talabalar bugungi kun Koreya madaniyati, urf-odatlari, bayramlari haqida yangi va qiziqarli ma'lumotlarni bilib oldilar. Ular turli ma'lumotlarga ega bo‘lish bilan bir qatorda koreys tilida o‘z lug‘at boyliklarini oshirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Shu bilan birga qiziqarli o‘yinlar tashkil etilib, g‘oliblarga Milliy kutubxona faoliyatiga bag‘ishlangan byulleten-kalendarlari esdalik uchun sovg‘a qilindi.
11 iyul kuni 16:00 da Ko‘rgazmalar zalida ma'rifatparvar, jurnalist, davlat va jamoat arbobi Abdulla Avloniy tavalludining 135 yilligi munosabati bilan tadbir uyushtiriladi. Tadbirda taniqli shoir va yozuvchilar ishtirok etadilar. Barcha xohlovchilar ushbu tadbirda ishtirok etishlari mumkin.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi kinozalida 9 iyul kuni 16:00 da koreys va o‘zbek tillarida «Koreya hamda o‘zbek ma'daniyati o‘rtasidagi o‘xshashlik» mavzuida davra suhbati tashkil qilinadi. Barcha xohlovchilar ushbu davra suxbatida ishtirok etishlari mumkin.
5 iyul kuni “Jahon” xorijiy adabiyotlar o‘quv zalida O‘zbekistondagi AQSH elchixonasi vakillari tomonidan O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga kitoblar hadya etish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi elchisi Djorj Krola, axborot, ma'daniyat, ta'lim masalalari bo‘yicha attashes Brayn Penn, elchixona axborot-resurs markazi direktori Doniyor Salixovlar qatnashdi. Milliy kutubxonaning xorijiy adabiyotlar fondini yanada boyitish maqsadida ilmiy - ommabop, ta'limiy, badiiy, bolalar adabiyoti, ko‘plab davriy nashrlar sovg‘a qilindi.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi kinozalida 3 iyul kuni AQSH mustaqilligining 237 yilligi munosabati bilan «Xorijda ta'lim» mavzusida ingliz tilida baxs - munozara o‘tkazildi. Ushbu baxs - munozara talaba yoshlar o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Unda talabalar AQSH ning eng yaxshi universitetlarga kirish haqida foydali ma'lumotlar oldilar, xorijda ta'lim olishning ijobiy hamda salbiy tomonlari haqida suhbat qurdilar hamda qiziqarli o‘yinlarni tashkil etib ingliz tilida o‘z lug‘at boyliklarini oshirish imkoyatiga ega bo‘ldilar.
27 iyun kuni O`zbekiston Milliy kutubxonasida “Umidvorlik” nogiron bolalarga va ularning ota-onalariga yordam berish markazi hamkorligida “Hunarmandchilik ustaxonasi – imkoniyati cheklangan yoshlarni birlashtirishning shakli sifatida” mavzuiga bag`ishlangan ma’lumot-axborot uchrashuvi bo’lib o’tdi. Ta`kidlash joizki, mazkur markaz ijtimoiy notijorat tashkilot bo’lib, nogiron farzandlarini tarbiyalayotgan ota-onalar tashabbusi bilan tashkil etilgan. Tadbirni o’tkazishdan ko’zlangan asosiy maqsad mehnat va kasbiy mahoratni rivojlantirish orqali nogiron yosh avlodni ijtimoiylashtirishdan iborat.
24 - 28 iyungacha Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 280 ta yangi nomdagi axborot resurslari qabul qilinib, ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Shulardan 130 ta kitob (quyidagi sohalar bo‘yicha turkumlashtirildi: siyosat - 22 ta, adabiyotshunoslik - 10 ta, tabiiy fanlar - 31 ta, q/x - 8 ta, texnika - 3 ta, madaniyat - 10 ta, badiiy adabiyot - 31 ta, meditsina - 3 ta, san'at - 12 ta) va 150 ta avtoreferatga (siyosat - 43 ta, tibbiyot - 21 ta, texnika - 45 ta, madaniyat - 12 ta, tabiiy fanlar - 15 ta, tilshunoslik - 7 ta, san'at - 2 ta, q/x - 5 ta ) texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida taniqli o‘zbek yozuvchisi va jamoat arbobi, o‘zining "Daftar hoshiyasidagi bitiklar”, "Dunyoning ishlari”, "Ikki eshik orasi” kabi asarlari bilan xalqimizning mehrini qozongan samimiy va xokisor yozuvchi O‘tkir Hoshimov; nosir, dramaturg va kinosenarist, ko‘p qirrali ijodkor, respublika radiosi, televideniyesi hamda «O‘zbekiston madaniyati» gazetasi, «G‘uncha» va «Sharq yulduzi» jurnallarida ishlagan, «Shuhrat» medali bilan taqdirlangan Farhod Musajonov; ham she'riyat ham nasrda birdek ijod qilgan adib, qator nashriyotlarda adabiy xodim, radio, televideniye va "O‘zbekfilm" kinostudiyasida mas'ul lavozimlarda faoliyat ko‘rsatgan, uzoq yillar "Sharq yulduzi" oynomasida bosh muharrir o‘rinbosari lavozimida ishlagan
Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 10 - 14 iyungacha 2492 nomdagi bibliografik yozuvlar to‘liq matnli tekstlarga ulandi.
Shu kungacha Respublika miqyosida chop etiladigan bosma nashrlarning 1352 tasiga Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan KBK (kutubxona bibliografik klassifikatsiyasi) indeksi va bibliografik tavsifi berildi.
Har bir xalqning tarixiy, madaniy-milliy qiyofasini aniq belgilovchi ulug' shohlari, buyuk olimlari, yirik adib va shoirlari bo'ladi. Insoniyatning abadiyotga mansub ana shunday buyuk farzandlari safida Zahiriddin Muhammad Bobur ham o'z o'rniga ega. Kishilik tarixida Boburchalik shaxsiy imkon, iqtidor va fazilatlari beqiyos kishilar juda kam uchraydi. Bobur — buyuk podshoh, mumtoz shoir, nazariyotchi adabiyotshunos, faqih, tilshunos, san'atshunos, etnograf, hayvonot va nabotot olamining bilimdoni sifatida ko'pqirrali faoliyat va ijod sohibi edi. Birgina «Boburnoma» uning yigirmadan ortiq sohalarga qiziqqanligiga yaqqol misoldir.
Butundunyo mamlakatlarida 1 iyunda o`tkazilishi an`anaga aylanib qolgan Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni har yili bolalarga bo'lgan e'tiborni yanada kuchaytirishga qaratilgan turli xil tadbirlar bilan nishonlanadi. 30 may kuni O`zbekiston Milliy kutubxonasida ham SOS O`zbekiston Bolalar mahallasi uyushmasi, O`zbekiston-Yaponiya madaniyat markazi, YUNISEF va BMT taraqqiyot dasturi hamkorligida qator bayram tadbirlari o`tkazildi. Mazkur tadbirga poytaxtimizdagi Mehribonlik uylari, kam ta'minlangan, serfarzand oilalar, bog‘cha va maktablarning yuzdan ziyod o‘g‘il-qizlari taklif etildi. Tadbirda tashkil etilgan ko‘ngilochar o‘yinlar, turli fanlarga oid intellektual viktorinalar, mahorat maktablari bolajonlarga bir olam quvonch bag‘ishladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 20 martdagi “Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi-axborot resurs markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1729-sonli, Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 4 apreldagi 98-sonli qarori qabul qilindi. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida yuqoridagi qarorning bajarilishi doirasida bir qator ishlar bajarildi.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan respublikada chop etilayotgan kitoblarga (ISBN) va davriy nashrlarga (ISSN) xalqaro standart tartib raqamlarini berilishini kompyuter tarmog‘i orqali interaktiv shaklda tashkil etish, ushbu sohada nashriyotlar va tahririyatlarga xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan respublikada chop etilayotgan kitoblarga ISBN va davriy nashrlarga ISSN xalqaro standart tartib raqamlari berilishini elektron ko‘rinishida tashkil etildi.
Butunjahon bolalarni himoya qilish kuni oldidan bolalar uchun bayram tadbiri
2013 yil 30 may soat 10:00 da Alisher Navoi nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonaning ichki maydonchasida va kutubxona kinomarkazida “1-iyun butunjahon bolalarni himoya qilish” kuni munosabati bilan O`zbek-Yaponiya markazi hamda “SOS” bolalar mahallasi bilan hamkorlikda bayram tadbiri va maxorat maktablari tashkil qilinadi.
Joriy yilning 23 may kuni Toshkent shahri, G‘ofur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida “Adabiyotga e'tibor - kelajakka, ma'naviyatga e'tibor” shiori ostida Respublika “Kitob bayrami" ma'naviy-ma'rifiy, ijtimoiy tadbiri o‘tkazildi. Ushbu tadbir O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi Xalk ta'limi, Oliy va o‘rta mahsus ta'lim, Madaniyat va sport ishlari vazirliklari, Respublika ma'naviyat targ‘ibot Markazi, "Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, “Maxalla” hayriya jamoat fondi, “Sharq” nashriyot-matbaa aksionerlik kompaniyasi, “Uzdavkitobsavdota'minoti” mas'uliyati cheklangan jamiyati hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan hamkorlikda o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 21 martdagi “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1730 sonli qarorida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi milliy va jahon madaniyatini, fani va ta'limini rivojlantirish manfaatlarini ko‘zlagan holda O‘zbekiston Respublikasida axborot-kutubxona faoliyatini tashkil etuvchi hamda amalga oshiruvchi umumdavlat universal axborot-kutubxona muassasasidir.
2013 yil 20 may kuni Milliy kutubxonada AQSHning O`zbekistondagi elchixonasi ko`magida amerika yozuvchilari bilan adabiy uchrashuv bo`lib o`tdi. Unda AQSHning Ayova shtati Universiteti qoshidagi Xalqaro yozuvchilar dasturi vakillari - Enn Xud, Stiven Kuusisto, Kristofer Merrill va Chinelo Okparantalar qatnashdilar.
Adabiy uchrashuvda Milliy kutubxona foydalanuvchilari, O`zbekiston yozuvchilar uyushmasi a`zolari ishtirok etdilar. Yozuvchilar o`z qalamiga mansub asarlaridan, she`rlaridan parchalar o`qib berdilar. Yeg`ilganlar yozuvchilar ijodi, faoliyatiga oid o`zlarini qiziqtirgan savollariga to`liq javob olish imkoniga ega bo`ldilar.
Jahon xalqlari kabi O‘zbekistonda ham 15-may - Xalqaro Oila kuni bayram sifatida keng nishonlanadi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1993 yil 20 sentyabrida bo‘lib o‘tgan yalpi yig‘ilishida 1994 yildan boshlab, har yili 15 may kunini Xalqaro Oila kuni sifatida nishonlashga qaror qilindi. Bu qarorni qabul qilishdan maqsad - barcha taraqqiyparvar va tinchlikparvar insoniyat diqqatini inson o‘z umrini o‘tkazadigan, o‘z orzu umidlari, baxtu saodatini hamda tinchligini ta'minlaydigan maskan - oilaning mustahkam bo‘lishiga qaratishdir.
Yurtboshimiz I.A.Karimov tashabbuslari bilan mamlakatimizda 9-may “Xotira va qadrlash kuni” deb e’lon qilingan bo’lib, bu bayram keng miqyosda nishonlanib kelinmoqda. Tinchlik uchun g’alaba qozonishda O’zbekistonning ham xissasi bor. Minglab o’zbek xalqi janglarda azoblanganlar, tinchlik uchun qon to’kkanlar, qochoqlar, boshqa millatlarning qutqarilgan xalqlariga davlatimiz, bag’rikeng xalqimiz tomonidan, frontdagi insonlar uchun yordam ko’rsatilgan. II jahon urushi yillarida O’zbekiston 450 mingdan ziyod o’g’lonlarini yo’qotgan. Bugungi kundagi farahbaxsh kunlarimiz aynan urush qurbonlari va vatanimiz qahramonlarining ko’rsatgan jasoratlari evaziga desak mubolag’a bo’lmaydi. “Xotira va qadrlash kuni” ning nishonlanishi ham aynan urush fahriylari va qatag’on qurbonlari xotirasi xurmati uchun bag’ishlanadi.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi 2013 yil “9 may - Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan “Dam olish kuni” e'lon qiladi.
2013 yil 8 may kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida ish vaqti 1 soatga qisqartiriladi.
Ma'muriyat
6 may soat 15-00 da O`zbekiston Milliy kutubxonasida Qozog`iston millatiga mansub hozirgi kunda AQSHning Indiana Universitetida yaqinsharq, markaziy yevrosiyo va islom madaniyati topilmalari bo`yicha bibliograf mutaxassislik faoliyatini yuritayotgan amerikalik olim Akrom Xabibullayevning 10 ta arab qo`lyozmalarini hadya etish marosimi bo`lib o`tdi. Amerikalik mehmonlar O`zbekiston Milliy kutubxonasida o`tkazilgan “Central Asia-2013” “Internet va axborot-kutubxona resurslaridan fan, ta`lim, madaniyat va biznes sohalarida foydalanish” 7-xalqaro konferensiyasida ishtirok etishlari uchun taklif qilingan edilar.
25 aprelda konferensiyaning yakunlariga bag’ishlangan yig’ilishbo’lib o’tdi, unda xar bir seksiya moderatorlaridan yakuniy hulosalar tinglandi va eng yaxshi, tinglovchilar e'tiboriga molik, dolzarb mavzuni qamrab olgan ma'ruzalar e’lon qilindi. Eronlik Is’hok Saloxiy Kajur, YUNESKO vakili Krista Pikkat, Rossiya Davlat kutubxonasidan Galina Raykova, Ozarbayjondan Gadjiyeva Melek xanumning ma'ruzalari mazmuni va mohiyati jihatidan barcha uchun qiziqarli hamda foydali bo‘ldi.
Joriy yilning 22 aprel kuni Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonasida «Central Asia 2013» 7- Xalqaro konferensiyasi qatnashchilarini ro`yxatga olish hamda yurtimizdagi yetakchi nashriyotlarning yangi adabiyotlar ko`rgazmasi ochilishi bo`lib o`tdi. Unda B.N.Yeltsin nomidagi Prezident kutubxonasi xalqaro aloqalar bo`limining menedjeri Drozdova Anastasiya, Selivanova Yuliya Gennadyevna, Rossiya Milliy kutubxonasi kartografiya bo`limi boshlig`i Kildyushevskaya Lyudmila Konstantinovna
Mazkur anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari Qo‘mitasi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari Davlat Qo‘mitasi, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, Madaniyat va sport ishlari, Xalq ta'limi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirliklari hamda boshqa qator idora va tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan mazkur anjumanda O‘zbekiston, AQSH, Germaniya, Xitoy, Rossiya, Ukraina, Ozarbayjon, Eron, Qozog‘iston, Kanada kabi o‘ndan ziyod mamlakatlardan 400 dan ziyod soha vakillari, ekspert va olimlar ishtirok etishdi.
Milliy bibliografiya ma'lumotlari bazasini shakllantirsh xizmati AIBS dasturi asosida elektron ma'lumotlar bazasini o‘lkaga oid bo‘lgan gazeta va jurnal maqolalari bilan to‘ldirib kelmoqda. 2013 yil 8 - 12 aprel holatiga ko‘ra Milliy Kutubxonada ma'lumot kiritish ishlari bo‘yicha quyidagilar amalga oshirildi
Jahonning ko‘pgina mamlakatlari 2 aprel sanasini bolalarning sevimli buyuk ertak yozuvchisi Gans Xristian Anderson tug`ilgan kuni munosabati bilan “Xalqaro bolalar kitobi kuni” sifatida nishonlashadi. 1967 yilda Xalqaro bolalar kitoblari kengashi 2 aprel sanasini “Bolalar kitoblari kuni” deb nishonlash to‘g‘risida qaror qabul qilgan.
2 aprel kuni soat 15.00 da Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti, O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonasi hamkorligida “Sabo shudringlarining jilvalari”mavzuida ko`rgazma bo‘lib o‘tdi.Ushbu tadbirni Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonasi direktori o`rinbosari Alisher Ishmatov ochib berdi. Ko`rgazmada O‘zbekiston xalq rassomi , O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi Akademigi Bahodir Jalolov, Sa`dulla Abdullayev; Toshkent shahar hokimi o`rinbosari, hotin-qizlar kengashi raisi, senatr Farida Abdurahimova Yo`ldashevna;
Joriy yilning 26 mart kuni Milliy kutubxonaning majlislar zalida “Electron kutubxona tarmoqlarida ilmiy-ta`limiy axborotlar yaratish va ulardan foydalanish texnologiyalari”nomli har yili o`tkaziladigan ilmiy –amaliy seminarda prezintatsiya o`tkazildi. Ushbu prezintatsiyada Spinger, Wiley, EBSCO Publishing, E-Library, ЗАО «КОНЭК» kabi yirik kompaniyalar ishtirok etdilar.
Inson ma’naviyatini tarbiyalashda teatr san’atining o’rni beqiyos. Zero san’at insonni ma’naviy jihatdan boyitadi, ijodiy qobilyatini rivojlantiradi, ezgulik sari yetaklaydi. 27 mart- Xalqaro teatr kuni 1961 yili YUNESKO huzuridagi Xalqaro teatr instituti tomonidan Avstriyaning Vena shahrida bo`lib o`tgan IX kongressida ta`sis etilgan edi. Hozirgi kunda jahonning 100 dan ziyod mamlakatlarida 27 mart kuni teatr san`ati hodimlarining kasb bayrami sifatida keng nishonlanib kelinmoqda.
Bizga malumki, axborot texnologiyalari taraqqiyoti rivojlanishi mamlakatimizda axborot-kutubxona faoliyatining rivojiga katta ta’sir ko’rsatmoqda.Jumladan, foydalanuvchilarga zamonaviy xizmat ko`rsatish sohalari kengayib, elektron axborot almashinuvi keng yo`lga qo’yilgan. Alisher Navoi nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasida foydalanuvchilarga sifatli hamda samarali xizmat ko’rsatishni takomilashtirish maqsadida elektron buyurtmalarni masofaga yetkazib berish xizmati yo’lga qo’yilgan va 1apreldan ushbu xizmat test rejimida ishlamoqda. Bu tizim endilikda nafaqat kutubxonaga tashrif buyuruvchi balki respublikaning boshqa hududidagi foydalanuvchilarga elektron ma’lumotnito’g’ridan to’g’ri taqdim etish imkoniyatini beradi.
25 mart kuni Milliy kutubxonada xonanda Shahzoda bo’lajak konserti oldidan ommaviy axborot vositalari hamda ijodining ashaddiy muhlislari bilan matbuot konferensiyasini o`tkazdi. Konferensiya xonandaning konsertiga homiylik qilayotgan “TARONA KONSERT” Prodyusserlik Markazi va O’zbekiston Milliy kutubxonasi bilan birgalikda tashkil etildi.
Milliy bibliografiya ma'lumotlari bazasini shakllantirsh xizmati AIBS dasturi asosida elektron ma'lumotlar bazasini o‘lkaga oid bo‘lgan gazeta va jurnal maqolalari bilan to‘ldirib kelmoqda. 2013 yil 18 - 22 mart holatiga ko‘ra Milliy Kutubxonada ma'lumot kiritish ishlari bo‘yicha quyidagilar amalga oshirildi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2009 yil 31 dekabrdagi 343-sonli qaroriga asosan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi balansidagi konditsioner (zima-leto)larni belgilangan tartib bo‘yicha shartnoma asosida sotuvga kuyilganligini e'lon qiladi.
Bahor - fasllar gulshani, uyg‘onish fasli. Butun borliq, ona tabiat barq urib yashnaydi, yangilanadi. Tirik jonzot borki yangi kunning tug‘ilishidan bahra oladi, zavqlanadi. Bizning tabarruk xalqimiz ham Navro‘z bayramini, ya'ni yangi kunning tug‘ilishini aynan bahor faslida nishonlashi bejiz emas. Navro`z - bahor, yangi yil bayrami. “Navro`z” atamasi ikki fors so‘zidan tashkil topgan bo‘lib “nav” - yangi, “ro‘z” - kun ya'ni yilnig birinchi kuni degan ma'nolarni bildiradi. Bu bayramni bir necha ming yilliklardan beri nishonlab keladilar. Navro‘z - xalqimizning eng ommaviy va go‘zal bayramidir.
2013 yil 20 martda miya faoliyati buzilgan bolalarning yumshoq revolutsiyasi tiklash yo`lini o`ylab topgan Glenn Domanning o`g`li Amerikaning mashhur bolalar ongi rivojlanishi mutaxassisi Duglas Doman Milliy kutubxonada ma'ruza o`qidi. Bu ma'ruza O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash Vazirligi ko`magida Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonasi hamkorligida anjumanlar zalida aqli zaif bolalarning ota-onalari bilan birgalikda o`tkazildi.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi va unda faoliyat yuritib kelayotgan “Ingliz tili” klubi a'zolari hamda kutubxona foydalanuvchilari orasida “Musiqa tarixi va uning yorqin yulduzlari” mavzusida ingliz tilida tayyorlangan prezentatsiyalar tanlovini o‘tkazadi. Tanlov aprel oyining oxirigacha davom etib, har bir prezentatsiya klub yig‘ilishi kunlari namoyish etiladi.
Lutfiy - o'zbek xalqining ulug' mutafakkiri, atoqli namoyandasi, jahon adabiyoti hamda o'zbek mumtoz adabiyoti tarixining rivojiga o'zining ulkan hissasini qo'shgan, o'zbek va fors-tojik tillaridagi asarlari bilan Sharq adabiy muhitida chuqur iz qoldirgan, so'z mulkining sultoni Alisher Navoiyning ta'biricha zamonasining mashhur «Malik ul-kalom»i ya'ni «So'z podshosi» nomi bilan shuhrat qozongan etuk alloma. Lutfiyning yoshlik yillaridanoq adabiyotga bo'lgan katta qiziqishi alohida ko'zga tashlanib turar edi. Bo'lajak shoir o'zgacha bo'lgan turkiy tildagi adabiyot bilan bir qatorda fors va arab adabiyotlarini ham qunt bilan o'rganadi.
Milliy bibliografiya ma'lumotlari bazasini shakllantirsh xizmati AIBS dasturi asosida elektron ma'lumotlar bazasini o‘lkaga oid bo‘lgan gazeta va jurnal maqolalari bilan to‘ldirib kelmoqda. 2013 yil 4 - 7 mart holatiga ko‘ra Milliy Kutubxonada ma'lumot kiritish ishlari bo‘yicha quyidagilar amalga oshirildi
Ayol bu-mehr-muhabbat, ayol-Vatan, ayol-go’zallik va nafosat timsoli. Vatan, yurt so’zlarining ona so’zi bilan payvasta aytilishi ham ayolning buyukligidan dalolatdir. Ayol-oilamiz, xonadonimiz oftobi, tirikligimiz quyoshi. Ayol – borliq ko’zgusi. Uning go’zalligi olamni charog’on etadi, chunki uning niyati pok, o’zi pok. Shu bois uni avaylab, asragan yurtning kelajagini porloq deb naql qilishadi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 10 iyuldagi "Zulfiya nomidagi davlat mukofotini ta'sis etish bo`yicha takliflarni qo`llab-quvvatlash to`g`risida"gi PF-2326-sonli Farmonida barkamol avlodni voyaga yetkazish, ular orasidan iqtidorli qizlarning adabiyot, san'at, ta'lim fan va madaniyatni rivojlantirishdagi yutuqlari, shuningdek, keng ko`lamli islohotlarni jadallashtirishdagi faol ishtiroklarini rag`batlantirish ko`zda tutilgan. Ushbu farmonning qabul qilinishi natijasida mamlakatimizda ilg`or , iqtidorli qizlarning safi yanada kengayishi, ularning ijtimoiy faolligi oshishi va jamiyat hayotida o`z o`rnini topishiga keng imkoniyat yaratildi.
Joriy yilning 27 fevral kuni O`zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi Toshkent shahar Kengashi "Yoshlar qanoti" tashabbusi bilan O`zbekiston Respublikasining Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a'zo bo`lganligiga 21 yil to`lishi munosabati bilan "Mustaqil O`zbekiston - dunyo e'tirofida" mavzusidagi davra suxbati tashkil etildi.
Terrorizm muammosi XX asrning oxiri, ayniqsa uning so‘nggi o‘n yilida xalqaro jamoatchilikni qattiq tashvishga solib qo‘ydi. Terrorizm Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, ko‘plab mintaqaviy, xalqaro, nodavlat va jamoatchilik tashkilotlari, qonunchilik va ijroiya, huquq-tartibot organlari va maxsus xizmatlari uchun o‘ta muhim muammoga aylandi.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida aholini axborotga bo‘lgan talabini qondirish hamda axborot-resurs bazalaridan foydalanish imkoniyatini yanada kengaytirish maqsadida 2012 yildan milliy bibliografiya ma'lumotlari bazasini shakllantirsh xizmati AIBS dasturi asosida elektron ma'lumotlar bazasini o‘lkaga oid bo‘lgan gazeta va jurnal maqolalari bilan to‘ldirib kelmoqda.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi 14 fevral kuni Muloqot.uz ijtimoiy tarmog‘i bilan hamkorlikda tashkil qilgan “Dil izhorlari” tanlovini 14 fevral kuni yakunladi. Tanlovda uch yo‘nalish bo‘yicha, ya'ni “Ona Vatanga”, “Onaga”, “Sevgan insoniga” atalgan Dil izhorlari g‘oliblari aniqlandi. Eng ko‘p dil izhorlari “Ona Vatanga” bag‘ishlangan bo‘lib, quydagi foydalanuvchilar kutubxona va Muloqot.uz dan sovg‘alar sohibiga aylandilar. Sovg‘alar: “Yagonam” o‘zbek milliy badiiy filmiga 2 chipta, “Ilhom” teatrining “Bizning mahalla” spektakliga 2 chipta va Muloqot.uz kafesiga 2 chipta.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida aholini axborotga bo‘lgan talabini qondirish hamda axborot-resurs bazalaridan foydalanish imkoniyatini yanada kengaytirish maqsadida 2012 yildan milliy bibliografiya ma'lumotlari bazasini shakllantirsh xizmati AIBS dasturi asosida elektron ma'lumotlar bazasini o‘lkaga oid bo‘lgan gazeta va jurnal maqolalari bilan to‘ldirib kelmoqda.
Kutubxona foydalanuvchilarga bugungi kunda o‘zbek she'riyatida qalam tebratayotgan, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi, shoir, kutubxonamizning doimiy kitobxoni Muhammad Ismoil bilan ijodiy uchrashuv tashkil qildi. Tadbirda shoirlar Nurmuhammad Isroil, Mahmud Yo‘ldoshev, Shukur Qurbon, suhandon Bahodir Mardiyev, xonanda Baxtiyor Sultonov, Madaniyat va san'at instituti talabalari hamda shoirning ko‘plab muxlislari ishtirok etdi.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasining ko‘rgazmalar zalida 2013 yil 5 fevralda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Davlat mukofoti laureati Normurod Xolmurodovning “Paxtachilik sevimli soham” nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Taqdimotda olimlar va Toshkent davlat agrar universiteti professor-o‘qtituvchilari hamda talabalari ishtirok etdi.
8 fevral soat 16:00 da O‘zbekiston Milliy kutubxonasida «Barqaror iqtisodiy o‘sish kontekstida kichik va o‘rta biznes uchun narx zanjiri konsepsiyasini tuzish: Germaniya Federativ Respublikasi misolida» mavzusida interaktiv taqdimot bo‘lib o‘tadi. Ushbu mavzuning nazariy va amaliy qirralari ko‘rib chiqiladi. Amaliy tahlil GFR sharqidagi Saksoniya hududi biznes tuzilishining uchta misoli asosida (xizmat ko‘rsatish sohasida) berilgan.
5–fevral seshanba kuni BMT Taraqqiyot Dasturining O’zbekistondagi Vakolatxonasi va Alisher Navoi nomidagi O’zbekiston Milliy Kutubxonasi tomonidan BMT Taraqqiyot Dasturining O’zbekistondagi Vakolatxonasi va Alisher Navoi nomidagi O’zbekiston Milliy Kutubxonasi o’rtasida o’zaro anglashuv Memorandumi imzolanishi munosabati bilan press-konferentsiya tashkil etdi.
O’zaro anglashuv Memorandumiga binoan, Loyiha va Milliy Kutubxona o’zaro xamkorlikni quydagi javhalarda belgilab olishdi: keng omma va shu jumladan imkoniyati cheklangan kutubxonaga tashrif buyuruvchilar bilan kutubxona xodimlarining AKTlarni qo’llash bo'yicha treninglarni tashkil etish;
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida aholini axborotga bo‘lgan talabini qondirish hamda axborot-resurs bazalaridan foydalanish imkoniyatini yanada kengaytirish maqsadida 2012 yildan milliy bibliografiya ma'lumotlari bazasini shakllantirsh xizmati AIBS dasturi asosida elektron ma'lumotlar bazasini o‘lkaga oid bo‘lgan gazeta va jurnal maqolalari bilan to‘ldirib kelmoqda.
28 yanvardan - 1 fevralgacha Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 510 ta yangi nomdagi axborot resurslari qabul qilinib, ro‘yxatdan o‘tkazildi.
2013 yil 28 yanvar kuni Djon Sloan boshchiligida Kanadaning Ishbilarmon doirasi vakillari O’zbekiston Milliy kutubxonasiga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida mehmonlar uchun tanishuv ekskursiyasi o’tkazildi va Milliy kutubxona faoliyatida joriy qilingan zamonaviy kutubxona-axborot texnologiyalari bilan tanishib chiqildi. Shuningdek, chet el adabiyotlari “Jahon” o’quv zalida ingliz va fransuz tillarida Kаnadaning tarixi, madaniyati va san’ati kitoblarining taqdimot marosimi bo’lib o’tdi. Marosimda kitobxonlar Kanadaning madaniyati, an’anasi, hayoti, davlatning tuzilishiga oid qiziqarli savollar-javoblar bilan qatnashdilar.
28 yanvar Milliy kutubxonaning kinozalida BMTning “Ijtimoiy innovatsiya va O’zbekistondagi volontyorlik taraqqiyot programmasi” asosida O’zbekistondagi xalqaro volontyorlar bilan “BMT volontyori bo’lish” muzokarali klubi bo’lib o’tdi.
Tadbir davomida BMT loyihasi faoliyati, O’zbekistondagi BMT Ko’ngillilar dasturi va volontyorlik xarakatining maqsadi, o’z xoxishi bilan dunyoni saqlash va rivojlantirish xaqida muhokama qilindi.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida aholini axborotga bo‘lgan talabini qondirish hamda axborot-resurs bazalaridan foydalanish imkoniyatini yanada kengaytirish maqsadida 2012 yildan milliy bibliografiya ma'lumotlari bazasini shakllantirsh xizmati AIBS dasturi asosida elektron ma'lumotlar bazasini o‘lkaga oid bo‘lgan gazeta va jurnal maqolalari bilan to‘ldirib kelmoqda.
Kutubxonada zamonaviy yuqori samarali axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda axborotlar olishning manbai, shakl va metodlarini tanlash imkoniyatini ta'minlash tamoyili asosida aholining, ayniqsa yoshlarning intellektual, bilim, ma'naviy-ahloqiy va madaniy ehtiyojlarini har tomonlama qondirish maqsadida milliy kutubxona qator ishlarni amalga oshirmoqda.
Kutubxonadagi mavjud o‘quv zallar axborotlarni foydalanuvchilarga yetkazib berishda eng zamonaviy kompyuterlar, imkoniyati cheklangan foydalanuvchilar uchun maxsus kompyuterlar, nusha ko‘chirish apparatlari, skanerlar bilan ta'minlangan. Avtomatlashtirilgan texnologiyalarning joriy qilinishi kutubxona foydalanuvchilariga xizmat ko‘rsatish sifatining unumli va yuqori bo‘lishiga imkon berdi.
Sizga ma`lumki kutubxona kinomarkazi O`zbek kino Milliy agentligi va respublikamizda faoliyat yuritayotgan ko`plab kinoijodkorlarning videofilmlari bilan boyitilgan endilikda bolajonlarga bag`ishlangan turli yangi o`zbek multfilmlar va bolalar badiiy filmlari to`plami ham kinozal repertuaridan joy egalladi. Bu yerda ma’daniy hordiq chiqarib ma`naviy ozuqa olishlari uchun kerakli sharoitlar yaratilgan.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida aholini axborotga bo‘lgan talabini qondirish hamda axborot-resurs bazalaridan foydalanish imkoniyatini yanada kengaytirish maqsadida 2012 yildan milliy bibliografiya ma'lumotlari bazasini shakllantirsh xizmati AIBS dasturi asosida elektron ma'lumotlar bazasini o‘lkaga oid bo‘lgan gazeta va jurnal maqolalari bilan to‘ldirib kelmoqda.
“Vatanimizning kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi obro‘-e'tibori avvalambor farzandlarimizning unib-o‘sib, ulg‘ayib, qanday inson bo‘lib hayotga kirib borishiga bog‘liqdir. Biz bunday o‘tkir haqiqatni hech qachon unutmasligimiz kerak”. Mamlakatimiz Prezidenti I.Karimovning yuqoridagi fikri hamisha dolzarb.
Milliy kutubxonaning o`ng taraf birinchi qavatida elektron kutubxona o`z ish faoliyatini boshaldi. Bu yerda 450 000dan ortiq elektron kitoblar mavjud bo’lib ular orasida elektron darsliklar, qo`llanmalar va boshqa turdagi ma’lumotlar mavjud. Ma`lumotlar bazasi o`zbek, rus va ingliz tillariga asoslangan. Barcha kompyuterlar internet tarmog`iga ulangan. Elektron kutubxona barcha uchun bepul xizmat ko’rsatadi.
O‘tmish va hozirgi kunni bog‘lab turuvchi muhim voqyealar, xalqimiz ko‘p yillardan beri nishonlab kelinayotgan bayramlar va tadbirlar haqidagi ma'lumotlarni o‘zida aks ettiruvchi Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan “Mustaqil O‘zbekistonning muhim va unutilmas sanalari” taqvimi o‘zbek va rus tillarida har yili tayyorlanishi an'anaga aylangan.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida aholini axborotga bo‘lgan talabini qondirish hamda axborot-resurs bazalaridan foydalanish imkoniyatini yanada kengaytirish maqsadida 2012 yildan milliy bibliografiya ma'lumotlari bazasini shakllantirsh xizmati AIBS dasturi asosida elektron ma'lumotlar bazasini o‘lkaga oid bo‘lgan gazeta va jurnal maqolalari bilan to‘ldirib kelmoqda.
1992 yil 14 yanvardan boshlab respublika parlamenti tomonidan mamlakat hududidagi xarbiy o‘quv yurtlari va boshqa xarbiy shakllarining barcha qismlari va birlashmalarini O‘zbekiston Respublikasi yurisdiksiyasi qaramog‘iga o‘tishi xamda milliy qurollantirish kuchlari tashkil etilishi to‘g‘risida qarori qabul qilindi. Va ushbu sana 1993 yil 29 dekabrdan boshlab - 14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni deb e'lon qilindi.
Qishki ta`til mavsumida Milliy kutubxonada aynan bolajonlarga bag`ishlangan turli multfilmlar va bolalar badiiy filmlari to`plami kinozal repertuaridan joy egalladi. Endilikda siz qishning sovuq kunlarida bolajoningizni vaqtini qayerda va qanday o`tkazish haqida bosh qotirmasangiz ham bo`ladi. Кutubxonada farzandingiz uchun bolalar maydonchasi ham tashkil etilgan bo`lib madaniy hordiq chiqarib ma`naviy ozuqa olishlari uchun kerakli sharoitlar yaratilgan.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida aholini axborotga bo‘lgan talabini qondirish hamda axborot-resurs bazalaridan foydalanish imkoniyatini yanada kengaytirish maqsadida joriy yildan boshlab, milliy bibliografiya ma'lumotlari bazasini shakllantirsh xizmati AIBS dasturi asosida elektron ma'lumotlar bazasini o‘lkaga oid bo‘lgan gazeta va jurnal maqolalari bilan to‘ldirib kelmoqda.
Bunday tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad foydalanuvchilar o‘rtasida faollikni oshirish, mutolaa madaniyatini yuksaltirish, axborot-kutubxona resurslaridan keng foydalanish, kutubxonada tashkil qilinayotgan tadbirlar ko‘lamini kengaytirish va albatta O‘zbekiston Milliy kutubxonasi foydalanuvchilari sonini oshirishdan iborat.
Ma'lumki, bugungi kunda butun dunyoda iqtisodiy tanglik asorati kezmoqda, qolaversa, bozor iqtisodiyotiga o‘tish muammolari kishilarni bilib bilmay odam savdosi qurboniga aylanib qolishiga sababchi bo‘lmoqda. Hozirda dunyo bo‘yicha 128 million kishi shu ko‘chada azob chekayotgani ham fikrimizni isbotidir. Buning o‘ziga xos sabablari, bu ishga aloqador ba'zi nafsi hakalak otganlarning qilmishlari borasida qayta-qayta fikr yuritishga, odamlarni ogohlikka da'vat etishga to‘g‘ri kelmoqda.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi 2012 yil yakunlari bo‘yicha 28 dekabr soat 14.30 da “Eng faol foydalanuvchi” aksiyasi va “Omadli ID-kart sohibi” lotoreyasini o‘tkazadi. Tadbirda, shuningdek, Milliy kutubxona faoliyati bilan bog‘liq savol-javoblar tanlovi ham tashkil qilinadi. Lotoreya va tanlov g‘oliblariga kutubxona tomonidan sovg‘alar: fleshkalar, kitoblar, kutubxonaning qo‘shimcha xizmat turlari talonlari tayyorlangan.
“Iqtidoringni namoyon et” shiori ostidagi “Eng yaxshi maqola” va “Eng yaxshi video rolik” tanlovi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi hamda UZINFOCOM kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi tomonidan tashkil etilgan.
Milliy kutubxona kinozali ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy-ommabop video materiallar repertuarini o`zida jamlagan bo`lib, ushbu video materiallarda milliy qadriyatlarimiz va urf-odatlarimiz, tarixiy-ma’naviy va madaniy merosni asrab-avaylash hamda yoshlarning ma’naviy yetuk inson bo`lib yetishishlaridagi asosiy omillar ko`rsatib berilgan.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida aholini axborotga bo‘lgan talabini qondirish hamda axborot-resurs bazalaridan foydalanish imkoniyatini yanada kengaytirish maqsadida joriy yildan boshlab, milliy bibliografiya ma'lumotlari bazasini shakllantirsh xizmati AIBS dasturi asosida elektron ma'lumotlar bazasini o‘lkaga oid bo‘lgan gazeta va jurnal maqolalari bilan to‘ldirib kelmoqda.
“Adabiyotsiz ma'naviyat yo‘q, ma'naviyatsiz esa, kelajak yo‘q” degan shior bugungi kunda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi zallarida o‘tayotgan tadbirlarda tez-tez tilga olinmoqda. Yaqinda shu ma'rifat maskanida O‘zbekiston Respublikasi san'at arbobi, O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati, adib Omon Muxtorning muxlislar bilan bo‘lib o‘tgan diydorlashuvida ham ana shu so‘z ustuvorlik qildi. Kutubxonada haftada bir (chorshanba) o‘tayotgan ma'naviyat kunlari doirasida tashkil etilgan bu anjumanda adibning “Sharq” nashriyot-matbaa kompaniyasi Bosh tahririyati tomonidan (2011– 2012 y.y.) chop etilgan 2 jildlik “Sharshara” va “Suvratdagi yo‘lbars” kitoblari taqdimoti bo‘ldi.
Milliy kutubxona kinozali ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy-ommabop video materiallar repertuarini o`zida jamlagan bo`lib, ushbu video materiallarda milliy qadriyatlarimiz va urf-odatlarimiz, tarixiy-ma’naviy va madaniy merosni asrab-avaylash hamda yoshlarning ma’naviy yetuk inson bo`lib yetishishlaridagi asosiy omillar ko`rsatib berilgan.
Joriy yilning 10-14 dekabrgacha Kataloglashtirish va turkumlash-tirish xizmati tomonidan 81 ta yangi nomdagi axborot resurslari ro‘yxatdan o‘tkazildi.
81 kitob (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlashtirildi: siyosat - 2 ta; tabiiy fanlar - 78 ta, texnika - 1 ta ) texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.
2012 yil 14 dekabr kuni soat 11.00 da Milliy kutubxona majlislar zalida ko‘p yillar mazkur kutubxonada faoliyat yuritib nafaqaga chiqqan faxriylar bilan dasturxon atrofida uchrashuv tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda 45 nafarga yaqin faxriylar, rahbariyat hamda hozirda Milliy kutubxonada faoliyat yuritayotgan yosh-mutaxassislar ishtirok etdi.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida aholini axborotga bo‘lgan talabini qondirish hamda axborot-resurs bazalaridan foydalanish imkoniyatini yanada kengaytirish maqsadida joriy yildan boshlab, milliy bibliografiya ma'lumotlari bazasini shakllantirsh xizmati AIBS dasturi asosida elektron ma'lumotlar bazasini o‘lkaga oid bo‘lgan gazeta va jurnal maqolalari bilan to‘ldirib kelmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Nodir, alohida qimmatli va noyob nashrlar saqlanishini ta'minlash, ularning fondini tizimli ko‘paytirish va boyitish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012 yil 9 iyuldagi 202-qarori talablaridan kelib chiqib, joriy yilning dekabr oyida (20-21 kunlari) Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Nodir, alohida qimmatli va noyob nashrlar saqlanishini ta'minlash, ularning fondini tizimli ko‘paytirish va boyitishning dolzarb muammolari” mavzuida ilmiy-amaliy seminar tashkil etilmoqda.
2012 yil 7 dekabr kuni soat 14.00 da O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 20 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda Toshkent davlat yuridik institutining talabalari tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” moddalari, O‘zbekiston Respublikasi huquqiy qonunlari haqida videoroliklar orqali seminar trening o‘tkazildi
O`zbekiston Milliy Kutubxonasining “Ijod” o`quv zalida shu sanaga bag`ishlangan “Xalqimizning ozodlik qo`shig`i” nomli ko`rgazmasi tashkil qilindi.
"O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyani to‘g‘risida"gi Qonun 1992 yil 10 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI Sessiyasida qabul qilingan.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida aholini axborotga bo‘lgan talabini qondirish hamda axborot-resurs bazalaridan foydalanish imkoniyatini yanada kengaytirish maqsadida joriy yildan boshlab, milliy bibliografiya ma'lumotlari bazasini shakllantirsh xizmati AIBS dasturi asosida elektron ma'lumotlar bazasini o‘lkaga oid bo‘lgan gazeta va jurnal maqolalari bilan to‘ldirib kelmoqda.
Joriy yilning 3-7 dekabrgacha Kataloglashtirish va turkumlash-tirish xizmati tomonidan 67 ta yangi nomdagi axborot resurslari ro‘yxatdan o‘tkazildi.
67 kitob (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlashtirildi: siyosat - 17 ta; ta'lim, madaniyat - 28 ta, badiiy adabiyotlar - 7 ta; san'at - 2 ta; adabiyotshunoslik - 12 ta; tilshunoslik - 1 ta) texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.
2013 yil 1 yanvardan boshlab, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida qog‘oz ko‘rinishidagi katalog kartochkalarini rasmiylashtirish to‘xtatiladi. Barcha hujjatlarning bibliografik tavsiflari faqatgina Avtomatlashtirilgan axborot kutubxona tizimi (AIBS) ma'lumotlar bazasida elektron ko‘rinishida to‘ldirib boriladi.
Ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar – 2 971 (jami – 27 456)
Qatnovlar – 43 476
Kitob berilishi – 262 774
Ekskursiyalar – 59, ekskursiyaga qatnashganlar – 1 644
Yangi kelib tushgan nashrlar: kitoblar – 952, dissertatsiyalar – 116, avtoreferatlar – 847, jurnallar – 739, gazetalar – 7 575, CD – 121. Jami – 10 350
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida foydalanuvchilarga axborot-kutubxona resurslaridan foydalanishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, mavjud axborot-kommunnikatsion texnologiyalarni joriy qilish orqali foydalanuvchilarga keng imkoniyatlar yaratish hamda ularga xizmat ko‘ rsatish turlarini ko‘paytirish bo‘yicha bildirilayotgan takliflar e'tiborga olinib, foydalanuvchilarga O‘zbekiston Milliy kutubxonasi balans hisobida bo‘lgan netbuklardan shartnoma asosida kompyuter dasturlaridan va internet tarmog‘iga Wi-Fi orqali ulanishga foydalanish bo‘yicha pullik xizmat turi joriy etildi.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida aholini axborotga bo‘lgan talabini qondirish hamda axborot-resurs bazalaridan foydalanish imkoniyatini yanada kengaytirish maqsadida joriy yildan boshlab, milliy bibliografiya ma'lumotlari bazasini shakllantirsh xizmati AIBS dasturi asosida elektron ma'lumotlar bazasini o‘lkaga oid bo‘lgan gazeta va jurnal maqolalari bilan to‘ldirib kelmoqda.
Joriy yilning 26-30 noyabrgacha Kataloglashtirish va turkumlash-tirish xizmati tomonidan 285 ta yangi nomdagi axborot resurslari ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Shulardan 32 kitob (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlashtirildi: siyosat - 2 ta; tibbiyot - 4 ta; madaniyat - 17 ta, badiiy adabiyotlar - 2 ta; texnika - 3 ta; adabiyotshunoslik - 4 ta;) va 253 ta avtoreferatga (siyosat - 64 ta; tabiiy fanlar - 25 ta; tibbiyot - 29 ta; madaniyat - 30 ta
Milliy kutubxona kinozali ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy-ommabop video materiallar repertuarini o`zida jamlagan bo`lib, ushbu video materiallarda milliy qadriyatlarimiz va urf-odatlarimiz, tarixiy-ma’naviy va madaniy merosni asrab-avaylash hamda yoshlarning ma’naviy yetuk inson bo`lib yetishishlaridagi asosiy omillar ko`rsatib berilgan.
Milliy kutubxona kinozali ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy-ommabop video materiallar repertuarini o`zida jamlagan bo`lib, ushbu video materiallarda milliy qadriyatlarimiz va urf-odatlarimiz, tarixiy-ma’naviy va madaniy merosni asrab-avaylash hamda yoshlarning ma’naviy yetuk inson bo`lib yetishishlaridagi asosiy omillar ko`rsatib berilgan.
Joriy yilning 19-23 noyabrgacha Kataloglashtirish va turkumlash-tirish xizmati tomonidan 433 ta yangi nomdagi axborot resurslari ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Shulardan 230 kitob (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlash-tirildi: siyosat - 131 ta; tibbiyot - 15 ta; madaniyat - 24 ta, badiiy adabiyotlar - 4 ta; texnika - 7 ta; san'at - 27 ta; tabiiy fanlar - 13 ta; psixologiya - 3 ta; qishloq xo‘jaligi - 4 ta; ma'lumot nashrlari - 2 ta) va 203 ta avtoreferatga
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida aholini axborotga bo‘lgan talabini qondirish hamda axborot-resurs bazalaridan foydalanish imkoniyatini yanada kengaytirish maqsadida joriy yildan boshlab, milliy bibliografiya ma'lumotlari bazasini shakllantirsh xizmati AIBS dasturi asosida elektron ma'lumotlar bazasini o‘lkaga oid bo‘lgan gazeta va jurnal maqolalari bilan to‘ldirib kelmoqda.
Joriy yilning 12-16 noyabrgacha Kataloglashtirish va turkumlash-tirish xizmati tomonidan 316 ta yangi nomdagi axborot resurslari ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Shulardan 316 kitob va dissertatsiyalar (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlash-tirildi: siyosat - 49 ta; tibbiyot - 45 ta; madaniyat - 40 ta, badiiy adabiyotlar - 100 ta; qishloq xo‘jaligi - 8 ta; texnika - 18 ta; san'at - 4 ta; tilshunoslik - 21; tabiiy fanlar - 15 ta; falsafa - 14 ta; sport - 2 ta) texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.
19 noyabr kuni A. Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi bilan yaqindan tanishish maqsadida Chexiya Respublikasidan Gineka Peyxa va Gomana Masarika tashrif buyurishdi.
«Uztelecom» AK tomonidan e'lon qilingan «O‘zbekistonda o‘sib kelayotgan avlodni yuksak axloqiy ruhda tarbiyalashga imkon beruvchi fan, ta'lim va madaniyat sohasida Milliy internet-segmentini rivojlantirish, loyihalarini amalga oshirish va qo‘llab-quvvatlash» nomli tanlovi uchun grantlar ajratilgan.
Kinozal repertuariga video materiallar 3 ta asosiy yo`nalish bo`yicha kiritilgan: “Bizning meros”, “Buyuk arboblarimiz”, “Bizning yutuqlarimiz”. Har bir yo`nalishda O`zbekiston Respublikasida tasvirga olingan, tariximizda iz qoldirgan, dunyo ilm-fan taraqqiyoti rivojiga o`zining bebaho hissasini qo`shgan tarixiy shaxslar; ma’daniy, tarixiy, etnografik, arxitektura yodgorliklari haqida hamda mustaqil va zamonaviy O`zbekistonda jamyat va siyosat sohasida o`tkazilayotgan islohotlar yutuqlarini ko’rsatib beruvchi natijalar va erishilgan yutuqlar namoyish etiladi.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida aholini axborotga bo‘lgan talabini qondirish hamda axborot-resurs bazalaridan foydalanish imkoniyatini yanada kengaytirish maqsadida joriy yildan boshlab, milliy bibliografiya ma'lumotlari bazasini shakllantirsh xizmati AIBS dasturi asosida elektron ma'lumotlar bazasini o‘lkaga oid bo‘lgan gazeta va jurnal maqolalari bilan to‘ldirib kelmoqda.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida aholini axborotga bo‘lgan talabini qondirish hamda axborot-resurs bazalaridan foydalanish imkoniyatini yanada kengaytirish maqsadida joriy yildan boshlab, milliy bibliografiya ma'lumotlari bazasini shakllantirsh xizmati AIBS dasturi asosida elektron ma'lumotlar bazasini o‘lkaga oid bo‘lgan gazeta va jurnal maqolalari bilan to‘ldirib kelmoqda.
Joriy yilning 5 - 9 noyabrgacha Kataloglashtirish va turkumlash-tirish xizmati tomonidan 444 ta yangi nomdagi axborot resurslari ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Shulardan 189 kitoblar (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlash-tirildi: siyosat - 24 ta; tibbiyot-6 ta; madaniyat - 39 ta, badiiy adabiyotlar - 73 ta; qishloq xo‘jaligi - 2 ta; texnika - 14ta; psixologiya - 1 ta; san'at - 2 ta; tilshunoslik - 3; tabiiy fanlar - 17 ta; adabiyotshunoslik - 5 ta;) va 255 ta avtoreferatga
Kinozal repertuariga video materiallar 3 ta asosiy yo`nalish bo`yicha kiritilgan: “Bizning meros”, “Buyuk arboblarimiz”, “Bizning yutuqlarimiz”. Har bir yo`nalishda O`zbekiston Respublikasida tasvirga olingan, tariximizda iz qoldirgan, dunyo ilm-fan taraqqiyoti rivojiga o`zining bebaho hissasini qo`shgan tarixiy shaxslar; ma’daniy, tarixiy, etnografik, arxitektura yodgorliklari haqida hamda mustaqil va zamonaviy O`zbekistonda jamyat va siyosat sohasida o`tkazilayotgan islohotlar yutuqlarini ko’rsatib beruvchi natijalar va erishilgan yutuqlar namoyish etiladi.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida aholini axborotga bo‘lgan talabini qondirish hamda axborot-resurs bazalaridan foydalanish imkoniyatini yanada kengaytirish maqsadida joriy yildan boshlab, milliy bibliografiya ma'lumotlari bazasini shakllantirsh xizmati AIBS dasturi asosida elektron ma'lumotlar bazasini o‘lkaga oid bo‘lgan gazeta va jurnal maqolalari bilan to‘ldirib kelmoqda.
Kinozal repertuariga video materiallar 3 ta asosiy yo`nalish bo`yicha kiritilgan: “Bizning meros”, “Buyuk arboblarimiz”, “Bizning yutuqlarimiz”. Har bir yo`nalishda O`zbekiston Respublikasida tasvirga olingan, tariximizda iz qoldirgan, dunyo ilm-fan taraqqiyoti rivojiga o`zining bebaho hissasini qo`shgan tarixiy shaxslar; ma’daniy, tarixiy, etnografik, arxitektura yodgorliklari haqida hamda mustaqil va zamonaviy O`zbekistonda jamyat va siyosat sohasida o`tkazilayotgan islohotlar yutuqlarini ko’rsatib beruvchi natijalar va erishilgan yutuqlar namoyish etiladi.
Joriy yilning 29 oktyabrdan - 2 noyabrgacha Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 79 ta yangi nomdagi dissertatsiyalar ro‘yxatdan o‘tkazildi (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlashtirildi: siyosat - 16 ta; tibbiyot-21 ta; q.x. - 6 ta; texnika - 11 ta; madaniyat - 10 ta; tabiiy fanlar - 15 ta) texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida o‘tkazilayotgan Milliy axborot kutubxona haftaligi doirasida 2012 yil 2 noyabr O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi va Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hamkorligida ”Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amaliyotga joriy etishning holati va dolzarb vazifalar” mavzuida seminar bo‘lib o‘tdi.
1 noyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida davom etayotgan Milliy axborot-kutubxona texnologiyalari haftaligi doirasida «Oila va huquq» mavzuida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirni tashkil qilishda va o‘tkazishda Toshkent davlat yuridik instituti talabalari tashabbus ko‘rsatishdi. 2012 yil “Mustahkam oila yili”ga bag‘ishlangan davra suhbatida “Konstitutsiya asosiy qomusimiz”, “Mustahkam oila - mustahkam jamiyat”, “Huquqiy ong” mavzularida ma'ruzalar o‘zbek va rus tillarida videolavhalar ko‘rinishida namoyish etildi.
31 oktyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida davom etayotgan Milliy axborot-kutubxona texnologiyalari haftaligi doirasida Ijodiyot kunida bir qator qiziqarli uchrashuvlar: 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun origami, izoterapiya bo‘yicha mahorat maktablari, kommunikativ ko‘nikmalarni rivojlantirishga oid treninglar bo‘lib o‘tdi. Tadbirda 80 dan ziyod bolalar ishtirok etdi.
30 oktyabr kuni Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasidagi Tanlovlar kuni to‘rt yo‘nalish bo‘yicha bo‘lib o‘tdi:
- “Eng yaxshi videolavha”
- “Tezkor qidiruv”
- “Adabiyot bilimdoni”
- “Musiqa bilimdoni”
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida aholini axborotga bo‘lgan talabini qondirish hamda axborot-resurs bazalaridan foydalanish imkoniyatini yanada kengaytirish maqsadida joriy yildan boshlab, milliy bibliografiya ma'lumotlari bazasini shakllantirsh xizmati AIBS dasturi asosida elektron ma'lumotlar bazasini o‘lkaga oid bo‘lgan gazeta va jurnal maqolalari bilan to‘ldirib kelmoqda.
Joriy yilning 22-25 oktyabr kunlari Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 161 ta yangi nomdagi axborot resurslari ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Shulardan 44 kitoblar (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlashtirildi: siyosat - 4 ta; badiiy adabiyotlar - 12 ta; san'at - 3 ta; tabiiy fanlar - 7 ta; texnika - 1 ta; tibbiyot - 1 ta; falsafa - 2 ta; adabiyotshunoslik - 9 ta; tarix - 4 ta; ma'lumotnoma - 1 ta ) va 117 ta avtoreferatga(siyosat -27 ta; tabiiy fanlar - 20 ta; tibbiyot - 15 ta; madaniyat - 12 ta; texnika - 24 ta; q.x. - 6 ta; adabiyotshunoslik - 2 ta; san'at - 3 ta; sport - 4 ta; tilshunoslik - 4 ta)
Kinozal repertuariga video materiallar 3 ta asosiy yo`nalish bo`yicha kiritilgan: “Bizning meros”, “Buyuk arboblarimiz”, “Bizning yutuqlarimiz”. Har bir yo`nalishda O`zbekiston Respublikasida tasvirga olingan, tariximizdaiz qoldirgan, dunyo ilm-fan taraqqiyoti rivojiga o`zining bebaho hissasini qo`shgan tarixiy shaxslar; ma’daniy, tarixiy, etnografik, arxitektura yodgorliklari haqida hamda mustaqil va zamonaviy O`zbekistonda jamyat va siyosat sohasida o`tkazilayotgan islohotlar yutuqlarini ko’rsatib beruvchi natijalar va erishilgan yutuqlar namoyish etiladi.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Sizni Milliy axborot-kutubxona haftaligida ishtirok etishga taklif qiladi. Milliy axborot-kutubxona haftaligining bosh maqsadi - mutolaani yanada kuchaytirish va targ‘ib qilish, axborot madaniyati darajasini ko‘tarish, Internet tarmog‘ida milliy kontentni rivojlantirishga va axborot-kutubxona xizmati imkoniyatini oshirishga hissa qo‘shish.
Kinozal repertuariga video materiallar 3 ta asosiy yo`nalish bo`yicha kiritilgan: “Bizning meros”, “Buyuk arboblarimiz”, “Bizning yutuqlarimiz”. Har bir yo`nalishda O`zbekiston Respublikasida tasvirga olingan, tariximizda iz qoldirgan, dunyo ilm-fan taraqqiyoti rivojiga o`zining bebaho hissasini qo`shgan tarixiy shaxslar; ma’daniy, tarixiy, etnografik, arxitektura yodgorliklari haqida hamda mustaqil va zamonaviy O`zbekistonda jamyat va siyosat sohasida o`tkazilayotgan islohotlar yutuqlarini ko’rsatib beruvchi natijalar va erishilgan yutuqlar namoyish etiladi
Joriy yilning 15-19 oktyabr kunlari Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 130 ta yangi nomdagi axborot resurslari ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Aholini axborotga bo‘lgan talabini qondirish hamda axborot-resurs bazalaridan foydalanish imkoniyatini yanada kengaytirish maqsadida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida 2012 yildan boshlab, milliy bibliografiya ma'lumotlari bazasini shakllantirsh xizmati AIBS dasturi asosida elektron ma'lumotlar bazasini o‘lkaga oid bo‘lgan gazeta va jurnal maqolalari bilan to‘ldirib kelmoqda.
Kutubxona bo‘ylab o‘tkaziladigan tanishtiruv ekskursiyasi foydalanuvchilarni axborot-kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishtiradi. Ushbu ekskursiya ularning bibliografik va axborot madaniyatini yuksaltirish maqsadida tashkil etiladi. Bu keyinchalik kutubxona ma'lumot-qidiruv apparati bilan mustaqil ishlash imkonini beradi.
Joriy yilning 8-12 oktyabr kunlari Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 337 ta yangi nomdagi axborot resurslari ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Shulardan 237 kitoblar (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlashtirildi: siyosat - 132 ta; tabiiy fanlar-17 ta, tibbiyot - 7 ta, madaniyat - 29 ta, tilshunoslik - 4 ta, texnika - 23 ta; q.x. - 4 ta; badiiy adabiyotlar - 17 ta; ma'lumotlar adabiyoti - 7 ta; san'at - 4 ta) va 100 ta avtoreferatga (tabiiy fanlar - 8 ta; tibbiyot-13 ta; madaniyat - 25 ta; sport - 4 ta; texnika - 17 ta; q.x. - 2 ta; tilshunoslik - 1 ta; falsafa - 5 ta)
Aholini axborotga bo‘lgan talabini qondirish hamda axborot-resurs bazalaridan foydalanish imkoniyatini yanada kengaytirish maqsadida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida 2012 yildan boshlab, milliy bibliografiya ma'lumotlari bazasini shakllantirsh xizmati AIBS dasturi asosida elektron ma'lumotlar bazasini o‘lkaga oid bo‘lgan gazeta va jurnal maqolalari bilan to‘ldirib kelmoqda.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi 29 oktyabrdan 2 noyabrga qadar «INFOLIB-2012» Milliy axborot-kutubxona haftaligini o‘tkazadi. Undan asosiy maqsad – yoshlarning axborotga ega bo‘lish intilish va qiziqishini qo‘llab-quvvatlash, ularni yangi nashr qilingan ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-ma'rifiy, o‘quv va badiiy adabiyotlar bilan batafsil tanishtirishdan iborat.
Joriy yilning 2-5 oktyabr kunlari Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 371 ta yangi nomdagi axborot resurslari ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Shulardan 251 kitoblar (quyidagi sohalar bo‘yicha turkumlashtirildi: siyosat - 77ta; tabiiy fanlar - 22ta, tibbiyot - 1ta, madaniyat - 70 ta, adabiyotshunoslik - 38 ta, tilshunoslik - 2 ta, texnika-11 ta; q.x.- 3ta; sport - 1ta; badiiy adabiyotlar - 19ta; ma'lumotlar adabiyoti - 7ta)
Aholini axborotga bo‘lgan talabini qondirish hamda axborot-resurs bazalaridan foydalanish imkoniyatini yanada kengaytirish maqsadida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida 2012 yildan boshlab, milliy bibliografiya ma'lumotlari bazasini shakllantirsh xizmati AIBS dasturi asosida elektron ma'lumotlar bazasini o‘lkaga oid bo‘lgan gazeta va jurnal maqolalari bilan to‘ldirib kelmoqda.
Kinozal repertuariga video materiallar 3ta asosiy yo`nalish bo`yicha kiritilgan: “Bizning meros”, “Buyuk arboblarimiz”, “Bizning yutuqlarimiz”. Har bir yo`nalishda O`zbekiston Respublikasida tasvirga olingan , tariximizda iz qoldirgan, dunyo ilm-fan taraqqiyoti rivojiga o`zining bebaho hissasini qo`shgan tarixiy shaxslar; ma’daniy, tarixiy, etnografik, arxitektura yodgorliklari haqida hamda mustaqil va zamonaviy O`zbekistonda jamyat va siyosat sohasida o`tkazilayotgan islohotlar yutuqlarini ko’rsatib beruvchi natijalar va erishilgan yutuqlar namoyish etiladi.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi ICTEXPO – 2012 ko‘rgazmasi doirasida quydagi aksiyalarni o‘tkazadi
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida aholini axborotga bo‘lgan talabini qondirish hamda axborot-resurs bazalaridan foydalanish imkoniyatini yanada kengaytirish maqsadida joriy yildan boshlab, milliy bibliografiya ma'lumotlari bazasini shakllantirsh xizmati AIBS dasturi asosida elektron ma'lumotlar bazasini o‘lkaga oid bo‘lgan gazeta va jurnal maqolalari bilan to‘ldirib kelmoqda.
Kinozal repertuariga video materiallar 3ta asosiy yo`nalish bo`yicha kiritilgan: “Bizning meros” , “Buyuk arboblarimiz”, “Bizning yutuqlarimiz”.
Joriy yilning 10-14 sentyabr kunlari Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 335 ta yangi nomdagi axborot resurslari ro‘yxatdan o‘tkazildi.
2012 yil 6 sentyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining “Adolat” yuridik adabiyotlar o‘quv zalida Yevropa Ittifoqining Loyihasi “O‘zbekistonda Sud-huquq islohatlariga ko‘maklashish” mavzuida seminar o‘tkazildi va unda elektron kutubxonalarni tashkil qilishda mualliflik huquqi masalalari muhokama qilindi.